-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Tanlangan asarlar III-jild
Rahmonqulov X.J.,Taniangan asarlar to'plamining mazkur jildi fuqarolik huquqining majburiyatlar institutiga oid dolzarb mavzularga bag'ishlangan bo'lib, jild tarkibidan "Fuqarolik huquqi muammolari darsligi 2-qismining (muallifning hayotlik vaqtida yozib tugatilgan) majburiyatlar huquqiga oid bo'limi hamda "Oldi-sotdi shartnomasi" monografiyasi o'rin olgan. Mazkur jildda majburiyatlar huquqining umumiy qismi nazariy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Xususan, majburiyat tushunchasi, tizimi, turlari va vujudga kelish asoslari, fuqarolik-huquqiy shartnoma nazariyasi (tuzish, o'zgartirish va bekor qilish), majburiyat subyektlari, majburiyatlarning bajarilishi tamoyillari va uni ta'minlash usullari (garov, kafillik, neustoyka va hk) kabi institutlar atroflicha yoritilgan. Ayniqsa, majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari, shartlari va turlariga oid masalalar keng tadqiq etilgan. Monografiyada esa majburiyatlar huquqining maxsus qismiga oid eng keng tarqalgan shartnoma oldi-sotdi shartnomasining nazariy-huquqiy tahliliga alohida o'rin berilgan. Unda oldi-sotdi shartnomasining umumiy qoidalaridan tashqari uning chakana oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish davlat kontrakti, kontraktatsiya, energiya ta'minoti hamda ko'chmas mulk va korxonani sotish kabi alohida turlarining o'ziga xos xususiyatlari tizimli ravishda ochib berilgan. To'plam huquqshunos olimlar, amaliyotchilar va talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda majburiyatlar huquqining umumiy va maxsus qismlariga oid chuqur nazariy bilimlar hamda huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan muhim ilmiy xulosa va tavsiyalar mujassamlashgan.
-
Tanlangan asarlar II-jild
Raxmonqulov X.A.,Mazkur jild muallifning fuqarolik huquqining eng muhim va murakkab institutlariga bag'ishlangan, chuqur nazariy tahlilga asoslangan ilmiy ishlarini o'zida mujassam etgan. Ushbu tadqiqotlar sivilistik fanning fundamental asoslarini qamrab oladi. Jildda fuqarolik-huquqiy munosabatlar obyektlari nazariyasiga doir konseptual tahlil taqdim etiladi. Unda obyektlarning umumnazariy tavsifidan tashqari ashyolar, pul va qimmatli qog'ozlar kabi moddiy hamda intellektual faoliyat natijalari, shaxsiy nomulkiy huquqlar kabi nomoddiy ne'matlarning murakkab fuqarolik-huquqiy rejimi tizimli ravishda ochib beriladi. Shuningdek, to'plamda fuqarolik huquqining eng murakkab bitimlar instituti keng qamrovli tadqiq etilgan. Unda bitimning yuridik fakt va erk-iroda ifodasi sifatidagi ikkiyoqlama tabiati, uning turlari (jumladan, konsensual va real, kauzal va abstrakt, fidutsiar bitimlar) hamda shakllari chuqur ilmiy tasniflanadi Ayniqsa, bitimlarning haqiqiy emasligi asoslari va uning huquqiy oqibatlariga oid masalalar qonunchilik va sud amaliyoti nuqtayi nazaridan tanqidiy tahlil qilingan.. Asarning salmoqli qismi mulk huquqi institutining nazariy muammolariga bag'ishlangan. Unda mulkiy munosabatlarning tarixiy-qiyosiy tahlili orqali mulk huquqining mazmuni, uning xususiy va ommaviy shakllari, subyektlari va obyektlariga oid doktrinal qarashlar rivojlantiriladi. Bundan tashqari, mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari hamda uning ashyoviy-huquqiy himoya usullari (vindikatsion va negator da'volar) kabi muhim nazariy va amaliy masalalar atroflicha tadqiq etilgan. To'plam huquqshunos olimlar, amaliyotchilar, o'qituvchilar va talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda fuqarolik huquqining eng muhim institutlariga oid chuqur nazariy bilimlar va amaliy ahamiyatga ega ilmiy xulosalar mujassamlashgan.
-
Akademik Xoji-Akbar Rahmonqulov: Hayoti va ijod yo'li
Ushbu kitob O'zbekiston yuridik fanining yirik namoyandasi, akademik Xoji-Akbar Rahmonqulovning hayoti va ko'p qirrali faoliyatiga bag'ishlangan. Unda olimning hayoti va faoliyatining asosiy sanalari xronologiyasi, uning ilmiy, pedagogik va ijtimoiy faoliyatining umumiy tavsifi keltirilgan. Kitobdan olimning monografiyalar, darsliklar va maqolalardan iborat asarlarining to'liq bibliografiyasi, nufuzli ilmiy anjumanlardagi ma'ruzalari ro'yxati hamda muharrirlik faoliyatiga oid ma'lumotlar o'rin olgan. Shuningdek, alohida bo'limda uning ilmiy maktab yaratgan ustoz sifatidagi faoliyati yoritilib, rahbarligida himoya qilingan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari haqidagi ma'lumotlar taqdim etilgan. Shu bilan birga, mazkur kitobda atoqli olimning zamondoshlari, hamkasblari va shogirdlari tomonidan yozilgan xotiralar o'rin olgan.
-
Odam bo'lish qiyin
Umarbekov O',O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida yozuvchi O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning yoshlar hayoti, ma‘naviy –axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib o‘qiladigan asarlardir.Adib bolalarning bepoyon orzular olami, yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, sidq-u vafo, xiyonat, otalar va bolalar, umuman, turfa toifadagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni g‘oyat chuqur va samimiy tasvirlaydi. Shuning uchun ham adibning asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda.
-
Qiz bolaga tosh otmang
To'xtaboyev X.,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabr- dagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ulug' adib Mirkarim Osimning «Zulmat ichra nur» qissasini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi.
-
Zulmat ichra nur
Osim M.,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabr- dagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ulug' adib Mirkarim Osimning «Zulmat ichra nur» qissasini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi.