-
Ikki eshik orasi
O'.Hoshimov,Ushbu kitobda adib qariyb qirq yillik davrni o'z ichiga olgan. bir qancha chigal va murakkab misollari keltirilgan
-
-
-
-
-
Murdalar gapimaydilar
T.Malik,Hech qanday zulm jazosiz qolmaydi.Murdalar gapimaydilar qissasida ana shu hayot falsafasi haqida fikr yuritilgan
-
Sardobalar
A.Muhammad,Ushbu kitobda 1989 tarixiy roman-dilogiyasuda xalqimizning XIV asr ikkinchi yarmida Samarqandda yuz bergan sardobalar xalq ozodlik harakati bilan bog'liq voqealar qalamga olingan
-
-
-
So'z chamani
Halima Xudoyberdiyeva,O'zbek xalqining ardoqli farzandi, O'zbekiston xalq shoirasi Hailma Xudoyberdiyeva nima bitgan bo'lsa yurak qoni bilan,To'maris momolarga xos jasorat,shijoat bilan,Zebunniso, Nodirabegimlar kabi nafosat bilan yozgan.Ishonamiz,shoiraning ushbu kitobga kiritilgan she'rlari qalbingizga dilbar tuyg'ularni armug'on etadi.
-
Chol va dengiz
Ernest Xeminguey,Ushbu kitobga dunyo miqyosida mashhur adib,"Nobel" mukofoti sovrindori E.Xemingueyning eng sara asarlari kiritilgan. 'Chol va dengiz" qissasida insonning ulug'ligi,undagi iroda va matonat,oqillik va azm-u qaroridan og'ishmaslik o'zgacha talqinda aks etgan. "Alvido,qurol' romani esa qahramonlarning fikr-xayollari,kechmishlari urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o'ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon.
-
Ulug'bek xazinasi
Odil Yoqubov,"Padarkush, toj-u taxt,olti oy..." Nizomiy Ganjaviyning bu jumlalarini o'qigan Abdulatif nechog'lik xato qilganini anglaydi,anglaganda ham o'zini kutayotgan fojialarni,atrofidagi sotqinlarni,xiyonatlarni ko'rib-bilib anglaydi.Otasi-yu o'z jigariga qilgan xunrezligi, millat ma'naviyatiga qilgan adolatsizligi ko'z oldida yaqqol namoyon bo'ladi.Ko'ngil sezgan mudhish taqdir boshida yalang'och qilich bo'lib ko'tarilganda,tiliga bir kalom kelad:"Gunohkor farzandingizni kechirgaysiz, buzrukvor!" Ammo bu bilan na otasi, na millat va na xalqni oldida o'zini oqlay oladi... Odil Yoqubovning ushbu asari o'quvchini bir dam tarix sahnasiga olib chiqadi.Yaxshilar davrasida ilm va odamiylikka,xiyonatkor amirlar qurshovida makkorlik va xudbinlikka guvoh bo'ladi.Vijdon amri va to'g'riso'zlik naqadar buyuk kuch ekanligiga amin bo'ladi. O'quvchi kitob mutolaasi davomida buyuk allomani yod etadi va uning ma'naviy merosi bugungi kungacha yetib kelishida sababchi bo'lgan tarixiy shaxslar va voqealar bilan badiiy tasvirlarida tanishadi.
-
-
Qo'rqinchli Tehron
Mushfiq Kozimiy,Mazkur asar ikki kitobdan iborat bo'lib,unda o'tgan asr boshlaridagi voqealar qalamga olinadi. Oradan yillar o'tgan bo'lsa-da, undagi g'oyalar,o'lmas tuy'ular,orzular va armonlar zanjiri o'z ahamiyatini yo'qotmagan.Bosh qahramon Farruhning ezgulik va jaholat ,nafs yo'lidagi talato'plarga qarshi kurashi, qasosga undagan turfa sarguzashtlari va Mahinga bo'lgan sof muhabbati ikki romanni bir-biriga uzviy bog'lab turuvchi umumiy syujet chizig'ini tashkil etadi. "Qo'rqinchli Tehron" dunyo adabiyoti xazinasidan o'rin olgan asarlar sirasiga kiradi.Mushfiq Kozimiy qalamiga mansub ushbu asar olamiga oshufta bo'ling, aziz kitobxon.
-
Donishmand Sizif
Xurshid Do'stmuhammad,Yunon afsonalarida Olimp ma'budlariga qarshi isyon sababli toki qiyomatgacha og'ir xarsangni baland cho'qqiga dumalatib chiqarishdek befoyda va og'ir mehnatga mahkum qilingan Korinf hokimi Sizif haqida jahon adabiyotida ko'plab asarlar yaratilgan. Ushbu roman qahramoni bo'lgan Sizif siymosida sabr-toqati, irodasi va kurashi bilan o'tib bo'lmas mashaqqatlardan ustun kelib, cho'qqini zabt etgan muzaffar inson yoki mashaqqatlar mahsuli bo'lgan donishmand gavdalanadi. Zamonaviy nasrimizda paydo bo'lgan yana bir ajoyib romanni o'quvchilarga tavsiya etmoqdamiz.
-
Чолиқуши
Рашод Нури Гунтекин,Аёлнинг изтироблари, аёлнинг оғриқлари, аёлнинг оғир уй-кечинмалари... Уларнинг тугал ечими борми? Уни қандай муаммо доимо доимо қийноққа солади? У нимадан тасалли топади? Бу саволларнинг жавоби битта, у- муҳаббатдир!
-
-
-
-
Qo`rqinchli Tehron
Mushfiq Kozimiy,Qo`rqinchli Tehron dunyo adabiyoti xazinasidan o`rin olgan asarlar sirasiga kiradi.Mushfiq Rozimiy qalamiga mansub ushbu asar olamiga oshufta bo`ling aziz kitobxon.