-
G'ulom Zafariy
G'ulom Zafariy,O'zbek jadid adabiyoti tarixini G'ulom Zafariy ijodisiz tasav. vur etish qiyin. Zero, o'zbek adabiyotida musiqali drama janri va bolalar dramaturgiyasining vujudga kelishi bevosita uning nomi bilan bog'liq. Adib o'z asarlari bilan o'tgan asrning 20-30-yillari ma'naviy-ijtimoiy hayotida sezilarli iz qoldirdi. G'ulom Zafariy shoir, dramaturg, publitsist, aktyor, rejissor, bastakor, teatrshunos, musiqashunos, folklorchi olim ham bo'lgan. Mazkur risolada G'ulom Zafariy ijodining ayni jihatlariga e'tibor berildi. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy,XX asr o'zbek adabiyotining mumtoz namoyandasi, iste'dodli adib Abdulla Qodiriy o'zbek romanchilik maktabining asoschisi sanaladi. Uning asarlari o'zbekning har bir xonadoniga kirib bordi, har bir o'zbek kitobxonining sevimli asarlari qatoridan o'rin oldi. Abdulla Qodiriyning nomi asarlari bilan birga jahonga tanildi. Shu e'tibordan Bahodir Karimovning mazkur risolasida yozuvchining hayoti, ijodi, romanlari, satirik asarlari tahlili va qodiriyshunoslik xususida ma'lumot beriladi. Shu bilan birga, kitobdan adibning hikmatli so'zlari hamda boshqalar tomonidan e'tirof etilishi ham o'rin olgan. Risola keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
-
Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniy,Abdulla Avloniy - Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotining yirik vakili. Bu davr adabiyotining biror-bir qirrasi yo'qki, Avloniy ijodida bo'y ko'rsatmagan bo'lsa: millatni uyg'otishga va milliy ozodlikka chaqiruvchi she'rlarini deysizmi, teatr sohasidagi faoliyatini hamda dramatik asarlarini sanaysizmi, yangi avlod tarbiyasiga bag'ishlangan pedagogik asarlarini ayta- sizmi, milliy matbuotni oyoqqa turg'izishdagi sa'y-harakatlari yoxud shu matbuot sahifalarida bosilgan publisistik maqolalarini olasizmi bular- - ning barchasi bizga Abdulla Avloniy shaxsiyatini millat taraqqiyoti yo'lida fidoyilarcha xizmat qilgan ulkan mutafakkir sifatida namoyon etadi. Ushbu risolada shoir ijodining mana shunday muhim qirralarini qamrab olishga harakat qilindi. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Muhammadxo'ja Behbudiy
Muhammadxo'ja Behbudiy,Mahmudxo'ja Behbudiy jadidchilik harakatining yirik namo- yandasi, oʻlka jadidlarining yetakchisidir. U pedagogika, jurnalis- tika, matbaachilik, noshirlik, siyosat, tijorat va boshqa qator ishlar bilan shug'ullangan. Bundan tashqari, Behbudiy yangi o'zbek adabiyotining shakllanishi va rivojiga ham o'z hissasini qo'shdi. Ushbu risolada ma'rifatparvarning hayot yo'li, faoliyati, jadidchilik harakatining yirik vakillari bilan munosabati, ijodidan ayrim asarlari tahlilga tortilgan. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan.
-
Abdulhamid Cho'lpon
Abdulhamid Cho'lpon,XX asr o'zbek adabiyotidagi ayrim yangilanishlar Cho'lpon faoliyati bilan bog'liq. Adabiyotshunos Dilmurod Quronovning ushbu risolasida otashin shoir, iste'dodli adib Abdulhamid Cho'l- ponning hayoti va ijodi, xususan, she'riyati hamda nasriy asarlari muhokama qilinadi. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ozodlik buyuk ne'mat
To'xtamurod Toshev,Ushbu to'plamga muallifning Mustaqillik yillarida yozilib,O'zbekiston milliy matbuotida turli yillarda chop etilgan publisistik maqolalari jamlangan.Muallifning O'zbekiston Respublikasi Prezidentining olib borayotgan siyosati hamda mustaqillikni mustahkamlash,mustaqillikning qadri,uning mohiyati,Vatan haqidagi fikrlari,yoshlar kelajagimiz egalari va istiqlol osonlikcha qo'lga kiritilmaganligi to'g'risidagi mulohazalari kitobxonlarni befarq qoldirmaydi. Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
-
Adolatga xiyonat
To'xtamurod Toshev,Yozuvchining navbatdagi kitobi-"Adolatga xiyonat"qissasi kitobxonlarni befarq qoldirmaydi.Unda muhabbat,sevgi,oilaviy munosabatlar,hayotdagi qator ijtimoiy muammolar yozuvchi tomonidan mohiroona qayd etilgan.Ushbu kitobni o'qigan insonlar,ayniqsa,yoshlar o'zlariga tegishli xulosalar chiqarib oladilar va hayotda yaqin insonlariga xiyonat qilmaydilar,to'g'ri,halol yo'lni tanlab oladilar degan umiddamiz.
-
-
Mehr qolur muhabbat ,Muhabbat qolur
To'xtamurod Toshev,Ushbu kitobUstozlar xotirasiga hamda el ardog'ida bo'lgan insonlarga bag'ishlanadi.
-
"Tushda kechgan umrlar"
O'tkir Hoshimov,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi "kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intelektual salohiyati,ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda,ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.Ulug' adib ,O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi.Ushbu nashrning o'ziga xos jihtlaridan biri shundaki,bu nashri hozirgi o'zbek tilining imlo qoidalariga to'liq moslangan shaklda berilda.