-
Sherlok Xolms haqida hikoyalar
Artur Konon Doyl,Artur Konan Doylning eng mashhur asari „Sherlok Xolms haqida hikoyalar“dir. Adib ilk marotaba Sherlok Xolms obrazini „Skarletdagi ish“ (1887) romanida yaratgan. Yozuvchi Sherlok Holms obrazini „Holmsning sо‘nggi ishi“ (1893) hikoyasida о‘ldirmoqchi bо‘ladi. Lekin butun dunyo kitobxonlarining noroziligidan keyin izquvarni tiriltirib, yangi hikoyalar yozadi. Sherlok Xolms haqidagi ajoyib-g‘aroyib hikoyalar favqulotda hodisalarga boyligi bilan kattayu kichik kitobxonlarning e’tiborini qozongan. Kutilmagan vaziyatlarda о‘zni yо‘qotmaslik, mustahkam iroda, aql-zakovat boshqalarning mushkulini yengillashtirishni hayotining mazmuniga aylantirib olgan izkuvar taxsinga loyiq fazilatlidir.
-
-
Graf Monte Kristo
A.Dyuma,“Graf Monte-Kristo“ keng kitobxonlar eʼtiborini qozongan asardir. Unda insoniylik, shaxs erkinligi va tuyg‘ular go‘zalligi ulug‘lanadi. Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin bo‘lsa-da chiqishi o‘z ifodasini topadi. Qahramonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va ziddiyatlar muallifning nihoyatda kuzatuvchan va mohirligini namoyon etadi. Asar bosh qahramoni Edmon Dantes- Monte Kristo razolat botqog‘iga botgan insonlarni zo‘r matonat, aql-idrok bilan fosh etadi. Jazo ham, mukofot ham Allohning irodasi bilan inson tirikligidayoq uni benasib qoldirmasligi roman nihoyasida aksini topadi. Faqat buning uchun... Graf taʼkidlaganidek, “Kutmoq va umid qilmoq kerak“.
-
Graf Monte Kristo
A.Dyuma,Bu kitob – ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand “Graf Monte Kristo” yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq o‘zgacha inson bo‘lib etishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli. “Graf Monte Kristo”ni ko‘plar intiq kutayotganining boisi shundaki, ushbu kitob o‘zbek tilida chiqarilganiga qirq yildan oshdi. U dunyo adabiyoti xazinasidan o‘rin olgan bo‘lsa-da, ehtimol, hajmi kattaligi bois, bizda boshqa chop etilmagan. Nashriyotimiz ko‘p sonli kitobxonlarning talab-istaklarini inobatga olib, mazkur ishga qo‘l urganining boisi ana shunda. Marhamat, o‘smirlik va ulug‘vorlik, ezgulik va jaholat, nafs yo‘lidagi taloto‘plar, kimsasiz oroldagi nadomatlar, qasosga undagan turfa sarguzashtlar olamiga oshno bo‘ling, muhtaram o‘quvchi!
-
Graf Monte Kristo
A.Dyuma,Bu kitob – ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand “Graf Monte Kristo” yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq o‘zgacha inson bo‘lib etishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli. “Graf Monte Kristo”ni ko‘plar intiq kutayotganining boisi shundaki, ushbu kitob o‘zbek tilida chiqarilganiga qirq yildan oshdi. U dunyo adabiyoti xazinasidan o‘rin olgan bo‘lsa-da, ehtimol, hajmi kattaligi bois, bizda boshqa chop etilmagan. Nashriyotimiz ko‘p sonli kitobxonlarning talab-istaklarini inobatga olib, mazkur ishga qo‘l urganining boisi ana shunda. Marhamat, o‘smirlik va ulug‘vorlik, ezgulik va jaholat, nafs yo‘lidagi taloto‘plar, kimsasiz oroldagi nadomatlar, qasosga undagan turfa sarguzashtlar olamiga oshno bo‘ling, muhtaram o‘quvchi!
-
O'nta negr bolasi
Agata Kristi,Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yо‘q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning о‘zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e’tirof etgani ham bejiz emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bо‘lmagan о‘nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bо‘m-bо‘sh orol, kо‘p xonali, zimiston yо‘lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga kо‘ra uyga kelgan о‘nta mutlaqo notanish, bir-biriga о‘xshamagan о‘nta odam. Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom va shinam yotoqxonalar kutib turibdi. Lekin havas qilgudek mehmondо‘stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani ma’lum bо‘ladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qо‘ygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yо‘q. Barchani shubha-gumon chulg‘ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. Qо‘rquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq she’ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli о‘yinga ham xotima yasaladi. Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g‘ayrioddiy yо‘llar bilan о‘ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bо‘layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she’ri bilan chambarchas bog‘liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topilmasa, nahotki hammasi о‘limga mahkum bо‘lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?
-
Tanlangan asarlar
A.Oripov,Ўзбекистон Қаҳрамони, Халқ шоири Абдулла Орипов “Танланган асарлар”ининг саккизинчи жилди кейинги икки ярим йилда ёзилган руҳият ва чуқур фалсафийлик омихта бўлган янги шеърлардан жамланди. Зукко шеърхонлар улкан шоир ижоди янги мавзулар, янги ифода воситалари билан бойиганига, давр ва халқ, шахс ва жамият, инсон ва унинг қалби, нур ва зиё, муҳаббат ва нафрат, яхшилик ва ёвузлик, самимият ва ҳасад, меҳр ва қабоҳат сингари ўлмас ва азалий мавзулар янги ифода воситалари орқали очиб берилганига ишонч ҳосил килиб, янги шоирона нигоҳдан завқ оладилар, деб умид қиламиз.
-
"Kecha va kunduz"
A.Cho'lpon,Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon(1898-193)-shoir,yozuvchi,dramaturg,tarjimon va jamoat arbobi,"Sadoi Turkiston","Darxon", "Yangi sharq","Ishtirokiyun","Buxoro axbori" gazetalari va "Mushtum","Guliston" kabi jurnallarda faoliyat yuritgan." Ilmiy kengash", "Chig'atoy gurungi ", "Nashri maorif" tashkilotlari va "Turon" teatrida adabiy,ilmiy-ma'rifiy ishlar bilan shug'ullangan. Uning "O'zbek yosh shoirlari", "UYg'onish","Buloqlar",(1923), "Tong sirlari" (1926)va "Soz" (1936) to'plamlari "Oydin kechalarda", "Qor qo'ynida lola","novvoy qiz","Qurboni jaholat","Do'xtir Muhammadyor" singari hikoyalari,"Yo'l esdaligi", "Vayronalar orasidan","Adabiyot nadur" kabi ocherk va maqolalari, "temirchi", "Gunoh ", "Cho'rining isyoni","Yorqinoy", "Halil farang" va h/k. sahna asarlari, "Kecha kunduz "romoni mavjud..
-
"Mehrobdan chayon"
A.Qodiriy,O'zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrining asoschisi,buyuk ustozimiz -A.Qodiriy dastlabki ta'limni musulmon maktabi,rus-tuzem maktabida,Abulqosim shayx madrasasida olgan.1925-26-yillarda Moskvadagi adabiyot kursida ta'lim olgan. Uning dastlabki ijodlari "Samarqand","Oina", "Sadoi Turkiston"gazetalari va o'zi tashkil etgan "Mushtum" jurnalida e'lon qilingan.
-
"O'tkan kunlar"
A.Qodiriy,O'zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrining asoschisi,buyuk ustozimiz -A.Qodiriy dastlabki ta'limni musulmon maktabi,rus-tuzem maktabida,Abulqosim shayx madrasasida olgan.1925-26-yillarda Moskvadagi adabiyot kursida ta'lim olgan. Uning dastlabki ijodlari "Samarqand","Oina", "Sadoi Turkiston"gazetalari va o'zi tashkil etgan "Mushtum" jurnalida e'lon qilingan.
-
"Yevgeniy Onegin"
A.S.Pushkin,Adibning "Yevgeniy Onegin"asari rus adabiyotidagi birinchi she'riy romandir.Pushkin bu asarni yaratishda buyuk ingliz shoiri Bayronning "Don Juan"she'riy romanidan ta'sirlanib yaratgan. "Yevgeniy Onegin"romanining qahramoni kelishgan,aqlli,o'ziga yarasha o'qimishli,farosatli yigit.Lekin u o'z axloqini kibor jamiyat talabiga moslashtirishga majbur bo'lgani uchun hammaga ,hatto o'ziga ham begona.Munofiqlik va yolg'onni axloq darajasiga ko'targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o'rtasidagi.munosabatlarda samimiylik yo'q. Shu bois qizning eng munosib umr yo'ldoshi bo'lishi mumkinligini bilgani holda Yevgeniy Tatyananing sevgisini rad etadi. Yevgeniy yengiltak ham,xotinboz ham emas.Lekin kiborlar ko'ziga shunday ko'rinish,ular orasida shuhrat orttirish uchun ayollarni yo'ldan ozdirishga intiladi.Yevgeniy janjalkash qonxo'r odam emas ,ammo kiborlarda duelga chiqishdan qo'rqdi degan fikr uyg'otmaslik uchun o'zi istamagan holda sodda shoir yigit Lenskiyni otib o'ldiradi.Romanda kuchi,g'ayrati,aqlini sarflashi mumkin bo'lgan ezgu mo'ljalning yo'qligi tufayli qiynalayotgan yigitning iztiroblari aks etgan.
-
"Xamsa"
A.Navoiy,Mazkur kitobda Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari, me’yoridan cho'zilib ketgan manzaralar, monologlar biroz qisqartirilgan. Navoiy dostonlarining ushbu nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy she’riyat gultoji hisoblanmish «Xamsa» dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb o'ylaymiz.
-
Yulduzli tunlar
Pirimqul Qodirov,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 – sentabrdagi “Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora – tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi qarorida yosh avlodning ma’naviy – intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashlarini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga aloxida e’tibor qaratilgan. Ulug‘ adib Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma’naviy olami shunga yarasha bo‘ladi.
-
Mirzo Ulug'bek
Maqsud Shayxzoda,Maqsud Shayxzoda “Mirzo Ulug‘bek” asarida Ulug‘bekni “inson- olim – davlat arbobi” sifatida aks ettirishga intilgan. Ammo buni o‘zi ham oson ijodiy ish emas edi. Shubhasiz Ulug‘bek fojiasini keltirib chiqargan bu hayotiy masalalarni o‘zaro aloqada va uzviy bog‘liqlikda tasvirlash Shayhzodadan katta mahorat talab etdi.
-
Kecha va kunluz
Cho'lpon,“Kecha va kunduz” XX asr o‘zbek realistik adabiyotining yetuk namunasi. Asarda o‘zbek xalqining o‘tmishdagi eng og‘ir damlari qalamga olingan. Zero, inson qadr qimmatiga befarqlik bilan qarashday zulm dunyoda yo‘q. Cho‘lpon mana shu zulmga qarshi kurashdi. Zebi obrazi orqali insonning yetuk yaratiq ekanligini, u eng go‘zal qismatga munosib ekanligini ko‘rsatib berdi.
-
Mehrobdan chayon
Abdulla Qodiriy,Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani Turkiston feodallarining keyingi vakili bo‘lgan Xudoyorning o‘z xohishi yo‘lida dehkon ommasi va mayda hunarmand – kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo‘lmasin, rahmsiz jazo berishi romanning mavzuidir
-
O'tgan kunlar
Abdulla Qodiriy,Asl asarning qadrini vaqt belgilab beradi. Ammo vaqtning xakamligi xaqiqiy kitobxonga sungandagina baxo qiymatga ega bo‘ladi. “O‘tgan kunlar” didli o‘quvchilar qo‘lidan tushmasdan vaqtni qadrlayotgan ana shunday asarlar sirasidan hisoblanadi. Asar XIX asr o‘zbek xalqining manguga muxrlangan kartinasi sanaladi. O‘tmishni ko‘rmoqchi bo‘lgan xar bir inson unga boqmog‘i lozim.
-
Boburnoma
Z.M. Bobur,“Boburnoma” asari –o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallab turgan asar sifatida e’tirof etiladi Unda Markaziy Osiiyo Afg‘oniston, Xindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar o‘rin egallagan. “Boburnoma” asari –o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallab turgan asar sifatida e’tirof etiladi Unda Markaziy Osiiyo Afg‘oniston, Xindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar o‘rin egallagan. “Boburnoma” asari –o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallab turgan asar sifatida e’tirof etiladi Unda Markaziy Osiiyo Afg‘oniston, Xindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar o‘rin egallagan.
-
Chinor
Asqad Muxtor,Asqad Muxtorning ushbu romanida oila boshlig‘i Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o‘zaro bog‘langan qissalarining xar biri mustaqil axloqiy estetik fikrni ilgari suradi. Xikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi. Asqad Muxtorning ushbu romanida oila boshlig‘i Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o‘zaro bog‘langan qissalarining xar biri mustaqil axloqiy estetik fikrni ilgari suradi. Xikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi. Asqad Muxtorning ushbu romanida oila boshlig‘i Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o‘zaro bog‘langan qissalarining xar biri mustaqil axloqiy estetik fikrni ilgari suradi. Xikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi. Asqad Muxtorning ushbu romanida oila boshlig‘i Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o‘zaro bog‘langan qissalarining xar biri mustaqil axloqiy estetik fikrni ilgari suradi. Hikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi.
-
Xamsa
Alisher Navoiy,Mazkur kitobda Alisher Navoiy “Xamsa” sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan.