-
-
-
-
-
Huquqshunoslik,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Huquqshunoslik,
-
-
Huquqshunoslik,
-
Ўзбекистон Республикасининг жиноят кодекси (2023 йил 1 февралгача бўлган ўзгартириш ва қўшимчалар билан)
muallifla jamoasi,Huquqshunoslik,
-
Жиноятнинг махсус субъекти
Абдурасулова Қ.Р.,Ушбу ўқув қўлланма жиноятнинг махсус субъекти билан боглик масалаларга бағишланган бўлиб, унда махсус субъект жиноят таркибининг муҳим белгиларидан бири сифатида ўрганилган. Жиноят хукукида жиноят қонунида назарда тутилган ижтимоий хавфли килмишни содир этган шахс, агар у мазкур қонунда белгиланган жиноий жавобгарликка тортиш ёшига тўлган, ақли расо бўлса, жиноятнинг субъекти деб топилади. Аммо бу белгилар баъзан муайян шахсни алохида жиноятларнинг субъекти деб топиш учун етарли бўлмайди. Бундай ҳолатларда жиноий жавобгарликни тўғри белгилаш учун конун чиқарувчи Жиноят кодексида бир қатор қўшимча белгиларни назарда тутган. Мана шу белгиларга кўра, жиноятнинг махсус субъекти аникланади.
-
Жиноят процессуал ҳуқуқи
Тулаганова Г.З, Базарова Д.Б, Уралов С.С.,Ушбу ўқув қўлланма юридик олий ўқув юртларида таҳсил олаётган талабаларга семинар ва амалий машгулотларга тайёргарлик кўриш ва модуль доирасида топшириқларни бажаришларига кўмаклашиш учун тайёрланган, Ўкув қўлланма бакалавриат йўналишининг 5240100-юриспруденция ихтисослиги бўйича билим олувчиларга мўлжалланган. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус вазирлигининг 2021 йил 31 майдаги 237-сонли буйруғига асосан нашрга тавсия этилган.
-
Жиноят процессида адвокат иштироки
Базарова Д.Б.,Укув қўлланма магистрантларга жиноят-процессуал ҳукуқига оид фанларни ўқитиш методикаси, метод ва усулларини таҳлил этиш кўникмасини шакллантириш, шунингдек, жамиятни демократлаштириш шароитида жиноят-процессуал ҳуқуқий фанлар тўғрисида талабаларнинг билимларини такомиллаштириш, ушбу соҳа муаммоларини аниклаш, тахлил этиш ва баҳолаш кўникма ва малакаларини таркиб топтириш, шунингдек жиноят-процессуал ҳукукий фанларнинг асосий масалалари юзасидан чукур билим олишни таъминлаш ҳамда талабаларнинг касбий билим, кўникмаларини узлуксиз янгилаш ва ривожлантириш механизмларини Яратиш ҳамда укув жараёнини фан ва амалиёт билан самарали интеграциясини таъминлашга қаратилган фаолиятни ташкил этиш тўғрисида маълумотлар беради. Шунингдек, ушбу ўқув қўлланма Ўзбекистон Республикаси жиноят-процессуал қонунчилиги, жиноят ҳукуки, хукукни мухофаза қилувчи органлар тузилмаси ва суд тизими нормаларини ўрганишга бағишланган. Шу билан бирга, ушбу ўқув қўлланмада адвокатнинг жиноят процессидаги фаолиятига оид қонун ҳужжатларни тахлил қилиш, ўқув материалларини ўрганиш билан муҳим аҳамият касб этади.
-
Sanoat mulk huquqi obyektlari
Mexmonov Q.M,Ушбу ўқув қўлланма олий таълим муассасаларида кредит-модуль тизимини самарали ж рий қилишга йўналтирилган бўлиб, унда олий таълимнинг барча иштирокчилари, жумладан, профессор-ўкитувчилар, талабалар, илмий изланувчилар, педагогик кадрларни кайта тайёрлан ва малакасини ошириш минтақавий ва тармок марказлари тингловчилари ва раҳбар ходимлар учун зарур маълумотлар тақдим қилинган. Мазкур қўлланмада кредит-модуль тизими тарихи, ECTS (European Credit Transfer System), дунё мамлакатларидаги кредит-модуль тизимига турлича ёндашувлар, атамалар, кредит-мо- дуль тизими тамойиллари, афзалликлари, кредит-модуль тизимида ўкув дастурларининг яра- тилиши, талабалар билимини баҳолашга оид тавсиялар, назорат турларини ўтказиш тарти- блари, талабаларга хизмат кўрсатиш регистратор офис фаолияти, академик мобиллик ва кредитларни тан олиш тартиби, транскрипт, мустақил таълимни ташкил этишнинг мақсади ва вазифалари, таьлим дастурларини халкаро аккредитациядан ўтлазиш, олий таълим тизими- да кредит-модуль тизимни жорий қилишдаги мавжуд муаммолар ва уларнинг ечимлари буйи ча таклифлар келтирилган.
-
Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish muommolari
Salayev S.N, Niyozova S.S,Ushbu darslikda jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish tushunchasi, turlari va bosqichlari; jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jinoyat qonuni normalarini sharhlash; jinoyat qonunining hudud, shaxslar doirasi va vaqt bo'yicha amal qilishi qoidalarining jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi o'rni va ahamiyati; jinoyat qonuni hamda Oliy Sud Plenumi qarorlari qoidalarining jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi o'rni va ahamiyati; jinoyat tarkibi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning asosi sifatida ekanligi; jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv belgilariga ko'ra jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish; dastlabki jinoiy faoliyatning kvalifikatsiyasi; ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish; xato va uning jinoiy-huquqiy ahamiyati; normalar raqobati mavjud bo'lganda, qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar bayon etilgan. Mazkur darslik oliy va o'rta maxsus o'quv yurti talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, jamoat birlashmalari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyat protsessi prinsiplari
Jo'rayev I.B,Mazkur o'quv qo'llanma jinoyat ishlarini yuritish jarayonida jinoyat protsessi prinsiplari, uning tushunchasi, turlari, huquqiy tabiati va mohiyati, jinoyat protsessining turli bosqichlarida sudgacha bo'lgan va sud bosqichlarida jinoyat ishlarini ko'rib chiqish jarayonida jinoyat protsessi prinsiplariga amal qilish va uning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq masalalarga bag'ishlangan. Ushbu o'quv qo'llanma professor-o'qituvchilar, xodimlar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar, tinglovchilar, kursantlar, shuningdek, tergovchilar, prokurorlar va sudyalar uchun mo'ljallangan.
-
Kriminologiya
Niyozova S.S, Salayev S.N.,Mazkur darslikda kriminologiya tushunchasi, predmeti va tizimi hamda metodi; jinoyatchilik tushunchasi, uning tarkibi va latent jinoyatchilik; jinoyatchilik sabablari va unga imkon beruvchi shart-sharoitlar; jinoyatchi shaxsi tushunchasi, uning tuzilishi va kriminologik tavsifi; jinoyatchilikning oldini olish tushunchasi va turlari; jinoyatchilikning oldini olish subyektlari hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik kabi masalalar bayon etilgan. Ushbu darslik oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi
Maxmudov F.B,Ushbu o'quv qo'llanmada davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi tushunchasi va uning yuridik tabiati, ularning turli ko'rinishlari, korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga oid qonunchilik asoslari va rivojlanishi, davlat organlarining korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga oid faoliyati, davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olishda odob-axloq qoidalari hamda cheklov va taqiqlarning o'rni, shuningdek, xorijiy mamlakatlar davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olish masalalari hamda korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olishning asosiy yo'nalishlari bayon qilingan.
-
Huquqiy eksperiment
Hayitov Sh.R.,Mazkur o'quv qo'llanma Davlat va huquq nazariyasi modulining "Huquq ijodkorligi" mavzusi bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda huquqiy eksperiment tushunchasi, turlari va prinsiplari, norma ijodkorligi jara- yonida huquqiy eksperiment va uning bosqichlari, subyektlari hamda O'zbekistonda huquqiy eksperimentning o'ziga xos xususiyatlari kabi masalalar atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, qo'llanmada mavzuga oid jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishi talabalariga va huquq ijodkorligi masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
Huquq tarixi
Muhamedov H.,Ushbu o'quv qo'llanmada huquq manbalarining paydo bo'lishi va ularning qadimgi, o'rta asrlar, yangi va eng yangi davrlarda rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek, alohida davlatlar huquqining asosiy belgilari kabi masalalar yoritilgan. Unda, xususan, qadimgi davrda Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, Afina, Sparta va Rim, o'rta asrlarda Vizantiya, Franklar davlati, Fransiya, Germaniya, Angliya, Rossiya, Arab xalifaligi, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, yangi va eng yangi davrlarda Angliya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Rossiya, Xitoy va Yaponiyaning huquq tarixi bayon qilingan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va aspirant-tadqiqotchilari uchun mo'ljallangan.
-
Ijtimoiy munosabatlar va huquq
Mavluda Axmedshayeva,Mazkur o'quv qo'llanma yuridik oliy ta'lim muassasalari bakalavriat bosqichi yo'nalishlari (60420100-Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha) uchun o'tiladigan Davlat va huquq nazariyasi modulining "Ijtimoiy muno- sabatlar va huquq" va "Huquq prinsiplari" mavzulariga bag'ishlangan bo'lib, unda jamiyatning normativ tizimini tashkil etuvchi ijtimoiy normalar, ular- ning umumiy va o'zaro farqli jihatlari, huquq va axloq, huquq va diniy nor- malarning o'zaro nisbati, huquqni tushunish masalalari, huquqning mohiyati, belgilari hamda prinsiplari va funksiyalari bugungi kun nuqtayi nazaridan yoritilgan.
-
Huquq va ijtimoiy fanlar
Tojiboyeva D.O.,Mazkur darslik bo'lg'usi mutaxassislarda ijtimoiy fanlarning huquq bilan bog'liqligini o'zlashtirishga qaratilgan, zamonaviy ta'limning muhim vazifalaridan birini o'zida mujassam etgan ilk qo'llanma hisoblanadi. Darslik Yurisprudensiya-60420100 ta'lim yo'nalishi bakalavriat talaba- lari, magistrlar, o'qituvchilar va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami 233-0712)
-
Xalqaro investitsiya huquqiga kirish
Kollins D.,Mazkur darslik Kembrij universiteti nashriyoti va Toshkent davlat yuridik universiteti o'rtasida 2021-yil 5-iyunda tuzilgan shatrnomaga muvofiq tarjima qilingan. Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Inson huquqlari
Yuldasheva G, Gafurova N.,Mazkur darslik inson huquqlari bo'yicha hozirgi zamon muommolari, inson huquqlarini ta'minlashdagi xalqaro va milliy mexanizmlarni yoritib, davlatning xalqaro huquqiy tizim bilan o'zaro bog'liqligi tushuntirib berilgan.
-
-
Intelektual mulk sohasida nizolarni hal etish
Bahramova Mohinur Bahramovna,O’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasida va xorijda intelektual mulk sohasidagi nizolarni hal etishga bag’ishlangan. O’quv qo’llanma huquqshunoslik, yuridik xizmatlar xodimlari, tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar, shuningdek, xalqaro tijorat arbitrajining yurisdiksiyasiga qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo’ljallangan.
-
O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati
Matkarimov Qudrat Qalandarovich,Mazkur o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi advokatlik faoliyati fani tushunchasi, predmeti va tizimi, O’zbekistonda advokatura institutining rivojlanishi, O’zbekiston Respublikasida advokatura to’g’risidagi qonunchilikning shakillanishi, advokatning kasbiy etikasi, advokatlik faoliyatida notiqlik san’ati asoslari, jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo’yicha hamda huquqni qo’llash amaliyotining turli sohalarida advokat ishtiroki masalalriga bag’ishlangan.
-
Fuqarolik huquqi: II qism
muallifla jamoasi,Mazkur darslik O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyunda qabul qilingan 1990-son qarorida TDYU oldiga qo’yilgan talablar asosida yozilgan.
-
Жиноят процессида суд қарорларини қайта кўриб чиқиш
Суюнова Дилбар Жолдасбаевна,Мазкур дарсликда Ўзбекистон Республикаси амлдаги жиноят-процессуал қонунчилиги суд қарорларининг қонунийлиги, асослиги, адолатлигини текшириш юзасидан талабларни таҳлил қилинган, апелляция ва кассация инстанция судларининг функциялари, ваколатлари кўриб чиқилган , биринчи инстанция судлари ҳукумларини бекор қилиш ёки ўзгартириш асослари ўрганиб чиқилган.