-
-
MAJBURIYAT HUQUQI
O.Oqyulov, N.Imomov, M.Baratov, B.Topildiyev, Q. Mexmonov, A.Tojiboyev, U. Shonazarov.,Huquqshunoslik, -
Huquqshunoslik,
-
-
SUD VA PROTSESSUAL HUJJATLAR
D.Y. Xabibullayev, Z.N.Esanova, M.M.Mamasiddiqov, PhD Q.S. Avezov, Sh.X.Tulyaganova, A.R.Matmuratov,Huquqshunoslik, -
-
-
SHARTNOMA TUZISH
N.Imomov, O.Oqyulov, R.Xursanov, V.Usmonov, D.Babajonova, B.Topildiyev, M.Baratov, Q.Mehmonov,Huquqshunoslik, -
-
Huquqshunoslik,
-
MEHNAT HUQUQI
X.V.Burxanxodjayeva y.f.n. dots., G.K. Sarimsakova, M.P.Ibragimova, U.B.Abduraxmonov, G.K.Sarimsakova, M.M.Karimjonov, D.S.Atajonova, M.A.Raximov, B.D.Raximberganova, X.V.Burxanxodjayeva y.f.n. dots.,Huquqshunoslik, -
JINOYAT HUQUQI
B.Xidoyatov, O.Mahkamov, R.Zufarov, M.Kurbonov, X.Abzalova, U.Zakirova, D.Kamalova, X.Karimov, M.O'razaliyev, N.Salayev, G.Tulaganova, R.Altiyev, S.Niyozova, V.Sunnatov.,Huquqshunoslik, -
Huquqshunoslik,
-
JINOYAT PROTSESSUAL HUQUQI
Tuxtasheva U.A, Pulatov B, Bazarova D.B, Saxaddinov S, Tulaganova G.Z, Mirasov D.M, Mirzayev A, Mavlonov K.T, Kenjaboyev D.I, Salomov M.S.,Huquqshunoslik, -
FUQAROLIK HUQUQI
O.Oqyulov, N.Imomov, M.Baratov, B.Topildiyev, Q.Mehmonov, G.Mamaraimova, A.Tojiboyev, U.Shonazarov,Huquqshunoslik, -
-
-
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI
M.Axmedshayeva, M.Najimov, Sh.Saydullayev, M.Utemuratov, O.Xusanboyev,Huquqshunoslik, -
-
-
XODIMLAR BO'YICHA ISH YURITISH
G.K. Sarimsakova, B.D. Raximberganova,Darslikda xodimimlar bo'yicha ish yuritish tartibi, usullari va vositalari, kadrlar bo'limining faoliyati, kadrlar bo'limi xodimlarining vazifa va funksiyalari, shuningdek, korxona, muassasa, tashkilotlarda xodimlar bo'yicha ish yuritishni tartibga solishga qaratilgan turli masalalar yoritilgan. Mazkur darslik xodimlar bo'yicha ish yuritish amaliyotida rioya qilinishi kerak bo'lgan qoidalarni va turli lokal hujjatlardan namunalarni o'z ichiga olagan. Darslik o'quvchilarga mehnat qonunchiligi normalarini amaliyotda qo'llashni o'rgatish maqsadida tayyorlangan o'quv adabiyoti hisoblanadi. Darslik 3240100 - yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi o'quv dasturiga mos ravishda tayyorlangan bo'lib, darslikdan yuridik o'rta maxsus ta'lim muassasalari (yuridik kollejlar) o'quvchilari, bakalavriat yo'nalishi talabalari va xodimlar bo'yicha ish yurituvchi mutaxassislar foydalanishlari mumkin. Darslikda 2019-yil 1-noyabrga qadar amalda bo'lgan normativ huquqiy hujjatlardan foydalanilgan.
-
MAJBURIYAT HUQUQI
O.Oqyulov, N.Imomov, M.Baratov, B.Topildiyev, Q. Mexmonov, A.Tojiboyev, U. Shonazarov.,Yuridik kollejlar uchun tayyorlangan mazkur darslik, majburiyat huquqi tushunchasi va uning vujudga kelishi, majburiyat subektlari, majburiyatda shaxslarning o'zgarishini o'zida ifodalaydi. Shuningdek, unda majburiyatlarni bajarish va uni ta'minlash, majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik hamda majburiyatlarning bekor bo'lishi kabilarning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Darslik o'qituvchilar, huquqshunoslar, talabalar, o'quvchilar va majburiyat huquqi faniga qiziquvchilarning keng ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi ishlarni yuritish
Ibaratova F.B,O'quv qo'llanmada huquqiy ta'sir choralarini qo'llash va huquqiy ta'sir choralarning turlari, huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi ishni qo'zg'atish, ishni ko'rish va hal qiluv qarorini qabul qilish, qayta ko'rishning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Iqtisodiy sud tomonidan huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi arizani rasmiylashtirish tartibi, arizani rad etish, arizani qaytarish asoslari, ishni sudda ko'rishga tayyorlash bo'yicha sudya tomonidan amalga oshiriladigan protsessual harakatlarning hajmi va mazmuniga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan.
-
Diplomatik va konsullik huquqi
Yuldasheva G.,Darslikda diplomatik va konsullik huquqining paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari, terminologiyasi, diplomatik va konsullik faoliyatini tartibga soluvchi prinsip va normalar, diplomatik huquq va ichki huquqning o'zaro aloqasi ko'rib chiqilgan. Darslik yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalari va professor- o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
SUD VA PROTSESSUAL HUJJATLAR
D.Y. Xabibullayev, Z.N.Esanova, M.M.Mamasiddiqov, PhD Q.S. Avezov, Sh.X.Tulyaganova, A.R.Matmuratov,Mazkur darslikda fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishga oid protsessual hujjatlar, ularning turlari va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, har bir mavzuga oid nazorat uchun savollar, protsessual hujjatlardan namunalar o'rin olgan. Darslik yuridik texnikum o'quvchilari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
ADVOKATURA
D. Habibullayev.,Ushbu darslikdan advokatura fani tushunchasi, predmeti va tizimi, advokatlik faoliyatining prinsiplari, Advokatlar palatasining huquqiy maqomi, advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi, advokatlik faoliyatining tashkiliy shaklllari, advokat maqomini olish, to'xtatib turish va tugatish, advokatning kasb etikasi va uning javobgarlik masalalari, advokatning fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy, jinoyat sudlari ishlarini yuritishdagi ishtiroki, shuningdek, har bir mavzuga oid kazuslar, asosiy tushunchalar hamda nazorat uchun savollar o'rin olgan. Darslik yuridik texnikumlarda ta'lim oluvchi o'quvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, professor o'qituvchilar, advokatlar, shuningdek, advokatura institutiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'jallangan.
-
IJRO ISHI YURITISH
O'razaliyev Murod Qorayevich,Yuridik texnikum o'quvchilari uchun tayyorlangan mazkur darslikda davlat ijrochisining ijro ishini tashkil etish jarayonida sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlash faoliyatiga oid dolzarb masalalar yoritib berilgan. Darslik Respublikamizdagi huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumi o'quvchilari, o'qituvchilar' huquqshunoslar, shuningdek, ijro ishi yuritish jarayoni bilan qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
SHARTNOMA TUZISH
N.Imomov, O.Oqyulov, R.Xursanov, V.Usmonov, D.Babajonova, B.Topildiyev, M.Baratov, Q.Mehmonov,Yuridik texnikumlar uchun tayyorlangan mazkur darslikda shartnoma tuzish bilan bog'liq jarayonlarning huquqiy asoslari, tartibi va shartlarini, shrtnoma tuzish usullari va ularning rasmiylashtirilishini ko'rsatib berilgan. Shuningdek, unda shartnoma tuzish bosqichlari, oferta va akseptni rasmiylashtirish va yuborish tartibi, dastlabki shartnomani tuzishga nisbatan talablar, kimoshdi savdoda shartnoma tuzish, internet orqali shartnoma tuzish, tanlov savdolarda shartnoma tuzish, davlat xaridlari bo'yicha shartnomalar tuzish va rasmiylashtirishdan tashqari iqtisodiy shartnomalar tuzishning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Darslik o'quvchilar, huquqshunoslar, talabalar va shartnoma tuzish nazariyasi va amaliyoti bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Huquq birlashmasining 2019-yil 5-fevraldagi 4-son qarori bilan yuridik texnikumlar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
MEHNAT SHARTNOMASI
Sarimsaqova G.K.,Darslikda bozor munosabatlari sharoitida mehnat huquqining muhim institutlaridan bo'lgan mehnat shartnomasi institutini, jumladan, mehnat shartnomasi tushunchasi va uning boshqa turdosh fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farqli jihatlarini, mehnat shartnomasini tuzish, o'zgartirish hamda bekor qilishni tartibga soluvchi O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi normalarini amaliyotda qo'llashning asosiy qoidalarini o'rganish orqali mehnat munosabatlarida qonuniylik hamda ijtimoiy adolatning ta'minlashi masalalari o'z ifodasini topgan. Darslik 5240100 - yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi o'quv dasturiga mos ravishda tayyorlangan. Darslikdan yuridik kollej talabalari, o'qituvchilar, shuniingdek, mehnat qonunchiligi masalalari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar foydalanishlari mumkin. Darslikda 2020-yil 1-noyabrga qadar amalda bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanilgan.
-
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
M.M.Mamasiddiqov, Z.N.Esanova, D.Y.Xabibullayev.,Mazkur darslik Davlat ta'lim standarti asosida yuridik texnikum o'quvchilari uchun tuzilgan "Fuqarolik protsessual huquqi" fani o'quv dasturiga muvofiq hamda shaxsga yo'naltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil ta'lim olish texnologiyalari, tamoyillari va talablari asosida tayyorlangan. Darslikda fuqarolik protsessual huquqining umumiy va maxsus qismiga oid barcha mavzular, har bir mavzu bo'yicha nazorat savollari, kazuslar, ushbu fanga oid o'qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati o'z aksini topgan. Mazkur darslik nafaqat yuridik texnikum o'quvchilari uchun, shuningdek, amaliyotchi va ilmiy xodimlar, keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
MEHNAT HUQUQI
X.V.Burxanxodjayeva y.f.n. dots., G.K. Sarimsakova, M.P.Ibragimova, U.B.Abduraxmonov, G.K.Sarimsakova, M.M.Karimjonov, D.S.Atajonova, M.A.Raximov, B.D.Raximberganova, X.V.Burxanxodjayeva y.f.n. dots.,Darslikda mehnat huquqining umumiy va maxsus qismi institutlari amaldagi mehnat huquqiga oid normalar asosida ishlab chiqilgan va ularni amaliyotda qo'llanilishi bilan bog'liq masalalar yoritilgan bo'lib, yuridik kollej talabalari uchun mo'ljallangan.
-
JINOYAT HUQUQI
B.Xidoyatov, O.Mahkamov, R.Zufarov, M.Kurbonov, X.Abzalova, U.Zakirova, D.Kamalova, X.Karimov, M.O'razaliyev, N.Salayev, G.Tulaganova, R.Altiyev, S.Niyozova, V.Sunnatov.,Ushbu darslik yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim olayotgan yuridik texnikum o'quvchilari Jinoyat huquqi fani bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulot (seminar)larga tayyorgarlik ko'rish uchun mo'ljallangan bo'lib, unda jinoyat huquqi fanining o'quv dasturidagi mavzular qamrab olingan va har bir mavzu bo'yicha savollar, shuningdek , tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati berilgan. Darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilariga dars jarayonlarini tashkil etish, ma'ruza va amaliy mashg'ulot (seminar)lar o'tkazishda, shuningdek, bakalavr va magistratura bosqichi talabalariga, amaliyot xodimlariga hamda Jinoyat huquqiga qiziquvchi kitobxonlarga tavsiya qilinadi.
-
-
JINOYAT PROTSESSUAL HUQUQI
Tuxtasheva U.A, Pulatov B, Bazarova D.B, Saxaddinov S, Tulaganova G.Z, Mirasov D.M, Mirzayev A, Mavlonov K.T, Kenjaboyev D.I, Salomov M.S.,Mazkur darslik "Jinoyat-protsessual huquqi" fanining umumiy va maxsus qismlari bo'yicha o'quv dasturi negizida tayyorlangan va yuridik kollejlar o'quvchilariga mo'ljallangan.
-
FUQAROLIK HUQUQI
O.Oqyulov, N.Imomov, M.Baratov, B.Topildiyev, Q.Mehmonov, G.Mamaraimova, A.Tojiboyev, U.Shonazarov,Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2019-yil 20-iyuldagi 654-sonli buyrug'i asosida nashrga tavsiya etilgan
-
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
B.T.Musayev, K.R.aliyeva, B.A.Narimanov,Konstitutsiyaviy huquq bo'yicha tayyorlangan darslik, yuridik kollejlarning talabalari uchun mo'ljallangan ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda konstitutsyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga kiritilgan barcha o'zgartirishlar e'tiborga olingan. Darslik kollejlarning talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
MA'MURIY HUQUQ VA PROTSESS
B.Musayev, D.Artikov, B.Qosimov,Darslik Ma'muriy huquq va protsesning boshlang'ich tushunchalariga bag'ishlangan bo'lib, talabalarga ma'muriy huquqning yangi tushunchasi asosida ma'muriy organ, ma'muriy tartib-taomil, ma'muriy ish yurituvi, ma'muriy hujjat, shuningdek, ma'muriy huquqiy munosabat bilan bog'liq bo'lgan boshqa masalalarni yoritib berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Darslik yuridik kollej talabalariga mo'jallab tayyorlangan.
-
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI
M.Axmedshayeva, M.Najimov, Sh.Saydullayev, M.Utemuratov, O.Xusanboyev,"Davlat va huquq nazariyasi" fani bo'yicha tayyorlangan mazkur darslikda mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikum talabalari hamda huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Mol-mulkni ishonchli boshqarish
Topildiyev B.R,Ushbu o'quv qo'llanmada mol-mulkni ishonchli boshqarish tushunchasi va uning majburiyatlar tizimida tutgan o'rni, mol-mulkni ishonchli boshqarishni fuqarolik-huquqiy tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari, mol-mulkni ishonchli boshqarishning vujudga kelish asoslari, ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqlarni amalga oshirish tartibi, mol-mulkni ishonchli boshqarish subyektlarining vakolatlari, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartlarini buzganlik uchun fuqarolik- huquqiy javobgarlik muammolari va mol-mulkni ishonchli boshqarishning bekor bo'lish asoslari kabi masalalar yoritilgan. O'quv qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlari talabalari va magistrantlari, shuningdek, yuridik texnikum talabalariga mo'ljallangan.
-
Актуальные проблемы реализации инвестиции
А.Хаджиев, А.Собиров,Данное пособие называется Проблемы обоснования осуществления инвестиции и с помощью данной пособий создаёт удобство для студентов в приобретении новых знаний и навыков об инвестиционной политике, объектах инвестирования, субъектах, правых основах осуществления инвестиции в правовой системе.