-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Huquqshunoslik,
-
Yuristning yozma nutqi
Gulyamova G., Ziyamuxamedova Sh., Sh Bozorova.,Yuristning yozma nutqi:kasb -hunar kollejlari ushun darslik/ T aqrizchilar:Azimjva I., Rasulmuxamedova D.
-
Donishmand sizif
Do'stmuhammad.Xurshid,Yunon afsonalarida olimp ma'budlarga qarshi isyoni sababli toki qiyomatgacha ogir xarsangni baland cho'qqiga dumalatib chiqarishdek befoyda va og'ir mehnatga mahkum qilingan Korinf hokimi Sizif haqida jahon adabiyotida ko'plab asarlar yaratilgan.
-
Xodimlar bo'yicha ish yuritish
G.K.Sarimsakova va boshqalar.,Darslikda xodimlar bo‘yicha ish yuritish tartibi, usullari va vositalari, kadrlar bo‘limining faoliyati, kadrlar bo‘limi xodimlarining vazifa va funksiyalari, shuningdek, korxona, muassasa, tashkilotlarda xodimlar bo‘yicha ish yuritishni tartibga solishga qaratilgan turli masalalar yoritilgan. Mazkur darslik xodimlar bo‘yicha ish yuritish amaliyotida rioya qilinilishi kerak bo‘lgan qoidalarni va turli lokal hujjatlardan namunalarni o‘z ichiga olgan. Darslik o‘quvchilarga mehnat qonunchiligi normalarini amaliyotda qo‘llashni o‘rgatish maqsadida tayyorlangan o‘quv adabiyoti hisoblanadi. Darslik 3240100 – yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi o‘quv dasturiga mos ravishda tayyorlangan bo‘lib, darslikdan yuridik o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari (yuridik kollejlar) o‘quvchilari, bakalavriat yo‘nalishi talabalari va xodimlar bo‘yicha ish yurituvchi mutaxassislar foydalanishlari mumkin. Darslikda 2019 yil 1 noyabrga qadar amalda bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanilgan
-
Agrar huquq
J.T.Xolmo'minov va boshqalar.,Ushbu darslik, yuridik texnikumlar o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda agrar sektorda bozor munosabatlariga o‘tishni huquqiy tartibga solish, qishloq xo‘jalik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, qishloq xo‘jaligi faoliyati subyektlari huquqiy holati, agrar qonunchilikni buzganlik uchun javob- garlik, qishloq xo‘jalik kooperativlari faoliyatini huquqiy tartibga solish, fermer xo‘jaliklarining huquqiy holati, dehqon xo‘jaliklarining huquqiy holati, qishloq xo‘jalik faoliyatining alohida turlarini huquqiy tartibga solish, qishloq xo‘jaligi- da tabiatdan samarali foydalanishni huquqiy ta'minlash, qishloq xo‘jaligidagi shartnoma munosabatlari, qishloq xo‘jaligida mehnat munosabatlarini o‘ziga xos xususiyatlari va xorijiy mamlakatlar agrar huquqini o‘ziga xos jihatlari kabi ma- salalar yoritilgan. Yuridik ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan texnikumlar o‘quvchilari va agrar huquqi fani bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
-
Ijro ishi yuritish
M.Q.O'rozaliyev,Yuridik texnikum o'quvchilari uchun tayyorlangan mazkur darslikda davlat ijrochisining ijro ishini tashkil etish jarayonida sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlash faoliyatiga oid dalzarb masalalar yoritib berilgan.Darslik Respublikamizdagi huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi yuridik texnikumi o'quvchilari,o'qituvchilar,huquqshunoslar,shuningdek ijro ishi yuritish jarayoni bilan qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Sud protsessual hujjatlari
D.Y.Xabibullayev va boshqalar,Mazkur darslikda fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishga oid protsessual hujjatlar, ularning turlari va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek har bir mavzuga oid nazorat uchun savollar, protsessual hujjatlardan namunalar o‘rin olgan. Darslik yuridik texnikum o‘quvchilari, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
-
Mehnat shartnomasi
G.K. Sarimsoqova,Darslikda bozor munosabatlari sharoitida mehnat huquqining muhim institutlaridan bo‘lgan mehnat shartnomasi institutini, jumladan, mehnat shartnomasi tushunchasi va uning boshqa turdosh fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farqli jihatlarini, mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilishni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi normalarini amaliyotda qo‘llashning asosiy qoidalarini o‘rganish orqali mehnat munosabatlarida qonuniylik hamda ijtimoiy adolatning ta’minlanishi masalalari o‘z ifodasini topgan. Darslik 5240100 – yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi o‘quv dasturiga mos ravishda tayyorlangan. Darslikdan yuridik kollej talabalari, o‘qituvchilar, shuningdek, mehnat qonunchiligi masalalari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar foydalanishlari mumkin. Darslikda 2020-yil 1- noyabrga qadar amalda bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanilgan.
-
Ma'muriy hujjatlar
D.Artikov va boshqalar,“Ma’muriy hujjatlar” darsligi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy huquq sohasi bilan bog‘liq yangi qonunchiligiga asoslangan holda ma’muriy hujjatlarning nazariy-huquqiy masalalarini yoritib berish, ma’muriy hujjatlar bilan bog‘liq huquqni qo‘llashda zarur bo‘lgan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur darslik 10 ta bobdan iborat bo‘lib, belgilangan dastur doirasida shakllantirilgan. Darslikda quyidagi masalalar qamrab olingan: ma’muriy hujjat tushunchasi, mohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari; ma’muriy hujjatning shakli va mazmuni; ma’muriy hujjatning asosliligi; ma’muriy hujjatning kuchga kirishi; ma’muriy hujjatni tushuntirib berish va uni tuzatish; ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish, uni bekor qilish, o‘zgartirish yoki haqiqiy emas deb topish; litsenziyalash sohasidagi ma’muriy hujjatlar; ruxsat berish sohasidagi ma’muriy hujjatlar; ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi ma’muriy hujjatlar; davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa sohalarda ma’muriy hujjatlar.
-
Konstitutsiyaviy huquq
B.T.Musayev va boshqalar,Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi(tizimi)O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi.Unda Konstitutsiyaga kiritilgan barcha o'zgarishlar e'tiborga olingan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
M.Axmedshayeva va boshqalar,Davlat va huquq nazariyasi fani bo'yicha tayyorlangan mazkur darslikda mavzular va ularnimg mazmuniga oid javoblar,jadvallar,muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan.Darslik O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikum talabalaribhamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyat huquqi
B.Xidoyatov va boshqalar,Ushbu darslik yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim olayotgan yuridik texnikum o'quvchilari jinoyat huquqi fani ``bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulot (semenar)larga tayyorgarlik ko'rish uchun mo'ljallangan bo'lib,unda jinoyat huquqi fanining o'quv dasturidagi mavzular qamrab olingan va har bir mavzu bo'yicha savollar,shuningdek,tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati berilgan
-
Ijro ishi yuritish
O'razaiev.M.Q,yuridik texnikum o'quvchilari uchun tayyorlangan mazkur darslikda davlat ijrochisini ijro ishini tashkil etish jarayonida sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijrosini ta'minlash faoliyatiga oid dolzarb masalalar yoritib berilgan
-
Ma'muriy huquq va protsess
B.Musayev va boshqalar,Darslik Ma'muriy huquq va protsessning boshlang'ich tushunchalariga bag'ishlangan bo'lib,talabalarda ma'muriy huquqning yangi tushunchasi asosida ma'muriy organ,ma'muriy tartib-naomil,ma'muriy ish yurituvi,ma'muriy hujjatshuningdek,ma'muriy huquqiy munosabat bilan bog'liq bo'lgan boshqa masalalarniyo
-
Fuqarolik protsessual huquqi
M.M.Mamasiddiqov va boshqalar,Mazkur darslik Davlat ta'lim standarti asosida yuridik texnikum o'quvchilari uchun tuzilgan "Fuqarolik protsessual huquqi"fani o'quv dasturiga muvofiq hamda shaxsga yo'naltirilgan,rivojlantiruvchi va mustaqil ta'lim olish texnologiyalari,tamoyillari va talablari asosida tayyorlangan.Darslikda fuqarolik protsessual huquqining umumiy va maxsus qismiga oid barcha mavzular,har bir mavzu bo'yicha nazorat savollari,kazuslar,ushbu fanga oid o'qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati o'z aksini topgan.
-
Fuqarolik protsessual huquqi
M.M.Mamasiddiqov va boshqalar,Mazkur darslik Davlat ta'lim standarti asosida yuridik texnikum o'quvchilari uchun tuzilgan "Fuqarolik protsessual huquqi"fani o'quv dasturiga muvofiq hamda shaxsga yo'naltirilgan,rivojlantiruvchi va mustaqil ta'lim olish texnologiyalari,tamoyillari va talablari asosida tayyorlangan.Darslikda fuqarolik protsessual huquqining umumiy va maxsus qismiga oid barcha mavzular,har bir mavzu bo'yicha nazorat savollari,kazuslar,ushbu fanga oid o'qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati o'z aksini topgan.
-
Jinoyat protsessual huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik "Jinoyat protsessual huquqi"faniningumumiy va maxsus qismlari bo'yicha o'quv dasturi negizida tayyorlangan va yuridik kollejlar o'quvchilariga mo'ljallangan.
-
Fuqarolik huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikO'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2019-yil 20-iyuldagi 654-sonli buyrug'i asosida nashrga tavsiya etilgan
-
Notarial harakatlar
Mamaraimova Gulrux Maxmudovna,Mazkur darslikda notariat institutining huquqiy asoslari,notarial harakatlarning turlari hamda ularni amalga oshirish tartiblari,shuningdek,chet el elementi bilan murakkablashgan notarial harakatlarni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan hamda unda notariat institutiga oid keyslar va notarial harakatlardan namunalar keltirilgan.
-
Davlat huquq nazariyasi
M.Axmedshayeva M.Najimov SH. Saydullayev,Davlat va huquq nazariyasi/Ma`suk muharrir y.f/d, professor H.Boboyev. Darslik.-Toshkent: TDYU,2021.-232b.
-