-
-
-
-
-
-
-
-
Huquqshunoslik,
-
-
-
Davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi
Maxmudov F.B,Ushbu o'quv qo'llanmada davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi tushunchasi va uning yuridik tabiati, ularning turli ko'rinishlari, korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga oid qonunchilik asoslari va rivojlanishi, davlat organlarining korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga oid faoliyati, davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olishda odob-axloq qoidalari hamda cheklov va taqiqlarning o'rni, shuningdek, xorijiy mamlakatlar davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olish masalalari hamda korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olishning asosiy yo'nalishlari bayon qilingan.
-
Huquqiy eksperiment
Hayitov Sh.R.,Mazkur o'quv qo'llanma Davlat va huquq nazariyasi modulining "Huquq ijodkorligi" mavzusi bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda huquqiy eksperiment tushunchasi, turlari va prinsiplari, norma ijodkorligi jara- yonida huquqiy eksperiment va uning bosqichlari, subyektlari hamda O'zbekistonda huquqiy eksperimentning o'ziga xos xususiyatlari kabi masalalar atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, qo'llanmada mavzuga oid jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishi talabalariga va huquq ijodkorligi masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
Huquq tarixi
Muhamedov H.,Ushbu o'quv qo'llanmada huquq manbalarining paydo bo'lishi va ularning qadimgi, o'rta asrlar, yangi va eng yangi davrlarda rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek, alohida davlatlar huquqining asosiy belgilari kabi masalalar yoritilgan. Unda, xususan, qadimgi davrda Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, Afina, Sparta va Rim, o'rta asrlarda Vizantiya, Franklar davlati, Fransiya, Germaniya, Angliya, Rossiya, Arab xalifaligi, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, yangi va eng yangi davrlarda Angliya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Rossiya, Xitoy va Yaponiyaning huquq tarixi bayon qilingan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va aspirant-tadqiqotchilari uchun mo'ljallangan.
-
Ijtimoiy munosabatlar va huquq
Mavluda Axmedshayeva,Mazkur o'quv qo'llanma yuridik oliy ta'lim muassasalari bakalavriat bosqichi yo'nalishlari (60420100-Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha) uchun o'tiladigan Davlat va huquq nazariyasi modulining "Ijtimoiy muno- sabatlar va huquq" va "Huquq prinsiplari" mavzulariga bag'ishlangan bo'lib, unda jamiyatning normativ tizimini tashkil etuvchi ijtimoiy normalar, ular- ning umumiy va o'zaro farqli jihatlari, huquq va axloq, huquq va diniy nor- malarning o'zaro nisbati, huquqni tushunish masalalari, huquqning mohiyati, belgilari hamda prinsiplari va funksiyalari bugungi kun nuqtayi nazaridan yoritilgan.
-
Правовые информационные технологии
Маннопова Э.Т, Юнусова М.С.,Цель учебника состоит в изучении текущих тенденций и будущих возможностей цифровой трансформации. Более того, основной целью также является обучение будущих юристов, разбирающихся в технологиях, которые хорошо понимают тонкости и потенциал правовой сферы с использованием технологий. Мы свидетели того, что многие действия в правовой сфере давно перешли от печатной формы к закрытым цифровым системам, таким как Westlaw и LexisNexis, и бесплатным облачным системам, таким как Google 2.1 Scholar и Wikipedia. Все больше правовой информации становится доступным в онлайн-режиме. Изменения можно наблюдать во многих направлениях: 2.2 конфиденциальности, предоставлении (онлайн) юридических услуг и т. д. В результате возникают вопросы относительно надлежащих законодательных и этических границ между людьми и машинами в реализации юридических 2.4 функций. Эти вопросы приобретают все большее значение по мере того, как технологии совершенствуются. - 2.3 Учебник предназначен для студентов, обучающихся по направлению 2.9 «Юриспруденция», также может быть полезен специалистам, работающим в этой сфере.
-
Xalqaro investitsiya huquqiga kirish
Kollins D.,Mazkur darslik Kembrij universiteti nashriyoti va Toshkent davlat yuridik universiteti o'rtasida 2021-yil 5-iyunda tuzilgan shatrnomaga muvofiq tarjima qilingan. Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Fuqarolik huquqi: II qism
muallifla jamoasi,Mazkur darslik O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyunda qabul qilingan 1990-son qarorida TDYU oldiga qo’yilgan talablar asosida yozilgan.
-
Жиноят процессида суд қарорларини қайта кўриб чиқиш
Суюнова Дилбар Жолдасбаевна,Мазкур дарсликда Ўзбекистон Республикаси амлдаги жиноят-процессуал қонунчилиги суд қарорларининг қонунийлиги, асослиги, адолатлигини текшириш юзасидан талабларни таҳлил қилинган, апелляция ва кассация инстанция судларининг функциялари, ваколатлари кўриб чиқилган , биринчи инстанция судлари ҳукумларини бекор қилиш ёки ўзгартириш асослари ўрганиб чиқилган.
-
Мигратция ҳуқуқига кириш
Исоқов Л. Х.,Мазкур ўқув қўлланмада Ўзбекистонда янги шакилланаётган миграция ҳуқуқига бағишланган бўлиб, унда миграция ҳуқуқи тушунчаси ва унинг миллий ҳуқуқий тизимда тутган ўрни, предмети, вазифаси ва манбалари, миграция таснифи ва мигрантлар тоифалари, миграция соҳасидаги давлат бошқаруви органларининг ҳуқуқ ва ваколатлари, субьектларнинг ҳуқуқий ҳолати каби масалалар ҳақида сўз боради.
-