-
Konsitutsiya,
-
-
-
Konsitutsiya,
-
-
-
Konsitutsiya,
-
Mudofaa va xavfsizlikning konstitutsiyaviy asoslari
Yo'ldoshev A, Ahmedov J.,Mazkur o'quv qo'llanma Konstitutsiyaviy huquq modulining "Davlat suvereniteti va tashqi siyosatning konstitutsiyaviy asoslari" mavzusi boʻyicha tayyorlangan boʻlib, unda mudofaa va xavfsizlik konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yoritildi. Qo'llanmada Qurolli kuchlarni boshqarish, xavfsizlikni ta'minlash qonunchiligi va uni qo'llash amaliyoti tizimli bayon qilingan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishi talabalariga, shuningdek, keng kitobxonlar doirasiga mo'ljallangan.
-
Jamiyatning iqtisodiy negizlari
Musayev B.T, Hakimov S.F,Mazkur o'quv qo'llanmada har bir shaxsning mulkka nisbatan huquqi kafolatlanishi; mulkdor o'z xohishiga ko'ra o'ziga qarashli mulkka egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf qilishi; davlat tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklari ta'minlanishi; mol-mulkning daxlsizligi, teng huquqlilik va davlat tomonidan barcha shakldagi mulklar huquqiy himoya qilinishi, shuningdek, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalari noqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan sudga shikoyat qilish huquqining kafolatlanishi tegishli tartibda yoritilgan. Mazkur o'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Konstitutsiyaviy burchlar
Karaxodjayev O.R.,Konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlar hamisha ommaviy huquqning asosiy toifalaridan biri bo'lib kelgan va shunday bo'lib qolmoqda. An'anaga ko'ra, majburiyatlarning bajarilishi huquqlar amalga oshishining eng muhim omili hisoblanadi, shuning uchun Konstitutsiyaviy huquq sohasi doirasidagi o'rganiladigan asosiy burchlar alohida o'rin va ahamiyat kasb etadi. Ushbu o'quv qo'llanmada yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo'nalishlari nuqtayi nazaridan, davlat va jamiyat qurilishini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni kuchaytirish va kafolatlash maqsadida qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy majburiyatlarni bajarilishining dolzarb masalalari ko'rib chiqilgan.
-
Davlat suverenitetining konstitutsiyaviy asoslari
Yo'ldashev A, Asadov Sh.,Ushbu o'quv qo'llanmada suverenitet mohiyati, suverenitetning huquqiy institut sifatida rivojlanish tarixi va suverenitet nazariyasining zamonaviy tendensiyalari, uning asosiy belgilari, "davlat suvereniteti", "xalq suvereniteti" va "millat suvereniteti" tushunchalari va ularning o'zaro nisbati, suverenitetning xalqaro va milliy huquqiy asoslari ochib berilgan. O'quv qo'llanma doirasida globalizatsiya jarayonida suverenitetga tahdid va xavflarni bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari yoritib berilgan va suverenitetning tashkiliy-huquqiy asoslari keng kitobxonlar ommasiga taqdim etilgan.
-
O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi
Qodirov E.O,Mazkur o'quv qo'llanma Konstitutsiyaviy huquq modulining "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavzusi bo'yicha tayyorlangan boʻlib, unda fuqarolik tushunchasi va prinsiplari, mamlakatimizda fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish hamda fuqarolik masalalarini hal etish tartibi, fuqarolikka qabul qilish, tiklash va tugatishning asoslari hamda mamlakatimizda xorijiy davlat va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning maqomi kabi masalalar atroflicha bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari va magistrlariga hamda fuqarolik bo'yicha huquqni qo'llash masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
Янгиланаётган конституция
Рахманкулов М.Х.,Ушбу қўлланма Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш юзасидан таклифларни шакллантириш ва ташкилий чора-тадбирларни амалга ошириш бўйича Конституциявий комиссия аъзоси, юридик фанлар доктори, профессор М.Х. Рахманкуловнинг умумий таҳрири остида тайёрланди.
-
Yangilanayotgan Konstitutsiya 100 savolga 100 javob
M.X.Raxmankulov va boshqalar.,Ушбу қўлланма Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш юзасидан таклифларни шакллантириш ва ташкилий чора-тадбирларни амалга ошириш бўйича Конституциявий комиссия аъзоси, юридик фанлар доктори, профессор М.Х. Рахманкуловнинг умумий таҳрири остида тайёрланди.Мазкур қўлланмада янги таҳрирдаги Ўзбекистон Республикаси Конституцияси лойиҳасида белгиланган 100 та энг муҳим ўзгартиш ва қўшимчаларнинг мазмун-моҳияти савол-жавоб тарзида батафсил ёритилган. Ушбу қўлланма референдум ташкилотчилари ва кенг жамоатчиликка мўлжалланган.