-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Intellektual mulkka qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish
Xoliqov F.U. Otaboyev B.I,Ta'lim, -
-
Ta'lim,
-
-
-
Oila huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi va boshqa qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1990-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda yozildi. Oliy yuridik ta'lim muassasalari uchun zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan, o'quv jarayonini ta'lim berishning modulli tizimini qo'llagan holda umume'tirof etilgan xalqaro standartlar va talablarga mos ravishda yozilgan. Mazkur nashr yuridik universitet, universitetlarning yuridik fakultetlari, huquqshunoslik fani o'qitiladigan ta'lim muassasalariga darslik sifatida tavsiya etiladi.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Husanov O.T,Mazkur Konstitutsiyaviy huquq fani bo'yicha darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga shu davrgacha kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e'tiborga olingan. Darslik o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
Bojxona huquqi
Salixova F.T , Rahmatov E.J, Askarov J.T,Ushbu darslikda O'zbekiston Respublikasi bojxona huquqining asosiy tavsifi, tovarlar transport va vositalarini O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o'tish, bojxona nazorati, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona to'lovlari, bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, bojxona sohasida xalqaro hamkorlik asoslari va glossariylar yoritib berilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlarining yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalari, Oliy harbiy bojxona instituti tinglovchilari hamda keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan. Darslik "Huquqiy fanlar va predmetlar bo'yicha yangi avlod darsliklari va o'quv qo'llanmalarini tayyorlash kompleks dasturi" doirasida tayyorlangan.
-
Tadbirkorlik (bizanes) huquqi
Mualliflar jamoasi,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi 1990-sonli "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida talabalarda Tadbirkorlik (biznes) huquqi fani bo'yicha nazariy bilimlarni va tadbirkorlik (biznes) qonun hujjatlari normalarini qo'llashga doir ko'nikmalarni shakllantirish uchun ushbu darslik ishlab chiqildi. "Tadbirkorlik (biznes) huquqi" darsligi bozor munosabatlarini rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilib, takomillashib borayotganligi, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalar berilayotganligining mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq bilishga hamda ularni tahlil qilishga qaratilgan.
-
Prokuror nazorati
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda prokuror nazoratining rivojlanish tarixi, huquqiy asoslari, tushunchasi, tizimi, prinsiplari, fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtiroki, prokuror nazorat hujjatlari, prokuratura organlarining xalqaro hamkorligi, xorijiy davlatlarda prokuratura organlarining huquqiy maqomi kabi masalalar, shuningdek har bir mavzuga oid kazuslar, nazorat uchun savollar o'rin olgan. Darslik bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, sud, prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Odilqoriyev X.T,Darslik davlat va huquq sohasidagi zamonaviy ilmiy konsepsiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo'lib, uning mavzulari an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatda shakila- nayotgan fuqarolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o'z ifodasini topishi barobarida, davlat va huquqning vujudga kelishi, mohi- yati, mexanizmi, funksiyalari, shakllari, ularning jamiyatni modernizatsiyalashdagi roli jonli tarzda bayon etilgan. Darslik yuridik oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar handa davlat va huquq masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Odilqoriyev, X.T.,Darslik davlat va huquq sohasidagi zamonaviy ilmiy konsepsiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo'lib, uning mavzulari an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatda shakila- nayotgan fuqarolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o'z ifodasini topishi barobarida, davlat va huquqning vujudga kelishi, mohi- yati, mexanizmi, funksiyalari, shakllari, ularning jamiyatni modernizatsiyalashdagi roli jonli tarzda bayon etilgan. Darslik yuridik oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar handa davlat va huquq masalalariga qiziquvchi barcha kitobxon- larga mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Sadullayev Sh.A,Mazkur darslik Davlat va huquq nazariyasi moduli bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda modulning o'quv dasturi asosida mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. Darslik oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalariga hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Sadullayev Sh.A,Mazkur darslik Davlat va huquq nazariyasi moduli bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda modulning o'quv dasturi asosida mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. Darslik oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalariga hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Saydullayev Sh.A,Mazkur darslik Davlat va huquq nazariyasi moduli bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda modulning o'quv dasturi asosida mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. Darslik oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalariga hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
Fuqarolik huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyunda qabul qilingan 1990-son qarorida TDYU oldiga qoʻyilgan vazifalar asosida yozilgan. Mazkur nashr yuridik universiteti, universitetlarning yuridik fakultetlari, huquqshunoslik fani o‘qitiladigan ta’lim muassasalariga darslik sifatida tavsiya etiladi. Ushbu darslikdan sud, prokuratura, advokatura, notariat va boshqa organ xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
-
Mehnat migratsiyasini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslari: bugungi holati va takomillashtirish istiqbollari
Otajonov A.A,Mazkur monografiya «O'zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasini tashkiliy-huquqiy tartibga soluvchi elektron platforma yaratish>>> nomli PZ-202101129-son innovatsion loyihasi ijrosi doirasida bajarilgan. Monografiyada mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlarining mehnat migratsiyasini ta'minlash sohasidagi vakolatlari, mehnat migratsiyasini boshqarish tizimining zamonaviy holati, ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari, mehnat migratsiyasini tartibga soluvchi xalqaro standartlar va ayrim xorijiy davlatlar tajribasi tahlili, shuningdek O'zbekistonda mehnat migratsiyasining tashkiliy asoslarini takomillashtirish istiqbollari yoritilgan. Monografiya oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari (kursantlari). professor-o'qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari, shuningdek amaliyot xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Yuridik xizmat: nazariya va amaliyot uyg'unligi
Narziyev O.S.,Ushbu o'quv qo'llanma so'nggi yillarda mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida adolat hamda qonun ustuvorligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan tizimli islohotlarga mos tarzda yuridik xizmat sohasida tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi, malakasi va saviyasini oshirishda qo'llash maqsadida tayyorlangan. O'quv qo'llanma yuridik xizmat xodimlari faoliyatiga oid nazariy masalalar; xorij va milliy tajribadan kelib chiqqan holda amaliy maslahatlar; yurist faoliyatida zarur bo'lgan huquqiy hujjatlarning namunalari; sohaga oid asosiy normativ-huquqiy hujjatlar tahlillari; har bir mavzuga oid kazuslar, mantiqiy savollar va testlar hamda foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati kabi ham nazariy, ham amaliy jihatdan foydali ma'lumotlardan iborat tarzda tuzilgan.
-
BMT xalqaro sudi
Miruktamova F.L,Mazkur o'quv qo'llanma BMT Xalqaro sudi huquqiy maqomi, faoliyati, yurisdiksiyasi bilan bog'liq masalalar va ishlash mexanizmiga doir ma'lumotlarni aks ettiradi. O'quv qo'llanmada BMT Xalqaro sudida davlatlar o'rtasidagi nizoli ishlar bo'yicha sud ishini yuritish, sudning konsultativ xulosalar berish taomili bo'yicha faoliyatiga doir batafsil ma'lumotlarni olish mumkin. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim talabalari, magistrantlari va xalqaro huquq sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Sharhlash hujjatlarning yuridik texnikasi
Mazkur o'quv qo'llanma sharhlash hujjatlarining yuridik-texnik qoidalarini batafsil tahlil etadi. O'quv qo'llanmada yuridik hujjat tushunchasi, yuridik hujjat turlari, huquq normalarini sharhlashning nazariy tavsifi, huquq normalarini sharhlashda qo'llanadigan usullar, huquq normalarini sharhlash turlari, huquq normalariga rasmiy sharh berishning mantiq, til, rasmiy rekvizit va tartib-taomil qoidalari, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi tomonidan legal sharhlash, kazual sharhlash hujjatlari tushuntirib beriladi. Mazkur o'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun uchun mo'ljallangan.
-
Intellektual mulkka qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish
Xoliqov F.U. Otaboyev B.I,Ushbu o'quv qo'llanmada mualliflik yoki ixtirochilik huquqida huquqbuzarlik va jinoiy javobgarlik tuchunchasi, kelib chiqish sabablari, ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning tasnifi, uning turlariga to'xtalib o'tilgan. Shuningdek, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlariga umumiy tavsif berilgan. Ushbu jihatlar nazariy va huquqiy tomondan kompleks tarzda o'rganilib, yuridik tahlil qilingan.
-
Ijara shartnomasi
Imomov N.F. Ibrohimov A.A.,Mazkur o'quv qo'llanma ijara shartnomasiga bag'ishlangan boʻlib, unda ijara shartnomasining ahamiyati va mazmuni, ijara obyekti, ijara shartnomasining shakli va amal qilishi, ijara obyektini ijaraga oluvchiga topshirish, ijaraga berilgan mol-mulkdan foydalanish, ijara obyektini soz holatda saqlash va uni yaxshilash, ijara shartnomasini bekor qilish va ijara shartnomasining alohida turlari batafsil yoritilgan bo'lib, yuridik fakultet talabalari va izlanuvchilarga mo'ljallangan.
-
Shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish
Xolikov F.U. Otaboyev B.I.,Mazkur o'quv qo'llanmada shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning zamonaviy xususiyatlari bilan bog'liq masalalarini tartibga soluvchi Jinoyat kodeksi, uning tegishli moddalarini to'g'ri qo'llash, milliy jinoyat qonunchiligi va ilg'or xorijiy tajribasi, shuningdek, jinoyat-huquqiy qarashlarning konseptual jihatlari, tergov va sud amaliyotidagi muammolar ilmiy tahlil qilingan. Bundan tashqari, shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning algoritmi ilmiy tomondan o'rganildi va mazkur sohada sodir etilgan jinoyatlarni ochish va tergov qilishga oid tegishli algoritmni takomillashtirish bo'yicha mulohazalar bayon etilgan. O'quv qo'llanma "Jinoyat huquqi" ta'lim yo'nalishi bo'yicha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Yuridik ta'limda innovatsion texnologiyalar
Gulyamova G.,Mazkur o'quv qo'llanma yuridik fanlarni o'qitish xususiyatlari, o'qitish jarayoni va uning bosqichlari darslarini samarali o'tkazish asoslari, ularni talab darajasida olib borish, mavzular yuzasidan mashg'ulotlarni to'g'ri tashkil qila olish, zamonaviy interaktiv metod va vositalarni o'rinli qo'llash, eng asosiysi, dars jarayonida o'qitish va tarbiyaning uzviy bog'liqligini ta'minlash, muammoli o'qitish, usullarini o'rgatishga alohida e'tibor qaratadi. Shuningdek, magistratura talabalariga pedagogik mahorat talablari, mustaqil ta'limni tashkil qilish metodikasi, mutaxassislik fanlarini o'qitishda pedagogik kompetentlik va kreativlik, hamkorlik pedagogikasi usullari tushuntiriladi.
-
Bezorilikning oldini olish
Karaketova D.Y,Ushbu o'quv qo'llanma bezorilikning oldini olish bilan bog'liq masalalarga bag'ishlangan bo'lib, unda bezori shaxsi, uning turmush tarzi va xulq- atvorining o'ziga xos xususiyatlari, bezorilik jinoyatining sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar, bezorilikning oldini olish turlari o'rganilgan. Bezori shaxsning kriminologik tavsifi (ijtimoiy-demografik, jinoyat-huquqiy va ma'naviy-ruhiy belgilari) nafaqat bezori shaxsi mohiyatini ochib berish, balki bu boradagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash imkonini ham beradi. Bu esa, o'z navbatida, bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan ta'sirchan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishga zamin yaratadi.