-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
Ta'lim,
-
Mediatsiya
Ushbu nashr O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi hamkorligida "O'zbekistonda qonun ustuvorligi sohasidagi qo'shma loyihasi" doirasida bepul tarqatish uchun tayyorlangan. Nashr USAIDning Huquqiy islohotlar dasturi doirasida o'zbek tiliga tarjima qilindi. Nashrning mazmuni uchun javobgarlik mualliflar zimmasiga yuklatiladi va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), AQSh hukumati yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin. Qo'llanmaning elektron nusxasi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi www.sud.uz va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi veb-saytlarida mavjud.
-
AQSH raqamli diplomatiyasi
Izzatullayev B.,Mazkur monografiyada AQSH raqamli diplomatiyasining nazariy-konseptual jihatlari, tashqi siyosatidagi ahamiyati hamda bugungi kunda AQSHning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatida istiqbollari atroflicha tadqiq etilgan. Monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti umumta'lim fanlar va madaniyat kafedrasining 2025-yil 4-martdagi 15-sonli bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarda shartnomalar huquqi
Yakubova I.B.,Ushbu o'quv qo'llanmada mualliflik shartnomasi tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari, mualliflik shartnomasining mazmuni, tuzilishi va uning asosiy shartlari, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarda buyurtma shartnomasi tushunchasi va uning shartlari, mualliflik huquqi va turdosh huquqi shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyat munosabatlarining tomonlari va mazmuni, tashkilot va mualliflik huquqi egasi o'rtasidagi shartnoma: huquqiy tabiati, shartnoma elementlari, shuningdek, boshqa fuqarolik shartnomalari bilan fuqarolik huquqiy tahlili, tashkilot va mualliflik huquqi obyektlaridan foydalanuvchi shaxslar o'rtasidagi shartnomalarning tasnifi: litsenziya shartnomalari shakllari, shartnomalarda mualliflik haqi miqdorini aniqlash mezonlari, mualliflik haqini yig'ish va taqsimlash masalalari tahlili yoritib berilgan. O'quv qo'llanma yuridik oliy ta'lim muassasalari va fakultetlari talabalari, tadqiqotchilar va o'qituvchilar, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Тартибга солиш таъсирини баҳолаш
Муаллифлар жамоаси,"Тартибга солиш таъсирни баҳолаш ўқув қўлланмаси 10 та модулдан иборат бўлиб, тартибга солиш таъсирни баҳолашга (ТСТБ) замонавий ёндашувлар бўйича мукаммал қўлланма ҳисобланади. Ушбу қўлланма ТСТБ институти шаклланиши ва ривожланишининг асосий босқичлари, уни миллий амалиётда қўллаш хусусиятлари, шунингдек, норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг жамият ҳаётининг турли жабҳаларига таъсирини баҳолаш бўйича батафсил методологияни қамраб олади. Қўлланма давлат аралашувининг зарурияти, "ақлли" тартибга солиш концепцияси, иқтисодий таҳлил, маълумотларни йиғиш усуллари ва уларнинг самарадорлигини таҳлил қилиш каби муҳим мавзуларни қамраб олади. Алоҳида модулларда қонун ҳужжатларининг иқтисодиёт, тадбиркорлик, рақобат муҳити, ижтимоий соҳа, гендер тенглиги ва атроф-муҳитга таъсири батафсил кўриб чиқилган. Ушбу ўқув қўлланма норма ижодкорлиги ва ҳуқуқни қўллашда иштирок этувчи давлат органлари ходимлари, шунингдек, тартибга солишнинг жамият ва иқтисодиётга таъсири билан қизиқувчи илмий доира вакиллари ҳамда кенг жамоатчилик учун мўлжалланган.
-
Айрим турдаги тергов ҳаракатларининг криминалистик тактикаси 2-жилд
Абдуллаев Р.К.,Ўқув қўлланма илгари нашр қилинган "Айрим турдаги тергов ҳаракатларнинг тактикаси ва технологияси" номдаги ўқув қўлламанинг давоми бўлиб, унда тергов эксперименти тактикаси, кўрсатувларни ҳодиса содир бўлган жойда текшириш тактикаси, телефонлар ва бошка телекоммуникация қурилмалари орқали олиб бориладиган сўзлашувларни эшитиб туриш, улар орқали узатиладиган ахборотни олиш тактикаси, таққослаш тадқиқотлари учун намуна олиш тактикаси, жиноятларни очиш ва тергов қилишда махсус билимлардан фойдаланиш ҳамда суд экспертизасини тайинлаш тактикаси кабилар ёритилган. Ўқув қўлланма юриспруденсия таълим йўналиши бакалавриат мутахассислиги (Юриспруденция) талабалари ва кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Жамиятнинг иқтисодий негизлари
Бабажанов А.Д.,Ушбу ўкув кўлланмада жамиятнинг иктисодий негизларига оид назарий ва амалий муаммолар, амалга оширилган илмий тадкикотлар, олимларнинг карашлари ҳамда мазкур йўналиш бўйича Ўзбекистон Республикасининг қонунчилиги, шунингдек ушбу соҳага оид халкаро хужжатлар тахлил килинган. Мазкур ўкув қўлланма юриспруденция таълим йўналиши бакалавр ва магистратура талабалари ҳамда кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Шахсий ҳуқуқ ва эркинликлар
Бабажанов А.Д.,Ушбу ўкув қўлланмада шахсий хукук ва эркинликлар борасидаги назарий ва амалий муаммолар ҳамда мазкур йўналиш бўйича Ўзбекистон Республикасининг конунчилиги, шунингдек ушбу соҳага оид халкаро ҳужжатлар тахлил килинган. Мазкур ўқув қўлланма юриспруденция таълим йўналиши бакалавр ва магистратура талабалари ҳамда кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
-
Intellektual mulk huquqi
Xursanov R.,Ushbu o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqi va mulk huquqining alohida tarmog'i sifatida intellektual mulk huquqiga oid masalalar yoritilgan. Bunda intellektual mulkning umumiy qoidalari va alohida obyektlari tahlil qilingan. Shuningdek, qo'llanmada intellektual mulk huquqiga oid muammolari savollar. kazuslar va tezislar ham keltirilgan. Qo'llanma oliy ta'lim universiteti yurisprudensiya yo'nalishi talabalar, magistrlar hamda shu sohaga qiziquvchi boshqalarga mo'ljallangan.
-
Биологик ресурсларни муҳофаза қилиш ва улардан фойдаланиш ҳуқуқи
Нарзуллаев О.,Ушбу ўқув қўлланмада Республикамизда биологик ресурсларни мухофаза килиш ва улардан окилона фойдаланишни таъминлаш, хукукий асосларини мустаҳкамлаш, институтининг таъсирчан механизмларини жорий этиш, ўрмон (ўсимлик) муҳофазаси ҳукукий талаблари мазмуни ватизими, ҳайвонот дунёсини ҳукукий мухофаза килиш ва ундан фойдаланишнингўзига хос хусусиятлари, муҳофаза хукукий мақомида тақиқлаш, чеклаш ва рухсат этиш институтининг роли ва такомиллашуви, биоресурсларни алохида мухофаза режими асосида саклаш, тиклаш ва кўпайтиришни хукукий тартибга солишнинг замонавий ва инновацион истиқболлари, биологик ресурсларнинг хўжалик хукукий мақоми: биологик ресурсларганисбатан мулк ҳукукининг мазмуни ва тавсифи, сувдаги биоресурслардан фойдаланиш конунчилиги. биологик хилма-хилликка нисбатан аҳолининг хабардорлиги ва экологик маданияти даражасини ошириш оркали уларни экологик муаммоларни ҳал этишга фаол жалб килишга алохида эътибор берилган, шу соҳага оид миллий ва халкаро конунчилик ҳужжатлари таҳлил этилган. Ўкув қўлланма юридик олий таълим муассасалари ва факультетлари талабалари ва тадкикотчилар ҳамда кенг халқ оммасига мўлжалланган.
-
Оила ҳуқуқида алимент муносабатлари
Махмудходжаева У., Усмонова М.,Мазкур ўқув қўлланмада алимент тушунчаси шунингдек, ота-она хамда болаларнинг алимент хукуки ва мажбуриятлари, эр-хотинлар ва собик эр- хотинларнинг алимент мажбуриятлари, кариндошлар ва бошқа шахсларнинг алимент мажбуриятлари, алимент тўлаш тўғрисидаги келишув ва алиментларни тўлаш ва ундириш тартиби ҳолатлари ва окибатлари ёритилган. Қўлланма юриспруденция йўналиши талабалари, ўкитувчилар, тадқиқотчилар ҳамда бола хукуклари ҳамда оила хукуки билан кизикувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Иқтисодий, ижтимоий, маданий ва экологик ҳуқуқлар
Бабажанов А.Д.,Ушбу ўқув қўлланмада иктисодий, ижтимоий, маданий ва экологик хукуклар борасидаги назарий ва амалий муаммолар, олимларнинг карашлари, амалга оширилган илмий тадкикотлар ҳамда мазкур йўналиш бўйича Ўзбекистон Республикасининг қонунчилиги, шунингдек ушбу соҳага оид халкаро ҳужжатлар тахлил килинган. Мазкур ўқув қўлланма юриспруденция таълим йўналиши бакалавр ва магистратура талабалари ҳамда кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Soliq huquqi moduli bo'yicha kazuslar to'plami
Ergashev I.A., Rahmatov E.J.,Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi soliq huquqining tizimlashtirilgan asosiy institutlari va normalari amaliy vaziyatlar (kazuslar) orqali yorqin misollar asosida chuqur tahlil qilingan. Har bir kazus soliq huquqi sohasidagi nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu kazuslar to'plami oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari, soliq organlari xodimlari, amaliyotchilar, tadbirkorlik subyektlari hamda soliq huquqi masalalari bilan qiziquvchi keng jamoatchilikka mo'ljallangan.
-
Big dataning fuqarolik-huquqiy rejimi
Mamanazarov S.Sh.,Monografiyada ilk bor Big Data (katta ma'lumotlar)ning fuqarolik- huquqiy rejimi bilan bog'liq ilmiy va amaliy muammolari yangicha yondashuv asosida kompleks tarzda tadqiq etilgan. Muallif ilmiy-nazariy va amaliy asoslar orqali Big Data sohasiga oid huquqiy normalarni takomillashtirish zaruratini asoslab, amaldagi fuqarolik qonunchiligiga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishni taklif etadi. Monografiyada ilgari surilgan takliflar, umumlashtirilgan xulosa va qoidalar Big Data doirasida ma'lumotlarni himoya qilish hamda maxfiylikni ta'minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirishda qo'llanishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, "Xalqaro xususiy huquq", "Fuqarolik huquqi", "Kiber huquq", "Xalqaro tijorat huquqi", "Intellektual mulk huquqi" fanlarini o'qitish va ushbu fanlar boʻyicha darsliklar, o'quv qo'llanmalar, ma'ruza matnlari, o'quv kurslari dasturlari yaratish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida va fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda samarali foydalanish mumkin.
-
Soliq huquqi: 100 savolga 100 javob
Ergashev I.A., Rahmatov E.J.,Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida belgilangan 100 ta eng muhim qoida va tushunchaning mazmun-mohiyati savol-javob tarzida batafsil yoritilgan. Ushbu o'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari, soliq organlari xodimlari, tadbirkorlar va keng jamoatchilikka mo'ljallangan.
-
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar
Imomov N., Babajanova D.,Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligi asosida zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar tushunchasi va ularning o'ziga xos xususiyatlari, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi va shartlari, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning alohida turlari, zararni qoplash usullari va zarar miqdorini aniqlash, delikt majburiyatlarida regress huquqi masalalari tahlil etilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi talabalari, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, amaliyot xodimlari va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning huquqiy asoslariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar muhofazasi
Yuldashov A.A.,Ushbu o'quv qo'llanmada telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar muhofazasini huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik huquqi tushunchasi, o'ziga xos xususiyatlari va predmeti, muhofazaning nazariy va texnik jihatlari, O'zbekiston qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalarda mualliflik va turdosh huquqlarni telekommunikatsiya tarmoqlarida muhofaza qilishga doir normalarning nazariy va amaliy ahamiyati oʻrganilgan.
-
O'zbek tili
Ushbu darslik yuridik texnikumlarning rus guruhi o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 677-son qarori hamda yangi o'quv sillabusi asosida yaratilgan. Darslik maqsadi rusiyzabon o'quvchilarning o'zbek tilida to'g'ri talaffuz qilish, o'qish, gaplashish, yozish ko'nikmalarini shakllantirish. eng asosiysi, bo'lg'usi mutaxassislarning o'zbek tilida mustaqil fikrlash, ijtimoiy-huquqiy faoliyatda shaxslararo to'g'ri muloqot qilish, turli vaziyatlarda professional nutqdan foydalanish malakalarini shakllantirish va takomillashtirishdan iborat. Mavzu yuzasidan bilimlar amaliy mashg'ulotlar asosida mustahkamlanadi, sohaga oid mashqlar yordamida o'zlashtiriladi.
-
Жиноят одил судлов асослари
Хидоятов Б.Б., Уралов С.С.,Муаллифлар томонидан ушбу дарсликни тайёрлашда жиноий одил судловни таъминлашда Жиноят-процессуал конунчилик нормалари содда тилда тахлил килинган. Дарсликдаги мавзулар Жиноят-процессуал ҳуқуқига кириш мақсадида аниқ ва равон тилда баён қилинган. Бундан ташқари Жиноят ҳуқуқига оид бўлган нормалар ҳам таҳлил қилинган. Дарсликда жиноий одил судлов, унинг функциялари, вазифалари ёритилган бўлиб, ушбу вазифаларни амалга оширишга ваколатли бўлган ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларнинг процессуал ваколатлари акс эттирилган. Бундан ташкари одил судловни таъминлашда далилларнинг ўрни тўғрисида аниқ тафсилотлар баён қилинган. Ушбу дарслик юриспруденция йўналишида таҳсил олаётган бакалавриат талабалари учун мўлжалланган бўлиб, жиноий одил судлов асосларини пухта ўрганишлари, базавий ҳамда фундаментал билим олишларини мақсад қилган.
-
Norma ijodkorligini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari
Xujanazarov A.A.,Mazkur monografiyada muallif A. Xujanazarovning "Raqamli texnologiyalar rivojlanishi sharoitida norma ijodkorligining tashkiliy- huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish" mavzusidagi (DSc) dissertatsiya ishi doirasida norma ijodkorligini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari yoritilgan. Jumladan, norma ijodkorligi tushunchasi, qonunchilik hujjatlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi, norma ijodkorligi faoliyatining raqamli transformatsiyasi, unda sun'iy intellektni qo'llashning tashkiliy-huquqiy jihatlari, ushbu faoliyatda korrupsiyaga qarshi, gender- huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy, lingvistik ekspertizalarining ahamiyati kabi masalalar o'rin olgan. Shuningdek, norma ijodkorligini monitoring qilishning tashkiliy-huquqiy jihatlari, ushbu faoliyatda fuqarolar ishtiroki, to'g'ridan to'g'ri amal qiluvchi qonunlar yo'nalishlari ko'rib chiqilgan. Monografiya huquqshunoslik yo'nalishida ta'lim oluvchi talabalarga, ilmiy tadqiqotchilarga, yuridik amaliyot mutaxassislariga va norma ijodkorligi sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.