-
-
Ta'lim,
-
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtiroki
Boymurodov B.P,Monografiya norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtirokining nazariy-huquqiy masalalariga bag'ishlangan. Unda fuqarolarning norma ijodkorligi jarayonidagi ishtirokining nazariy asoslari tahlil qilinib norma ijodkorligida fuqarolar ishtirokining yuridik tabiati ochib berilgan, fuqarolarning norma ijodkorligi jarayonidagi ishtirokining asosiy prinsiplari ajratib ko'rsatilgan. Shuningdek, norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtirokini turli mezonlar asosida tasniflash orqali fuqarolar ishtirokining asosiy shakllari ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan. Monografiya oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi. Shuningdek, undan ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, norma ijodkorligi faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar hamda ushbu mavzuga qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
-
O'zbelistonda davlat-xususiy sheriklik tizimi va kapital bozoridagi asosiy tendensiyalar
Tuxtasinov N.I,Ushbu o'quv qo'llanmada davlat-xususiy sheriklik sohasining huquqiy asoslari, soha tarixi va xorijiy mamlakatlarda uning qo'llanishi, jahon amaliyotida davlat-xususiy sheriklik turlari va modellari, O'zbekiston Respublikasida ushbu sohani rivojlantirish istiqbollari, kapital bozorini rivojlantirishning nazariy-konseptual asoslari, O'zbekiston kapital bozorining tahlili va uni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida so'z boradi.
-
Giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish
Baratov A.Sh,Ushbu o'quv qo'llanmada giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti, jumladan, giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyatlarning kriminalistik tavsifi, bunda jinoiy ish qo'zg'atishning o'ziga xos xususiyatlari, jinoyatlarning dastlabki tergov bosqichi versiyalari va tipik tergov vaziyatlari, alohida tergov harakatlari o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari, boshlang'ich tergov vaqtida o'tkaziladigan tezkor-qidiruv tadbirlari, tayinlanadigan ekspertizalar kabi masalalar bayon qilingan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari foydalanishi uchun mo'ljallangan.
-
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish asoslari
Sharahmetova U.Sh,Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, fuqarolik va oila qonunchiligi hujjatlariga mos ravishda yozildi. U tinglovchilarda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish amaliyotini tartibga soluvchi qonunchilik normalarini qo'llash sohasida nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. O'quv qo'llanma yuridik ta'lim muassasalari uchun davlat ta'lim standartlariga mos holda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, yangi o'quv modul tizimlarini qo'llagan holda tayyorlandi.
-
Mulk huquqi va ashyoviy huquqlar (milliy va xorijiy tajriba asosida)
Asadov Sh.F,O'zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqi doirasidagi muhim tushunchalardan biri - mulk huquqi va ashyoviy huquqlar - ta'lim va amaliyot uchun zarur bo'lgan muhim mavzulardir. Ushbu mavzuga bag'ishlangan mazkur o'quv qo'llanma o'quvchilarga mulk huquqi va ashyoviy huquqlarning asosiy prinsiplarini, ularning qonuniy asoslari va amaliyotdagi qo'llanishini chuqur va tushunarli tarzda o'rgatishga qaratilgan. Qo'llanma, mulk huquqining nazariy asoslarini, jumladan, mulk huquqining obyektlari, subyektlari va huquqiy himoya vositalari haqidagi mavzularni o'z ichiga oladi. Shuningdek, qo'llanmada ashyoviy huquqlarni himoya qilish usullari, xususan, vindikatsion va negator da'volar, ularning mazmuni va qo'llanishi ham yoritilgan.
-
O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy holati
Maxkamov D.N,Mazkur o'quv qo'llanmada o'simlik dunyosi obyektlari tushunchasi va ekologik tizimda tutgan o'rni, o'simlik dunyosini huquqiy muhofaza qilish zarurati va asoslari, o'simlik dunyosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi hamda nazorati, o'simlik dunyosidan foydalanish tartibi, o'simlik dunyosidan foydalanish huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari, o'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik tushunchasi va turlari, o'simlik dunyosini muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik tizimi, o'simlik dunyosini xalqaro-huquqiy muhofaza qilish tushunchasi, tamoyillari va xususiyatlari, o'simlik dunyosini muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy asoslari va xalqaro tashkilotlarga oid masalalar yoritib berilgan.
-
Rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari
Ermatov G'.O,Mazkur o'quv qo'llanmada o'simlik dunyosi obyektlari tushunchasi va ekologik tizimda tutgan o'rni, o'simlik dunyosini huquqiy muhofaza qilish zarurati va asoslari, o'simlik dunyosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi hamda nazorati, o'simlik dunyosidan foydalanish tartibi, o'simlik dunyosidan foydalanish huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari, o'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik tushunchasi va turlari, o'simlik dunyosini muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik tizimi, o'simlik dunyosini xalqaro-huquqiy muhofaza qilish tushunchasi, tamoyillari va xususiyatlari, o'simlik dunyosini muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy asoslari va xalqaro tashkilotlarga oid masalalar yoritib berilgan.
-
Ayrim turdagi tergov harakatlarining kriminalistik taktikasi va texnologiyasi
Abdullayev R.K,O'quv qo'llanmada jinoyat-protsessual qonunchiligidagi yangiliklar, soha mutaxassislarining nazariy qarashlari va amaliy tergov faoliyati tahlillariga asoslangan holda kriminalistik taktika hamda texnologiyaning umumiy qoidalari ko'rib chiqilgan. Ko'zdan kechirish, guvohlantirish, so'roq, yuzlashtirish, tintuv, olib qo'yish va tanib olish uchun ko'rsatish taktikasi va texnologiyasi hamda tegishli taktik usullarni qo'llash masalalari yoritilgan. O'quv qo'llanma yurisprudensiya mutaxassisligi bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalari lug'ati
Mualliflar jamoasi,Mazkur lug'at jinoyatlarni tizimli shaklda ochish va tergov qilishda keng qo'llanadigan kriminalistika hamda sud ekspertizasiga oid atama, tushuncha, ta'riflarni o'z ichiga oladi. Lug'at oliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari talabalari, kursantlar, tinglovchilar, tadqiqotchilar, shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Mualliflik huquqida mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish
Yakubova I.B.,O'quv qo'llanmada mualliflik huquqida mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqaruvning umumiy tavsifi, vujudga kelishi tarixi va asoslari, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni jamoaviy boshqaruv asosda amalga oshirishni tasniflash: huquqlarning mohiyati, shaxslar doirasi, tanlash usuli, asosiy yo'nalishlari, kabi muhim masalalar yoritib berilgan. O'quv qo'llanma yuridik oliy ta'lim muassasalari va fakultetlari talabalari, tadqiqotchilar va o'qituvchilar, shuningdek sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Kriminologiya
Niyozova S.S, Salayev S.N,Mazkur darslikda uyushgan jinoyatchilik, voyaga yetmaganlar va yoshlar jinoyatchiligi, oilada sodir etiladigan, zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi va ularning oldini olish, shuningdek, xotin-qizlarning tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanishlarining oldini olish va ular bilan ishlash, o'zgalar mulkini talon-toroj qilish, korrupsiya, terrorizm hamda diniy ekstremizm bilan bog'liq jinoyatchiliklarning kriminologik tavsifi va oldini olish kabi masalalar bayon etilgan. Ushbu darslik oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Ekologik - huquqiy javobgarlik
Narzullayev O.X, Nurmatov M.M,Ushbu darslik ekologik qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik bilan bog'liq masalalar Ekologik-huquqiy javobgarlik o'quv moduli asosida qonunchilikdagi so'nggi o'zgartirish va qo'shimchalar inobatga olingan holda yoritib berilgan. Darslikda ekologik- huquqiy javobgarlik tushunchasi, xususiyatlari, funksiyasi, tizimi va turlari, ekologik huquqbuzarlikning umumiy tavsifi, ekologik qonunchilik talablarini buzganlik uchun intizomiy, ma'muriy, jinoiy va fuqarolik- huquqiy javobgarlik, tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish sohasida kelib chiqadigan nizolarni hal etish hamda sud hokimiyati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati kabi mavzular oʻrganilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlari talabalari, tegishli mutaxassislik bo'yicha tahsil olayotgan magistrantlar, tadqiqotchilar, amaliyot xodimlari va ushbu masala bilan qiziquvchi keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan.
-
Iqtisodiy protsessual huquq
Berdiyarov R.T, Xabibullayev D. Y,Iqtisodiy protsessual huquqi moduli asosida tayyorlangan o'quv qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida iqtisodiy ishlarni birinchi instansiya sudida ko'rish masalalari hamda ikkinchi qismida sud hujjatlarini qayta ko'rish institutlari bilan bog'liq mavzular savollar va javoblar tarzida bayon etilgan. O'quv qo'llanmani tayyorlash jarayonida sohaga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari, o'quv va ilmiy adabiyotlar hamda sud amaliyoti materiallaridan foydalanildi. Mazkur o'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari hamda soha qonunchiligiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Yer huquqi
Uzakova G.Sh,Mazkur o'quv qo'llanma Yer huquqi moduli doirasida tayyorlangan bo'lib, unda modul sillabusi asosida o'tiladigan barcha mavzular uchun o'quv materiallari - mavzuning asosiy mazmunini yorituvchi ma'lumotlar, testlar, nazariy savollar va talabaning mantiqiy fikrlashini kuchaytirishga qaratilgan muammoli vaziyatlar to'plangan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavr bosqichi talabalariga hamda ushbu fan sohasiga qiziquvchi magistrlar, tadqiqotchilar, amaliyotchi va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
O'zbek tili
Ramazonov N. , Bozorova N, Choriyev O, Gazibekova S,Ushbu darslik yangi o'quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va TDYU qoshidagi akademik litseyning 1-bosqich rus guruhi o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Darslikda har bir mavzu doirasida matn va u bilan bog'liq topshiriqlar, grammatik qoidalar hamda ularni mustahkamlashga doir mashqlar berilgan. Shuningdek, har bir mavzudan so'ng o'zbek adabiyotiga mansub asarlardan namunalar keltirilgan. Adabiy asarlarni berish orqali o'quvchilarning so'z boyligini oshirish, tafakkur va tasavvurini yuksaltirish maqsad qilingan.
-
Uy-joy huquqi
Imomov N. Odinayev A.,Mazkur darslikda uy-joy huquqi tushunchasi, uy-joy huquqining vazifalari, uy-joyga nisbatan mulk huquqi, uy-joy fondi va uning turlari, uy-joy qonunchiligi, turar joylardan foydalanish qoidalari, munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylaridan ijara shartnomasi asosida foydalanish, turar joylarni saqlash va boshqarish faoliyatining huquqiy asoslari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va ular faoliyatining huquqiy tartibga solinishi masalalari yoritilgan. Darslik huquqshunoslik oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlari va o'qituvchilari, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Ekologiya huquqi
Narzullayev O.X, Nurmatov M.M,O'quv qo'llanmada ekologiya huquqi tushunchasi, predmeti, metodi va tizimi, ekologiya huquqi manbalari, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi, ekologik me'yorlash, standartlashtirish, litsenziyalash va sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari, ekologik nazorat va ekspertizaning huquqiy holati, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta'minlash, ekologik-huquqiy javobgarlik masalalari yoritilgan.
-
Ekologiya huquqi
To'xtashev H.I,O'quv qo'llanma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va undan foydalanishni huquqiy ta'minlash sohasidagi ilmiy konsepsiyalar, sohada qabul qilingan dastur va strategiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo'lib, uning mavzulari an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammo va nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatimizda ekologik-huquqiy munosabatlar obyektlari, subyektlari hamda ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va farqli jihatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Binobarin, ekologiya huquqining shakllanishi va rivojlanishi, usullari, ekologik nazorat, monitoring va ekspertiza o'tkazish shartlari va tartibi, ekologik-huquqiy javobgarlik, yer, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosini muhofaza qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlar, chiqindi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng muhim jihatlar yoritib berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar hamda ekologiya va atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Ma'muriy tartib-taomillar
Nematov J.N,Ushbu darslikda yurisprudensiya magistrant tinglovchilarining Ma'muriy tartib-taomillar fani bo'yicha ilk tasavvurlarini hosil qilish, mazkur fanga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yanada boyitish, O'zbekiston ma'muriy sud amaliyotining ma'muriy tartib-taomillar qoidalarining qo'llanishiga oid amaliy misollar tahlili bilan tanishtirish maqsad qilingan. Mazkur darslik Ma'muriy tartib-taomillar fani bo'yicha asosiy manba, Ma'muriy huquq fani bo'yicha esa qo'shimcha manba sifatida foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
Oila huquqi
Babajonova D.I,Mazkur o'quv qo'llanmada oila huquqiga kirish, nikohga oid qoidalar, er-xotin o'rtasidagi, ota-ona va bolalar o'rtasidagi munosabatlar, aliment majburiyatlari, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishga oid qoidalar xususida so'z yuritilgan bo'lib, oilaviy-huquqiy munosabatlarni o'rganishda yordam berishga qaratilgan.