-
-
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
-
O'zbekistonda nizolarni hakamlik sudida hal etish jarayoni: nazariy va amaliy masalalar
Xakberdiyev A.A.,Ta'lim, -
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
-
Xalqaro shartnomalar normalarini milliy qonunchilikka tatbiq etish va ijrosini ta'minlash masalalari
Almasova Sh.A., Mirmaxmudov Sh.A., Raxmetov R.A.,Ta'lim, -
-
-
Oiladagi zo'ravonlik va tazyiqlarning jinoyat-huquqiy, kriminologik va viktimologik jihatlari
Rustamboyev M.X., Niyozova S.S,Ta'lim, -
-
Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishning kriminalistik ta'minoti samaradorligi
Abdullayev R.K.,Ta'lim,
-
Jinoyat huquqida sababiy bog'lanish
Xudaykulov F.X,Ushbu monografiyada jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat tarkibi obyektiv tomonining nazariy asoslari, jinoyat obyektiv tomoni belgilari jinoyat tarkibi to'g'risidagi ta'limot shakllanishi va rivojlanishining asosi, jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy va fakultativ belgilari umumiy tavsifi, jinoyat huquqida sababiy bog'lanishni o'rganishning metodologik asoslari, jinoyat huquqida sababiy bog'lanish va uning determinizm bilan o'zaro munosabati, sababiy bog'lanish haqidagi nazariyalar va ularning muammolari, jinoyat huquqida sababiy bog'lanish va uni aniqlashda mezon, prinsip va qoidalar: harakatsizlikda sababiy bog'lanishning muammolari, shuningdek, ular bilan bog'liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlash masalalari bayon qilingan. Mazkur monografiyada oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Sud qarorlarini majburiy ijro etish shartlari va tartibi
Xodjiyev Y.M.,Monografiyada sud qarorlarini ijro majburiy ijro etishning shartlari va tartibi, sud qarorlarini ijrosi tushunchasi va mohiyati, majburiy ijro etiladigan ijro hujjatlar tizimi, majburiy ijro etuvchi organning huquqiy holati, ijro harakatlarini amalga oshirishning protsessual-huquqiy masalalari, majburiy ijro etish asoslari va choralari, Undiruvni qarzdorning pul mablag'lariga qaratish, Qarzdorning mol- mulkini aniqlash, xatlash, baholash, saqlash va realizatsiya qilish masalalari ilmiy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Monografiya huquqshunoslar, huquqni qo'llovchi shaxslar, tadqiqotchilar, yuridik sohadagi ta'lim muassalalari talabalari, va keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Iqtisodiy protsessda odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslar ishtirokini takomillashtirish (Nazariy-huquqiy va protsessual jihatlari)
Xudoynazarov D.A.,Ushbu monografiyada odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslarning doirasi va tushunchalari, sudya yordamchisi (sud majlisi kotibi)ning iqtisodiy protsessdagi huquqiy maqomi, odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslarning huquq subektliligi, iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari ichidagi o'rni, ularning huquqiy maqomi va sudda ishtirok etish tartibi, xorijiy davlatlar tajribasi asosida qonunchilikni takomillashtirish va uni amaliyotda qo'llashning samaradorligini oshirishning zamonaviy tendensiyalari qiyosiy-huquqiy tahlili, ishlami masofadan turib hal qilishga oid masalalar tahlil qilingan Shuningdek, qonun hujjatlariga bir qancha o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, qonun loyihasi hamda amaliy takliflar asoslantirilgan bo'lib va yakunida tegishli ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiyadan professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, qonun ijodkorligi jarayoni ishtirokchilar, mustaqil izlanuvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Iqtisodiy sudlarda sud xarajatlarini undirishning o'ziga xos xususiyatlari
Xakberdiyev A.A.,Ushbu monografiyada sud xarajatlari tushunchasi va rivojlanish tarixi, iqtisodiy sudlarda sud xarajatlarini undirishning umumiy masalalari, davlat boji to'lovlarini to'lash va undirishning o'ziga xos xususiyatlari, ishni ko'rish bilan bog'liq sud chiqimlarini to'lash va undirishning o'ziga xos xususiyatlari, Sud xarajatlarini undirishda xorijiy tajriba, sud xarajatlarini undirish masalalarining istiqbollari yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy sudlarda sud xarajatlarini undirishning muammolarni tadqiq etish jarayonida huquqni qo'llash amaliyoti va rivojlangan davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan bo'lib, tegishli ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar, qonunchilik nazariyasini ishlab chiqish va iqtisodiy sudlarda sud xarajatlarini undirish samaradorligini oshirishga qaratilgan. Monografiyadan professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar, talabalar, sud va huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari foydalanishlari mumkin.
-
Jinoyat ishi yurituvida ommaviy axborot vostitalarining o'rni va ahamiyati
Uralov S.S.,Monografiyada jinoyat ish yurituvida ommaviy axborot vositalarining materiallaridan foydalanishning protsessual asosi va tartibi keng yoritilgan. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli-tuman materiallarga asoslanib jinoyat ishini qo'zg'atish yoki rad etish, yoxud ushbu materiallarni dalil sifatida ishga qo'shilishi hamda ulardan foydalanishga doirsud- tergov amaliyoti tobora kengayib bormoqda. Monografiyada OAV vositalarining protsessidagi ahamiyatiga ham alohida urg'u berilgan. umuman olganda jinoyat Ushbu monografiya yurisprudensiya sohasidagi bakalavr bosqichi talabalari, magistrlar, shuningdek, ilmiy izlanuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, ilmiy tadqiqot ishlarida keng foydalanishlari mumkin.
-
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarda mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarishning shakllari
Yakubova I.B.,Mazkur monografiyada mualliflik huquqi va turdosh huquqlarda mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarishning tushunchasi, huquqiy tabiati va uning afzallik jihatlari, mualliflik huquqida mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarishning vujudga kelish tarixi va asoslari, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni jamoaviy boshqaruv asosida amalga oshirishni tasniflash: huquqlarning mohiyati, tanlash usuli va asosiy faoliyat yo'nalishlari, O'zbekistonda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni jamoaviy boshqarish tizimining shakllanishi hamda uning huquqiy holati, mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish tashkilotlarining huquqiy maqomi va vakolatlari, faoliyatining nazorati, ularning fuqarolik-huquqiy tahlili, Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarda mulkiy huquqlarni "kengaytirilgan jamoaviy boshqaruv" asosida amalga oshirishmasalalari tahlil etilib, nazariy tushunchalar ishlab chiqilgan va soha qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan taklif hamda tavsiyalar berilgan.
-
Jinoyat ishlari bo'yicha qo'shimcha tergov guruhlarini tuzishdagi xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalari
Egamberdiyev D. A.,Ushbu monografiyada jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy yordamning turi sifatida davlatlar o'rtasida hamkorlikda qo'shma tergov guruhlarini tuzish va bu huquqiy yordamni amalga oshirish bo'yicha masalalar tahlil qilingan. Shuningdek, sohaga oid ilmiy-nazariy va yuridik adabiyotlar, sud amaliyoti, statistik ma'lumotlar xalqaro-huquqiy nuqtayi nazardan o'rganilgan. Monografiya oliy va o'rta-maxsus o'quv yurtlarida huquqshunoslik yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalarga, shuningdek mazkur masala bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Majburiyatlar bajarilishini ta'minlashning nomlanmagan usullari
Imomov N.,Mazkur monografiyada majburiyatlar bajarilishini ta'minlashning Fuqarolik kodeksi 22-bobida nazarda tutilmagan usullari, ya'ni nomlanmagan usullari tahlil qilinadi. Muallif tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta'minlashning nomlanmagan usullari sifatida "shartnomada nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda zararlarni (yo'qotishlarni) qoplash (indemnity)", "holatlar (vaziyatlar) yuzasidan kafolatlar (warranty)", "astrent", "estopel", "ta'minlovchi to'lov", "ishonchli mulk", "eskrou" kabilar milliy va xorijiy qonunchilik hamda milliy va xorijiy olimlar va mualliflarning fikrlari asosida tadqiq qilinadi. Ushbu kitob talabalar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar hamda majburiyatlar bajarilishi ta'minlash usullariga qiziquvchi mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
O'zbekistonda nizolarni hakamlik sudida hal etish jarayoni: nazariy va amaliy masalalar
Xakberdiyev A.A.,Ushbu monografiyada hakamlik sudlari va hakamlik muhokamasi tushunchasi, hakamlik sudlarining tasnifi va ularning turlari, hakamlik sudyalarining huquqiy holati, hakamlik muhokamasi subyektlari va ularning hakamlik jarayonidagi o'zaro munosabatlari, hakamlik sudining hal qiluv qarori tushunchasi va huquqiy tabiati, hakamlik sudlarining davlat (vakolatli) sudlari bilan o'zaro munosabatlari va boo'qa holatlar yoritilgan. Shuningdek, O'zbekistonda nizolarni hakamlik sudida hal etish jarayoni bilan bog'liq muammolarni tadqiq etish jarayonida huquqni qo'llash amaliyoti va rivojlangan davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan bo'lib, tegishli ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar, qonunchilik nazariyasini ishlab chiqish va hakamlik sudlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Monografiyadan professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar, talabalar, sud va huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari foydalanishlari mumkin.
-
Алишер Навоий қарашларида адолатли давлат ва қонунийлик ғоялари
Мухитдинова Ф. А.,Мазкур монографияда Алишер Навоийнинг сиёсий ва хукукий карашларида инсонпарварлик ғояларининг маънавий-маърифий, ижтимоий-фалсафий жиҳатлари тахлил этилган. Навоий илмий меросига оид янги изланишлар ҳамда тадкикотчиларнинг илмий хулосалари таҳлил этилган ҳолда "Сиёсий ва ҳукукий таълимотлар тарихи" фанининг ривожида хукукий манба сифатида тахлил этишга ҳаракат килинган.
-
Penitenciar sistemann profilaktikaliq funkciyasinin natiyjelilgin asiriw
Salayev N.S,Monografiya penitenciar sistemanın profilaktikalıq funkciyası nátíyjeliligin asırıw máselelerine arnalgan. Onda penitenciar sistemanıń profilaktikalıq funkciyası ham onıń ulıwmalıq xarakteristikası jınayat-orınlaw nızam hújjetleri principlerinin profilaktikalıq funkciyasın jetilistiriw, erkinen ayırılgan shaxslardıń huqıqıy halatına profilaktikalıq tárepten qatnas jasaw: jınayıy jazalar hám basqa jınayıy-huqıqıy tásir sharaların orınlawshı mekemeler ham organlarda profilaktikalıq ilájlardı ámelge asırıw imkaniyatların keńeytiw. erkinlikten ayırıw menen baylanıslı bolmagan ham erkinlikten ayırıw menen baylanıslı bolgan jazalardı orınlawda profilaktikalıq funkciya natiyjeliligin asırıw. xalıqaralıq- huqiqiy hújjetlerde penitenciar sistemanın profilaktikalıq funkciyası analizi hám olardı milliy nızamshılıqqa implementaciya etiw máseleleri ham ayırım rawajlangan sırt mämleketlerdiń tájiriybesi tiykarında penitenciar sistemanıń profilaktikalıq funkciyasınıń nätiyjeliligin asırıw haqqındağı pikirler bayan etilgen. Monografiya joqarı yuridikalıq oqiw orınlarınıń bakalavr tálim bağdarı ham magistrlerge qollanba sıpatında usınıs etiledi. Sonday-aq, qollanbadan ilimiy izertlewshiler, erkin izleniwshiler, sud-tergew hám jazanı orınlaw sisteması xızmetkerleri hám bul temağa qızığıwshılar paydalanıwı múmkin.
-
O'zbekistonda ijtimoiy himoya siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslari
Ismoilov B.S.,Mazkur monografiyada O'zbekiston ijtimoiy himoya siyosatining tashkiliy- huquqiy asoslari o'zining nazariy hamda amaliy ifodasini topgan. Mazkur monografiyada davlat ijtimoiy himoya siyosatining tarixiy-huquqiy va nazariy-ilmiy jihatlari tahlil qilingan. O'zbekistonda ijtimoiy himoya siyosatining tashkiliy- yuridik xususiyatlari qiyosiy o'rganilgan. Shu bilan birga ijtimoiy himoya tizimining jahon davlatlari va xalqlari hayotida tutgan o'rni masalasiga ham atroflicha e'tibor qaratilgan. O'zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish siyosati izchil tarzda olib borilar ekan, bu islohotlar natijasida nogironligi bo'lgan shaxslar, yolg'iz keksalar, ko'p bolali oilalar, karantin cheklovlari oqibatida og'ir ahvolga tushib qolgan oilalar hayoti yanada yaxshilanib bormoqda. Shu ma'noda ijtimoiy himoya kategoriyasining O'zbekiston sharoitida takomillashib borishi aholi turmushtarzi farovonligining muhim omili bo'lib xizmat qiladi. Monografiya doirasida ijtimoiy himoya sohasi samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu monografiya huquqshunoslik sohasidagi ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar, huquqshunoslik sohasidagi amaliyotchi xodimlar va yuridik sohaga qizi'quvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Sog'liqga bo'lgan huquqda teletibbiyotni qo'llash masalalari
Yusupova F.O'.,Mazkur monografiyada, axborot telekommunikasiya texnologiyalardan foydalangan holda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish, zamonaviy tizimini shakllantirish, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punklarida ushbu texnologiyalarni joriy qilish va bu orqali birlamchi tibbiy xizmatni amalga oshirish, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markaz qoshida teletibbiyot tizimining yagona markazlashgan tizimini yaratish, yuqori axborot texnologiyalarga asoslangan elektron tibbiy yordam ko'rsatish tarmog'ini takomillashtirish bo'yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirish xalqaro huquqiy hujjatlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilgan Monografiya huquqiy targ'ibotchilar, oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari o'qituvchi-pedagoglari, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar. O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi va tibbiyot mutaxassislarga mo'ljallangan.
-
Xalqaro shartnomalar normalarini milliy qonunchilikka tatbiq etish va ijrosini ta'minlash masalalari
Almasova Sh.A., Mirmaxmudov Sh.A., Raxmetov R.A.,Mazkur monografiyada xalqaro ommaviy huquq doirasida xalqaro shartnomalar huquqi bo'yicha huquqiy mezonlar, avvalo, xalqaro shartnoma va uning mohiyati, xalqaro shartnomalar normalarini milliy qonunchilikka tatbiq etish, xalqaro shartnomalar ijrosini ta'minlash tushunchasi, uning elementlari, usullari va vositalarining huquqiy va tashkiliy-institutsional asoslari nazariy konsepsiyalar va amaliyot yo'sinida batafsil yoritib berilgan, xalqaro shartnomalar platformasida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan, o'zbek huquqiy tizimiga nisbatan yaqin va uzoq bo'lgan xalqaro huquq subyektlarining ichki amaliyotlarida shakllangan shartnoma amaliyoti qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan, shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yuzasidan milliy qonunchiligi va xalqaro huquqiy amaliyotining hozirgi holati kompleks tarzda tadqiqot bilan ochib berilgan hamda bu borada mualliflar tomonidan amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Monografiya kirish, 3 ta bob, 6 paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat. Mazkur monografiya xalqaro shartnomalar implementatsiyasi, uning jahon amaliyoti va O'zbekiston Republikasi xalqaro shartnomalarini ijro etish bilan bog'liq bo'lgan huquqiy va tashkiliy-institutsional jihatlarini o'rganish va bu borada tizimli bilimlarni shakllantirishni maqsad qilgan talabalar uchun, ayniqsa, qo'l keladi. Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining navbatdan tashqari majlisi bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining ayrim jihatlari
Kurbanov M.M.,Ushbu monografiyada voyaga yetmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarning jinoiy javobgarligi va jinoiy jazo tayinlashning umumiy tavsifi, voyaga yetmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga tayinlanadigan jinoiy jazo turlari va ularning o'ziga xos jihatlari hamda voyaga yetmaganlarga jinoiy jazo tayinlash, xorijiy tajriba, xalqaro standartlar hamda takomillashtirish istiqbollari kabi masalalar yoritilgan.
-
Insonni mehnatga oid huquqlarining xalqaro-huquqiy muhofazasi
Maxamatov M.M,Mazkur monografiyada mehnat huquqlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish tizimining shakllanishi, mehnat sohasidagi xalqaro standartlar tushunchasi va ularning inson huquqlarini ta'minlashdagi ahamiyati, mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va huquqlar, xalqaro mehnat normalari yaratilishining xususiyatlari. BMT doirasida mehnat huquqlari himoyasi, XMT doirasida mehnat huquqlari himoyasioid masalalar haqida so'z yuritiladi. Monografiya davlat organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, kasaba uyushmalari xodimlari, tadqiqotchilar, talabalar va keng omma uchun mo'ljallangan.
-
Oiladagi zo'ravonlik va tazyiqlarning jinoyat-huquqiy, kriminologik va viktimologik jihatlari
Rustamboyev M.X., Niyozova S.S,Ushbu monografiyada oiladagi jinoiy zo'ravonlik tushunchasi va turlari; oilada zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar tushunchasi va turlari; onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirish tushunchasi va ijtimoiy xavfliligi, voyaga yetmaganlar jinsiy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning yuridik tahlili va javobgarlik masalasi, oiladagi zo'ravonlikning maishiy sabablari va unga imkon beruvchi shart- sharoitlari; oiladagi zo'ravonlikning oldini olishning umumijtimoiy va individual hamda maxsus oldini olish choralari: oiladagi zo'ravonlikning oldini olish muammolari va unda ta'sir choralarini qo'llash masalalari; oilada zo'ravonlik va tazyiqlarning viktimligining vujudga kelishi; oiladagi zo'ravonlik va tazyiqning viktimologik profilaktikasi; xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida oilada zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning turlari va javobgarlik masalasi; xorijiy davlatlarida oiladagi zo'ravonliklar holati, xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida oiladagi zo'ravonliklar uchun javobgarlik masalasi; xorijiy davlatlarda oiladagi zo'ravonliklarning oldini olish masalalari; oilada bolalarga nisbatan ishlatiladigan zo'ravonlikning oldini olishda xorijiy davlatlar tajribasi kabi masalalar bayon etilgan. Monografiya yuridik oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar, jinoyat huquqi, kriminologiya bo'yicha mutaxassislar va barcha qiziqqan o'quvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Advokatura institutini takomillashtirish imkoniyatlari
Qodiraliyev S.B.,Mazkur monografiya O'zbekiston Respublikasida advokaturaning sud-huquq tizimidagi o'rni, advokatura faoliyatidaga mavjud muammo va kamchiliklar, ushbu sohadagi qonunchilikka kiritilayotgan o'zgarishlar, shu bilan birga sohani kutayotgan yangiliklarga bag'ishlangan. Shuningdek, bir nechta rivojlangan davlatlar tajribasi va advokatura bilan bog'liq qonunchiligi o'rganilgangan holda, ularning ijobiy tajribasini milliy qonunchilikka qo'llash masalalariga atroflicha to'xtalib o'tilgan bo'lib, bu boʻyicha advokatura bilan bog'liq normativ-huquqiy hujjatlarga aniq taklif va tavsiyalar berilgan.
-
Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishning kriminalistik ta'minoti samaradorligi
Abdullayev R.K.,Mazkur monografiyada hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishning kriminalistik ta'minoti tushunchasi va tuzilishi, maqsadlari va vazifalarining tizimi; hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishning texnik-kriminalistik vositalari hamda kriminalistik texnologiyasining tushunchasi va tizimi; hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishning kriminalistik ta'minotini amalga oshirishdagi muammolar; hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishning kriminalistik ta'minoti vazifalarini hal qilishning tashkiliy-kriminalistik vositalari; xorijiy davlatlar jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida voqea joyini ko'zdan kechirishning mazmuni va amaliyoti; hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishning kriminalistik ta'minoti samaradorligini baholash mezonlari tizimi hamda hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishning kriminalistik ta'minoti sifatini nazorat qilish mexanizmlari bilan bog'liq masalalar nazariy va amaliy jihatdan yoritib berilgan. Shuningdek, hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishning kriminalistik ta'minoti samaradorligini oshirish yo'llari bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiya huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talaba, tinglovchi va kursantlari, professor-o'qituvchilari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxslari uchun mo'ljallangan.