-
-
-
Kriminalistik taktika
Abdullayev R.K.,Darslik kriminalistika fanining muhim bo'limi hisoblangan kriminalistik taktikaning mazmuni va mohiyatiga bag'ishlangan. Undan kriminalistik taktikaning umumiy qoidalari, jinoyatlarni tergov qilishda tergovchining hamkorlik faoliyati, ko'zdan kechirish va guvohlantirish, so'roq qilish va yuzlashtirish, tintuv va olib qo'yish, tanib olish uchun ko'rsatish, tergov eksperimenti, ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish kabi mavzular o'rin olgan. Shuningdek, telefon va boshqa telekommunikatsiya vositalari yordamida olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitish hamda ular orqali uzatiladigan axborotni olish kabi tergov harakatlari taktikasining asosiy qoidalari ilmiy va amaliy jihatdan yoritilgan. Darslik yuridik oliy ta'lim muassasalarining yurisprudensiya yo'nalishi talabalari (bakalavriat) hamda keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Davlat hokimiyati vakillik organlari
Mazkur davlat hokimiyati vakillik organlari fanining manbai, uni o`rganish uslublari kabi masalalar yoritilgan. Darslik talabalarga, magistrant, aspirant va yuridik oliy o'quv yurtlari o'qituvchilariga, mutaxasisslarga, shuningdek, davlat huquqi va boshqaruvi masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo`ljallanadi.
-
Xalqaro moliya va bank huquqi
Davlyatov V.X.Rahmatov E.J.,Ushbu darslikda Xalqaro moliya huquqining nazariy va huquqiy asoslari, Xalqaro moliya huquqi tushunchasi va mohiyati, Xalqaro moliya huquqi subyektlari, Xalqaro moliya huquqining asosiy institutlari, Xalqaro valyuta huquqi, Bank faoliyatini xalqaro huquqiy tartibga solish, Xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi yoritib berilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlarining moliya va yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalari, Toshkent moliya instituti nflari hamda keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan. Darslik "Huquqiy fanlar va predmetlar bo'yicha yangi avlod darsliklari va oʻquv qo'llanmalarini tayyorlash kompleks dasturi" doirasida tayyorlangan.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Husanov O.T.,Mazkur Konstitutsiyaviy huquq fani bo'yicha darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan Darslikda «Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga shu davrgacha kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e'tiborga olingan. Darslik o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari
-
-
-
O'zbek tili
Ushbu darslik yuridik texnikumlarning rus guruhi o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 677-son qarori hamda yangi o'quv sillabusi asosida yaratilgan. Darslik maqsadi rusiyzabon o'quvchilarning o'zbek tilida to'g'ri talaffuz qilish, o'qish, gaplashish, yozish ko'nikmalarini shakllantirish. eng asosiysi, bo'lg'usi mutaxassislarning o'zbek tilida mustaqil fikrlash, ijtimoiy-huquqiy faoliyatda shaxslararo to'g'ri muloqot qilish, turli vaziyatlarda professional nutqdan foydalanish malakalarini shakllantirish va takomillashtirishdan iborat. Mavzu yuzasidan bilimlar amaliy mashg'ulotlar asosida mustahkamlanadi, sohaga oid mashqlar yordamida o'zlashtiriladi.
-
Jinoyat protsessida sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish
Suyunova D.J.,Ushbu darslikda O'zbekiston Respublikasi amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligi sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi, adolatliligi, apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarining funksiyalari, vakolatlari, birinchi instansiya sudlari hukmlarini bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari o'rganilgan. Shuningdek, yuqori instansiya sudlari tomonidan qabul qilinayotgan sud qarorlari tuzilishi ko'rib chiqilgan hamda O'zbekiston jinoyat protsessida sud qarorlarini qayta ko'rib chiqish institutining tarixiy rivojlanishi tahlil qilingan.
-
Fuqarolik protsessida advokat ishtiroki
Pirmatov O.Sh.,Ushbu darslikda fuqarolik protsessida vakillik tushunchasi, advokatning fuqarolik sud ishlarini yuritishda vakil sifatidagi huquqiy maqomi, birinchi instansiya, sud qarorlarini qayta ko'rish instansiyalarida advokat ishtiroki, fuqarolik sud ishlarini yuritishda advokatning dalillarni to'plash va sudga taqdim qilishga oid protsessual harakatlari, mehnat, oila, yer va uy-joy nizolari bilan bog'liq sud ishlarini ko'rishda advokat ishtirokining protsessual xususiyatlari, fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlarining, fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda advokat ishtirokining o'ziga xos xususiyatlari, fuqarolik protsessida advokat rasmiylashtirishi lozim bo'lgan protsessual hujjatlar tuzilishi bayon etilgan. Darslikda har bir mavzuga doir kazus va nazorat savollari berilgan, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qarorlari ilova qilingan. Darslikdan magistratura bosqichi talabalari, professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar foydalanishlari mumkin.
-
Nizolarni muqobil hal etish usulllari
Xakberdiyev A.A., Mamasiddiqov M.M.,Ushbu darslik Davlat ta'lim standarti asosida tuzilgan "Nizolarni hal qilishning muqobil usullari"ga muvofiq hamda shaxsga yo'naltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil ta'lim olish texnologiyalari, taomillari va talablari asosida tayyorlangan. Darslikda nizolarni muqobil hal etish usullaridan hakamlik sudlari va mediatsiya tartib-taomillariga oid barcha masalalar o'rganilgan. Darslik nafaqat malaka oshirish muassasasi, oliy o'quv yurti tinglovchi va talabalari, balki mediatorlar, hakamlik sudlari, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar va iqtisodiy sudlar sudyalari, advokatlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Undagi ma'lumotlardan professor-o'qituvchilar, "70420125-Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari" magistratura mutaxassisligi talabalari, fuqarolik protsessual huquqi, iqtisodiy protsessual huquq, hakamlik jarayoni va mediatsiya ixtisosligi doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan doktorant va mustaqil izlanuvchilar hamda qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar ham foydalanishi mumkin.
-
Mikroiqtisodiyot
O'ktamova N.N., Abdullayev X.N.,Mazkur darslikda resurslar taqchilligi sharoitida mikro va makro darajada cheksiz ehtiyojlarni optimal qondirish masalalari o'zaro uyg'unlashgan holda yoritilgan. Iqtisodiy tanlov va muqobil xarajatlarning mikroiqtisodiy jihatlari, ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, firmalar mahsulotiga talab va taklifning bozor muvozanatiga erishish holatlari ko'rib chiqilgan. Mikro darajada maksimal va minimal narxlarning bozor muvozanatiga ta'siri, makro darajada yalpi talab va yalpi taklifning muvozanatiga ta'sir etuvchi omillar atroflicha o'rganilgan. Xususan, mikro darajada iste'molchilarning bozordagi xatti-harakatiga ta'sir etuvchi omillar bilan bog'liq nazariy va amaliy masalalarga keng o'rin berilgan. Firmalarning mukammal raqobatlashgan, monopol raqobatlashgan, oligopolistik va sof monopoliya bozorlaridagi xatti-harakati, narxlarni belgilash, xarajatlarni minimallashtirish bilan bog'liq masalalar chuqur tahlil qilingan.
-
Yuridik texnika
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik o'quvchilarga turli yuridik hujjatlarni tayyorlashda zarur boʻlgan yuridik-texnik qoidalarni samarali qo'llash, yuridik-texnik usul, uslub va vositalardan foydalanish, yuridik faoliyatni amalga oshirish yuzasidan amaliy ko'nikmalarni egallash, shuningdek, yuridik-texnik va mazmun jihatdan mukammal normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa yuridik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
-
Sotsiologiya
Toshpo'lotov Sh.E.,Ushbu darslikda sotsiologiya fani predmeti, tarkibiy qismlari va tuzilishi, sotsiologik qonunlar, ularning amal qilishi, vujudga kelish tarixi va rivojlanishi, jamiyatni sotsiologik bilish hamda uning bir butun sotsial tizim ekanligi. sotsial tizim tuzilishida sotsial institutlar, tashkilotlar va guruhlar hamda huquq sotsiologiyasi va uning ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tizimidagi roli, jamiyatning sotsial demografik tuzilishi va uni tadqiq etish xususiyatlari kabi masalalar keng tahlil qilingan. Darslik davlat boshqaruvi ta'lim yo'nalishining bakalavr talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq tarixi
Muhamedov H.,Ushbu darslik davlat va huquq tarixining birinchi davri - qadimgi dunyo davlati va huquqi tarixiga bag'ishlanib, unda mazkur fan o'rganadigan masalalar doirasi, ularga yondashish usullari, vazifasi, davrlarga bo'lib o'rganilishi, ahamiyati, ijtimoiy va huquqiy fanlar tizimida tutgan o'rni hamda ular bilan o'zaro aloqadorligi, Qadimgi Sharq va antik dunyo mamlakatlarida davlat va huquqning kelib chiqishi, rivojlanish sabablari, xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, huquqining asosiy belgilari kabi masalalar yoritilgan. Darslik huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va doktorant-tadqiqotchilari uchun mo'ljallangan.
-
Jahon savdo tashkiloti huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda Jahon Savdo Tashkiloti huquqining mazmun-mohiyati, tamoyillari va asosiy qoidalari, institutsional tuzilmasi, nizolarni hal qilish tizimi yoritilgan. Jumladan, JST huquqi va xalqaro huquq o'rtasidagi bog'liqlik, xalqaro savdoda tarif va notarif to'siqlar, subsidiyalar va JST doirasida ularni tartibga solish. shuningdek, istisnolar, intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish va nizolarni hal etish kabi mavzular haqida tushunchalar berilgan. Kitobdan Jahon Savdo Tashkilotiga O'zbekiston Respublikasining a'zolik istiqbollari va kuzatilayotgan huquqiy muammolar kabi mavzular ham o'rin olgan. Darslik oliy yuridik o'quv yurtlari talabalari, tadqiqotchilari, doktorantlari, o'qituvchilari, Tashqi ishlar vazirligi va xalqaro munosabatlar sohasiga ixtisoslashgan boshqa idoralar hamda tashkilotlar xodimlari, shuningdek, Jahon Savdo Tashkiloti huquqi masalalariga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.