-
Jinoyat huquqi
Ochilov X.R,Ushbu o'quv qo'llanma «Jinoyat huquqi» (Umumiy qism) o'quv kursining dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, qo'llanmada jinoyat qonuni prinsiplari, jinoyat tushun- chasi va uning belgilari, jinoiy javobgarlik va uning asoslari, jinoyat tarkibi va uning elementlari, tamom bo'lmagan jinoyatlar, ishtirokchilik, bir qancha jinoyat sodir etish, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, jazo tushunchasi, maqsadi va uning turlari, jazo tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligi hamda tibbiy yo'sindagi majbur- lov choralarini qo'llash kabi masalalarni o'z ichiga qamrab oladi. n. i Ushbu o'quv qo'llanma Jinoyat huquqi Umumiy qismi boʻyicha kerakli ma'lumot- larni olishga, oliy yuridik o'quv yurtlarining professor o'qituvchilariga dars jarayonlarini tashkil etishga, talabalarning o'quv mash- g'ulotlar va imtihonlarga, amaliyotga tay- yorgarlik ko'rishida yordam beradi. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qo'l- lanma sifatida tavsiya etiladi. Ushbu o'quv qo'llanma amaldagi Jinoyat kodeksining 2022-yil may oyigacha bo'lgan holatiga koʻra yozilgan.
-
Rim huquqi
Topildiyev B.R,Ushbu o'quv qo'llanmada Rim huquqi tushunchasi va uning predmeti, tizimi va manbalari, huquqni himoya qilish shakllari, shaxslar tushunchasi, oilaviy- huquqiy munosabatlar, ashyoviy va mulkiy huquqlar, majburiyat huquqi tushunchasi va majburiyatlarning alohida turlari, vorislik huquqi kabi masalalar yoritib berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi talabalariga moʻljallangan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
O'lmasov A. , Vahobov A,Mazkur darslik bakalavrlarga mo'ljallangan asosiy kurs tarzida yozilgan bo'lib, bo'lg'usi mutaxassislarga kasb-korining qanday bo'lishidan qat'iy nazar o'z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishlariga, iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushu- nish, sir-asrorlarini idrok etishlariga yaqindan yordam beradi. Shuningdek, «Iqtisodiyot nazariyasi» beradigan funda- mental bilimlar bozor iqtisodiyoti sharoitida yashash va ishlash uchun unda yuz beradigan o'zgarishlarni anglab, ularga mos- lashib borishga xizmat qiladi.
-
Fuqarolik ishlari bo'yicha protessual hujjatlar
Mualliflar jamoasi,Mazkur o'quv qo'llanmada fuqarolik sud ishlarini yuritishga oid protsessual hujjatlar, ularning turlari va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, har bir mavzuga oid asosiy tushunchalar, nazorat uchun savollar va topshiriqlar, kazuslar, protsessual hujjatlardan namunalar o'rin olgan. O'quv qo'llanma bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari, magistratura talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Tizimli tahlil asoslari
Xydaynazarov A,Mazkur darslikda tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining nazariy, nazariy-uslubiy, hamda amaliy asoslari umumlashtirilgan. Ushbu darslik ijtimoiy fanlar sohasida izlanishlar va pedagogik faoliyatni olib boruvchi mutaxassislar uchun foydali bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, mazkur darslik huquqshunos, iqtisodchi, psixolog, sotsiolog, siyosatshunoslar hamda boshqaruvchilar uchun tizimli tahlil va qarorlar qabul qilishda as qotishi mumkin. O'quv dasturlarini tuzishda darslikdagi mavzular mutaxassislik yo'nalishiga mos ravishda tanlanishi mumkin.
-
Advokatura
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik Advokatura fani bo'yicha o'quv dasturi negizida tayyorlangan va yurisprudensiya ixtisosligi davlat ta'lim standartlariga muvofiq bo'lib yuridik oliy ta'lim muassasalari talabalariga mo'ljallangan.
-
Jinoyat-protsessual huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik Jinoyat-protsessual huquqi fanining maxsus qismi bo'yicha o'quv dasturi negizida tayyorlangan va 5240100 "Yurisprudensiya" ixtisosligi Davlat ta'lim standartiga muvofiq boʻlib, yuridik oliy ta'lim muassasalari va fakultetlari talabalariga mo'ljallangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 5240100-"Yurisprudensiya" yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Жиноят ишлари бўйича процессуал ҳужжатлар
Муаллифлар жамоаси,Мазкур ўқув қўлланмада жиноят ишлари юритувида расмийлаштирилиши лозим бўлган процессуал ҳужжатларнинг мазмун- моҳияти, ўзига хос хусусиятлари, аҳамияти, процессуал ҳужжатларга қўйилган талаблар назарий ва амалий жиҳатдан таҳлил қилинган. Ўқув қўлланма юридик олий ўқув юртларининг бакалавриат босқичи талабалари ва магистрантларига ҳамда юридик соҳада фаолият юритаётган ходимлар, шунингдек жиноят ишларини юритишда расмийлаштириладиган процессуал ҳужжатларга қизиқувчи шахсларга фойдаланиш учун тавсия қилинади.
-
Xalqaro shartnomalar huquqi
Azimov M.M, Muminov A.R, Nugmanov N.A, Umarxonova D.Sh,Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti "Xalqaro shartnomalar huquqi" moduli dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, unda xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi, manbalari, obyekti va maqsadi, xalqaro shartnomalarni tasniflash, ularning shakli, tuzilishi va nomi, kuchga kirishi, bekor qilinishi, to'xtalishi va shartnomaning ijrosini ta'minlash usullar va shu kabi masalalar atroflicha o'rganilgan. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarda o'ziga xos o'ringa egaligi va xalqaro shartnomalarni bajarilishidagi tashabbuslarni amalga oshirish masalalari yoritib berilgan. O'quv qo'llanma lotin yozuvida tayyorlangan bo'lib, olimlar, sud-huquq sohasidagi mutaxassislar va yuridik universitet talabalari, shunindek umuman xalqaro munosabatlar. xalqaro huquq, xalqaro shartnomalar huquqi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Ekologiya huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik ekologiya qonunchiligiga oid so'nggi o'zgartish va qo'shimchalarni inobatga olgan holda tayyorlangan. Unda ekologiya huquqi asoslari tizimli ravishda bayon etilgan, har bir tabiiy resursni muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy holatiga alohida e'tibor qaratilgan, bu esa ekologiya huquqining o'ziga xos xususiyatlarini ochib bergan. Darslikda ushbu sohada ro'y bergan nazariy va amaliy yangiliklar atroflicha qamrab olingan, unda bir qator yangi va dolzarb mavzular ham yoritilgan. Darslik ushbu mutaxassislik bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, magistrantlar, o'qituvchilar, shuningdek tabiiy resurslardan maxsus foydalanuvchilar hamda tabiatni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Xalqaro jinoyat huquqi
Umarxonova D.Sh, Ochilov X.R,Mazkur darslikda xalqaro jinoyat huquqining tushunchasi, manbalari va prinsiplari, Xalqaro harbiy tribunallar faoliyati, xalqaro jinoyat va xalqaro xarakterdagi jinoyat turlari, mazkur jinoyatchilikning turli ko'rinishlariga qarshi kurash olib borish tartibi, jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati hamda jinoyat ishlari bo'yicha davlatlarning xalqaro hamkorligi masalalari atroflicha tahlil qilingan. Oliy yuridik ta'lim muassasalarining talabalari, magistrantlari hamda xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
-
Erkin iqtisodiy zonalar huquqi
Kamalov M., Qurbonov M,Mazkur darslik "Erkin iqtisodiy zonalar huquqi" fani bo'yicha o'quv dasturi negizida tayyorlangan va 5A240110, 5A240111 - "Yurisprudensiya" ixtisosligi Davlat ta'lim standartiga muvofiq bo'lib, yuridik oliy ta'lim muassasalari va fakultetlari talabalariga mo'ljallangan.
-
Xalqaro huquq
Mualliflar jamoasi,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ–1990-sonli va 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–2932-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, talabalarda Xalqaro huquq fani bo‘yicha nazariy bilimlarni va xalqaro huquq normalarini qoʻllashga doir ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ushbu darslik ishlab chiqildi.Darslikda xalqaro huquqning asosiy tushunchalari, normalari, prinsiplari, manbalari, subyektlari, xalqaro huquqda aholi va hudud masalalari, shuningdek hozirgi zamon xalqaro ommaviy huquqining asosiy sohalari, ya’ni xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro tashkilotlar huquqi, diplomatik va konsullik huquqi, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq, xalqaro gumanitar huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro ekologiya huquqi, xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro havo huquqi, xalqaro xavfsizlik huquqi keng yoritib berilgan.Ushbu darslik bakalavriat bosqichi 5380100 – Yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Huquqiy sohada tizimli tahlil
Mannopova E.T, va boshqalar,Mazkur o'quv qo'llanma bir qancha fanlar (matematika, mantiq, falsafa, psixologiya, iqtisod va h.k.) kesishmasida hosil bo'lgan ilm sohasining yangi bir yo'nalishi hisoblanadi. Qo'llanma bakalavr yo'nalishining 5240100 "Yurisprudensiya" faoliyat turlarining barcha sohasida ta'lim oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmaning maqsadi talabalarda har qanday sharoitda masala yechimiga tizimli yondashuv asosida qarash, qaror qabul qilish uchun ma'lumotlarni taqdim qila olish, turli alternativ yechimlarni ishlab chiqa olish, boshqaruvda tez qaror qabul qila olish hamda vaziyat va imkoniyatlarni to'g'ri baholay olishga doir bilim va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Ushbu kitob xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Oila huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi va boshqa qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1990-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda yozildi. Oliy yuridik ta'lim muassasalari uchun zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan, o'quv jarayonini ta'lim berishning modulli tizimini qo'llagan holda umume'tirof etilgan xalqaro standartlar va talablarga mos ravishda yozilgan. Mazkur nashr yuridik universitet, universitetlarning yuridik fakultetlari, huquqshunoslik fani o'qitiladigan ta'lim muassasalariga darslik sifatida tavsiya etiladi.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Husanov O.T,Mazkur Konstitutsiyaviy huquq fani bo'yicha darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga shu davrgacha kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e'tiborga olingan. Darslik o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
Bojxona huquqi
Salixova F.T , Rahmatov E.J, Askarov J.T,Ushbu darslikda O'zbekiston Respublikasi bojxona huquqining asosiy tavsifi, tovarlar transport va vositalarini O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o'tish, bojxona nazorati, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona to'lovlari, bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, bojxona sohasida xalqaro hamkorlik asoslari va glossariylar yoritib berilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlarining yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalari, Oliy harbiy bojxona instituti tinglovchilari hamda keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan. Darslik "Huquqiy fanlar va predmetlar bo'yicha yangi avlod darsliklari va o'quv qo'llanmalarini tayyorlash kompleks dasturi" doirasida tayyorlangan.
-
Tadbirkorlik (bizanes) huquqi
Mualliflar jamoasi,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi 1990-sonli "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida talabalarda Tadbirkorlik (biznes) huquqi fani bo'yicha nazariy bilimlarni va tadbirkorlik (biznes) qonun hujjatlari normalarini qo'llashga doir ko'nikmalarni shakllantirish uchun ushbu darslik ishlab chiqildi. "Tadbirkorlik (biznes) huquqi" darsligi bozor munosabatlarini rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilib, takomillashib borayotganligi, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalar berilayotganligining mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq bilishga hamda ularni tahlil qilishga qaratilgan.
-
Prokuror nazorati
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda prokuror nazoratining rivojlanish tarixi, huquqiy asoslari, tushunchasi, tizimi, prinsiplari, fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtiroki, prokuror nazorat hujjatlari, prokuratura organlarining xalqaro hamkorligi, xorijiy davlatlarda prokuratura organlarining huquqiy maqomi kabi masalalar, shuningdek har bir mavzuga oid kazuslar, nazorat uchun savollar o'rin olgan. Darslik bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, sud, prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.