-
Fuqarolik huquqiga kirish
Oqyulov O., Yuldashev J.I., Imomov N.F.,Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqining asosiy tushunchalari, tamoyillari va tizimi haqida keng qamrovli ma'lumot beradi. Darslikda fuqarolik huquqining manbalari, fuqarolik-huquqiy munosabatlar. yuridik shaxslar va ularning turlari, shuningdek, fuqarolik huquqi obyektlari va bitimlar haqida batafsil tushunchalar keltirilgan. Har bir mavzu nazariy jihatdan yoritilib, amaliy misollar va kazuslar berilgan. Fuqarolik huquqi bo'yicha asosiy tushunchalar va huquqiy muammolarni tushunishga yordam beradi. Bu darslik talabalar va huquqshunoslar uchun foydali manba bo'lib xizmat qiladi. Darslik Toshkent davlat yuridik universiteti, universitetlarning yuridik fakultetlari, huquq asoslari o'qitiladigan oliy o'quv yurtlari talabalariga darslik sifatida tavsiya etiladi. Ushbu darslikdan sud, prokuratura, advokatura, notariat va boshqa organ xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
-
Jinoyat - protsessual huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik Jinoyat-protsessual huquqi fanining (Maxsus qism) sillabusi negizida tayyorlangan bo'lib, jinoyat ishini qo'zg'atish, dastlabki tergov va surishtiruvning umumiy shartlari, shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, dastlabki tergov va surishtiruvni to'xtatish hamda qayta tiklash, dastlabki tergov va surishtiruvni tamomlash, birinchi instansiya sudida ish yuritish, alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish, jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi bir qator mavzular yoritilgan.
-
Jinoyat - protsessual huquqi
Mualliflar jamoasi,Darslik O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga 2024-yil 1-may kuniga qadar kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarni inobatga olgan holda tayyorlanib, unda jinoyat protsessining mohiyati, vazifalari va prinsiplari, jinoyat protsessining ishtirokchilari, da- lillar va isbot qilish, tergov harakatlari isbotlash vositasi, protsessual majburlov, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, jinoyatlarning oldini olish, reabilitatsiya, protsessual muddatlar va chiqimlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov, jinoyat ishida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qi- lish, surishtiruv va dastlabki tergovni to'xtatish va qayta tiklash, surishtiruv va dastlabki tergovni tamomlash, sud muhokamasi, hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish hamda hukmni ijro etish, alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish, jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi masalalar zamona- viy yondashuvlar asosida yoritilgan. Darslik kursantlar va talabalar, tadqiqotchilar, pedagoglar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari va keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Nizolarni hal qilishning muqobil usullari
Mamasiddiqov M.M., Xakberdiyev A.A.,Ushbu darslik Davlat ta'lim standarti asosida tuzilgan "Nizolarni hal qilishning muqobil usullari"ga muvofiq hamda shaxsga yo'naltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil ta'lim olish texnologiyalari, taomillari va talablari asosida tayyorlangan. Darslikda nizolarni muqobil hal etish usullaridan hakamlik sudlari va mediatsiya tartib-taomillariga oid barcha masalalar batafsil ko'rib chiqilgan. Mazkur darslik nafaqat malaka oshirish muassasasi, oliy o'quv yurti tinglovchi va talabalari uchun, balki mediatorlar, hakamlik sudlari, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarining va iqtisodiy sudlarining sudyalari, advokatlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan. Darslikdan professor-o'qituvchilar, "70420125-Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari" magistratura mutaxassisligi bo'yicha talabalar, fuqarolik protsessual huquqi, iqtisodiy protsessual huquqi, hakamlik jarayoni va mediatsiya ixtisosligi doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorant va mustaqil izlanuvchilar hamda qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar ham foydalanishi mumkin.
-
-
Kasbiy ko'nikmalar va metodologiya
Tadjibayeva D.O., Oblomurodova X.N.,Mazkur darslik bo'lajak mutaxassislarda kasbiy ko'nikmalar va u bilan bog'liq metodologiyani o'zlashtirishga qaratilgan, zamonaviy ta'limning muhim vazifalaridan birini o'zida mujassam etgan. Darslik Davlat boshqaruvi - 60421200 ta'lim yo'nalishi bakalavriat talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, shuningdek, o'zining professional faoliyatida muvaffaqiyatli karyerasini yaratmoqchi bo'lgan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Sud ekspertizasi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda sud ekspertizasi fanining tushunchasi, predmeti, obyekti, vazifalari, tizimi, metodlari, turlari, sud ekspertizasini o'tkazish vakolatiga ega bo'lgan muassasa va organlar, sud ekspertizasi uchun namunalar olish qoidalari, ekspert oldiga qo'yilgan savollarga doir masalalar bayon etilgan.
-
Dalillar nazariyasi
Tulaganova G.Z., Bazarova D.B.,"Dalillar nazariyasi" darsligi so'nggi sud-huquq islohoti bilan bog'liq bo'lib, murakkab mavzularning tahlilini o'z ichiga olgan. Ushbu mavzularning mazmuni o'ziga xos xususiyatga ega. Darslikdan maqsad talaba va magistrlarga jinoyat-protsessual huquqining institutlaridan biri bo'lgan dalillar institutining huquqiy tabiatini, mazmunini, isbot qilish jarayonida inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash vositalarini hamda qonunchilikning qat'iy qoidalarini, shuningdek, dalillar bilan bog'liq nazariy qarashlarni va amaliy ko'nikmalarni o'rgatishdan iborat. Darslikda dalillar nazariyasining huquqiy va metodologik asoslari, xususiyatlari, tasniflanishi, isbot qilish tushunchasi, doirasi, predmeti, isbot qilish subyektlarining o'rni va faoliyatlari kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Magistratura bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan mazkur darslik ularning kelgusida o'z xizmat vazifalarini professional bajarishida zarur bilim, ko'nikmalar majmuini shakllantirishni ko'zda tutadi.
-
Ekologiya huquqi
Xolmo'minov J.T.,Ushbu darslikda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (yangi tahrirdagi) talablari asosida ekologiya huquqi, o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o'rmonlarning huquqiy holati, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlarda va chiqindilardan foydalanish jarayonida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishning huquqiy tartibi va O'zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorligi masalalariga alohida e'tibor berilgan.
-
Ijro ishi yuritish
O'razaliyev M.,Ushbu darslikda ijro ishi yuritish fanining tushunchasi, predmeti va tizimi, O'zbekistonda sud hujjatlari hamda boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning tashkiliy masalalari, ularni davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro etishning huquqiy asoslari hamda tartibi, ijro hujjatlariga qo'yiladigan talablar, ijro ishi yuritishida ishtirok etuvchi shaxslar, ijro hujjatlarini ijroga qaratish tartibi, undiruvning qarzdor mol-mulkiga, ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratilishi, mulkiy xususiyatlarga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish, ijro ishi yuritishning boshqa xususiyatlari, davlat ijrochisining maqomi kabi masalalar yoritib berilgan. Darslik huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan o'quvchilar, talabalar, shuningdek, ijro ishi yuritish bilan qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga mo'ljallangan.
-
Notariat
Pirmatov O.Sh.,Ushbu darslikda notariat tushunchasi, notarial faoliyat prinsiplari va manbalari, notarial palata faoliyati; notariusning huquqiy maqomi, notarial harakat va uning turlari; "Notarius" avtomatlashtirilgan tizimida ishlash tartibi va vaqti; nizosiz talablar bo'yicha undiruvni qarzdor mol-mulkiga qaratishda notariusning ijro xati; notarius tomonidan ijro xati beriladigan talablar, shartlari va asoslari; notarius tomonidan vekselni protestlash tartibi; jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshirish; hujjat nusxalari va hujjatlardan olingan ko'chirmalar to'g'riligini dalillash tartibi kabi masalalar bayon etilgan. Darslikdan professor-o'qituvchilar, bakalavr bosqichi talabalari, notarial faoliyatga qiziquvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar foydalanishi mumkin.
-
Jinoiy odil sudlov asoslari
Bazarova D., Mamataliyeva Sh.,Mazkur darslik jinoyat-protsessual qonunchiligiga kiritilgan so'nggi o'zgartirish va qo'shimchalar hamda hozirgi jinoyat ishlari yurituvining so'nggi yutuqlari inobatga olingan holda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, maxsus o'quv va ilmiy adabiyotlar (milliy va xorijiy) tahlili asosida tayyorlangan.
-
O'zbekistonning eng yangi tarixi
Mualliflar jamoasi,Mazkur o'quv adabiyoti O'zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo'lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy jarayonlar hamda o'zgarishlarni, ushbu davrda ro'y bergan tarixiy voqeliklarni bevosita qamrab olgan. Ushbu darslik respublikada yuqorida nomi qayd etilgan fan bo'yicha ilk bora tayyorlanib o'quvchi e'tiboriga havola qilinmoqda. Unda fan yuzasidan amalga oshirilgan innovatsiyalar, ilmiy tadqiqot xulosalari bevosita o'rin olgan.
-
Ta'limda axborot texnologiyalari
Yuldashev G.,Ushbu darslik bakalavriatning "Jismoniy madaniyat", "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi", "Chaqiriqqacha harbiy ta'lim", "Musiqa", "Maktabgacha ta'lim", "Pedagogika-psixologiya", "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishlarining "Ta'limda axborot texnologiyalari" fani dasturiga mos yozilgan bo'lib, bunda zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta'minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi mavzular yoritilgan.
-
Sug'urta huquqi
Boltayev M.S,Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, fuqarolik, sug'urta sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida yuridik ta'lim muassasalari uchun davlat ta'lim standartlariga muvofiq, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, yangi o'quv modul tizimlarini qo'llagan holda tayyorlandi. Nashr huquqshunoslik fani o'qitiladigan oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasalari talabalariga mo'ljallangan.
-
Kriminologiya
Niyozova S.S, Salayev S.N,Mazkur darslikda uyushgan jinoyatchilik, voyaga yetmaganlar va yoshlar jinoyatchiligi, oilada sodir etiladigan, zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi va ularning oldini olish, shuningdek, xotin-qizlarning tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanishlarining oldini olish va ular bilan ishlash, o'zgalar mulkini talon-toroj qilish, korrupsiya, terrorizm hamda diniy ekstremizm bilan bog'liq jinoyatchiliklarning kriminologik tavsifi va oldini olish kabi masalalar bayon etilgan. Ushbu darslik oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Ekologik - huquqiy javobgarlik
Narzullayev O.X, Nurmatov M.M,Ushbu darslik ekologik qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik bilan bog'liq masalalar Ekologik-huquqiy javobgarlik o'quv moduli asosida qonunchilikdagi so'nggi o'zgartirish va qo'shimchalar inobatga olingan holda yoritib berilgan. Darslikda ekologik- huquqiy javobgarlik tushunchasi, xususiyatlari, funksiyasi, tizimi va turlari, ekologik huquqbuzarlikning umumiy tavsifi, ekologik qonunchilik talablarini buzganlik uchun intizomiy, ma'muriy, jinoiy va fuqarolik- huquqiy javobgarlik, tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish sohasida kelib chiqadigan nizolarni hal etish hamda sud hokimiyati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati kabi mavzular oʻrganilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlari talabalari, tegishli mutaxassislik bo'yicha tahsil olayotgan magistrantlar, tadqiqotchilar, amaliyot xodimlari va ushbu masala bilan qiziquvchi keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan.
-
O'zbek tili
Ramazonov N. , Bozorova N, Choriyev O, Gazibekova S,Ushbu darslik yangi o'quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va TDYU qoshidagi akademik litseyning 1-bosqich rus guruhi o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Darslikda har bir mavzu doirasida matn va u bilan bog'liq topshiriqlar, grammatik qoidalar hamda ularni mustahkamlashga doir mashqlar berilgan. Shuningdek, har bir mavzudan so'ng o'zbek adabiyotiga mansub asarlardan namunalar keltirilgan. Adabiy asarlarni berish orqali o'quvchilarning so'z boyligini oshirish, tafakkur va tasavvurini yuksaltirish maqsad qilingan.
-
Uy-joy huquqi
Imomov N. Odinayev A.,Mazkur darslikda uy-joy huquqi tushunchasi, uy-joy huquqining vazifalari, uy-joyga nisbatan mulk huquqi, uy-joy fondi va uning turlari, uy-joy qonunchiligi, turar joylardan foydalanish qoidalari, munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylaridan ijara shartnomasi asosida foydalanish, turar joylarni saqlash va boshqarish faoliyatining huquqiy asoslari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va ular faoliyatining huquqiy tartibga solinishi masalalari yoritilgan. Darslik huquqshunoslik oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlari va o'qituvchilari, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Ma'muriy tartib-taomillar
Nematov J.N,Ushbu darslikda yurisprudensiya magistrant tinglovchilarining Ma'muriy tartib-taomillar fani bo'yicha ilk tasavvurlarini hosil qilish, mazkur fanga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yanada boyitish, O'zbekiston ma'muriy sud amaliyotining ma'muriy tartib-taomillar qoidalarining qo'llanishiga oid amaliy misollar tahlili bilan tanishtirish maqsad qilingan. Mazkur darslik Ma'muriy tartib-taomillar fani bo'yicha asosiy manba, Ma'muriy huquq fani bo'yicha esa qo'shimcha manba sifatida foydalanish uchun mo'ljallangan.