-
-
-
-
-
Intellektual mulkka qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish
Xoliqov F.U. Otaboyev B.I,Ta'lim, -
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
Fuqarolik ishlari bo'yicha protessual hujjatlar
Mualliflar jamoasi,Mazkur o'quv qo'llanmada fuqarolik sud ishlarini yuritishga oid protsessual hujjatlar, ularning turlari va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, har bir mavzuga oid asosiy tushunchalar, nazorat uchun savollar va topshiriqlar, kazuslar, protsessual hujjatlardan namunalar o'rin olgan. O'quv qo'llanma bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari, magistratura talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Huquqiy sohada tizimli tahlil
Mannopova E.T, va boshqalar,Mazkur o'quv qo'llanma bir qancha fanlar (matematika, mantiq, falsafa, psixologiya, iqtisod va h.k.) kesishmasida hosil bo'lgan ilm sohasining yangi bir yo'nalishi hisoblanadi. Qo'llanma bakalavr yo'nalishining 5240100 "Yurisprudensiya" faoliyat turlarining barcha sohasida ta'lim oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmaning maqsadi talabalarda har qanday sharoitda masala yechimiga tizimli yondashuv asosida qarash, qaror qabul qilish uchun ma'lumotlarni taqdim qila olish, turli alternativ yechimlarni ishlab chiqa olish, boshqaruvda tez qaror qabul qila olish hamda vaziyat va imkoniyatlarni to'g'ri baholay olishga doir bilim va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Ushbu kitob xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Yuridik xizmat: nazariya va amaliyot uyg'unligi
Narziyev O.S.,Ushbu o'quv qo'llanma so'nggi yillarda mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida adolat hamda qonun ustuvorligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan tizimli islohotlarga mos tarzda yuridik xizmat sohasida tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi, malakasi va saviyasini oshirishda qo'llash maqsadida tayyorlangan. O'quv qo'llanma yuridik xizmat xodimlari faoliyatiga oid nazariy masalalar; xorij va milliy tajribadan kelib chiqqan holda amaliy maslahatlar; yurist faoliyatida zarur bo'lgan huquqiy hujjatlarning namunalari; sohaga oid asosiy normativ-huquqiy hujjatlar tahlillari; har bir mavzuga oid kazuslar, mantiqiy savollar va testlar hamda foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati kabi ham nazariy, ham amaliy jihatdan foydali ma'lumotlardan iborat tarzda tuzilgan.
-
BMT xalqaro sudi
Miruktamova F.L,Mazkur o'quv qo'llanma BMT Xalqaro sudi huquqiy maqomi, faoliyati, yurisdiksiyasi bilan bog'liq masalalar va ishlash mexanizmiga doir ma'lumotlarni aks ettiradi. O'quv qo'llanmada BMT Xalqaro sudida davlatlar o'rtasidagi nizoli ishlar bo'yicha sud ishini yuritish, sudning konsultativ xulosalar berish taomili bo'yicha faoliyatiga doir batafsil ma'lumotlarni olish mumkin. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim talabalari, magistrantlari va xalqaro huquq sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Sharhlash hujjatlarning yuridik texnikasi
Mazkur o'quv qo'llanma sharhlash hujjatlarining yuridik-texnik qoidalarini batafsil tahlil etadi. O'quv qo'llanmada yuridik hujjat tushunchasi, yuridik hujjat turlari, huquq normalarini sharhlashning nazariy tavsifi, huquq normalarini sharhlashda qo'llanadigan usullar, huquq normalarini sharhlash turlari, huquq normalariga rasmiy sharh berishning mantiq, til, rasmiy rekvizit va tartib-taomil qoidalari, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi tomonidan legal sharhlash, kazual sharhlash hujjatlari tushuntirib beriladi. Mazkur o'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun uchun mo'ljallangan.
-
Intellektual mulkka qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish
Xoliqov F.U. Otaboyev B.I,Ushbu o'quv qo'llanmada mualliflik yoki ixtirochilik huquqida huquqbuzarlik va jinoiy javobgarlik tuchunchasi, kelib chiqish sabablari, ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning tasnifi, uning turlariga to'xtalib o'tilgan. Shuningdek, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlariga umumiy tavsif berilgan. Ushbu jihatlar nazariy va huquqiy tomondan kompleks tarzda o'rganilib, yuridik tahlil qilingan.
-
Ijara shartnomasi
Imomov N.F. Ibrohimov A.A.,Mazkur o'quv qo'llanma ijara shartnomasiga bag'ishlangan boʻlib, unda ijara shartnomasining ahamiyati va mazmuni, ijara obyekti, ijara shartnomasining shakli va amal qilishi, ijara obyektini ijaraga oluvchiga topshirish, ijaraga berilgan mol-mulkdan foydalanish, ijara obyektini soz holatda saqlash va uni yaxshilash, ijara shartnomasini bekor qilish va ijara shartnomasining alohida turlari batafsil yoritilgan bo'lib, yuridik fakultet talabalari va izlanuvchilarga mo'ljallangan.
-
Shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish
Xolikov F.U. Otaboyev B.I.,Mazkur o'quv qo'llanmada shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning zamonaviy xususiyatlari bilan bog'liq masalalarini tartibga soluvchi Jinoyat kodeksi, uning tegishli moddalarini to'g'ri qo'llash, milliy jinoyat qonunchiligi va ilg'or xorijiy tajribasi, shuningdek, jinoyat-huquqiy qarashlarning konseptual jihatlari, tergov va sud amaliyotidagi muammolar ilmiy tahlil qilingan. Bundan tashqari, shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning algoritmi ilmiy tomondan o'rganildi va mazkur sohada sodir etilgan jinoyatlarni ochish va tergov qilishga oid tegishli algoritmni takomillashtirish bo'yicha mulohazalar bayon etilgan. O'quv qo'llanma "Jinoyat huquqi" ta'lim yo'nalishi bo'yicha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Yuridik ta'limda innovatsion texnologiyalar
Gulyamova G.,Mazkur o'quv qo'llanma yuridik fanlarni o'qitish xususiyatlari, o'qitish jarayoni va uning bosqichlari darslarini samarali o'tkazish asoslari, ularni talab darajasida olib borish, mavzular yuzasidan mashg'ulotlarni to'g'ri tashkil qila olish, zamonaviy interaktiv metod va vositalarni o'rinli qo'llash, eng asosiysi, dars jarayonida o'qitish va tarbiyaning uzviy bog'liqligini ta'minlash, muammoli o'qitish, usullarini o'rgatishga alohida e'tibor qaratadi. Shuningdek, magistratura talabalariga pedagogik mahorat talablari, mustaqil ta'limni tashkil qilish metodikasi, mutaxassislik fanlarini o'qitishda pedagogik kompetentlik va kreativlik, hamkorlik pedagogikasi usullari tushuntiriladi.
-
Bezorilikning oldini olish
Karaketova D.Y,Ushbu o'quv qo'llanma bezorilikning oldini olish bilan bog'liq masalalarga bag'ishlangan bo'lib, unda bezori shaxsi, uning turmush tarzi va xulq- atvorining o'ziga xos xususiyatlari, bezorilik jinoyatining sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar, bezorilikning oldini olish turlari o'rganilgan. Bezori shaxsning kriminologik tavsifi (ijtimoiy-demografik, jinoyat-huquqiy va ma'naviy-ruhiy belgilari) nafaqat bezori shaxsi mohiyatini ochib berish, balki bu boradagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash imkonini ham beradi. Bu esa, o'z navbatida, bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan ta'sirchan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishga zamin yaratadi.
-
Тошкент давлат юридик университетининг академик ҳалоллик ва тадқиқот этикаси кодекси
Талипова М.,Ушбу рисолада Ўзбекистонда қабул қилинган гендер тенглигига тегишли иккита қонуннинг асосий мазмуни расмлар орқали ёритилган. Расмлар қонунларнинг ва моддаларнинг кетма-кетлигида берилмаган ва бир бирига боғлиқ эмас. Шу туфайли улар дарс, тренинг ва маърузалар доирасида алоҳида ҳам қўлланилиши мумкин.
-
Гендер статистикаси
Хамидова Ф., Сайдивалиева Х., Рахмонова М., Суфиева Д.,Ушбу қўлланма гендер статистикаси ҳақида аҳоли хабардорлигини ошириш ва ундан фойдаланишдаги амалий кўникмаларни кенгайтириш мақсадида муаллифлар жамоаси томонидан ишлаб чиқилган. Унинг мақсади ушбу соҳада қўлланадиган атамаларни яхшироқ англашга ёрдам бериш, улар гендер тенгсизлик даражасини аниқлашда қандай ёрдам бериши мумкинлиги ва бу статистик маълумотлардан гендер сиесати ва умуман, давлат сиёсати самарадорлигини ошириш учун қандай самарали фойдаланиш мумкинлигини тушунтиришдан иборат. Бу амалий қўлланма давлат органлари ва идоралари, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар, нодавлат нотижорат ташкилотлари вакиллари, экспертлар ва бошқа манфаатдор шахсларга мўлжалланган.
-
Bola huquqlari
Saidov A.,Ushbu ko'rgazmali qo'llanma maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiya- lanuvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda bolalarning fundamental huquq- lari, erkinliklari va majburiyatlari ko'rgazmali shaklda yoritilgan. Qo'llanmani tayyorlashda foydalanilgan suratlar majmui internet saytlaridan yig'ilgan.
-
Bola huquqlari
Saidov A.,Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorining 25-bandiga muvofiq tayyorlangan. Qo'llarımada bola huquqlariga doir asosiy tushunchalar hamda bolalarning fundamental huquq va erkinliklari, xususan, bolalarning yashash, shaxsiy daxlsizlik huquqi, ism va fuqarolikka ega bo'lish huquqi, sog'lig'ini saqlashga bo'lgan huquqi, oilaviy munosabatlarga bo'lgan huquqi, ta'lim olish huquqi, dam olish va o'ynash huquqi, mehnat qilish huquqi, so'z va e'tiqod erkinligi huquqi, xususiy mulkka bo'lgan huquqi, erkin ma'lumot olish, fikr bildirish huquqi, nogironligi bo'lgan bolalar huquqlari yoritilgan. Shuningdek, qo'llanmada bola huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, jumladan Bolalar ombudsmani to'g'risidagi ma'lumotlar o'rin olgan. Qo'llanmani tayyorlashda foydalanilgan suratlar majmui internet saytlaridan yig'ilgan, shuningdek "Campasito" qo'llanmasidan foydalanilgan. Qo'llanma yordamida bolaning fundamental huquq va erkinliklari sohasida umumiy ma'lumotga hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida inson huquqlari sohasidagi bilim va ko'nikmalarni shakllantirish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalarga ega bo'lish mumkin. Unda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga inson huquqlari to'g'risidagi dastlabki bilim va ko'nikmalarni o'rgatish bo'yicha usullar, turli mashqlar o'z ifodasini topgan. Ushbu nashr maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash
Kadirova M.X,Mazkur o'quv qo'llanmada dalil tushunchasi va turlari, isbot qilish tushunchasi va subyektlari, tergov va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirish, isbotlashda tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanish, dalillarni to'plash, tekshirish va baholash usullari, sudgacha va sud bosqichida isbot qilish, alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishda isbot qilish, jinoyat ishini tugatishda isbotlashning o'ziga xos xususiyatlari kabi mavzular yoritilgan.
-
Vorislik va oila huquqi
Yuldashev J.I,Mazkur o'quv qo'llanma yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, fuqarolik, meros va oila qonunchilik hujjatlari asosida qisqa savol-javob tarzida tayyorlangan. Mavzular doirasida kazuslar ham berilgan bo'lib, bu talabani amaliy mushohada yuritishga undaydi. O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari va boshqa oliy o'quv yurti yuridik ta'lim muassasalarining yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim oladigan talabalarga mo'jallangan.
-
Xalqaro xususiy huquqda kollizion normalar
Xazratqulov O.T,Mazkur o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquqda kollizion normalarning tutgan o'rni hamda ahamiyati to'g'risida ilmiy qarashlar va nazariy masalalarga e'tibor qaratiladi. Xalqaro xususiy huquq tizimida kollizion normalarga doir umumiy nazariy qarashlar tahlil etilgan boʻlib, u o'quvchining kollizion normalarni qo'llash masalalariga doir bilimlarini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Ushbu qo'llanma huquqshunoslar, davlat idoralari xodimlari, bu sohaga qiziquvchi bakalavr va magistrant talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya
Allayorov J.T,Ushbu o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquq fanining "Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya" mavzusi doirasida xalqaro sudlovlilik tushunchasi, xalqaro fuqarolik protsessining huquq tizimidagi o'rni, xalqaro sudlovlilik turlari to'g'risida ma'lumot beriladi. Shuningdek, mazkur o'quv qo'llanma talabalarning ushbu mavzular bo'yicha mustaqil ta'lim olish ko'nikmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari, amaliyotchi va ilmiy xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Bitimlar
Qoryog'diyev B.U,Ushbu o'quv qo'llanma bitimlar tushunchasi, uning turlari, shakllari, bitimning haqiqiylik shartlari, haqiqiy bo'lmagan bitimlarning huquqiy asoslari, jumladan, qonun shakliga va uning mazmuniga mos kelmagan bitimlar, muomalaga layoqatsiz shaxslar tarafidan tuzilgan bitimlar, yuridik shaxsning muomala layoqatidan chiqib tuzgan bitimlari, shaxs erk-irodasiga qarshi tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish tartibotini, shuningdek, haqiqiy bo'lmagan bitimlarning ikki turi hisoblangan nizoli hamda o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmagan bitim nisbatlarini, bitimning haqiqiy emaslik oqibatlarini qo'llashning huquqiy asoslarini, rivojlanishining ustuvor jihatlari va xorijiy davlatlar tajribasi kabi masalalar tahlil etilgan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari, doktorantlari, o'qituvchilari va bitimlarga oid masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.