-
-
-
Ўзбекистон олий таълим тизимига оммавий очиқ онлайн курсларни интеграциялаш механизмлари
Каримов А.З, Ҳайдаров И.Н, Хамидов В.С.,Ta'lim, -
-
-
Norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtiroki
Boymurodov B.P,Monografiya norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtirokining nazariy-huquqiy masalalariga bag'ishlangan. Unda fuqarolarning norma ijodkorligi jarayonidagi ishtirokining nazariy asoslari tahlil qilinib norma ijodkorligida fuqarolar ishtirokining yuridik tabiati ochib berilgan, fuqarolarning norma ijodkorligi jarayonidagi ishtirokining asosiy prinsiplari ajratib ko'rsatilgan. Shuningdek, norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtirokini turli mezonlar asosida tasniflash orqali fuqarolar ishtirokining asosiy shakllari ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan. Monografiya oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi. Shuningdek, undan ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, norma ijodkorligi faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar hamda ushbu mavzuga qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
-
Mehnat migratsiyasini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslari: bugungi holati va takomillashtirish istiqbollari
Otajonov A.A,Mazkur monografiya «O'zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasini tashkiliy-huquqiy tartibga soluvchi elektron platforma yaratish>>> nomli PZ-202101129-son innovatsion loyihasi ijrosi doirasida bajarilgan. Monografiyada mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlarining mehnat migratsiyasini ta'minlash sohasidagi vakolatlari, mehnat migratsiyasini boshqarish tizimining zamonaviy holati, ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari, mehnat migratsiyasini tartibga soluvchi xalqaro standartlar va ayrim xorijiy davlatlar tajribasi tahlili, shuningdek O'zbekistonda mehnat migratsiyasining tashkiliy asoslarini takomillashtirish istiqbollari yoritilgan. Monografiya oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari (kursantlari). professor-o'qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari, shuningdek amaliyot xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Axborot makonida shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini ta'minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari
Madiyev F.X,Mazkur monografiyada shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi tushunchasi va huquqiy tabiati, raqamli texnologiyalarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga nisbatan ta'siri, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarining rivojlanish bosqichlari, axborot makonida shaxsiy hayot daxlsizligini ta'minlashning konstitutsiyaviy asoslari, raqamlashtirish sharoitida shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligını ta'minlashning huquqiy tartibga solish tizimi va himoya qilish mexanizmlari, raqamli texnologiyalar rivojlanish sharoitida shaxsiy hayot daxlsizligini ta'minlashga oid muammolar, virtual makonda shaxsiy hayot daxlsızlıgını himoyalash tizimini jony etish istiqbollari aks etgan.
-
Jinoyat tarkibining subyektiv belgilariga ko'ra jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning nazariy va amaliy jihatlari
Masharipov S.B,Ushbu monografiyada jinoyat tarkibi subyektiv tomonining umumiy tavsifi, subyektiv tomon belgilarining yuridik tahlili, jinoyatlarni jinoyat tarkibining subyektiv tomoni belgilariga ko'ra kvalifikatsiya qilish masalalari tahlil etilgan. Monografiya oliy va o'rta-maxsus o'quv yurtlarida huquqshunoslik yo'nalishi boʻyicha tahsil olayotgan talabalarga, shu mavzuda ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga, sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi amaliyotchi xodimlarga mo'ljallangan.
-
Sun'iy intellektning xaqaro tijorat arbitrajida nizolarni hal qilishdagi ahamiyati
Akramov A.A,Mazkur monografiyada O'zbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, ular faoliyatining erkinligi va qonunga muvofiq ishlashi, jurnalistik va blogerlik faoliyati, so'z va axborot tashish erkinligi kafolati, shuningdek, senzuraga yo'l qo'ymaslik masalalari, jurnalistik tekshiruv o'tkazishning huquqiy asoslari hamda ommaviy axborot vositalarining javobgarlik kabi masalalar tegishli tartibda boblar va paragraflarda aks etgan. Mazkur monografiya "Konstitutsiyaviy huquq" moduli bo'yicha o'quv dasturi negizida tayyorlangan bo'lib, 60420100 - "Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha)" yo'nalishidagi yuridik oliy ta'lim muassasalari va fakultetlari talabalari uchun moʻljallangan.
-
Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish
Qodirov E.O,Mazkur monografiyada yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir qarashlar va konsepsiyalar hamda ilmiy-nazariy asoslari va o'ziga xos xususiyatlari, bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki yoxud uning tashkiliy- huquqiy jihatlari yoritilgan. Monografiya huquqiy targ'ibotchilar, oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari o'qituvchi-pedagoglari, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, O'zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi va mahalladagi yoshlar yetakchilari hamda yoshlar muammosi bilan shug'ullanuvchi mutaxassislarga mo'ljallangan.
-
Ўзбекистон олий таълим тизимига оммавий очиқ онлайн курсларни интеграциялаш механизмлари
Каримов А.З, Ҳайдаров И.Н, Хамидов В.С.,Ушбу монографияда фукаролик ва иктисодий процессда адвокат фаолиятининг ўзига хос хукукий табиати: унинг процессдаги иштироки, хукукий макоми ва фаолият турларининг таҳлили, миллий конунчиликни чукур ўрганиш орқали аникланган бўшликлар, нормаларнинг ўзаро номувофиклиги, амалиётга нотугри тадбик этилиши каби ҳолатлар. шунингдек, хориж тажрибасини киёсий тахлил килиш орқали ишлаб чикилган сохадаги муаммоларни бартараф этишга каратилган таклифлар, ишлаб чикилган таклифлар юзасидан шакллантирилган қонун лойияси ва адвокатлар орасида ўтказилган сўровнома ўрин олган. Монографиядан профессор-ўкитувчилар, илмий тадкикотчилар, конун ижодкорлиги жараёнида бевосита қатнашувчи шахслар фойдаланишлари мумкин.
-
Ingliz tili fanini o'qitishda huquqshunos talabalarning tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish.
Shamsitdinova M.G.,Monografiyada ingliz tili fanini o'qitishda huquqshunos talabalarning tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari hamda uning ayrim amaliy asoslari hamda ingliz tilini tinglab tushunish qiyinchiliklarini bartaraf etish yechimlari yoritilgan. Shuningdek, monografiyada talabalarning tinglab tushunish mahoratini va uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlash bo'yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar jarayoni hamda natijalari keltirilgan.
-
Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi
Mirziyoyev Sh.,E'tiboringizga havola qilinayotgan ushbu kitobda bugungi kunda yurtimizda Yangi O'zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o'zgarish va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo'nalishlari, mamlakatimizning zamo- naviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, davlatimizni yangi rivojlanish bosqichiga ko'tarish uchun belgilab olingan strategik yo'l, milliy taraqqiyotimiz istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritiladi.
-
Янги давр ҳуқуқи манбаларининг шакилланиши ва ривожланиши
Муҳамедов Х.,Мазкур монографияда инсоният тарихидаги янги давр ҳуқуқининг шакилланиши ва ривожланиши масаласи ўрганилган бўлиб, хусусан, унда илк ўрта асрларданоқ вужудга кела бошлаган ва XVII асардаги инглиз инқилоби хамда XVIII асар охиридаги буюк француз инқилоби натижасида пайдо бўлган янги шакилдаги ҳуқуқнинг асосий манбалари, принциплари ва ўзига хос хусусиятлари таҳлил қилинган.