-
-
-
Yuristlar uchun o'zbek tilining lotin yozuvidagi imlo qoidalari
Ramazonov N., Choriyev O.,Ta'lim, -
-
Ўзбекистон Республикасида инновация фаолияити фуқаролик-хуқуқий тартибга солиш муаммолари
Муаллифлар жамоаси,Ta'lim, -
-
-
Ta'lim,
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Saylov huquqi
Turg'unov O.K,Saylov huquqi bo'yicha tayyorlangan darslik oliy o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda saylov huquqi fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar izchilligi, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va saylov qonunchiligiga muvofiq saylovlarni tashkil etish jarayonlari va o'tkazish bosqichlari ketma-ketligiga mos keladi. Unda Konstitutsiya va milliy saylov qonunchiligiga 2018-yil fevraliga qadar kiritilgan barcha so'nggi o'zgarishlar e'tiborga olingan. Darslik oliy o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallanib, undan boshqalar ham hozirgi zamon saylov huquqi nazariyasi va saylov jarayonlarini o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
Fuqarolik protsessual huquqi
Xabibullayev D. Y.,O'zbekistonda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning tashkiliy masalalari, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro etish huquqiy asoslari hamda tartibi, ijro hujjatlarida qo'yiladigan talablar, ijro ishi yuritishida ishtirok etuvchi shaxslar, ijro hujjatlarini ijroga qaratish tartibi, ularni majburiy ijro etish asosi va choralari, undiruvning qarzdorning mol-mulkiga, ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratilishi, mulkiy xususiyatlarga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish, ijro ishi yuritishning boshqa xususiyatlari, davlat ijrochisining maqomi kabi masalalar yoritib berilgan.
-
Yuristlar uchun o'zbek tilining lotin yozuvidagi imlo qoidalari
Ramazonov N., Choriyev O.,Yuridik ta'limning har bir bosqichida davlat tili qonun-qoidalarini o'rganish, o'zlashtirish masalasi hammavaqt dolzarb bo'lib kelgan. Bugungi kunda ham soha mutaxassislarining savodxonligini yuksaltirish, ularning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, ularni til ko'nikmalaridan situatsiyaga mos ravishda o'rinli foydalanishga o'rgatish masalasi yetuk huquqshunos kadrlar tayyorlashning asosi sifatida qaralmoqda. Savodxonlikning asosida imlo turar ekan, savodxonlikni imlo masalalari bilan chambarchas bog'liqlikda olib borish eng maqbul yo'ldir. Shu sababli ham ushbu o'quv qo'llanma imlo sohasidagi bilimlarni huquq sohasi tushunchalari va matnlari asosida mustahkamlashni o'z oldiga maqsad qilib olgan. Qo'llanmada material uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda imlo qoidalari, nazariy qarashlarni mustahkamlash uchun mashq va topshriqlar hamda o'zbek tilida faol qo'llanadigan so'zlar lug'atıdan iborat tarzda joylashtirilgan. Misol, mashq va topshiriqlarning yuridik terminlar, qonunlar matnlari, qonunosti hujjatlaridan olinganligi esa uning huquqshunos mutaxassislar uchun foydaliligini oshirgan. Qo'llanma bo'lajak huquqshunos mutaxassislar, talaba va magistrantlar, amaliyotchi yuristlar hamda imlo masalasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Ijro ishi yuritish
O'rzaliyev M.,Ushbu darslikda ijro ishi yuritish fanining tushunchasi, predmeti va tizimi, O'zbekistonda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning tashkiliy masalalari, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro etish huquqiy asoslari hamda tartibi, ijro hujjatlarida qo'yiladigan talablar, ijro ishi yuritishida ishtirok etuvchi shaxslar, ijro hujjatlarini ijroga qaratish tartibi, ularni majburiy ijro etish asosi va choralari, undiruvning qarzdorning mol-mulkiga, ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratilishi, mulkiy xususiyatlarga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish, ijro ishi yuritishning boshqa xususiyatlari, davlat ijrochisining maqomi kabi masalalar yoritib berilgan. Darslik huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga, shuningdek ijro ishi yuritish bilan qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga mo'ljallangan.
-
Ўзбекистон Республикасида инновация фаолияити фуқаролик-хуқуқий тартибга солиш муаммолари
Муаллифлар жамоаси,Мазкур тўпламда 2015 йил 21 май куни Тошкент давлат юридик университетида "Халкаро тижорат (хусусий) ҳуқуқи" кафедраси ва "Ёш олимлар кенгаши" томонидан, ЁА2-ФҚ-0-61321 ЁА2-011 рақамли "Демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини шакллантириш шароитида инновация фаолиятини фуқаролик- ҳукукий тартибга солиш муаммолари” мавзусидаги ёш олим амалий илмий лойиха (грант) доирасидаги вазифаларни ижросини таъминлаш мақсадида ўтказилган "Ўзбекистон Республикасида инновация фаолиятини фуқаролик-ҳуқуқий тартибга солиш муаммолари" мавзусидаги республика илмий-амалий конференцияси материалларини ўзида акс эттирган.
-
Сиёсатшунослик
Қирғизбоев М,Ўқув қўлланмада мамлакат олий ўқув юртларида ўқитиладиган сиёсатшунослик фанига доир билимлар ва масалалар мужассамлашган. Шунингдек, унда ривожланган мамлакатлардаги турли йўналишдаги сиёсий назариялар, жараёнлар ва муносабатлар таҳлил этилади, улар миллий тажрибалар билан қиёсланади, қўлланмада ифодаланган назарий қарашлар мамлакатда тобора чуқурлашиб бораётган фуқаролик жамияти ва ҳуқуқий давлат қуриш ислоҳотлари билан боғланади. Қўлланма олий ўқув юртлари талабалари учун мўлжалланган.
-
Фуқаролик ҳуқуқи тамойилларининг назарий ва амалий муаммолари
Мухаммедов А.А,Монографияда Ўзбекистон ҳудудида амал қилган фуқаролик ҳукуки та- мойиллари тизимларининг тадрижий ривожланиши, мусулмон фукаролик ҳуку ки тамойилларининг тавсифи, англо-америка ва қитъа ҳуқуки тизимида фукаро- лик ҳуқуқи тамойилларининг ўзига хос хусусиятлари, фукаролик ҳукуки тамо йилларининг фуқаролик-ҳуқуқий нормалар билан ўзаро муносабати, бозор му- носабатларини мустаҳкамлашда фуқаролик ҳуқуқи тамойилларининг роли, тад- биркорликни ривожлантиришга йўналтирилган фуқаролик ҳуқуқи тамойилла ри, шартнома интизомини мустаҳкамлашга хизмат киладиган фукаролик ҳуку ки тамойиллари, фуқаролик жамиятини шакллантиришда фуқаролик хукуки тамойилларининг таъсир кучидан фойдаланишнинг самарадорлигини ошириш муаммолари, фукаролик қонунчилигини ривожлантиришда фукаролик ҳукуки тамойилларининг йўналтирувчи таъсир кучи, суд амалиётида фуқаролик ҳуқу ки тамойилларини ҳисобга олиш ва қўллаш каби масалалар фуқаролик хукуки фани назарияси ва амалиётини такомиллаштириш юзасидан таҳлил этилади.
-
Давлат ва ҳуқуқ тарихи (янги давр давлатчилигининг шаклланиши ва ривожланиши)
Муҳамедов Х.М.,Ушбу ўқув қўлланма хорижий мамлакатлар давлати ва ҳуқуқи тарихининг тўртинчи даври энг янги давр давлати ва ҳуқуқига бағишланиб, унда ХХ асрда Англия, Франция, Германия, АҚШ Япония ва Хитой каби ривожланган мамлакатларнинг давлати ва ҳуқуқидаги ўзгаришлар баён қилинган. Ўқув қўлланма ҳуқуқшунослик мутахассислигига оид барча олий ва ўрта махсус ўқув юртлари талабалари, ўқитувчилари ва аспирант-тадқиқотчилари учун мўлжалланган.
-
Энг янги давр давлати ва ҳуқуқи
Мухамедов Ҳ,Ушбу ўқув қўлланма хорижий мамлакатлар давлати ва ҳуқуқи тарихининг тўртинчи даври энг янги давр давлати ва ҳуқуқига бағишланиб, унда ХХ асрда Англия, Франция, Германия, АҚШ Япония ва Хитой каби ривожланган мамлакатларнинг давлати ва ҳуқуқидаги ўзгаришлар баён қилинган. Ўқув қўлланма ҳуқуқшунослик мутахассислигига оид барча олий ва ўрта махсус ўқув юртлари талабалари, ўқитувчилари ва аспирант-тадқиқотчилари учун мўлжалланган.
-
Ўзбекча-ингилизча лиғат: ижтимоий-сиёсий сўзлар, бирикмалар ва атамалар/Uzbek-English dictionary of modern socio-political vocabulary
Қамбаров Н,Мазкур ўзбекча-инглизча луғат сўнгги йилларда тилга кирган ижтимоий-сиёсий атамалар ва улар билан бирикма ҳосил қиладиган умумистеъмол сўзларни ўз ичига олади. Луғатда 8 минг атама ва 25 мингта сўз бирикмасининг инглиз тилидаги таржималари берилган. Луғат таржимонлар, филологлар, халқаро журналистика соҳасида фаолият олиб борувчи мутахассислар, талабалар, ўкувчилар ҳамда инглиз тилига қизиқувчи кенг оммага мўлжалланган.
-
Mehnat huquqi
Tursunov Y, Usmonova M, Rahimova Y,Ushbu darslikda bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanib borayotgan sharoitda mehnat sohasidagi ijtimoiy aloqalarni huquqiy tartibga solish, mehnat bozori va uni boshqarish, ish beruvchi va xodimlar oʻrtasidagi mehnat-huquqiy aloqalar, fuqarolarning eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquqlaridan biri bo'lgan mehnat qilish huquqini ro'yobga chiqarish va himoyalash kabi ko'plab mavzular yoritilgan.
-
Milliy g'oya: Asosiy tushuncha va tamoyillar
Qo'chqorov R, Tojiboyev D,Ushbu darslik yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga jinoyat-ijroiya huquqi fani bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar (seminarlar)ga tayyorgarlik ko'rish uchun mo'ljallangan bo'lib, unda jinoyat-ijroiya huquqi fanining o'quv dasturidagi mavzular qamrab olingan va har bir mavzu boʻyicha savollar, kazuslar, shuningdek, tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati berilgan.
-
Jinoyat huquqi
Rustamboyev M.H, Ahrorov B.J,«Jinoyat huquqi fani darsligining yozilishidan maqsad talabalarda chu- qur nazariy bilimlarni shakllantirish hamda shu asosda huquq-tartibot va sud organlarining bo'linmalari va xizmatlariga yuklangan vazifalarni samarali hal qilish uchun zarur bilim va ko'nikmalarni berishdan iborat. Ushbu darslik jino- yat huquqi tushunchasi, vazifalari va prinsiplari, jinoyat qonuni, jinoiy javob- garlik, jinoyat tushunchasi, jinoyat tarkibi, tugallanmagan jinoyatlar, jino- yatda ishtirokchilik, bir qancha jinoyatlar, qilmishning jinoiyligini istisno qi- luvchi holatlar, jazo va uning maqsadlari, jazo tizimi va turlari, jazoni tayin- lash, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish, tibbiy yo'sindagi majburlov choralari, voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi xususiyatlari, jinoyat hu- quqi Umumiy qismi tushunchasi haqida mustahkam bilimlar va jinoyat huqu- qining boshqa institutlarini o'z ichiga olgan.
-
Fuqarolik huquqi (Maxsus qism)
Zokirov I.B, Husanov O.T, Baratov M.H, Imomov N.F,O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari asosida yozilgan ushbu kitob fuqarolik huquqining muhim institutlari shartnomalar va shartnomalardan tashqari vujudga keladigan majburiyatlar, intellektual mulk huquqi, vorislik huquqi kabi masalalarga bag'ishlangan bo'lib, yuridik kollejlar va huquq asoslari o'qitiladigan boshqa o'quv yurtlari talabalariga darslik sifatida tavsiya etiladi.
-
Jinoyat-ijroiya huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslik yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga jinoyat-ijroiya huquqi fani bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar (seminarlar)ga tayyorgarlik ko'rish uchun mo'ljallangan bo'lib, unda jinoyat-ijroiya huquqi fanining o'quv dasturidagi mavzular qamrab olingan va har bir mavzu boʻyicha savollar, kazuslar, shuningdek, tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati berilgan.
-
Oila huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi va boshqa qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikası Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1990-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda oliy yuridik ta'lim muassasalari uchun zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan, o'quv jarayonini ta'lim berishning modulli tizimini qo'llagan holda umum e'tirof etilgan xalqaro standartlar va talablarga mos ravishda yozilgan. Mazkur nashr yuridik universitet, universitetlarning yuridik fakultetlari, huquq asoslari o'qitiladigan oliy maktab talabalariga darslik sifatida tavsiya etiladi.
-
Халқаро сайлов стандартлари ва сайловларни кузатиш
Муаллифлар жамоаси,Ушбу тўплам Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси томонидан Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Миллий маркази билан ҳамкорликда сайловларни кузатишни ташкил қилиш ва амалга ошириш бўйича Бирлашган Миллатлар Ташкилоти, Европада Хавфсизлик ва Ҳамкорлик Ташкилоти, Европа Кенгаши Парламент Ассамблеяси, Мустакил Давлатлар Ҳамдўстлиги, Шанхай Ҳамкорлик Ташкилоти каби халкаро ташкилотлар ҳуж жатларининг асосий қоидалари билан таништириш максадида тайёрланган. Нашр сайлов жараёни иштирокчилари, сайлов ташкилотчилари, шунингдек олимлар ва сайловларни халқаро кузатиш, бутун сайлов жараёнининг очиқлиги, ошкоралиги, транспарентлиги тамойилларига риоя килиш, миллий ва хорижий кузатувчилар иштирок этиши шароитларида адолатли ва демократик сайловларни ўтказиш борасида фуқароларнинг сайлов ҳукуклари ва эркинликларини таъмин- лаш ва ҳимоя килиш масалалари билан қизиққан кенг доирадаги китобхонларга мўлжалланган.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Shodmonov Sh., Mamaraximov B,<<Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo'yicha tayyorlangan mazkur ma'ruzalar matni 2002-yilda chop etilgan o'quv qo'llanma va 2005, 2010-yillarda qayta chop etilgan darslikning qayta ishlangan va to'ldirilgan nashri hisoblanadi. Ushbu matnni tayyorlashda O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va oliy o'quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash yangi davlat andozasi talablari va shu andozaga binoan ishlab chiqilib qabul qilingan yangi o'quv dasturi asosida tayyorlangan. Undagi mavzular mazmunini yoritishda Respublika Prezidenti I. Karimov asarlari, ma'ruzalari xususan, «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomli asaridan, mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlardan keng foydalanilgan. Keyingi yillarda mamlakatimizda va xorijda, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari va Rossiyada nashr etilgan qator darslik va o'quv qo'llanmalarning qisqacha tahlili berilgan, ulardagi ijobiy tomonlardan foydalanilgan va ba'zi bir munozarali jihatlar esa tanqidiy ravishda o'rganilib, mualliflarning shaxsiy yondashuvlari bayon etilgan.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslikda yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalari izchillik bilan tahlil etilgan hamda kiritilgan yangi normalarning mohiyati ochib berilgan. Darslik oliy o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan konstitutsiyaviy huquq faniga qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 14-iyun- dagi 104-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami 104-9).
-
Xalqaro iqtisodiy huquq
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslikda xalqaro iqtisodiy huquqning tushunchasi, manbalari va prinsiplari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyati, xalqaro iqtisodiy huquqdagi asosiy qoidalar, mazkur qoidalarning xalqaro moliyaviy, savdo va boshqa iqtisodiy kelishuvlarda qanday aks etishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va O'zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligi masalalarini atroflicha tahlil qilingan. Oliy yuridik ta'lim muassasalarining talabalari, magistrantlari hamda xalqaro iqtisodiy huquqqa qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Ushbu darslik 5240100-Yurisprudensiya yo'nalishi (o'quvchilari) uchun tavsiya etilgan.