-
-
-
-
-
Tilshunoslik,
-
-
-
-
-
Tilshunoslik,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
O'zbek tilining izohli lug'ati Q-S Jild - IV
Mualliflar jamoasi,Ushbu ko'p jildli "O'zbek tilining izohli lug'ati" uning lotin yozuviga asoslan- gan o'zbek alifbosida tayyorlangan dastlabki nashri hisoblanadi. Lug'at hozirgi o'zbek adabiy tilida keng iste'molda bo'lgan 80 mingdan ortiq so'z va so'z birik- malarini, fan, texnika, san'at va madaniyat sohalariga oid terminlarni, bir necha shevada qo'llanadigan so'zlarni, ba'zi tarixiy va eskirgan atamalarni o'z ichiga ola- di. Lug'atda berilgan so'zlarning amalda qoʻllanishi XX asr hamda XXI asrning dastlabki davri o'zbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan. Lug'at o'zbek tilshunosligi va turkiyshunoslik bo'yicha mutaxassislar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oliy ta'lim muassasalarining o'qituvchilari va talabalari, shuningdek, keng o'quvchilar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
O'zbek tilining izohli lug'ati T-V Jild - V
Mualliflar jamoasi,Ushbu ko'p jildli "O'zbek tilining izohli lug'ati" uning lotin yozuviga asoslan- gan o'zbek alifbosida tayyorlangan dastlabki nashri hisoblanadi. Lug'at hozirgi o'zbek adabiy tilida keng iste'molda bo'lgan 80 mingdan ortiq so'z va so'z birik- malarini, fan, texnika, san'at va madaniyat sohalariga oid terminlarni, bir necha shevada qo'llanadigan so'zlarni, ba'zi tarixiy va eskirgan atamalarni o'z ichiga ola- di. Lug'atda berilgan so'zlarning amalda qoʻllanishi XX asr hamda XXI asrning dastlabki davri o'zbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan. Lug'at o'zbek tilshunosligi va turkiyshunoslik bo'yicha mutaxassislar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oliy ta'lim muassasalarining o'qituvchilari va talabalari, shuningdek, keng o'quvchilar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
O'zbek tilining izohli lug'ati X-Ch VI-Jild
Mualliflar jamoasi,Ushbu ko'p jildli "O'zbek tilining izohli lug'ati" uning lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida tayyorlangan dastlabki nashri hisoblanadi. Lug'at hozirgi o'zbek adabiy tilida keng iste'molda bo'lgan 80 mingdan ortiq so'z va so'z birikmalarini, fan, texnika, san'at va madaniyat sohalariga oid terminlarni, bir necha shevada qo'llanadigan so'zlarni, ba'zi tarixiy va eskirgan atamalarni o'z ichiga ola- di. Lug'atda berilgan so'zlarning amalda qoʻllanishi XX asr hamda XXI asrning dastlabki davri o'zbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan. Lug'at o'zbek tilshunosligi va turkiyshunoslik bo'yicha mutaxassislar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oliy ta'lim muassasalarining o'qituvchilari va talabalari, shuningdek, keng o'quvchilar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati
Mahmudov N.,Ushbu lug'at umumta'lim maktablari, akademik litseylar o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan o'zbek tili sinonimlarining izohlari o'rin olgan. Lug'atga faqat mustaqil so'zlardan iborat sinonimik qatorlargina emas, balki yordamchi so'z turkumlari doirasidagi sinonimik qatorlar ham kiritilgan. Mazkur lug'at o'quvchilarning o'z ona tili boyligi bilan chuqurroq tanishishlariga xizmat qiladi.
-
O'zbek tilining shakllanish va rivojlanish tarixi
Matniyazov A.R, Yusufov B,Ushbu monografiya birlamchi yozma manbalar asosida o'zbek tilining ko'p ming yillik tarixiy rivojlanishini yoritib beruvchi ilmiy asardir. Unda miloddan oldingi davrlarda hozirgi O'zbekiston hududida yashagan, o'zbeklarning ajdodlari hisoblangan turkiy xalq vakillarining eng qadimgi yozma manbalarda keltirilishi bayon etilgan, ularning boshqa xalqlar tillariga ko'rsatgan ta'siri, ilmiy faktlar asosida o'zbek tilining tarixan shakllanish davrlari hamda rivojlanish bosqichlari tadqiq qilingan. Monografiya O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20- oktabrdagi PF-6084-sonli farmoni bilan tasdiqlangan "2020-2022-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020- 2022-yillarda amalga oshirish dasturi"da belgilangan ustuvor vazifalari asosida nashrga tayyorlandi.
-
O'zbek tilining orfoepik lug'ati
Mamatov J, Chiniqulov N,Ma'lumki, o'zbek tili ko'p shevali boʻlganligi bois so'zlarni adabiy tilda orfoepik jihatdan to'g'ri talaffuz qilinishi va rus tili orqali o'zlash- gan so'zlarni adabiy tilda talaffuz qoidalariga mos ravishda qo'llash talab etiladi. Ana shu omillarni hisobga olib, ushbu lug'at tayyorlandi. Lug'at asosan maktab o'quvchilari va tilimizga qiziquvchilarga mo'ljallangan bo'lib, ularning so'zlarni to'g'ri yozish va to'g'ri talaffuz qilish me'yorla- rini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu lug'at Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'quv-uslubiy kengashining 2021-yil 27-fevraldagi 7-sonli yig'ilish bayoni bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug'ati
Mualliflar jamoasi,Fan va texnika, madaniyat va san'at sohalariga oid o'zlashma terminlar va ular tarkibidagi terminelementlar ilmiy adabiyotlardan va turli sohaviy terminologik lug'atlardan borgan sari mustahkam joy olmoqda. Asosan, yunon va lotin tillari elementlaridan tarkib topgan bunday terminlar keyingi davrlarda xalqaro nufuzga ega bo'lgan ba'zi zamonaviy yevropa tillaridan ham o'zlashmoqda. Xalqaro miqyosda qo'llanuvchi ana shunday minglab so'z va terminlar har doim ham keng ommaga, ba'zan hatto mutaxassislarga ham tushunarli bo'lavermaydi. Shu nuqtayi nazardan hozirgi davrda xalqaro terminlarni hosil qiluvchi so'z va elementlarning ma'nosini ochib beruv- chi, ularning turli xil xususiyatlarini to'laroq aks ettiruvchi maxsus qo'llanmaga ehtiyoj bor edi. 2020-yilda o'zbek-kirill yozuvida nashr etilgan "Халкаро терминзлементларнинг изохли иллюстратив луғати" ana shu ehtiyojni ma'lum darajada qondirib keldi.
-
Ўзбек тилининг изоҳли луғати 5 жилд
Мадвалиев А.,Луғат ҳозирги ўзбек адабий тилида кенг истеъмолда бўлган 80 мингга якин сўз ва сўз бирикмаларини, фан, техника, санъат ва маданият соҳаларига оид терминларни, бир неча шевада қўлланадиган сўзларни, баъзи тарихий ва эскирган атамаларни ўз ичига олади. Луғатда берилган сўзларнинг амалда қўлланиши ХХ аср ўзбек адабиёти ва матбуотидан олинган мисоллар билан далилланган. Луғат ўзбек тилшунослиги ва туркийшунослик бў- йича мутахассислар, таржимонлар, оммавий ахборот воситалари ходимлари, олий таълим муассасаларининг ўқитувчилари ва талабалари, шунингдек, кенг ўқувчилар оммаси учун мўлжалланган.
-
-
"Boburnoma"dagi frazeologik birliklarning o'zbekcha-Ruscha-Inglizcha lug'ati
Teshaboyeva Z.,Mazkur lug'at mumtoz asar "Boburnoma"dagi frazeologik birliklarning kognitiv-kontseptual o'rganish, "Boburnoma" (2002), "Boburnoma"ning tabdili (2008), ruscha tarjimasi (2008), J.Leyden-V. Erskin (1826), A.S.Beverij (1921) va V.Tekston (1996)ning inglizcha tarjimasiga bag'ishlangan. Zahiriddin Muhammad Boburning dunyoga mashhur asari "Boburnoma"da qo'llangan frazeologik birliklar bir necha yillar davomida o'rganilgan va o'zbekcha, inglizcha ruscha tarjimalari qiyoslanib tadqiq etilgan. Bir necha yillar samarali mehnatning natijasi o'laroq ko'p tillik mavzuli lug'at yaratilishiga turtki bo'ldi. Ushbu kitob bo'lajak tarjimonlar, boburshunos olimlar va jurnalistlar, doktorantlar, magistrantlar, oliy o'quv yurti ingliz tili o'qituvchilari, oliy o'quv yurti talabalari, ingliz tilini chuqur o'rganuvchilar va keng ommaga mo'ljallangan.
-
O'zbek tilining katta imlo lug'ati
Mahmudov N.M.,Ushbu lug'at lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida tartib berilgan, o'zbek tili leksikasida, bir qator so'zlar imlosida keyingi yillarda ro'y bergan sezilarli o'zgarishlarni hisobga olgan, avvalgi imlo lug'atlariga nisbatan so'z va terminlarni kengroq aks ettirgan lug'atdir. U 2013-yilda nashr etil- gan «O'zbek tilining imlo lug'ati» asosida nashrga tayyorlandi. Lug'at ta'lim tizimining barcha bo'g'inlaridagi o'qituvchi, o'quvchi va talabalarga, ommaviy axborot vositalari xodimlariga, nashriyotlar muharrirlari va musahhihlariga, umuman, keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
O'zbek xalq paremalarining sinonimik lug'ati
Jo'rayeva B.,Ushbu kitob o'zbek xalq paremalari sinonimiyasiga bag'ishlangan dastlabki lug'at hisoblanadi. Ishning kirish qismida maqolning matal hamda maqol-matal tipidagi paremalardan farqi tushuntirilib, maqol, matal va maqol-matal tipidagi paremalar bilan bog'liq sinonimiya hodisasi haqida fikr yuritilsa, lug'at qismiga ikki parema qatnashadigan sinonimik uyadan qirq to'rt parema qatnashadigan sinonimik uyagacha qamrab olingan. Lug'at filolog olim va mudarrislar, o'zbek filologiyasi va jurnalistika fakultetlari talabalari, o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilari hamda tilimiz boyligi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Novvoylik terminlari izohli lug'ati
Abdiyev M, Ibatova A.,Yurtimizda shu kunga qadar o'zbek tilida non va non mahsulotlari terminlariga oid izohli lug'at yaratilmagan. Ushbu izohli lug'atda o'zbek tilida novvoychilik terminlarining izohi, alifbo ko'rsatkichi asosida bayon qilingan. Lug'at materiallari asoson sohaga oid mavjud qo'llanmalar va turli tipdagi lug'atlardan hamda respondentlar bergan ma'lumotlar asosida shakllantirilgan. Mazkur lug'at terminologiya masalalari bilan shug'ullanuvchilar hamda milliy taom tayyorlovchilar, jumladan, novvoylik bilan qiziquvchilarga mo'ljallab tuzilgan.
-
O'zbek tilining o'quv imlo lug'ati 27000 dan ortiq so'z.
Madvaliyev A.,Ushbu lug'at umumta'lim maktablari, akademik litseylar o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda 27 000 ortiq so'z va so'zshakllarning to'g'ri yozilishi ko'rsatib berilgan. Shuningdek, lug'atdan keyingi yillarda hozirgi o'zbek adabiy tiliga o'zlashgan, o'zbek adabiy tilida barqarorlashgan yangi o'zlashmalar ham joy olgan.
-
O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi
Yo'ldosh Q, Yo'ldosh M.,"O'zbek adabiyotini oʻqitish metodikasi" darsligi "Filologiya va tillarni o'qitish" ixtisosligi boʻyicha ta'lim olayotgan bakalavriat yo'nalishidagi talabalarga mo'ljallangan. Unda adabiyot o'qitishning eng yangi va samarali usullaridan foydalanish yo'llari ko'rsatib berilgan. Darslikda umumta'lim maktablari o'quvchilarini badiiy asar tahliliga o'rgatish orqali ularda mustaqil fikrlash hamda ezgu axloqiy sifatlar shakllantirilish kompetensiyalarini yuzaga keltirishga alohida e'ti- bor qaratilgan. Kitobda metodika sohasida milliy va chet el tajribalarining eng natijador usullaridan foydalanish yo'llari ko'rsatib berilgan.
-
O'zbek tilini ikkinchi sifatida o'qitish metodikasi
Muxitdinova X.,"Davlat tili to'g'risida"gi Qonun va istiqlol tufayli o'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi ona tilimizning keyingi rivoji uchun keng ufqlarni ochdi. Ona tilimiz respublikamizning asosiy muomala, aloqa vositasiga aylandi, ilmiy, badiiy, rasmiy til sifa- tida keng miqyosda qo'llana boshladi. O'zbek tilining O'zbekis- ton Respublikasi Konstitutsiyasi va "Davlat tili haqida"gi Qonuni tomonidan belgilangan davlat tili sifatidagi maqomi ona tilimizning ijtimoiy vazifalari va rasmiy-idoraviy muloqot yuritishdagi mavqeini yanada kengaytirishning mustahkam asosi bo'lib, yoshlarga milliy istiqlol g'oyalarini, vatanparvarlik, eli- mizga sadoqat tuyg'ularini singdirishda, ularning barkamol avlod bo'lib yetishishlari va ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha jabhalarida keng faoliyat olib borib, yurtimizning ravnaqi uchun xizmat qilishlarida davlat tili ta'limining ahamiyati niho- yatda kattadir.
-
-
-
-