-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари фаолиятига оид қонун ҳужжатлари тўплами
Mualliflar jamoasi,Siyosatshunoslik, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ma'naviy masnaviy
Jaloliddin Rumiy,Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlarining " Ma'naviy masnaviy" asari yetti asrdan buyon Sharq tafakkur va badiiy kalom muxlislarini o'ziga maftun etib kelmoqda.Ushbu tengsiz adabiy obida har bir imon egasini Haq va haqiqat sari yuksaltiruvchi ruhiy-qalbiy narvondir. Qo'lingizdagi kitob Ko'niyo kutubxonasida saqlanayotgan eng mo'tabar qo'lyozma asosida nashrga tayyorlandi.O'zbek tilidagi tarjimasi esa este'dodli shoir Odil Ikrom tomonidan amalga oshirildi.Umid qilamizki, aziz o'quvchimiz o'z imkoni darajasida ushbu bepoyon ma'naviy ummondan baharamand bo'ladi.
-
Mening Dog'istonim
Rasul Hamzatov,Ziyolilarimiz hamma o'qishi kerak bo'lgan yuzta kitobning ro'yxatini tuzishdi. Bu kitoblar ro'yxatida "Mening Dog'istonim" asari ham bor.agar bu ro'yxat o'ntaga qisqartirilganda ham unda "Mening Dog'istonim" kitobi albatta bo'lardi.Chunki, til,millat,xalq,qadriyat,vatan mehri,davr ruhi,sevgi sehri,haqiqat va yolg'on,yaxhsilik va yomonlik,tinchlik va urush mavzulari hassosona yoritilgan "Mening Dog'istonim"day asar jahon adabiyotida kam topiladi.Ayniqsa,asar mazmun-mohiyatiga singib ketgan shoirning dilbar she'rlari,purma'no hikmat-hikoyatlari, o'zi ko'rgan ibratli voqelar haqidagi yodnomalari o'quvchilarda o'chmas taassurot qoldiradi. 1971 yilda dunyo yuzini ko'rgan bu asar o'tgan yarim asr davomida yuzdan ortiq tillarga tarjima qilindi, millionlab nusxada chop etildi.Biroq,hamon savdo rastalarida kam topiladigan noyob kitoblar qatorida tilga olinadi.mazkur kitobning ona tilimizga ko'p nusxada chop etilishi shoirning qadrdon muxlislari qo'llariga bir tuhfaday yetib borish imkonini beradi.Ishonchimiz komil,dunyoga mashhur bu kitob o'zning yangi-yangi muxlislarini topadi va ularning ham sevimli ma'naviy aylanadi.
-
Ish yuritish
N.Imomov, M.Baratov,Darslik o'quvchilar,o'qituvchilar. huquqshunoslar va ish yuritish jarayoni amaliyoti bilan qiziquvchilari ushun mo'ljallangan
-
Qiyomat
Chingiz Aytmatov,Buyuk qirg'iz adibi,davlat va jamoat arbobi Chingiz Aytmatovning "Qiyomat" romanida ezgulik va olijanoblik,yaxshilik va to'g'rilikning,adolat va haqgo'ylikning qiyomat-qoyim darajsiga tushayotgan holatlari tabiat,jamiyat,inson va imon muammolarini aks ettirirish orqali ko'rsatilgan.
-
Asrga tatigulik kun
Chingiz Aytmatov,Buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanida xudosizlik va manqurtlik balolari ilk bora fosh etilib, bu asar millionlab o'quvchilar qalbini zabt etgan. Insonni o'z-o'zini anglashga, ruhan va ma'nan poklanishga chorlovchi ushbu asar bugungi kunda ham o'z dolzarbligini aslo yo'qotmagan.
-
Semiz va oriq
Anton Pavlovich Chexov,Dunyo adabiyotida A.P Chexov o'z ovozi va o'z so'ziga ega bo'lgan noyob ijodkorlardan biri sifatida tan olingan.U hikoyalari orqali ushbu janrni yana bir taraqqiyot pog'onasiga ko'tarib berganligi ham bor gap. O'zbek adabiyotida realistik hikoyalarning paydo bo'lishiga ham ayni yozuvchining asarlari sabab bo'lib, Abdulla Qahhor va undan keyingi bir qator yozuvchilarimiz hikoyalarining muvaffaqiyatida mazkur adibning maktabi alaohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu kitobda yozuvchining eng sara hikoyalari jamlangan.
-
-
Ҳуқуқшунослик
Х.Т.Маматов,Ушбу ўқув қўлланмада давлат ва ҳуқуқ назарияси асослари,маъмурмй ҳуқуқ асослари , молия ҳуқуқи асослари .тадбиркорлик ҳуқуқи асослари , меҳнат ҳуқуқи асослари оила ҳуқуқи асослари,экология ҳуқуқи асослари , қишлоқ хўжалик ҳуқуқи асослари,жиноят ҳуқуқи асослари,халқаро ҳуқуқ асосларига атрофлича тўхталиб ўтилган
-
Ҳуқуқий етуклик баркамолликка елтади
Mualliflar jamoasi,Ушбу ўқув услубий қўлланмада ёшларнинг ҳуқуқий саводхонлигини оширишда уларнинг конституциявий билимларини мустаҳкамлаш,уларда ҳуқуқий солдиқ экологик маданиятни юксалтирниш ,қолаверса, инсон ҳуқуқцлари уни мамлакатимизда янада мустаҳкамлашни такомииллаштириш борасидаги ислоҳотларни мазмуни унинг сабаблари ва ушбу ислоҳотларни ёшларга тушунтириш билан боғлиқ масалаларнит ёритиб беришга ҳаракат қилинганУшбу услубий қўлланма кенг китобхонлар учун мўлжалланган
-
Ўзбекча-Русча ва Русча-Ўзбекча луғат
Абдурахимов Мансур,Словарь содержит около 20 000 слов, включая широко распространенные словосочетанияа также наиболее употребительные в современном узбекском и русском языках пословицы, поговорки,загадки фразеологические выражения, позволяющие читателю не только лучше усвоить язык, но и познакомиться с его национально-культурной семантикой.
-
Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари фаолиятига оид қонун ҳужжатлари тўплами
Mualliflar jamoasi,Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари фаолиятига оид қонун ҳужжатлари тўплами.Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги
-
Ўзбекистон Республикаси ҳаво кодекси
Mualliflar jamoasi,Ўзбекистон Республикаси ҳаво кодекси 2018йил1 августгача бўлган ўзгартиш ва қўшимчалар билан
-
Yevgeniy Onegin
Aleksandr Sergeyevich Pushkin,Adibning "Yevgeniy Onegin" asari rus adabiyotidagi birinchi she'riy romandir.Pushkin bu asarni yaratishda buyuk ingliz shoiri Bayronning "Don Juan" she'ruy romanidan ta'sirlanib yaratgan. "Yevgeniy Onegin" romanining bosh qahramoni kelishgan,aqlli,o'ziga yarasha o'qimishli,farosatli yigit,Lekin u o'z axloqini kibor jamiyat talabiga moslashtirishga majbur bo'lgani uchun hammaga,hatto, o'ziga ham begona.Munofiqlik va yolg'onni axloq darajasiga ko'targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o'rtasidagi munosbatlarda samimiylik yo'q.Samimiylik bo'lmagan joyda muhabbatga ham o'rin yo'q. Shu bois qizning eng munosib umr yo'ldoshi bo'lishi mumkinligini yaxshi bilgani holda Yevgeniy Tatyananing sevgisini rad etadi. U o'zining qizga loyiq emasligini sezadi. Onegin yengiltak ham,xotinboz ham emas. Lekin kiborlar ko'ziga shunday ko'rinish, ular orasida shuhrat orttirish uchunayollarni yo'ldan ozdirishga intiladi. Yevgeniy janjalkash,qonxo'r odam emas, ammo kiborlarda duelga chiqishdan qo'rqdi degan fikr uyg'otmaslik uchun, o'zi istamagan holda sodda shoir yigit Lenskiyni otib o'ldiradi.Romanda kuchi,g'ayrtai aqlini sarflash mumkin bo'lgan ezgu mo'ljalning yo'qligi tufayli qiynalayotgan yigit iztiroblari aks etgan.
-
-
Yolg'izlikning yuz yili
Gabriel Garsia Markes,Qo'limgizdagi ushbu kitob Janubiy Amerikada yashab ijod etgan Adib (tug'ilgan joyi -Kolumbiya,vafot etgan joyi Meksika) Gabriel Garsia Markesning ispan tilida yozilgan "Cien anos de soledad" romanining rus tili orqali Nurali QObul,Anvar Jo'raboyev va Tohir Qahhorlar tomonidan "Yolg'izlikning yuz yili" nomi ostida tarjima qilingan ko'rinishidir.Bu tarjimonlarimiz ushbu asarni tarjima qilish orqali ona tilimizning lug'at boyligining boyishiga va kitobxonlaarning badiiy adbiyotga bo'lgan qiziqishlarining yuksalishiga ulkan hissa qo'shgandir. Asarning ushbu nashri hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan qo'shimcha iqtiboslar va asar hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi. Sia ushbu asarni o'qir ekansiz,asarda boshaytilgan 'Avlodning birinchi vakilini daraxtga bog'lab qo'yishadi,avlodning so'nggisini chumolilar yeb bitiradi" degan mudhish bashoratga duch kelasiz.Xo'sh ushbu bashorat amalga oshadimi? Asarning asosiy qahramonlari ushbu bashoratga qanday munosabat bildirishadi? Bu savollarga asarni o'qish davomida javob olasiz.
-
-
-
Sherlok Xolms haqida hikoyalar
Artur Konan Doyl,Artur Konan Doylning eng mashhur asari "Sherlok Xolms haqida hikoyalar"dir. Adib ilk marotaba Sherlok Xolms obrazini "Skarletdagi ish"(1887) romanida yaratgan.Yozuvchi Sherlok Xolms obrazini "Xolmsning so'ngi ishi" (1893) hikoyasida o'ldirmoqchi bo'ladi. Lekin butun dunyo kitobxonlarining noroziligidan keyin izquvarni tiriltirib, yangi hikoyalar yozadi. Sherlok Xolms haqidagi ajoyib-g'aroyib hikoyalar favqulotda hodisalarga boyligi bilan kattayu kichik kitobxonlarning e'tiborini qozongan.Kutilmagan vaziyatlarda o'zni yo'qotmaslik,mustahkam iroda,aql-zakovat-boshqalarning mushkulini yengillashtirishni hayotning mazmuniga aylantirib olgan izquvar tahsinga loyiq fazilatlidir.
-
-
Ўзбекистон Республикасининг бюджет кодекси
Mualliflar jamoasi,Ўзбекистон Республикасининг бюджет кодекси (2018 йил 1мартгача бўлган ўзгартиш ва қўшимчалар билан