-
Chol va dengiz
Ernest Xeminguey,Ushbu kitobga dunyo miqyosida mashhur adib,"Nobel" mukofoti sovrindori E.Xemingueyning eng sara asarlari kiritilgan. 'Chol va dengiz" qissasida insonning ulug'ligi,undagi iroda va matonat,oqillik va azm-u qaroridan og'ishmaslik o'zgacha talqinda aks etgan. "Alvido,qurol' romani esa qahramonlarning fikr-xayollari,kechmishlari urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o'ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon.
-
xodimlar bo‘yicha ish yuritish
G.K.Sarimsoqova, B.D.Raximberganova,Darslikda xodimlar bo‘yicha ish yuritish tartibi,usullari va vositalari kadrlar bo‘limining faoliyati,kadrlar bo‘limi xodimlarining vazifa va funksiyalari korxona muassasa tashkilotlarda xodimlar bo‘uicha ish yuritishni tartibga solishga qaratilgan turli masalalar yoritilgan
-
Choliqushi
Rashod Nuri Guntekin,Ayolning iztiroblari, ayolning og'riqlari,ayolning og'ir o'y-kechinmalari... Ularning tugal yechimi bormi? Uni qanday muammo doimo qiynoqqa soladi? U nimadan tasalli topadi? Bu savollarning javobi bitta, u-muhabbatdir! Muhabbat mavzusiga bag'ishlangan asarlarni millati va dinidan,yoshidan qat'i nazar, barcha birdek sevib, ko'ziga yosh olib,qahramoni taqdiriga o'zini hamdard qilib o'qiydi.Rashod Nuri Guntekinning ushbu mashhur "Choliqushi" asarini ham xuddi shunday hissiyot bilan qo'lga olasiz. Unda bu tuyg'u o'zining butun qudratini birgina ojiza choliqushi timsolida yaqqol gavdalantirib beradi.
-
Konstitutsiyaviy huquq
B.T.Musayev, K.R.Aliyeva, B.A.Norimonov,Konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha darslik yuridik kollejlarning talabalari uchun mo‘ljallangan ta'lim standartlari asosida yaratilgan.Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani prtedmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan
-
Ulug'bek xazinasi
Odil Yoqubov,"Padarkush, toj-u taxt,olti oy..." Nizomiy Ganjaviyning bu jumlalarini o'qigan Abdulatif nechog'lik xato qilganini anglaydi,anglaganda ham o'zini kutayotgan fojialarni,atrofidagi sotqinlarni,xiyonatlarni ko'rib-bilib anglaydi.Otasi-yu o'z jigariga qilgan xunrezligi, millat ma'naviyatiga qilgan adolatsizligi ko'z oldida yaqqol namoyon bo'ladi.Ko'ngil sezgan mudhish taqdir boshida yalang'och qilich bo'lib ko'tarilganda,tiliga bir kalom kelad:"Gunohkor farzandingizni kechirgaysiz, buzrukvor!" Ammo bu bilan na otasi, na millat va na xalqni oldida o'zini oqlay oladi... Odil Yoqubovning ushbu asari o'quvchini bir dam tarix sahnasiga olib chiqadi.Yaxshilar davrasida ilm va odamiylikka,xiyonatkor amirlar qurshovida makkorlik va xudbinlikka guvoh bo'ladi.Vijdon amri va to'g'riso'zlik naqadar buyuk kuch ekanligiga amin bo'ladi. O'quvchi kitob mutolaasi davomida buyuk allomani yod etadi va uning ma'naviy merosi bugungi kungacha yetib kelishida sababchi bo'lgan tarixiy shaxslar va voqealar bilan badiiy tasvirlarida tanishadi.
-
-
-
Ish yuritish
Mualliflar jamoasi,Yuridik texnikumlar uchun mo‘ljallangan mazkur darslikda ish yuritishbilan bo‘g‘liq jarqyonlarning huquqiy asoslari, tartib taomillari,xususan,ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish, boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish,hullatlarni tuzish va rasmiylashtirish hujjatlar ustida ishlash,hujjatlarni ro‘yhatdan o‘tkazishva indekslash,hujjatlarni ijro etish hujjatlar yig‘ma jildlari nomenkulaturasinituzish tuzish va hujjatlar yig‘ma jildlarini shakllantirish kabi masalalar yoritilgan
-
Qo'rqinchli Tehron
Mushfiq Kozimiy,Mazkur asar ikki kitobdan iborat bo'lib,unda o'tgan asr boshlaridagi voqealar qalamga olinadi. Oradan yillar o'tgan bo'lsa-da, undagi g'oyalar,o'lmas tuy'ular,orzular va armonlar zanjiri o'z ahamiyatini yo'qotmagan.Bosh qahramon Farruhning ezgulik va jaholat ,nafs yo'lidagi talato'plarga qarshi kurashi, qasosga undagan turfa sarguzashtlari va Mahinga bo'lgan sof muhabbati ikki romanni bir-biriga uzviy bog'lab turuvchi umumiy syujet chizig'ini tashkil etadi. "Qo'rqinchli Tehron" dunyo adabiyoti xazinasidan o'rin olgan asarlar sirasiga kiradi.Mushfiq Kozimiy qalamiga mansub ushbu asar olamiga oshufta bo'ling, aziz kitobxon.
-
Donishmand Sizif
Xurshid Do'stmuhammad,Yunon afsonalarida Olimp ma'budlariga qarshi isyon sababli toki qiyomatgacha og'ir xarsangni baland cho'qqiga dumalatib chiqarishdek befoyda va og'ir mehnatga mahkum qilingan Korinf hokimi Sizif haqida jahon adabiyotida ko'plab asarlar yaratilgan. Ushbu roman qahramoni bo'lgan Sizif siymosida sabr-toqati, irodasi va kurashi bilan o'tib bo'lmas mashaqqatlardan ustun kelib, cho'qqini zabt etgan muzaffar inson yoki mashaqqatlar mahsuli bo'lgan donishmand gavdalanadi. Zamonaviy nasrimizda paydo bo'lgan yana bir ajoyib romanni o'quvchilarga tavsiya etmoqdamiz.
-
Yuristning yozma nutqi
Mualliflar jamoasi,Yuristning yozma nutqi: kasb -hunar kollejlari uchun darslik
-
Чолиқуши
Рашод Нури Гунтекин,Аёлнинг изтироблари, аёлнинг оғриқлари, аёлнинг оғир уй-кечинмалари... Уларнинг тугал ечими борми? Уни қандай муаммо доимо доимо қийноққа солади? У нимадан тасалли топади? Бу саволларнинг жавоби битта, у- муҳаббатдир!
-
Davlat va huquq nazariyasi
Mualliflar jamoasi,"Davlat va huquq nazariyasi " fani bo'yicha tayyorlangan mazkur darslikda mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar muammoli savollar hamda tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikum talabalari hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlar uchun mo'ljallangan
-
Yuridik amaliyotida AKTni QO'LLASH
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslik informatikaning tarkibiy qismi bo'lgan kompyuterning texnik dasturiy ta'minotiningamaliy mashg'ulatlariga bag'ishlangan . unda axborot tushunchalari axborot o'lchovlari,operatsion tizimlar va ularning imkoniyatlari, ofis dasturlarida ishlash, ularning imkoniyatlari, lokal va globalkompyuter tarmoqlari, huquqshunoslarning ish faoliyatida qo'llaniladigan huquqiy axborot qidiruv tizimlari, xususan ,elektron pochta va internetdagi muloqot o'z aksini topgan.
-
Ijro ishi yuritish
Mualliflar jamoasi,Yuridik texnikum o'quvchilari uchun tayyorlangan mazkur darslikda davlat ijrochisining ijro ishini tashkil etish jarayonida sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlash faoliyatiga oid dolzab masalalar yoritib berilgan. Darslik Respublikamizdagi huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumi o'quvchilari, o'qituvchilar, huhuqshunoslar shuningdek,ijro ishi yuritish jarayini bilan qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Аgrar huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslik,yuridik texnikumlar o'quvchilarga mo'jallangan bo'lib, unda agrar sektorda bozor munosabatlariga o'tishni huquqiy tartibga solish , qishloq xo'jaligi faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qishloq xo'jalugi faoliyatisubyektlari huquqiy hilati, agrar qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik, qishloq xo'jalik kooperativlari faoliyatini huquqiy tartibga solish, fermer hamda dehqonxo'jaliklarining huquqiy holati,qishloq xo'jalikfaoliyatining aloxida turlarini huquqiy tartibga solish qishloq xo'jaligida tabiatdan samarali foydalanishnihuquqiy ta'minlash, qishloq xo'jaligidagi shartnoma va mehnat munosabatlarining o'ziga xos xususiyatlari hamda xorijiy mamlakatlar agrar huquqining o'ziga xos jihatlari kabi masalalar yoritilgan
-
Majburiyat huquqi
Mualliflar jamoasi,Yuridik kollejlar uchun tayyorlangan mazkur darslik, majburiyat huquqi tushunchasi va uning vujudga kelishi,majburiyat subyektlari, majburiyatda shaxslarning o'zgarishini o'zida ifodalayddi.Shuningdek, unda majburiyatlarni bajarish va uni ta'minlash, majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik hamda majburiyatning bekor bo'lishi kabilarning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Darslik o'qituvchilar, huquqshunoslar, talabalar,o'quvchilar va majburiyat huquqi faniga qiziquvchilarning keng ommasiga mo'ljallangan.
-
Shartnoma tuzish
Mualliflar jamoasi,Yuridik texnikumlar uchun tayyorlangan mazkur darslikda shartnoma tuzish bilan bo'liq jarayonlarning huquqiy asoslari,tartibi va shartlarini,shartnoma tuzish usullari va ularning rasmiylashtirilishini ko'rsatib berilgan. Shuningdek, unda shartnoma tuzish bosqichlari,oferta va akseptni rasmiylashtirish va yuborish tartibi, dastlabki shartnomani tuzishga nisbatan talablar, kimoshdi savdoda shartnoma tuzish,internet orqali shartnoma tuzish,tanlov savdolarda shartnoma tuzish, dsvlst xaridlari bo'yicha shartnomalar tuzishning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. darslik o'qituvchilar,huquqshunoslar, talabalar va shartnoma tuzish nazariyasi va amaliyoti bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Advokatura
D.Nurumov, A.Matmurotov,Ushbu darslikdan advokatura fani tushunchasi,predmeti va tizimi, advokatlik faoliyatining prinsiplari,advokatlar palatasining huquqiy maqomi,advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi, advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari,advokat maqomini olish, to'xtatib turish va tugatish,advokatning kasb etikasi va uning javobgarlik masalalari, advokatning fuqarolik,iqtisodiy,ma'muriy, jinoyat sudlari ishlarini yuritishdagi ishtiroki, shuningdek, har bir mavzuga oid kazuslar,a sosiy tushunchalar hamda nazorat uchun savollar o'rin olgan.Darslik yuridik texnikumlarda ta'lim oluvchi o'quvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvhcilar, advokatlar, shuningdek,advokatura institutiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Notarial harakatlar
G.M.Mamaraimova,Mazkur darslikda notariat institutining huquqiy asoslari, notarial harakatlarning turlari hamda ularni amalga oshirish tartiblari,shuningdek,chet el elementi bilan murakkablashgan notarial harakatlarni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan hamda unda notarial institutiga oid keyslar va notarial harakatlardan namunalar keltirilgan. ushbu darslik yurisprudensiya soha mutaxassisligi o'quvchilari, talabalari, shuningdek, notarial idora xodimlari hamda keng jamoatchilik foydalanishi uchun mo'ljallangan.