-
Янги ва энг янги давр Fарбий Европа фалсафаси: укув кулланма
Йулдошев С, Усмонов М, Каримов Р. ва бошкалар;, -
Узбекистон Республикаси "Истеъмолчиларнинг хукукларини химоя килиш тугрисида" ги конунига шарх^EМаллифлар : И.Б. Закиров. М.Х. Рустамбоев ,О.Окюлов ва бошк.
И.Б. Закиров. М.Х. Рустамбоев , О.Окюлов ва бошк.,Amaliy fanlar, -
Гендер тадкикоти асослари курси хрестоматияси:Олий укув юртлари учун тавсия килинади.Рус тилидан кискартирилган таржима
Олий укув юртлари учун тавсия килинади.Рус тилидан кискартирилган таржима.,Гендер тенглик, -
Dinshunoslik,
-
-
Соглом авлод - бизнинг келажагимиз
Тахрир хайьати: М.Мухаммадов Дуст, О.Мусурмонова, Т.Рискиев ва бошк.,Huquqshunoslik, -
Ta'lim,
-
-
Huquqshunoslik,
-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
-
Ўзбекистон Республикасида ярашув тўғрисидаги ишлар бўйича иш юритиш
Тулаганова Г.З, Базарова Д.Б, Шукуров Ж.Р.,юриспруденция, -
Huquqshunoslik,
-
-
Islom huquqi,
-
Янги ва энг янги давр Fарбий Европа фалсафаси: укув кулланма
Йулдошев С, Усмонов М, Каримов Р. ва бошкалар;, -
Узбекистон Республикаси "Истеъмолчиларнинг хукукларини химоя килиш тугрисида" ги конунига шарх^EМаллифлар : И.Б. Закиров. М.Х. Рустамбоев ,О.Окюлов ва бошк.
И.Б. Закиров. М.Х. Рустамбоев , О.Окюлов ва бошк., -
Гендер тадкикоти асослари курси хрестоматияси:Олий укув юртлари учун тавсия килинади.Рус тилидан кискартирилган таржима
Олий укув юртлари учун тавсия килинади.Рус тилидан кискартирилган таржима., -
-
-
Соглом авлод - бизнинг келажагимиз
Тахрир хайьати: М.Мухаммадов Дуст, О.Мусурмонова, Т.Рискиев ва бошк., -
Ayrim transmilliy uyushgan jinoyatlarning jinoyat-huquqiy jihatlari
Hamidov N.O,Ushbu o'quv qo'llanmada ayrim transmilliy uyushgan jinoyatlar tushunchasi, ular uchun javobgarlikni takomillashtirish va bu turdagi qilmishlarni kvalifikatsiya qilishga oid qoidalarni o'rganish masalalari yoritilgan.
-
Ishlab chiqarish ekologik nazoratini huquqiy tartibga solish
Rajapov N.Sh,Mazkur o'quv qo'llanma Ekologiya huquqi doktrinasining muhim institutlaridan biri hisoblangan ekologik nazoratning turlaridan biri bo'lgan ishlab chiqarish ekologik nazoratining huquqiy holati, uning mohiyati, yuridik tabiati, ahamiyati va nazariy asoslarini takomillashtirishga bag'ishlanadi. Unda mazkur nazorat turining boshqa nazorat turlari bilan o'zaro uzviy bog'liqligi, uni amalga oshiruvchi ekologik xizmatlar, korxona rahbarlari, muhandislar hamda tegishli vakolatli shaxslarning faoliyati, ushbu nazorat turiga oid texnik va boshqa turdagi hujjatlar hamda boshqalar haqida so'z yuritiladi. Ushbu qo'llanma ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalda tatbiq etish muammolari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar, ekolog-huquqshunos olimlar, talabalar, magistrantlar hamda keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
-
So'roq qilish, yuzlashtirish va tintuv o'tkazish taktikasi
Tulaganova G.Z,Mazkur o'quv qo'llanma "Kriminalistika" o'quv moduli asosida "So'roq qilish, yuzlashtirish" mavzusi yuzasidan tayyorlangan hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, voyaga yetmaganni so'roq qilishning o'ziga xos xususiyatlari, so'rov o'tkazishning umumhuquqiy va axloqiy masalalariga bag'ishlangan. O'quv qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlarining bakalavriat va magistratura bosqichida ta'lim oluvchi talabalar hamda surishtiruvchi, tergov faoliyatiga qiziquvchi keng kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Jazodan ozod qilish
Xaydarov Sh.D,Mazkur o'quv qo'llanmada jazodan ozod qilish tushunchasi va belgilari; ayrim xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida jazodan ozod qilish; jazoni ijro etish muddatlari tushunchasi hamda ushbu muddatlar o'tib ketganligi munosabati bilan, shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotishi munosabati bilan, aybdor o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish; shartli hukm qilish, jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish: jazoni yengilrog'i bilan almashtirish; kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo'qotish oqibatida jazodan ozod qilish; amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish kabi masalalar bayon etilgan. O'quv qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magis- trantlariga o'quv qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi.
-
Yer huquqi
Kenjayev R.X.,Mazkur o'quv qo'llanma yer qonunchiligiga oid so'nggi o'zgartish va qo'shimchalarni inobatga olgan holda tayyorlangan. Unda zamonaviy yer huquqining institutlari tizimli ravishda bayon etilgan bo'lib, jumladan, yer huquqining mustaqil huquq tarmog'i sifatidagi o'ziga xos xususiyatlari, yer fondi toifalarining huquqiy holati, yerdan foydalanish huquqi, yerlarni muhofaza qilish masalalari milliy qonunchilik normalari asosida ochib berilgan. O'quv qo'llanma ushbu mutaxassislik bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, magistrantlar, o'qituvchilar, shuningdek, tabiiy resurslardan maxsus foydalanuvchilar hamda tabiatni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Kasbiy faoliyat psixologiyasi
Yulchiyeva, Z.N,O'quv qo'llanma ta'lim standartlari hamda «Kasbiy faoliyat psixologiyasi» fanining o'quv dasturi asosida davlat tilida tayyorlangan boʻlib, unda texnik mutaxassislik xodimlari faoliyatining psixologik jihatlari batafsil yoritilgan. Mazkur o'quv qo'llanma TDTUning 5320500 - Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xo'jaligi) bakalavriat ta'lim yo'nalishi hamda kasbiy psixologiya texnik yo'nalishi sohalarida xodimlar faoliyati psixologiyasini o'rganayotgan tinglovchi va talabalar, uni tadqiq etish bilan shug'ullanayotgan tadqiqotchilar hamda professor-o'qituvchilarga, shuningdek, texnika yo'nalishidagi amaliyotchi xodimlarga mo'ljallangan.
-
Ўзбекистоннинг коррупцияга қарши кураш стратегияси
Алиев Б.,Ушбу ўқув қўлланмада замонавий технологиялар асосида дарс ўтиш. нинг услублари ва барча мавзулар бўйича намунавий сценарийлар баён қилинган. Мавзулар бўйича тарқатма материаллар, мавзу мазмуни ва ҳар бир мавзунинг шаклан хилма-хиллиги мазкур қўлланманинг тавсифли хусусиятидир. Ўкув қўлланма талабанинг мустакил, ижодий фикрлаши, кенг, чукур сиёсий дунёкарашга ега бўлиши учун муаммолар кўйиш асосида ёзилган.
-
Порахўрлик жиноятларини тергов қилишнинг хусусиятлари
Mualliflar jamoasi,Мамлакатимизда коррупцияга қарши курашишда ушбу тоифадаги жиноятларни сифатли ва малакали тергов қилиш муҳим аҳамият касб этади. Шу муносабат билан ушбу услубий қўлланма коррупциявий жиноятлар орасида ижтимоий хавфлилик даражаси нисбатан юқори ҳамда исботлаш қийин бўлган порахурлик жиноятларини тергов қилишнинг хусусиятларига бағишланган. Қўлланмада порахўрликка қарши курашиш соҳасидаги асосий муаммолар, ушбу жиноятларни фош этиш даражаси пастлиги ва исботлаш қийинлигининг объектив ва субъектив сабаблари кўрсатиб ўтилган. Жиноят ишлари ҳужжатларининг таҳлили асосида бу турдаги жиноят ишлари бўйича тезкор-қидирув тадбирлари ва дастлабки терговни ташкиллаштириш ва ушбу ҳаракатларни ўтказиш юзасидан услубий тавсиялар ишлаб чиқилган. Қўлланма прокуратура, ички ишлар органлари ва ДХХ органларининг терговчилари ҳамда суриштирувчилар амалиётда қўллашлари учун мўлжалланган. Бундан ташқари, қўлланма ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларнинг тергов ва суриштирув фаолияти устидан назоратни амалга ошириш вазифалари юклатилган прокуратура органлари ходимлари, тергов маҳкамаларининг бошлиқлари, шунингдек, судьялар ва юридик олий ўкув юртлари изланувчилари ҳам амалиёт ва илмий соҳада фойдаланишлари мумкин.
-
Shartnoma huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda shartnomalar to'g'risidagi umumiy tushunchalar, fuqarolik huquqiy shartnomalarni tizimlashtirish, fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzish va shartnoma taraflarining oʻzgarishi, shartnomani o'zgartirish va bekor qilish asoslari, mulkni topshirishga qaratilgan shartnomalar, ishlarni bajarishga qaratilgan shartnomalar, xizmat ko'rsatishga qaratilgan shartnomalar, turli tuzilmalarni tashkil etishga qaratilgan (umummaqsadli) shartnomalar, aralash va nomlanmagan shartnomalar, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik, shartnomalarning haqiqiy emasligi va uning huquqiy oqibatlari yoritib berilgan. Darslik "Shartnoma huquqi" fanini o'rganish o'rgatish bilan va shug'ullanuvchi professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar, tinglovchilar, ilmiy xodimlar hamda huquq ijodkorligi faoliyati bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan.
-
Ўзбекистон Республикасида ярашув тўғрисидаги ишлар бўйича иш юритиш
Тулаганова Г.З, Базарова Д.Б, Шукуров Ж.Р.,Мазкур укув-кулланма "Жиноят процессуал хукуки" ўкув модули асосида Ярашув тўғрисидаги ишлар бўйича иш юритиш" мавзуси юзасидан тайёрланган. Ушбу ўқув-кўлланмада ярашув институтини қўллашдаги муаммоларни бартараф этишга қаратилган тавсиялар берилган бўлиб, ушбу ўқув-кўлланмада ярашув институти тушунчаси ва МОҲИЯТИ очиб берилди, Ярашув институти буйича Мавжуд институтционал-хукукий асосларни ўрганилган; Ярашув институти қўлланилган ишларнинг ҳозирги ҳолати тенденцияларини таҳлил килинган шунингдек, жиноят-хукукий Ва жиноят-процессуал қонунчилигида ярашув институтини қўлланиш уларни таснифлаш ҳолатлари уларнинг Ўзига хос хусусиятларига бағишланган. Шунингдек, Ярашув институтини такомиллаштиришга таъсир этувчи омилларни тадкик этилган; Мазкур ўқув-кўлланмада хорижий мамлакатларда ярашув институтини қўллаш тажрибаси ёритиб берилган. Мазкур укув-кўлланма юридик олий укув юртларининг магистратура ва бакалавриат босқичида таълим олувчи талабалар ҳамда жиноят процессида ярашув тўғрисидаги ишлар бўйича иш юритиш билан кизикувчи кенг китобхонларга мўлжалланган.
-
Huquqni qo'llash-huquqni amalga oshirishning maxsus shakli
Husanoboyev O.O,Mazkur o'quv qo'llanmada "Davlat va huquq nazariyasi" moduli doirasida "Huquqni qo'llash - huquqni amalga oshirishning maxsus shakli" mavzusi bo'yicha tayyorlangan boʻlib, unda huquqni qo'llash tushunchasi, shakllari va bosqichlari, metodlari, huquqni qo'llash hujjatlari xususiyati, huquqni qo'llash hujjatlarining normativ-huquqiy hujjatlardan farqlari hamda O'zbekiston Respublikasida huquqni qo'llash samaradorligini oshirish masalalari bayon etilgan. Shuningdek, o'quv qo'llanmada mavzuga oid muammoli savollar, testlar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati ham o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik o'quv yurtlari bakalavriati talabalariga va huquqni qo'llashning dolzarb masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
-
Normativ shartnomalar huquqning maxsus manbasi
Husanoboyev O.O,Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ilm va fanni, ta'limni rivojlantirishga davlat tomonidan alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa, so'nggi yillarda respublikamizda "Harakatlar strategiyasi" va "Taraqqiyot strategiyasi" kabi ustuvor bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan so'ng, davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida olib borilayotgan islohotlar natijasida yuqorida keltirib o'tilgan sohalarni ham rivojlantirish tobora muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Shu jihatdan olganda, Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun zamonaviy darslik va o'quv qo'llanmalarini tayyorlash hamda nashr ettirish, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oliy ta'limning "yurisprudensiya" yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan ushbu o'quv qo'llanma "Davlat va huquq nazariyasi" modulining asosiy mavzularidan biri - "Huquq shakllari (manbalari)" mavzusining tarkibiy qismi bo'lgan normativ shartnomalarga bag'ishlangan.
-
Исломда халқаро муносабатларни тартибга солишнинг ҳуқуқий асослари
Тошқулов Ж.,Мазкур ўкув қўлланма "Ислом хукукшунослиги" ўқув дастури асосида тайёрланган бўлиб, унда исломда халқаро муносабатлар ва уларни тартибга солувчи хукукий асосларнинг шаклланиши ва ривожланиши ҳамда халқаро хукук, исломда ҳудудлар, элчилик ва халқаро шартномалар, уруш ва тинчлик, асирларга муносабат, бошқа динларга эътиқод қилувчилар ва диндан қайтганларнинг хуқуқий мақоми, ҳарбий ўлжалар ва мусулмон бўлмаган аҳолидан ундириладиган соликлар билан боғлик муносабатларни хукукий тартибга солиш асослари таҳлил қилиниб, баён этилган. Укув қўлланма "Диншунослик", "Халқаро муносабатлар", "Ислом тарихи ва манбашунослиги", "Исломшунослик" таълим йўналишлари талабалари ва "Исломшунослик" мутахассислиги магистрлари ҳамда "Ислом хукуки"га кизикувчилар учун мўлжалланган. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари буйича қўмитанинг 2021 йилнинг 6 октябридаги 03-07/6102 - ракамли тавсияси билан нашр этилди.