-
Ҳуқуқ,
-
-
Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash
Bazarova D, Suyunova D, Maxmudov S, Shamsutdinov B,Ta'lim, -
-
-
-
Advokatura va advokatlik faoliyatining huquqiy masalalari
Tulaganova G. Z., Qodiraliyev S. B.,Ҳуқуқ, -
-
-
Yuristlar uchun o’zbek tilining lotin yozuvidagi imlo qoidalari
Ramazonov N., Choriyev O.,Tilshunoslik, -
Huquq fanlarini o’qitishda pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
Gulyamova Gulnora Yakubovna,Ҳуқуқ, -
-
-
-
-
Биологик ресурсларни муҳофаза қилиш ва улардан фойдаланиш ҳуқуқи
Нарзуллаев Олим Холмаматович, -
-
-
-
-
Ўзбекистонда гендер тенглилигини таъминлашнинг ҳуқуқий масалалари
Алиева Камола,Ушбу монография Ўзбекистонда гендер тенглигини таьминлашнинг ҳуқуқий асосларининг назарий ва амалий муаммоларини тадқиқ қилиш асосий вазифа сифатида белгилаб олинган.
-
Давлат органлари ва фуқаролик жамияти инстиутлари:ўзаро муносабатларда мурожаатларнинг ўрни, жамоатчилик назоратининг роли ва мурожатлар билан ишлашни такомиллаштириш муаммолари
Олламов Яраш,Ушбу монография давлат органлари ва фуқаролик жамияти институтларининг ўзаро муносабатларида мурожатларнинг ўрни, жамоатчилик назоратининг роли ва мурожатлар билан ишлашни такомиллаштириш муаммоларига бағишланган бўлиб , давлат органлари ва фуқаролик жамияти институтларининг аҳолининг мурожаатлари билан ишлаш бўйича ўзаро муносабатлари изланишлар ва тадқиқотлар асосида илмий-назарий жиҳатдан ишлаб чиқилган.
-
Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash
Bazarova D, Suyunova D, Maxmudov S, Shamsutdinov B,Mazkur darslik “Jinioyat protsessida dalillar va isbot qilish” fani bo’yicha o’quv dasturi negizida Davlat ta’lim standartiga muvofiq tayyorlangan bo’lib, yuridik oliy ta’lim muassasalari va fakutetlari talabalari uchun mo’ljallangan.
-
Huquq rivojining zamonaviy tendensiyalari
Mavluda Axmedshayeva,Ushbu darslikda globallashuv va raqamlashtirish sharoitida huquq rivojining global, mintaqaviy hamda mamalakat miqyosidagi tendensiyalari tahlil etilgan. Unda xalqaro huquq, mintaqaviy huquq va milliy huquq tizimlari o’rtasida munosabat, o’zaro ta’sir masalalari nazariy tahlil etishga harakat qilingan.
-
Юксаклик сари тасодиф бўлмаган 100 та учрашув
Отабек Маҳкамов,Хар бир инсонда тақдирини ўзгартириб юборувчи ва келгуси ҳаёт йўлини белгилаб берувчи учрашувлар бўлади. Отабек Махкамовнинг омади шундаки, унинг умр йўлида бутунбошли китобга жамласа бўладиган кўплаб ана шундай учрашувлар юз берган. Унинг юристлик ва ўқитувчиликдан тортиб актёрлик, журналистлик, телебошловчилик , блогорлик ҳамда мотиватор нотиқликка қадар бўлган ёрқин касбий фаолиятидан келиб чиқадиган бўлсак, бунинг ажабланадиган жойи йўқ.
-
O'zbek tili
Gulyamova G., Rasulmuxamedova D, Xujanova G.,Ushbu darslik yangi o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va TDYU qoshidagi Akademik litseyning 2-bosqich rus guruhi o’quvchilari uchun mo’ljallangan. Darslik dastlab leksik minimum berilgan bo’lib, bu o’quvchilarning mavzu asosidagi tushunchalarini yanada boyitishga xizmat qiladi. Darslikda sintaksis, stilistika va punktuatsiya bo’limlariga oid berilgan ma’lumotlar rus guruh o’quvchilarining o’zbek tili gramatikasiga oid bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
-
Advokatura va advokatlik faoliyatining huquqiy masalalari
Tulaganova G. Z., Qodiraliyev S. B.,Mazkur o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29- dekabrdagi Oliy Majlisga Murojatnomasiga asosan tayyorlanib, advokatura instituti vujudga kelishining tarixiy aspektlari, O’zbekiston Respublikasida advokaturaning konsitutsiyaviy-huquqiy asoslari, advokatura institutitsional mustaqilligini ta’minlash, advokatlik litsenziyasini olish va ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, advokatura palatasining tashkiliy tuzilmasi, advokatura institutini yanada takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari, hamda ayrim xorijiy davlatlar tajribasi yoritilgan.
-
Nizolarni hal qilishning muqolib usullari
Salimova Iroda Mamayusufovna,Ushbu o’quv qo’llanmada nizolarni hal qilishning muqobil usullari tushunchasi va turlari, mediatsiyaning nazariy asoslari, uning mohiyati va prinsplari, hakamlik sudlari tushunchasi, turlari, ular tomonidan hal etiladigan nizolar, hakamlik muhokamasi taraflari, hakamlik bitimi, hakamlik sudining tarkibi, nizolarni hakamlik sudida hal etish bilan bog’liq harajatlar, hakamlik muhokamasi jarayoni, hakamlik sudi hujjatlari va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini ijro etish tartibi kabi masalalar bayon etilgan.
-
Международное уголовное право
Умарханова Д. Ш., Саяпин С. В.,Данный учебник был разработан Ташкентским государственным юридическим университетом в соответствии с учебной программой по направлению "Международное уголовное право" и посвящен вопросам современного международного уголовного права и процесс.
-
Yuristlar uchun o’zbek tilining lotin yozuvidagi imlo qoidalari
Ramazonov N., Choriyev O.,Yuridik ta’limning har bir bosqichida davlat tili qonun-qoidalarini o’rganish, o’zlashtirish masalasi hammavaqt dolzarb bo’lib kelgan. Bugungi kunda ham soha mutaxassislarining savodxonligini yuksaltirish, ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, ularni til ko’nikmalaridan situatsiyaga mos ravishda o’rinli foydalanishga o’rgatish maslasi yetuk huquqshunos kadrlar tayyorlashning asosi sifatida qaralmoqda. Savodxonlikning asosida imlo turar ekan, savodxonlikni imlo masalalari bilan chambarchas bog’liqlikda olib borish eng maqbul yo’ldir.
-
Huquq fanlarini o’qitishda pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
Gulyamova Gulnora Yakubovna,Ushbu o’quv qo’llanma yuridik yo’nalishdagi oliy o’quv yurtlarining magistratura mutaxassisligi talablari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda ta’lim sohasining dolzarb masalalaridan biri bo’lgan pedagogik texnologiyalar, ularni umumta’limning tarkibiy qismi hisoblangan yuridik ta’limda qo’llash, dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning nazariy jihatlari, pedagogik texnologiya asoslari, uning tarkibi, tuzilishi, vazifalari, mutaxassislik fanlarini o’qitishda pedagogik kompetentlik, kreativlik, kasbiy mahorat, o’qitish metodikasi, pedagogik qobilyatlar, shuningdek, pedagogik mahorat xususida so’z yuritiladi.
-
-
Huquqiy ko’nikmalar va metodologiya
muallifla jamoasi,Mazkur darslik bo’g’usi mutaxassislarda huquqiy ko’nikmalar va u bilan bog’liq metodologiyani o’zlashtirishga qaratilgan, zamonaviy ta’limning muhim vazifalaridan birini o’zida mujassam etgan ilk qo’llanma hisoblanadi.
-
Yuristlar uchun iqtisodiyot asoslari
Jo’rayev Jahongir Baxodir o’g’li,Mazkur o’quv qo’llanma iqtisodiyot nazaryasining qisqacha tub negizlarini kompleks tarzda o’z ichiga olgan. Bu o’quv qo’llanmaning o’ziga xos xususiyatlari o’quvchi uchun kerakli asosiy iqtisodiy kategoriyalar va ularning iqtisodiyotdagi asosiy mazmun –mohiyatining ochib berilganligi, iqtisodiy nazaryalarning bugungi kundagi amaliy ahamiyatining yetarlicha yoritilganligi, bozor mexanizmi, bozor konyunkturasi, Tovar bozorlarining o’ziga xosliklari va unda iste’molchi hamda sotuvchining subyekt sifatidagi o’zini tutishi xususiyatlarining batafsil tushuntirib berilganligi, milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tizimli ravishda amaliy misollar b ilan bayon qilinganligi hisoblanadi.
-
Низоларни ҳал қилишнинг муқобил усуллари
Салимова Ирода,Ушбу ўқув қўлланмада низоларни ҳал қилишнинг муқобил усуллари тушунчаси ва турлари медиациянинг назарий асослари, унинг моҳияти ва принциплари, ҳакамлик судлари тушунчаси, турлари, улар тамонидан ҳал этиладиган низолар, ҳакамлик муҳокамаси тарафлари, ҳакамлик битими, ҳакамлик судининг таркиби, низоларни ҳакамлик судида ҳал этиш билан боғлиқ харажатлар каби масалалар баён этилган.
-
Биологик ресурсларни муҳофаза қилиш ва улардан фойдаланиш ҳуқуқи
Нарзуллаев Олим Холмаматович,Ушбу ўқув қўлланмада Республикамизда биологик ресурсларни муҳофаза қилиш ва улардан оқилона фойдаланишни таьминлаш, ҳуқуий асосларни мустаҳкамлаш, институтининг таьсирчан меҳанизмларини жорий этиш, ўрмон( ўсимлик) муҳофазаси ҳуқуий талаблари мазмуни ва тизими, ҳайвонот дунёсини ҳуқуқий мухофаза қилиш ва ундан фойдаланишнинг ўзига хос ҳусусиятлари ва экологик маданияти даражасини ошириш орқали уларни экологик муаммоларни хал этишга фаол жалб қилишга алоҳида эьтибор берилган, шу соҳага оид миллий ва ҳалқаро қонунчилик хужжатлари таҳлил этилган.
-
Жиноят таркиби обьектив томони белгилари
Ф. Х. Худайкулов,Ушбу ўқув қўлланмада жиноят таркиби обьектив томони тушунчаси ва унинг зарурий ҳамда факультатив белгилари тушунчаси, турлари ва уларнинг ўзаро муносабати, жиноят таркиби обьектив томони зарурий ва факультатив белгиларининг жиноят-ҳуқуқий аҳамияти, жиноят таркиби обьектив томони зарурий ва факультатив белгиларининг қилмишни квалификатция қилишнинг зарурий ҳамда жавобгарликни оғирлаштирувчи (квалификатциявий) белгиси сифатида Жиноят қонунчилигида назарда тутилиши, шунингдек, улар билан боғлиқ жиноятларни квалификация қилиш масалалари баён қилинган.
-
Jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilari
Xudaykulov Feruzbek Hurramovich,Ushbu o’quv qo’llanmada jinoyat tarkibi obyektiv tomoni tushunchasi va uning zaruriy hamda fakultativ belgilari tushunchasi, turlari va ularning o’zaro munosabati, jinoyat tarkibi obyektiv tomoni zaruriy va fakultativ belgilarining jinoyat-huquqiy ahamiyati, ular bilan bog’liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari bayon qilingan.
-
Hadya va ayirboshlash shartnomasi
Choriyev Sh. M.,Ushbu o’quv qo’llanmada fuqarolik huquqining muhim shartnomalari hisoblangan hadya va ayirboshlash shartnomasi tushunchasi, ahamiyati va huquqiy belgilari, predmeti, hadya va ayirboshlash shartnomasining shakli va tuzish tartibi, uning taraflari hamda ularning huquq va majburiyatlari, ularni bekor qilish tartibi va asoslari hamda taraflarning javobgarligi yoritib berilgan.