-
Тиббий хизматларидан фойдаланиш
Гафурова Н.Э.,Мазкур оммабоп рисола Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул килинганлигининг 27 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси ва Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Жамиятда хукукий онг ва ҳукукий маданиятни юксалтириш тизимини тубдан такомиллаштириш тўғрисида"ги фармонида белгиланган вазифа- ларни самарали амалга ошириш мақсадида Тошкент давлат юридик университети Халкаро хукук ва инсон хукуклари кафедраси томонидан кенг омма учун ишлаб чиқилган. Рисолада фукаролар ва беморларнинг миллий қонунчилигимизда мавжуд бўлган соғлиқни сақлаш борасидаги тиббий хукуклари ёритилган. Фуқаролар орасида энг кўп бериладиган саволларга конунчилик асосида жавоблар ёритилган. Рисола барча мутахассислар, талабалар ва кенг омма учун мўлжалланган.
-
Ногиронлиги бўлган шахслар билан мулоқот
Якубова И. Б, Умарханова Д. Ш.,Мазкур рисолада ногиронлиги бўлган шахслар билан мулоқотга киришилганда улар учун маъкул бўлган муомала маданияти ҳақида сўз юритилган. Сабаби, биргина ноўрин ишлатилган сўз уларда салбий хис-туйғулар, ҳаётга ишончсизликни юзага келтириши, бунинг оқибатида эса турли психологик комплекслар шаклланиши мумкин. Айнан шунинг учун улар билан дўстона ва эхтиёткорона муносабатда бўлиш ўта муҳим. Мазкур рисола кенг мўлжалланган. жамоатчилик фойдаланиши учун мўлжалланган.
-
Таълим хизматларидан фойдаланиш
Мусаев Б.Т.,Мазкур оммабоп рисола жамиятда хукукий онг ва хукукий маданиятни юксалтириш борасидаги ишларни узлуксиз давом эттириш, аҳолини қизиқтираётган, улар тўқнаш келаётган хукукий вазиятлардан бири бўлмиш фарзандларни таълим муассасаларига бериш тартибини содда ва равон тилда тушунтиришга бағишланган. Ўкувчи ушбу рисола оркали юртимизда мактабгача таълим муассасалари, умумий ўрта мактаб ва олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш тартиби ҳақида батафсил маълумот олади. Рисола кенг жамоатчилик фойдаланиши учун мўлжалланган.
-
Хорижда ишлаш ва ҳимояланиш
Махаматов М.М.,Мазкур рисолада бугунги куннинг долзарб масаласи бўлмиш миграция, мехнат миграцияси, уни тартибга солишга қаратилган халкаро коидалар ва миллий қонунчилик, хорижда мехнат фаолиятини олиб борувчиларга қўйиладиган талаблар, меҳнат мигрантлари томонидан риоя қилиниши керак бўлган тартиб- таомиллар, уларнинг ҳуқуқ ва қонуний манфаатла-рини ҳимоя қилиш механизмлари ҳақида маълумот берилган. Рисола кенг жамоатчилик фойдаланиши учун мўлжалланган.
-
Huquq tarixi
Muhamedov H.,Ushbu o'quv qo'llanmada huquq manbalarining paydo bo'lishi va ularning qadimgi, o'rta asrlar, yangi va eng yangi davrlarda rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek, alohida davlatlar huquqining asosiy belgilari kabi masalalar yoritilgan. Unda, xususan, qadimgi davrda Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, Afina, Sparta va Rim, o'rta asrlarda Vizantiya, Franklar davlati, Fransiya, Germaniya, Angliya, Rossiya, Arab xalifaligi, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, yangi va eng yangi davrlarda Angliya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Rossiya, Xitoy va Yaponiyaning huquq tarixi bayon qilingan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va aspirant-tadqiqotchilari uchun mo'ljallangan.
-
Янгиланаётган конституция
Рахманкулов М.Х.,Ушбу қўлланма Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш юзасидан таклифларни шакллантириш ва ташкилий чора-тадбирларни амалга ошириш бўйича Конституциявий комиссия аъзоси, юридик фанлар доктори, профессор М.Х. Рахманкуловнинг умумий таҳрири остида тайёрланди.
-
Xalqaro intellektual mulk huquqi
Yakubova I.B.,O'quv qo'llanma Xalqaro intellektual mulk huquqi fanidan o'quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. O'quv qo'llanmada xalqaro intellektual mulk huquqi tushunchasi va kelib chiqish tarixi, mualliflik huquqining subyektlari hamda obyektlari, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, xalqaro hujjatlar va milliy qonunchilik, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar, xalqaro tovar belgisi tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, geografik ko'rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari, patent bo'yicha xalqaro shartnomalar, nohalol raqobat harakatlarining turlari, xalqaro ro'yxatga olish tartibi, o'simlikning yangi navlari muhofazasi va seleksioner huquqlarini berish shartlari, shuningdek, TK, TCEs va GRS, IP va rivojlanish masalalari yoritib berilgan.
-
Ijtimoiy munosabatlar va huquq
Mavluda Axmedshayeva,Mazkur o'quv qo'llanma yuridik oliy ta'lim muassasalari bakalavriat bosqichi yo'nalishlari (60420100-Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha) uchun o'tiladigan Davlat va huquq nazariyasi modulining "Ijtimoiy muno- sabatlar va huquq" va "Huquq prinsiplari" mavzulariga bag'ishlangan bo'lib, unda jamiyatning normativ tizimini tashkil etuvchi ijtimoiy normalar, ular- ning umumiy va o'zaro farqli jihatlari, huquq va axloq, huquq va diniy nor- malarning o'zaro nisbati, huquqni tushunish masalalari, huquqning mohiyati, belgilari hamda prinsiplari va funksiyalari bugungi kun nuqtayi nazaridan yoritilgan.
-
Huquq va ijtimoiy fanlar
Tojiboyeva D.O.,Mazkur darslik bo'lg'usi mutaxassislarda ijtimoiy fanlarning huquq bilan bog'liqligini o'zlashtirishga qaratilgan, zamonaviy ta'limning muhim vazifalaridan birini o'zida mujassam etgan ilk qo'llanma hisoblanadi. Darslik Yurisprudensiya-60420100 ta'lim yo'nalishi bakalavriat talaba- lari, magistrlar, o'qituvchilar va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami 233-0712)
-
Xalqaro tashkilotlar huquqi
N.Gafurova, D.Sattorov,Darslikda xalqaro tashkilotlar huquqining asosiy tushunchalari, normalari, prinsiplari, manbalari, subyektlari, xalqaro tashkilotlar huquqi xalqaro huquq tarmog'i sifatida, xalqaro tashkilotlarning ichki huquqi, xalqaro tashkilotlar hujjatlarining yuridik tabiati, xalqaro tashkilotlarda a'zolik va vakillik, BMT tizimining umumiy tavsifi va xususiyati, BMT konvensiyaviy (nazorat) organlari, BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalari, xalqaro mintaqaviy tashkilotlar, xalqaro nizolarni hal etishda xalqaro tashkilotlarning roli keng yoritib berilgan. Ushbu darslik bakalavriat bosqichi 5380100-Yurisprudensiya yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Siyosatshunoslik va davlat siyosati
Azimov H.I.,Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti Siyosatshunoslik va davlat siyosati moduli asosida tayyorlangan. Unda siyosiy hokimyat, uning mohiyati, manbalari va faoliyatining mexanizmlari; siyosiy elita va siyosiy yetakchilik haqida mulohazalar yuritilgan.
-
Xalqaro investitsiya huquqiga kirish
Kollins D.,Mazkur darslik Kembrij universiteti nashriyoti va Toshkent davlat yuridik universiteti o'rtasida 2021-yil 5-iyunda tuzilgan shatrnomaga muvofiq tarjima qilingan. Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Davlat tilida ish yuritish/ Akademik yozuv
Shaxnoza Ziyamuxamedova,Mazkur darslik yuridik oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quv-uslubiy va ma'lumotnoma materiallarini o'z ichiga oladi.
-
Inson huquqlari
Yuldasheva G, Gafurova N.,Mazkur darslik inson huquqlari bo'yicha hozirgi zamon muommolari, inson huquqlarini ta'minlashdagi xalqaro va milliy mexanizmlarni yoritib, davlatning xalqaro huquqiy tizim bilan o'zaro bog'liqligi tushuntirib berilgan.
-
Xalqaro ommaviy huquq
muallifla jamoasi,Darslik bugungi kun tendensiyalarini hisobga olgan holda tayyorlangan boʻlib, unda xalqaro ommaviy huquqning umumiy tushunchalaridan normalari, prinsiplari, manbalari, subyektlari, xalqaro huquqda aholi va hudud masalalari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro ommaviy huquqning an'anaviy sohalari bo'lgan xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro tashkilotlar huquqi, diplomatik va konsullik huquqi, inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq, xalqaro gumanitar huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro ekologiya huquqi, xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro havo huquqi, xalqaro xavfsizlik huquqi bilan birga, yangi shakllanayotgan xalqaro mehnat huquqi, islom va xalqaro huquqning o'zaro munosabati, Yevropa Ittifoqi huquqi, xalqaro axborot huquqi, xalqaro ta'lim huquqi, xalqaro tibbiyot huquqi bo'yicha ham keng ma'lumot berilgan. Darslik yuridik oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalar, xalqaro huquq yo'nalishida izlanish olib boruvchi tadqiqotchilarga mo'ljallangan.
-
Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar)
Xabibullayev D. Y.,Mazkur o'quv qo'llanmada Fuqarolik protsessual huquqi moduliga tagishli bo'lgan va o'quv dasturdagi barcha mavzularni qamrab olgan savollar va javoblar, har bir mavzuni to'liq o'zlashtirishga oid adabiyotlar ro'yxati berilgan.
-
Iqtisodiy protsessual huquqi (savol va javoblar)
Egamberdiyev D. A.,Mazkur o'quv qo'llanmada Iqtisodiy protsessual huquqi moduliga tegishli bo'lgan va o'quv dasturidagi barcha mavzularni qamrab olgan savol-javoblar berilgan
-
-
-