-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Сиёсий адабиёт,
-
-
-
-
-
Rustamxon
Rustamxon,Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Rustamxon" dostoni o'zbek va turkman xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. "Rustamxon" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Fozil Yo'ldosh o'g'li (1872-1955) tomonidan kuylangan va Hodi Zarifov (1905-1972) tomonidan yozib olingan, nashrga esa bolalarning mashhur shoiri Zafar Diyor (1912-1946) tayyorlagan. "Rustamxon" dostonida 'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or- nomus, islom dinining va sof muhabbatning ulug'lanishi, haqiqatning doimo g'alaba qozonishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni o'qish davomida Sultonxonning farzandsizligi, uning o'rtancha xotini Huroyimning farzandli bo'lishi haqidagi xabardan keyin safarga chiqib ketishi, Rustamxonning tug'ilishi, ikki kundoshning qilgan yovuzliklari, Maston kampirning kirdikorlari, Rustamxonning onasi Huroyim bilan birga qilgan safari, Rustamxonning ajdarni o'ldirishi, Oftoboyga uylanishi, oxir-oqibat Sultonxonning Huroyim va Rustamxon bilan qayta topishishiga guvoh bo'lasiz. Shuningdek, siz ushbu dostonni o'qish davomida xalqimizning bir qancha tarixiy etnografik urf-odatlari, safar, ota-bola munosabatlari, iymon va e'tiqod haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.
-
Yulduzlar mangu yonadi
Murod Tog'ay,Qo'lingizdagi kitob O'zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog'ay Murodning ilk, ammo allaqachon xalqimizning ko'ngil mulkiga aylangan, hozirga qadar bir necha avlod kitobxonlari dillariga milliy g'urur-iftixor, oriyat tuyg'ularini singdirib, yoshlarimizni asl vatanparvarlik ruhida tarbiyalab kelayotgan, go'zal badiiyatga oshno etajak "Yulduzlar mangu yonadi" qissasidan tashkil topdi. Hurmatli kitobxon! Ushbu qissa mutolaasiga kirishar ekansiz, adibning badiiy so'zi o'ziga xos mahorat bilan chizgan manzaradan mutaassir bo'lasiz, polvonlarning mard, tantiliklari, qahramonlar taqdiri sizni befarq qoldirmaydi.
-
Yur tog'larga ketamiz
Xolmirzayev Sh.,O'zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti sohibi Shukur Xolmirzayev oʻzbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo'shgan adiblarimizdan biridir. Yozuvchining ushbu qissasida har bir insonning hayotida yuz berishi mumkin bo'lgan voqealar qalamga olingan. Kitobni o'qir ekansiz asar qahramonlari bilan birga yashaysiz, ularning ovozini eshitasiz. Shuningdek, ushbu to'plamdan yozuvchining eng yaxshi hi- koyalari ham o'rin olgan.
-
Shayboniyxon. Dashti qipchoq lochini.
Siyoyev S.,Mashhur yozuvchi Sa'dulla Siyoyev oʻzining tarixiy mavzularda yozgan ko'plab asarlari orqali nafaqat O'zbekiston, balki qardosh turkiy xalqlar kitobxonlariga ham juda yaxshi tanish bo'lgan adiblarimizdan hisoblanadi. Xususan, yozuvchining ikki kitobdan iborat, Ahmad Yassaviy" tarixiy romani mashhur bo'lib, asar xalqimiz o'rtasida qo'lma-qo'l bo'lib ketgan. Yozuvchining yangi „Dashti Qipchoq lochini (Muhammad Shayboniyxon qissasi)" asari o'zbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol o'ynagan Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) haqida bo'lib, u turkiy shayboniylar sulolasi va davlatining asoschisi hisoblanadi. Muhammad Shayboniyxon haqida ho- zirgacha o'zbek adabiyotida ayrim tarixiy mavzudagi hikoyalarni mustasno etganda birorta qissa yoki roman yaratilmagan edi. Adib S. Siyoyev oʻzbek adabiyotidagi mazkur bo'shliqni to'ldirish uchun mas'uliyatli vazifani o'z zimmasiga olib, juda katta mashaqqat va zahmatlar evaziga mazkur qissani yaratdi.
-
Ulug'bek xazinasi
Yoqubov O.,Odil Yoqubovning «Ulug'bek xazinasi» romani uning san'atkorlik ma- horatini yaqqol ko'rsatgan asar sanaladi. Asarda Movarounnahrda qirq yil ma'rifatli shoh bo'lgan, muruvvatli fuqaroparvar hukmdor sifatida shuhrat qozongan, butun iqtidori va salohiyatini o'z davlati, o'z eli osoyish- taligiga sarf qilgan Ulug'bek siymosi sahifalar osha qad ko'taradi. Kitobxon tasvirlanayotgan zamon ruhini, ma'lum bir davrdagi tarixiy fojiani, poklik va nopoklik, samimiylik bilan nosamimiylik, taraqqiyot bi- lan jaholat orasidagi o'zaro ziddiyatni voqealar tasvirida anglab oladi. Gohida shodon, gohida mahzun boʻlib, gohida esa ko'z yoshi to'kib o'qiladigan, qalblarni titratib, ko'ngillarni sel qiladigan kitobga marhabo! Ulug' adibning shoh asaridan bahramand bo'ling, aziz o'quvchi!
-
Kafansiz ko'milganlar
Shukrullo,Boshidan o'tkazgan qiyinchiliklarini, to'g'rirog'i, xo'rliklarini eslash insonni yana bir karra ogʻir azobga robaro' qiladi. Uni yozish esa... Qatag'onlik davri tasviri, undan ham og'iri o'zining xalq dushmani» deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so'zsizlik... bularning haqqoniy tasviri Shukrulloning «Kafansiz ko'milganlarida yaqqol ifodalangan. Asarning yana bir ahamiyatli jihati uning mazkur mavzudagi yagona asarligida. Ushbu xotira-roman o'quvchiga qatag'on davri haqida tirik lavhalarni namoyish etadi.
-
Ikki eshik orasi
Hoshimov O',O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi qaro-rida yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ulug' adib, O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning << Ikki eshik orasi>> romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi. Ushbu nashrning o'ziga xos jihatlaridan biri shundaki, u o'zbek tilining hozirgi imlo qoidalariga to'liq moslangan shaklda berildi.
-
Faust
Gyote Yo.V,Buyuk olmon shoiri Gyotening «Faust>> tragediyasi jahon ada- biyotining shoh asarlaridan biri hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasidir. Adibning aynan ushbu va boshqa barcha asarlarini ham dinlararo, madaniyatlararo, millatlararo bag'rikenglik, Sharq va G'arb sivili- zatsiyasi, umuminsoniyat maqsadlarining uyg'unlashtirilgan na- munasi, deyish mumkin.
-
Dunyoning ishlari
Hoshimov O',Sevimli yozuvchimiz O'tkir Hoshimovning mazkur qissasi ona- larga qo'yilgan haykal bo'ldi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Qissani o'qib, har birimiz undan o'z onamiz siymosini topamiz. Ko'zimizga yosh olamiz, xulosa chiqaramiz, ibrat olamiz. Nashriyotimiz O'tkir Hoshimov uslubiga xos bo'lgan sodda va tushunarli tilda yozilgan, bir o'tirishda o'qib chiqiladigan bu asarni yana bir bor Siz aziz kitobxonlarga taqdim etadi.
-
Sarvqomat Dilbarim
Aytmatov Ch.,Chingiz Aytmatovning ushbu qissasida tom ma'noda hayotiy-maishiy haqiqat va muammolar tasvirlanadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Asar qahramonlari Ilyos, Asal, Xadicha, Boytemir, Jontoylarning har birining o'ziga xos fe'l-atvori hozirgi kunda ham zamondoshlarimizning qaysidir birlarida takrorlanadi. Asal bilan Ilyos asar boshida tasodifan uchrashib, taqdir taqazosi bilan o'zaro turmush qurishadi. Lekin negadir Ilyos o'z muqaddas oilasiga xiyonat qiladi... Nima uchun? Asal nega Ilyosni kechirmadi? Jontoy nega Ilyosga hasadgo'ylik bilan qarardi? Ilyos uzoq yillardan keyin farzandini topganda unga nega otasi ekanligini aytolmay qiynaladi? Boytemir Ilyos va Asal taqdirida qanday rol o'ynaydi? Asarni o'qish davomida bu savollarga javob topasiz.
-
Birinchi muallim
Avloniy Abdulla,1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug' kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab ma'rifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi. Bundan qirq-ellik yil muqaddam jadidlar nomi ko'pchilik uchun notanish bo'lgan bo'lsa, hozirda har bir yurtdoshimiz jadidlar va ular vujudga keltirgan ma'rifiy harakatlar haqida tobora ko'proq ma'lumotlarga ega boʻlishmoqda. Jadidlar o'z vaqtida jamiyat tanazzulining asosiy sababi aholining ilm-ma'rifatsizligiga qarshi munosib kurash olib borishgan. Ularning har biri millatimiz qahramoni, ulardan qolgan har bir ma'naviy me'ros esa oltindan ham qimmatdir. Shu o'rinda ijodiy jamoamiz bilan bir qator jadid namoyondalari asarlarini nashr etishga qaror qildik. Ushbu to'plamga Mahmudxo'ja Behbudiyning sara asarlari kiritilgan boʻlib, ularni mutolaa etish jarayonida siz ham jadidlarning o'sha vaqtlardagi maqsadlari, orzu-umidlari, dard-iztiroblarini yaqindan his etasiz, degan umiddamiz!
-
Yurt qayg'usi
Abdurauf Fitrat,1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug' kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab ma'rifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi. Bundan qirq-ellik yil muqaddam jadidlar nomi ko'pchilik uchun notanish bo'lgan bo'lsa, hozirda har bir yurtdoshimiz jadidlar va ular vujudga keltirgan ma'rifiy harakatlar haqida tobora ko'proq ma'lumotlarga ega boʻlishmoqda. Jadidlar o'z vaqtida jamiyat tanazzulining asosiy sababi aholining ilm-ma'rifatsizligiga qarshi munosib kurash olib borishgan. Ularning har biri millatimiz qahramoni, ulardan qolgan har bir ma'naviy me'ros esa oltindan ham qimmatdir. Shu o'rinda ijodiy jamoamiz bilan bir qator jadid namoyondalari asarlarini nashr etishga qaror qildik. Ushbu to'plamga Mahmudxo'ja Behbudiyning sara asarlari kiritilgan boʻlib, ularni mutolaa etish jarayonida siz ham jadidlarning o'sha vaqtlardagi maqsadlari, orzu-umidlari, dard-iztiroblarini yaqindan his etasiz, degan umiddamiz!
-
Ўзбекистон миллий истиқлол иқтисод, сиёсат, мафкура
Ислом Каримов,Ушбу томдан Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг нуқталари , мақоллари суҳбатлари ўрин олган. Уларда истиқлолга эришган республикамиз ички ва ташқи сиёсатининг асосий қоидалари, чинакам мустақил демократик давлат барпо этишнинг тамойиллари ҳамда туб иқтисодий сиёсий ва маънавий ислоҳатларни амалга ошириш борасидаги долзарб вазифалар таърифлаб берилади .
-
ВАТАН САЖДАГОҲ КАБИ МУҚАДДАСДИР
Ислом Каримов,Соғлом авлод учун орденини топшириш маросимига йиғилдик. Маълумки ҳар қандай давлат , ҳар қандай жамият ҳам ўз бойликлари билан қудратли ғисобланади. Ғар бир халқ мамлакатнинг табиий замини , ер ости ва ер устида захиралари тоғлари ва ўрмонлари, дарёю денгизлари, улкан шаҳарлари гўзал иншоатлари билан ўз куч-қудратини намоён этишга ҳаракат қилади .
-
БУ МУҚАДДАС ВАТАНДА АЗАЗДИР ИНСОН
А.Бекмуродов ва бошқалар,Ушбу рисола мамлакатимиз Президенти Ислом Каримовнинг 2010 йил 30 июндаги "Ўзбекистон Республикаси Давлат Мустақиллигининг ўн тўққиз йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида"ги" ПҚ-1358-сонли қарорида баён этилган фикр ва ғоялар, амалий кўрсатмаларни ўқувчи ёшлар ва талабалар ҳамда кенг жамоатчилик ўртасида тарғиб этиш учун мўлжалланган.
-
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримов Фаолияти хроникаси
Ислом Каримов,Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 1989-2012 йиллар давомидаги сиёсий фаолияти хроникаси акс эттирилган ушбу китоб билан танишар эканмиз, давлатимиз раҳбарининг кўп қирралари фаолияти мисолида Ватанимизнинг истиқлол тарихи тараққиёт йўли бугун кўз ўнгимизда яққол намоён бўлади.
-
Jinlar bazmi
Qodiriy A.,1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug' kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab ma'rifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi. Bundan qirq-ellik yil muqaddam jadidlar nomi ko'pchilik uchun notanish bo'lgan bo'lsa, hozirda har bir yurtdoshimiz jadidlar va ular vujudga keltirgan ma'rifiy harakatlar haqida tobora ko'proq ma'lumotlarga ega boʻlishmoqda. Jadidlar o'z vaqtida jamiyat tanazzulining asosiy saba- bi - aholining ilm-ma'rifatsizligiga qarshi munosib kurash olib borishgan. Ularning har biri millatimiz qahramoni, ulardan qolgan har bir ma'naviy me'ros esa oltindan ham qimmatdir. Shu o'rinda ijodiy jamoamiz bilan bir qator jadid namoyondalari asarlarini nashr etishga qaror qildik. Ushbu to'plamga Mahmudxo'ja Behbudiyning sara asarlari kiritilgan boʻlib, ularni mutolaa etish jarayonida siz ham jadidlarning o'sha vaqtlardagi maqsadlari, orzu-umidlari, dard-iztiroblarini yaqindan his etasiz, degan umiddamiz!
-
Go'zal Turkiston
Cho'lpon Abdulhamid,1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug' kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab ma'rifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi. Bundan qirq-ellik yil muqaddam jadidlar nomi ko'pchilik uchun notanish bo'lgan bo'lsa, hozirda har bir yurtdoshimiz jadidlar va ular vujudga keltirgan ma'rifiy harakatlar haqida tobora ko'proq ma'lumotlarga ega boʻlishmoqda. Jadidlar o'z vaqtida jamiyat tanazzulining asosiy sababi aholining ilm-ma'rifatsizligiga qarshi munosib kurash olib borishgan. Ularning har biri millatimiz qahramoni, ulardan qolgan har bir ma'naviy me'ros esa oltindan ham qimmatdir. Shu o'rinda ijodiy jamoamiz bilan bir qator jadid namoyondalari asarlarini nashr etishga qaror qildik. Ushbu to'plamga Mahmudxo'ja Behbudiyning sara asarlari kiritilgan boʻlib, ularni mutolaa etish jarayonida siz ham jadidlarning o'sha vaqtlardagi maqsadlari, orzu-umidlari, dard-iztiroblarini yaqindan his etasiz, degan umiddamiz!
-
Eski maktab
Ayniy Sadriddin,1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug' kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab ma'rifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi. Bundan qirq-ellik yil muqaddam jadidlar nomi ko'pchilik uchun notanish bo'lgan bo'lsa, hozirda har bir yurtdoshimiz jadidlar va ular vujudga keltirgan ma'rifiy harakatlar haqida tobora ko'proq ma'lumotlarga ega boʻlishmoqda. Jadidlar o'z vaqtida jamiyat tanazzulining asosiy sababi aholining ilm-ma'rifatsizligiga qarshi munosib kurash olib borishgan. Ularning har biri millatimiz qahramoni, ulardan qolgan har bir ma'naviy me'ros esa oltindan ham qimmatdir. Shu o'rinda ijodiy jamoamiz bilan bir qator jadid namoyondalari asarlarini nashr etishga qaror qildik. Ushbu to'plamga Mahmudxo'ja Behbudiyning sara asarlari kiritilgan boʻlib, ularni mutolaa etish jarayonida siz ham jadidlarning o'sha vaqtlardagi maqsadlari, orzu-umidlari, dard-iztiroblarini yaqindan his etasiz, degan umiddamiz!
-
Yoshlarg'a murojat
Behbudiy M.,1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug' kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab ma'rifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi. Bundan qirq-ellik yil muqaddam jadidlar nomi ko'pchilik uchun notanish bo'lgan bo'lsa, hozirda har bir yurtdoshimiz jadidlar va ular vujudga keltirgan ma'rifiy harakatlar haqida tobora ko'proq ma'lumotlarga ega boʻlishmoqda. Jadidlar o'z vaqtida jamiyat tanazzulining asosiy sababi aholining ilm-ma'rifatsizligiga qarshi munosib kurash olib borishgan. Ularning har biri millatimiz qahramoni, ulardan qolgan har bir ma'naviy me'ros esa oltindan ham qimmatdir. Shu o'rinda ijodiy jamoamiz bilan bir qator jadid namoyondalari asarlarini nashr etishga qaror qildik. Ushbu to'plamga Mahmudxo'ja Behbudiyning sara asarlari kiritilgan boʻlib, ularni mutolaa etish jarayonida siz ham jadidlarning o'sha vaqtlardagi maqsadlari, orzu-umidlari, dard-iztiroblarini yaqindan his etasiz, degan umiddamiz!