-
-
-
-
юриспруденция,
-
Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси
Муаллифлар жамоаси,юриспруденция, -
-
-
-
-
-
-
Hakamlik muhokamasi
Mamasiddiqov M, Xabibullayev D. Y., Masadikov Sh, Azizov A, Salimov I,юриспруденция, -
-
-
Yuristlar uchun o'zbek tilining lotin yozuvidagi imlo qoidalari
Ramazonov N., Choriyev O.,Ta'lim, -
-
Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari (qiyosiy huquqshunoslik)
Hayitboyev F, Najimov M,Huquqshunoslik, -
-
Xalqaro huquq bo'yicha. BMT xalqaro sudi ish amaliyoti materiallari
Umirdinov A.I, Xakimov A.M,Ta'lim, -
-
Ekologiya huquqi
To'xtashev H.I,O'quv qo'llanma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va undan foydalanishni huquqiy ta'minlash sohasidagi ilmiy konsepsiyalar, sohada qabul qilingan dastur va strategiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo'lib, uning mavzulari an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammo va nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatimizda ekologik-huquqiy munosabatlar obyektlari, subyektlari hamda ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va farqli jihatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Binobarin, ekologiya huquqining shakllanishi va rivojlanishi, usullari, ekologik nazorat, monitoring va ekspertiza o'tkazish shartlari va tartibi, ekologik-huquqiy javobgarlik, yer, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosini muhofaza qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlar, chiqindi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng muhim jihatlar yoritib berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar hamda ekologiya va atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Ashyoviy huquqlar tizimi
Koryog'diyev B.U,Ushbu o'quv qo'llanmada ashyoviy huquq tizimiga oid qonunchilikning O'zbekiston Respublikasidagi rivojlanish genezisi, to'liq va cheklangan ashyoviy huquq tushunchasi, mohiyati, tamoyillari, o'ziga xos jihatlari va turlari, shuningdek, mulk huquqi, servitut huquqi, xo'jalik yurituvi va operativ boshqaruv huquqi, uzufrukt, superfitsiy kabi boshqa ashyoviy huquqlarga oid qoidalar, ingliz, qit'a hamda musulmon huquqida ayrim ashyoviy huquqiy munosabatlar tahlil etilgan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari, doktorantlari, o'qituvchilari va ashyoviy huquqqa oid masalalarga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Oila huquqi
Babajonova D.I,Mazkur o'quv qo'llanmada oila huquqiga kirish, nikohga oid qoidalar, er-xotin o'rtasidagi, ota-ona va bolalar o'rtasidagi munosabatlar, aliment majburiyatlari, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishga oid qoidalar xususida so'z yuritilgan bo'lib, oilaviy-huquqiy munosabatlarni o'rganishda yordam berishga qaratilgan.
-
Yurisprudensiya ta'lim dasturlarida o'quv darslarini o'tkazish
Rustambekov I.,Mazkur o'quv qo'llanma ilg'or xorijiy tajriba, xususan, yetakchi xorijiy yuridik maktablar tajribasiga asoslangan yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi doirasidagi fanlardan mashg'ulotlar o'tkazish bo'yicha ilk nashr hisoblanadi. Ushbu o'quv qo'llanma yuridik ta'lim muassasalari va fakultetlarning, huquq sohasiga ixtisoslashgan boshqa ta'lim muassasalarining talabalari, magistrantlari, ilmiy xodimlari va o'qituvchilari hamda amaliyotchi mutaxassislar, shuningdek, o'zining pedagogik mahoratini oshirishga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
-
-
Вишневый сад
Чехов А.П,Чехов признанный мастер «короткой прозы», каж- дый рассказ которого вся человеческая жизнь в ее тра- гикомической полноте, а всякая деталь, по слову Л.Н. Тол- стого, «либо нужна, либо прекрасна». Пьесы писателя были новаторскими во время своего появления, «это живопись на стекле, сквозь которую сквозят бесконечно далекие пер- спективы», как писал Леонид Андреев. В книгу включены пьесы «Чайка», «Дядя Ваня», «Три сестры», «Вишневый сад», сделавшие имя писателя бессмертным в истории ми- ровой драматургии.
-
Prokuror nazorati
Madaliyev A.,Ushbu O'quv qo'llanma kunduzgi va sirtqi bo'lim talabalariga Prokuror nazorati fanidan tayorgarlik ko'rish va kurs ishlarini bajarishlariga ko'maklashish uchun tayyorlangan. O'quv qo'llanma bakalavriyat yo'nalishining 5380100-, magistratura yo'nalishining 5380111 yurisprudensiya ixtisosligi bo'yicha bilim oluvchilarga, aspirantlar, yurisprudensiya sohasidagi oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Sud statistikasi
Madaliyev A.,Mazkur ilmiy-amaliy o'quv qo'llanmada jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini takomillashtirish va uni samaradorligini oshirish uchun Respublikadagi jinoyatchilik va qonuniylikni tahlil qilish yuzasidan olib boriladigan huquqiy statistika tushunchasi, nazariyasiga oid jihatlari, sud statistikasining predmeti, uslubi, statistika va hisobning ahamiyati, ijtimoiy-huquqiy, jinoiy- huquqiy, fuqaroviy-huquqiy munosabatlarning oziga xos jihatlari, ularning obyektlari hamda ilmiy-amaliy faoliyatdagi ahamiyati xususida fikr yuritilgan. Qo'llanmada berilgan uslub va usullardan, ayniqsa, prokuror-tergov xodimlari jinoyatlarini oldini olish, ularning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish maqsadida keng foydalanishlari, umuman olganda jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi organlar tomonidan o'z faoliyatlaridagi samaradorlikni oshirishda foydalanishlari mumkin. Qo'llanma huquqshunoslik sohasida faoliyat ko'rsatuvchi barcha xodim- lar, huquqshunoslik oliy o'quv yurti talabalari va oqituvchilariga, shuningdek, sud statistikasi-huquqiy statistika bilan qiziquvchi ilmiy va amaliyot xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyat protsessida sud nazorati
Inog'omjonova Z.F,Ushbu o'quv qo'llanma magistranlar uchun tayyorlangan bo'lib, dastlabki tergovda, jinoyat ishini sudga tayinlashda hamda hukm, ajrim, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish bosqichlaridagi sud nazoratiga bag'ishlangan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi II
Jo'rayeva T, Tojiboyeva D,Mazkur o'quv qo'llanma iqtisodiy munosabatlarni nazariy jihatdan o'rga- nishda jahon tajribasidan kelib chiqib, iqtisodiy kategoriyalar, bozor iqtisodiyo- tining qonuniyatlari, amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlar dinamikasini o'zlashtirishni yengillashtirish, fanning mazmunini chuqurroq tushunishga yordam berish maqsadida tayyorlangan. Qo'llanmada iqtisodiyotdagi asosiy masalalar, muammolar, yetakchi nazariy maktablar, yo'nalishlar va ularning namoyandalari fikrlari, konsepsiyalari hisobga olingan. Unda iqtisodiyot nazariyasi fanining o'quv dasturida o'rganish ko'zda tutilgan barcha mavzulari qamrab olingan. Qo'llanma mantiqan bir-biri bilan bog'langan ikki qismdan iborat bo'lib, unda iqtisodiyotning umumiy asoslari va bozor iqtisodiyotiga oid koʻrgazmali va tarqatma materiallar berilgan. Qo'llanmani tayyorlashda Respublika Prezidenti I.A.Karimov asarlaridan, Respublika qonunlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlardan hamda mamlakat iqtisodiy hayotiga tegishli rasmiy statistik ma'lumotlardan o'z o'rmida foydalanilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtining barcha yo'nalishlardagi bakalavrlari va iqtisodiyot nazariyasi fanidan dars beruvchi o'qituvchilarga mo'ljallangan. Shu bilan birga undan magistrantlar, tadqiqotchilar va hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muammolarini o'rganishga qiziquvchi keng kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
-
-
Huquq faniga kirish
Ito Makoto,Ushbu kitob Yaponiyaning Aichi viloyati Inuyama shahrida joylashgan Nagoya iqtisodiyot universiteti tomonidan ajratilgan ilm-fanni rivojlantirishga oid "O'rta Osiyo va Mo'g'uliston bo'yicha qiyosiy huquq sohasidagi ta'lim va taraqqiyot granti" asosida chop etildi. Ushbu kitobni chop etishda hamkorlik qilgani uchun Toshkent davlat yuridik universiteti "Xalqaro huquq va inson huquqlari" kafedrasiga alohida minnatdorchilik bildiriladi.
-
O'zbekiston davlat va huquqi tarixi
Muqimov Z, Muhamedov H, Husanov O,O'quv qo'llanma «O'zbekiston davlati va huquqi tarixi fani dasturi asosida huquqiy va tarixiy fanlarning eng so'nggi yutuqlari hisobga olingan holda yozildi. Unda O'zbekiston hududida qadimgi davrda, o'rta asrlarda, yangi va eng yangi davrlarda davlat va huquqning rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari xronologik izchillikda yoritildi. O'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning huquq, tarix yo'nalishlari o'quvchilari, o'qituvchilari hamda O'zbekiston davlatchiligi va huquqi tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Yuristlar uchun o'zbek tilining lotin yozuvidagi imlo qoidalari
Ramazonov N., Choriyev O.,Yuridik ta'limning har bir bosqichida davlat tili qonun-qoidalarini o'rganish, o'zlashtirish masalasi hammavaqt dolzarb bo'lib kelgan. Bugungi kunda ham soha mutaxassislarining savodxonligini yuksaltirish, ularning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, ularni til ko'nikmalaridan situatsiyaga mos ravishda o'rinli foydalanishga o'rgatish masalasi yetuk huquqshunos kadrlar tayyorlashning asosi sifatida qaralmoqda. Savodxonlikning asosida imlo turar ekan, savodxonlikni imlo masalalari bilan chambarchas bog'liqlikda olib borish eng maqbul yo'ldir. Shu sababli ham ushbu o'quv qo'llanma imlo sohasidagi bilimlarni huquq sohasi tushunchalari va matnlari asosida mustahkamlashni o'z oldiga maqsad qilib olgan. Qo'llanmada material uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda imlo qoidalari, nazariy qarashlarni mustahkamlash uchun mashq va topshriqlar hamda o'zbek tilida faol qo'llanadigan so'zlar lug'atıdan iborat tarzda joylashtirilgan. Misol, mashq va topshiriqlarning yuridik terminlar, qonunlar matnlari, qonunosti hujjatlaridan olinganligi esa uning huquqshunos mutaxassislar uchun foydaliligini oshirgan. Qo'llanma bo'lajak huquqshunos mutaxassislar, talaba va magistrantlar, amaliyotchi yuristlar hamda imlo masalasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Сиёсатшунослик
Қирғизбоев М,Ўқув қўлланмада мамлакат олий ўқув юртларида ўқитиладиган сиёсатшунослик фанига доир билимлар ва масалалар мужассамлашган. Шунингдек, унда ривожланган мамлакатлардаги турли йўналишдаги сиёсий назариялар, жараёнлар ва муносабатлар таҳлил этилади, улар миллий тажрибалар билан қиёсланади, қўлланмада ифодаланган назарий қарашлар мамлакатда тобора чуқурлашиб бораётган фуқаролик жамияти ва ҳуқуқий давлат қуриш ислоҳотлари билан боғланади. Қўлланма олий ўқув юртлари талабалари учун мўлжалланган.
-
Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari (qiyosiy huquqshunoslik)
Hayitboyev F, Najimov M,Mazkur o'quv qo'llanma "Hozirgi zamon asosiy huquq tizimlari" (Qiyosiy huquqshunoslik) fani o'quv kursining dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, unda huquqiy oilalar, ularning xususiyatlari, muayyan davlatlar milliy huquqiy tizimlarining tavsifi o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanmani tayyorlashda mamlakatimizda va xorijda chop etilgan adabiyotlardan foydalanilgan. Ushbu o'quv qo'llanma oliy yuridik o'quv yurtlari o'qituvchilar, talabalar va mazkur fanga qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga mo'ljallangan.
-
Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига шарҳлар 3-қисм
Рустамбаев М.Х,Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодексига шархлар амалдаги жиноят тўғрисидаги конунчилик асосида ёзилган. Унда Жиноят кодексига 2021 йил 1 ноябргача киритилган қўшимча ва ўзгартиришлар инобатга олиниб, Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг карорлари ва суд амалиёти манбаларидан фойдаланилган. Шархларда Жиноят кодекси Умумий ва Махсус қисми ҳар бир моддасига алохида алоҳида шарх тайёрланган бўлиб, Жиноят кодекси нормалари диспозициясининг моҳияти, хуқуқ нормасида белгиланган жиноятларнинг субъекти, субъектив томони, объекти, объектив томони белгиларининг асосий жиҳатлари очиб берилган, ҳуқуқ нормаларида ўрнатилган санкцияларнинг мазмуни, уларни қўллаш тартиби кўрсатилган. Жиноят кодексига шархлар ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимлари, судьялар, адвокатлар, олий ўқув юртларининг ўқитувчилари, тадкикотчилари, талабалари. Ўзбекистон Республикаси Жамоат хавфсизлиги университети курсантлари ва талабалари. Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси тингловчилари шунингдек, жиноят хукуки ва конунчилиги билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Xalqaro huquq bo'yicha. BMT xalqaro sudi ish amaliyoti materiallari
Umirdinov A.I, Xakimov A.M,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-1990 sonli va 2017-yil 28-apreldagi "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2932-son qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida ushbu o'quv qo'llanma ishlab chiqildi. Oliy yuridik ta'lim muassasalarining talabalari, magistrantlari hamda xalqaro huquqqa qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Ushbu o'quv qo'llanma 5240100 (o'quvchilari) uchun tavsiya etilgan.
-
Jinoyat huquqi
Ochilov X.R,Ushbu o'quv qo'llanma «Jinoyat huquqi» (Umumiy qism) o'quv kursining dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, qo'llanmada jinoyat qonuni prinsiplari, jinoyat tushun- chasi va uning belgilari, jinoiy javobgarlik va uning asoslari, jinoyat tarkibi va uning elementlari, tamom bo'lmagan jinoyatlar, ishtirokchilik, bir qancha jinoyat sodir etish, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, jazo tushunchasi, maqsadi va uning turlari, jazo tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligi hamda tibbiy yo'sindagi majbur- lov choralarini qo'llash kabi masalalarni o'z ichiga qamrab oladi. n. i Ushbu o'quv qo'llanma Jinoyat huquqi Umumiy qismi boʻyicha kerakli ma'lumot- larni olishga, oliy yuridik o'quv yurtlarining professor o'qituvchilariga dars jarayonlarini tashkil etishga, talabalarning o'quv mash- g'ulotlar va imtihonlarga, amaliyotga tay- yorgarlik ko'rishida yordam beradi. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qo'l- lanma sifatida tavsiya etiladi. Ushbu o'quv qo'llanma amaldagi Jinoyat kodeksining 2022-yil may oyigacha bo'lgan holatiga koʻra yozilgan.