-
Odam bo'lish qiyin
O'.Umarbekov,Adib bolalarning bepayon orzular olami yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, insonlar o'tasidagi munosabatlarni g'oyat chuqur va samimiy tasvirlaydi
-
Тўйлар муборак
Қутлибека Раҳимбоева,Ушбу китогбда Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими журналист Қутлибека Рахимбоеванинг мулоҳазали мақолалари жамланган
-
Адолатга хиёнат
Тўхтамурод Тошев,Адолатга хиёнат қиссаси китобхонларни бефарқ қолдирмайди.Унда муҳаббат севгиоилавий муносабатлар ҳайтдаги қатор ижтимоий муаммолар ёзувчи томонидан моҳирона қайд этилган.Ушбу китобни ўқиган инсонлар , айниқса ёшлар ўзларига тегишли хулосалар чиқариб оладилар ва ҳаётда яқин инсонларига хиёнат қилмайдилар тўғри ҳалол йўлни танлаб оладилар деган умиддамиз
-
Истиқлол бонги
Аҳмаджон Йўлодош,Истиқлол бонги ,ундаги ўзгаришалр кўпни кўрган ижодкор қалбида аксланиб қоғозга тўкилдади.Қўлингиздаки китобда жамланган,қаламга олинган ҳар бир ҳолат ўзига хослиги билан беихтиёр эътиборирнгизни тортадаи.Теран мушоҳадалар сузни ҳам ўйлашаг фикрлашга ундайди
-
Қабоҳат ичра нур
Ашур Али Аҳмад,Халқ таълимини янгилаш,тажриба, ёшлар, тарбиячи, муаммо ва депсиниш. Бу тушунчалар замирида Адолат, Ҳақиқат ва фалсафий мушоҳадалар ётади. Иқтидорли ёзувчи ва журналистАшур Али Аҳмад ўғлининг ушбу янги китоби анашу масалаларга бағишланган. Унга жамланган публицистик асарлар китобхонларга маданий-маърифий руҳ бағишлайди ва уларни эзгуликка, ҳақиқитпарвар бўлишга чорлайди
-
O'n besh yoshli kapitan
J.vern,Ushbu roman o'n besh yoshli kapitan-Dik Sendning bir-biridan qiziqarli sarguzashtlari qalamga olinadi
-
-
-
Navoiy
Oybek,Navoiy sheriyati va Navoiy obrazi hamisha kuchli bir quyosh kabi ko'nglimni tortar edi.O'z asarlarimda shoi8r Navoiy obrazi yaratishga zo'r mayl, orzu istagim bor edi
-
Xavsa
Alisher Navoiy,Ushbu kitobda Alisher Navoiy "Xamsa" sidagi barcha dostonlarining mazmuni bayon etilgan
-
Urush va tinchlik 3-4 kitoblar
Lev Tolstoy,Bu kitob faqat urush yoxud tinchlik haqida emas.Unda mavzular qamrovi-odamlar qismati,ularning taqdiri,o'ylari,qarashlari va ayni payda bo'layotgan jarayonga munosbati kitobxon e'tiboridan chetda qolmaydi.Qolaversa, mutolaa jarayonida qalbingizga yaqin bo'lib qolgan yoxud jamiayatda qanday mavqega ega bo'lishidan qat'i nazar urushni o'znining taqdiri bilan bog'lagan va bo'layotgan voqealarga faol munosabat bildirayotgan qahramonlar qismati sizga favqulodda hodisa emas, balki o'z erki,o'z nomusi uchun kurashayotgan timsol sifatida gavdalanadi. Andrey Bolkonskiy,Pyer Bezuxov,Nikolay Rostov,Natasha, Sonya, Mari-ular bilan uzoq muddat o'zingizni hamfikr,yo'ldosh,hamsuhbatdek his qilasiz.
-
-
Graf Monte Kristo (If qal'asining mahbusi)
Аleksandr Dyuma,"Farf Monte Kristo" keng kitobxonlar e'tiborini qozongan asardir. Unda insoniylik,shaxs erkinligi va tuyg'ular go'zalligi ulug'lanadi. Qing'ir ishning qiyig'i qirq yildan keyin bo'lsa-da chiqishi o'z ifodasini topadi.Qahramonlar o'rtasidagi mehr-oqibat va ziddiyatlar muallifning nihoyatda kuzatuvchan va mohirligini namoyon etadi. Asar bosh qahramoni Edmon Dantes-Monte Kristo razolat botqog'iga botgan insonlarni zo'r matonat,aql-idrok bilan fosh etadi.Jazo ham,mukofot ham Allohning irodasi bilan inson tirikligidayoq uni benasib qoldirmasligi roman nihoyasida aksini topadi.Faqat buning uchun...Graf ta'kidlaganidek, "kutmoq va umid qilmoq kerak".
-
Graf Monte-Kristo (If qal''asining mahbusi)
Alleksand Dyuma,Bu kitob -ko'plar kutgan durdona.U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro'yxatiga kiradi.Garchand "Graf Mone-Kristo" yaratilganiga bir necha asrlar o'tgan bo'lsa-da,undagi ulug'vor g'oyalar,o'lmas tuyg'ular,orzular va armonlar talqini sira-sira o'z ahamiyatini yo'qotmaydi.Asardagi qahramonlar,ularning hayoti, kechinma va kechmishlari,voqealar zanjiri o'quvchini kitobga ipsiz bog'lab qo'yadi.Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari,ana shu yillar samarasi o'laroq,o'zgacha inson bo'lib yetishishi , bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o'quvchisi uchun ham birdek maroqli.
-
Spiitamen
Maqsud Qoriyev,vatan uchunkurashgan o'glonlar talaygina.Spitamen ana shunday mard-jasur og'lon. Ushbu kitobda Spitamenning vatan ozodligi yo'lidagi jasorati qalamga olingan.Uning mardligi chindanda ibrat olsa arzigulik.
-
Yomg'ir
Somerst Moem,Ingliz adabiyoti tarixida mashhur yozuvhci va dramaturg Somerst Moem(1874-1965) ijodi alohida o'ringa ega.Adib o'z asarlarida qahramonlar ruhiy olamini teran ochib bergani,badiiy so'z imkoniyatlarini yuksak mahorat bilan namoyon etgani bois juda keng kitobxonlar ommasininge'tiborini qozondi.S.Moemnig "Insoniy ehtiroslarning uqubatlari" (1915), "Oy va chaqa", "Teatr" romanlari,ko'plab pyesalari va ayniqsa,1926 yilda nashr etlgan"Kazuarin daraxti" nomli to'plamidan joy olgan ko'plab hikoyalari dunyo xalqlarining bir necha tillariga tarjima qilingan. Somerst Moem jahon adabiyotida realistik hikoyalarning mohir ustasi sifatida shuhrat qozongan.bu hikoyalarida yozuvchi kitobxonni inson ruhiyatiningmurakkab dunosiga olib kiradi, hayotga yangicha nazar bilan-ham kuyunib, ham kulib qarashga undaydi.
-
Zulmat ichra nur
Mirkarim Osim,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarorida yosh avlodning ma'naviy -intelektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda,ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.Ulug' adib-Mirkarim Osimning "Zulmat ichra nur" qissasini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi. Alisherning nihoyatda o'tkir zehnli bo'lgani,o'qish va yozishni juda erta o'rganib olgani, eng muhimi-bolaligidan she'riyatga, adabiyotga g'oyat qiziqqani haqida tarixiy asarlar guvohlik beradi."Zulmat ichra nur" qissasida biz Alisherni to'rt yoshligidanoq yaqindan tanib boramiz. Ushbu qissani to'liq o'qisangiz,Alisher NAvoiy bobomizning naqadar chuqur aql, tajriba egasi bo'lganini, u kishi oddiy dehqon bilan ham, zamona podshohlari bilan ham bemalol til topishib,murakkab muammolarni oqilona hal etganini bilib olasiz.
-
Ma'naviy masnaviy
Jaloliddin Rumiy,Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlarining " Ma'naviy masnaviy" asari yetti asrdan buyon Sharq tafakkur va badiiy kalom muxlislarini o'ziga maftun etib kelmoqda.Ushbu tengsiz adabiy obida har bir imon egasini Haq va haqiqat sari yuksaltiruvchi ruhiy-qalbiy narvondir. Qo'lingizdagi kitob Ko'niyo kutubxonasida saqlanayotgan eng mo'tabar qo'lyozma asosida nashrga tayyorlandi.O'zbek tilidagi tarjimasi esa este'dodli shoir Odil Ikrom tomonidan amalga oshirildi.Umid qilamizki, aziz o'quvchimiz o'z imkoni darajasida ushbu bepoyon ma'naviy ummondan baharamand bo'ladi.
-
Mening Dog'istonim
Rasul Hamzatov,Ziyolilarimiz hamma o'qishi kerak bo'lgan yuzta kitobning ro'yxatini tuzishdi. Bu kitoblar ro'yxatida "Mening Dog'istonim" asari ham bor.agar bu ro'yxat o'ntaga qisqartirilganda ham unda "Mening Dog'istonim" kitobi albatta bo'lardi.Chunki, til,millat,xalq,qadriyat,vatan mehri,davr ruhi,sevgi sehri,haqiqat va yolg'on,yaxhsilik va yomonlik,tinchlik va urush mavzulari hassosona yoritilgan "Mening Dog'istonim"day asar jahon adabiyotida kam topiladi.Ayniqsa,asar mazmun-mohiyatiga singib ketgan shoirning dilbar she'rlari,purma'no hikmat-hikoyatlari, o'zi ko'rgan ibratli voqelar haqidagi yodnomalari o'quvchilarda o'chmas taassurot qoldiradi. 1971 yilda dunyo yuzini ko'rgan bu asar o'tgan yarim asr davomida yuzdan ortiq tillarga tarjima qilindi, millionlab nusxada chop etildi.Biroq,hamon savdo rastalarida kam topiladigan noyob kitoblar qatorida tilga olinadi.mazkur kitobning ona tilimizga ko'p nusxada chop etilishi shoirning qadrdon muxlislari qo'llariga bir tuhfaday yetib borish imkonini beradi.Ishonchimiz komil,dunyoga mashhur bu kitob o'zning yangi-yangi muxlislarini topadi va ularning ham sevimli ma'naviy aylanadi.
-
Qiyomat
Chingiz Aytmatov,Buyuk qirg'iz adibi,davlat va jamoat arbobi Chingiz Aytmatovning "Qiyomat" romanida ezgulik va olijanoblik,yaxshilik va to'g'rilikning,adolat va haqgo'ylikning qiyomat-qoyim darajsiga tushayotgan holatlari tabiat,jamiyat,inson va imon muammolarini aks ettirirish orqali ko'rsatilgan.