-
юриспруденция,
-
-
-
-
Huquqshunoslik,
-
-
Konsitutsiya,
-
-
-
-
Ma'muriy huquq va protsess,
-
Jinoyat-ijroiya huquqi
Niyozova S. , H.Hakimov., Israilov D., Xaydarov Sh., Shamsidinov Z., -
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
-
-
Kiberjinoyatchilik
Niyozova S.S,Ushbu o'quv qo'llanmada kiberjinoyatchilik moduli tushunchasi, uning turdosh fanlar tizimidagi o'rni; kiberjinoyatchilik tushunchasi, turlari, shakllari va uning belgilari hamda ko'rsatkichlari, tarkibi, tuzilishi; kiberjinoyatchilik sabablari tushunchasi va uni vujudga keltiruvchi shart- sharoitlar hamda omillar; kiberjinoyatchilikning oldini olish siyosati hamda choralari, subyektlari faoliyati, ularning vazifalari; kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va xorijiy davlatlar tajribasi; kiberjinoyatchilik uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi ishlarni yuritish
Ibaratova F.B,O'quv qo'llanmada huquqiy ta'sir choralarini qo'llash va huquqiy ta'sir choralarning turlari, huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi ishni qo'zg'atish, ishni ko'rish va hal qiluv qarorini qabul qilish, qayta ko'rishning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Iqtisodiy sud tomonidan huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi arizani rasmiylashtirish tartibi, arizani rad etish, arizani qaytarish asoslari, ishni sudda ko'rishga tayyorlash bo'yicha sudya tomonidan amalga oshiriladigan protsessual harakatlarning hajmi va mazmuniga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan.
-
Diplomatik va konsullik huquqi
Yuldasheva G.,Darslikda diplomatik va konsullik huquqining paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari, terminologiyasi, diplomatik va konsullik faoliyatini tartibga soluvchi prinsip va normalar, diplomatik huquq va ichki huquqning o'zaro aloqasi ko'rib chiqilgan. Darslik yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalari va professor- o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy odil sudlov
Abdullayeva M.M,Ushbu darslik "Konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy odil sudlov" moduli dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, unda konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy odil sudlov institutini talqin qilishda an'anaviy yondashuvlar bilan birga qator yangi muammolar ham qamrab olingan. Shuningdek, darslikda bugungi kunda konstitutsiyaviy sudlov institutining davlat hokimiyati tizimidagi roli, uning funksiyalari, islohotlar davridagi ahamiyati xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasi bilan qiyosiy-huquqiy tahlil etilgan holda yoritilgan. Darslik oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat 60420100 yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat yo'nalishi talabalariga va magistrantlar, tadqiqotchilar, oliy o'quv yurtlari o'qituvchilariga, mutaxassislarga, shuningdek, sohaga qiziquvchi barcha kitobxonlarga moʻljallangan.
-
O'zbek tili
Gulyamova G., Rasulmuxamedova D, Xujanova G.,Ushbu darslik yangi o'quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va TDYU qoshidagi Akademik litseyning 2-bosqich rus guruhi o'quvchilari uchun 02 mo'ljallangan. Darslikda dastlab leksik minimum berilgan bo'lib, bu ift o'quvchilarning mavzu doirasidagi tushunchalarini yanada boyitishga xizmat qiladi. Darslikda sintaksis, stilistika va punktuatsiya bo'limlariga oid ra berilgan ma'lumotlar rus guruh o'quvchilarining o'zbek tili grammatikasiga til oid bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, mualliflar jamoasi tomonidan darslikda berilgan davlat tilida ish yuritish hujjatlari jah haqidagi ma'lumot va topshiriqlar bo'lajak yuristlar uchun juda muhimdir. O'zbek tili darsligida badiiy asarlarning berilishi esa ularni o'zbek adabiyoti bilan oshno bo'lishga, badiiy-estetik didlarini oshirishga, mustaqil fikrlashlariga yordam beradi.
-
Shaxsga qarshi jinoyatlar
Otajonov A.A,O'quv qo'llanmada shaxsga qarshi jinoyatlar tushunchasi, turlari ularning obyektiv va subyektiv belgilari, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Huquqshunos olimlar va amaliyot xodimlari, yuridik ta'lim muassa- salarining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, tinglovchi, kursant va talabalariga mo'ljallangan.
-
Mol-mulkni ishonchli boshqarish
Topildiyev B.R,Ushbu o'quv qo'llanmada mol-mulkni ishonchli boshqarish tushunchasi va uning majburiyatlar tizimida tutgan o'rni, mol-mulkni ishonchli boshqarishni fuqarolik-huquqiy tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari, mol-mulkni ishonchli boshqarishning vujudga kelish asoslari, ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqlarni amalga oshirish tartibi, mol-mulkni ishonchli boshqarish subyektlarining vakolatlari, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartlarini buzganlik uchun fuqarolik- huquqiy javobgarlik muammolari va mol-mulkni ishonchli boshqarishning bekor bo'lish asoslari kabi masalalar yoritilgan. O'quv qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlari talabalari va magistrantlari, shuningdek, yuridik texnikum talabalariga mo'ljallangan.
-
Bojxona sohasini ma'muriy-huquqiy tartibga solish
Salixova F.T,Ushbu o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi bojxona sohasini boshqarish, mazmuni, bojxona nazorati, bojxona organlarining protsedu raviy faoliyati, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona organlarining yustitsi- yaviy faoliyati yoritib berilgan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik sziversitati raldorining 2023-yil 4-iyuldagi 107-um-sonli buyrugliga asosan nastrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami 107-24)
-
Jinoyat-ijroiya huquqi
Niyozova S. , H.Hakimov., Israilov D., Xaydarov Sh., Shamsidinov Z.,Ushbu darslikda jinoyat-ijroiya huquqi tushunchasi, predmeti, mah- kumlarning huquqiy holati, jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta'sir choralarini ijro etuvchi organ va muassasalar, jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari tariqasidagi hamda majburiy jamoat ishlari, ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarni ijro etish tartibi va shartlari, koloniyalar va turmalarda jazoni o'tash tartibi kabi masalalar bayon etilgan. Mazkur darslik huquqshunoslik yo'nalishi talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Ma'muriy huquq
Nematov J.N,Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichi talabalariga mo'ljallangan. Unda ma'muriy huquqning umumiy tavsifi, shakllanish tarixi, predmeti; davlat boshqaruvining ma'muriy-huquqiy shakllari; ma'muriy jarayon va ma'muriy protseduralar; ma'muriy aktni o'rganishga qaratilgan mavzular yoritiladi. O'quv qo'llanma talabalarning mazkur mavzularga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yanada boyitish, xorijiy davlatlar, xususan, Yaponiya olimlarining ma'muriy huquq fani bo'yicha asosiy ilmiy qarashlari bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Kitob ma'muriy huquq" fani bo'yicha oliy yuridik ta'limni amalga oshirishga qaratilgan o'quv jarayonida asosiy manba sifatida foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish
Mavlanov K.T,Mazkur o'quv qo'llanma shaxsning fuqarolik va professional jihatlari, uning intellekti va ijodiy qobiliyatlari, yalpi umumgumanitar madaniyat, xususan, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, falsafa, madaniyatshunoslik va dinshunoslik fanlari bo'yicha dunyoqarashini shakllantirishga ko'maklashadi. O'quv qo'llanma Davlat boshqaruvi 60420200 ta'lim yo'nalishining bakalavr talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolar tizimi
To'rabayeva Z.Y,Ushbu o'quv qo'llanmada ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolar tushunchasi va mohiyati, ushbu jazo turlarining o'ziga xos xususiyatlari, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolarning rivojlanish tarixi, ayrim xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolar tizimi va qiyosiy-huquqiy tahlili, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolar tizimini takomillashtirish istiqbollari va ularni qo'llashning ayrim muammolari kabi masalalar bayon etilgan. Ushbu o'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Sotsiologiya
Toshpo'latov Sh.E,Mazkur o'quv qo'llanma shaxsning fuqarolik va professional jihatlari, uning intellekti va ijodiy qobiliyatlari, yalpi umumgumanitar madaniyat, xususan, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, falsafa, madaniyatshunoslik va dinshunoslik fanlari bo'yicha dunyoqarashini shakllantirishga ko'maklashadi. O'quv qo'llanma Davlat boshqaruvi 60420200 ta'lim yo'nalishining bakalavr talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Xalqaro huquq bo'yicha keyslar to'plami
Mualliflar jamoasi,Mazkur o'quv qo'llanma (keyslar to'plami) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-1990-sonli va 2017-yil 28-apreldagi "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2932-son qarorlari hamda 2020-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5987-son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida tayyorlandi.
-
Ma'muriy sud ish yurituvi
Mualliflar jamoasi,Yurisprudensiya yo'nalishi talabalarining Ma'muriy sud ish yurituvi fani bo'yicha ma'muriy sud ish yurituvi tushunchasi, kelib chiqish tarixi, ma'muriy sud ish yuritu vi modellari; ma'muriy sud ishlarini yuritish prinsiplari, sud tarkibi, sud protsessida rad qilish masalalari; ma'muriy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi; ma'muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, sudda va killik, arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni, ma'muriy sud ishlarini yuritishda dastlabki himoya choralari, dalillar va isbotlash, ish yuritishni to'xtatib turish, arizani (shikoyatni) ko'rmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish, birinchi instansiya sudi- da ish yuritish, sudning hal qiluv qarori va uni ijroga qaratish, sad xarajatlari, prot- sessual muddatlar, sud ajrimi va qarori, sud bayonnomasi, alohida toifadagi ma'muriy ish yurituvni amalga oshirish hamda sud hujjatlarini qayta ko'rish kabi masalalarni o'rganishga qaratilgan mavzular yuzasidan ilk tasavvurlarini hosil qilish, mazkur mavzularga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yanada boyitish, ma'muriy huquq fani yu- zasidan asosiy ilmiy qarashlarini tanishtirishni maqsad qilgan. va Mazkur darslik Ma'muriy huquq, Ma'muriy sud ish yurituvi, Ma'muriy huquq protsess kabi fanlar bo'yicha oliy yuridik ta'lim muassasalari o'quv jarayonida qo'shimcha manba sifatida foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
Mehnat huquqi (umumiy qism) testlar to'plami
Raximov M.A,Ushbu o'quv qo'llanma Mehnat huquqi moduli asosida mavzulashtirilib, O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi Umumiy qismiga doir test topshiriqlaridan tashkil topgan. Mavzular mehnat huquqining umumiy qoi- dalari, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik va uning huquqiy hujjatlariga bag'ishlanadi. O'quv qo'llanma ish beruvchilar, xodimlar, kasaba uyushma- lari va keng jamoatchilikka o'zlarining mehnat huquqlarini bilish va ularni qoʻllash jarayonida ko'makchi bo'ladi.
-
Konstitutsiya va qonunning ustunligi
Abdullayeva M.M,Mazkur o'quv qo'llanmada yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining X bobida mustahkamlangan Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlariga oid moddalar haqida batafsil tushuncha beriladi. O'quv qo'llanma davlatning inson huquqlari masalasiga zamonaviy yondashuvlarini yuridik oliy ta'lim talabalarga yetkazish uchun yangi avlod darsliklari yondashuvida tayyorlangan bo'lib, yuridik oliy ta'lim muassasalaridagi ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarida keng foydalanish uchun mo'ljallangan.