-
Choliqushi
Rashod Nuri Guntekin,Ayolning iztiroblari, ayolning og'riqlari,ayolning og'ir o'y-kechinmalari... Ularning tugal yechimi bormi? Uni qanday muammo doimo qiynoqqa soladi? U nimadan tasalli topadi? Bu savollarning javobi bitta, u-muhabbatdir! Muhabbat mavzusiga bag'ishlangan asarlarni millati va dinidan,yoshidan qat'i nazar, barcha birdek sevib, ko'ziga yosh olib,qahramoni taqdiriga o'zini hamdard qilib o'qiydi.Rashod Nuri Guntekinning ushbu mashhur "Choliqushi" asarini ham xuddi shunday hissiyot bilan qo'lga olasiz. Unda bu tuyg'u o'zining butun qudratini birgina ojiza choliqushi timsolida yaqqol gavdalantirib beradi.
-
Ulug'bek xazinasi
Odil Yoqubov,"Padarkush, toj-u taxt,olti oy..." Nizomiy Ganjaviyning bu jumlalarini o'qigan Abdulatif nechog'lik xato qilganini anglaydi,anglaganda ham o'zini kutayotgan fojialarni,atrofidagi sotqinlarni,xiyonatlarni ko'rib-bilib anglaydi.Otasi-yu o'z jigariga qilgan xunrezligi, millat ma'naviyatiga qilgan adolatsizligi ko'z oldida yaqqol namoyon bo'ladi.Ko'ngil sezgan mudhish taqdir boshida yalang'och qilich bo'lib ko'tarilganda,tiliga bir kalom kelad:"Gunohkor farzandingizni kechirgaysiz, buzrukvor!" Ammo bu bilan na otasi, na millat va na xalqni oldida o'zini oqlay oladi... Odil Yoqubovning ushbu asari o'quvchini bir dam tarix sahnasiga olib chiqadi.Yaxshilar davrasida ilm va odamiylikka,xiyonatkor amirlar qurshovida makkorlik va xudbinlikka guvoh bo'ladi.Vijdon amri va to'g'riso'zlik naqadar buyuk kuch ekanligiga amin bo'ladi. O'quvchi kitob mutolaasi davomida buyuk allomani yod etadi va uning ma'naviy merosi bugungi kungacha yetib kelishida sababchi bo'lgan tarixiy shaxslar va voqealar bilan badiiy tasvirlarida tanishadi.
-
-
-
Qo'rqinchli Tehron
Mushfiq Kozimiy,Mazkur asar ikki kitobdan iborat bo'lib,unda o'tgan asr boshlaridagi voqealar qalamga olinadi. Oradan yillar o'tgan bo'lsa-da, undagi g'oyalar,o'lmas tuy'ular,orzular va armonlar zanjiri o'z ahamiyatini yo'qotmagan.Bosh qahramon Farruhning ezgulik va jaholat ,nafs yo'lidagi talato'plarga qarshi kurashi, qasosga undagan turfa sarguzashtlari va Mahinga bo'lgan sof muhabbati ikki romanni bir-biriga uzviy bog'lab turuvchi umumiy syujet chizig'ini tashkil etadi. "Qo'rqinchli Tehron" dunyo adabiyoti xazinasidan o'rin olgan asarlar sirasiga kiradi.Mushfiq Kozimiy qalamiga mansub ushbu asar olamiga oshufta bo'ling, aziz kitobxon.
-
Donishmand Sizif
Xurshid Do'stmuhammad,Yunon afsonalarida Olimp ma'budlariga qarshi isyon sababli toki qiyomatgacha og'ir xarsangni baland cho'qqiga dumalatib chiqarishdek befoyda va og'ir mehnatga mahkum qilingan Korinf hokimi Sizif haqida jahon adabiyotida ko'plab asarlar yaratilgan. Ushbu roman qahramoni bo'lgan Sizif siymosida sabr-toqati, irodasi va kurashi bilan o'tib bo'lmas mashaqqatlardan ustun kelib, cho'qqini zabt etgan muzaffar inson yoki mashaqqatlar mahsuli bo'lgan donishmand gavdalanadi. Zamonaviy nasrimizda paydo bo'lgan yana bir ajoyib romanni o'quvchilarga tavsiya etmoqdamiz.
-
Чолиқуши
Рашод Нури Гунтекин,Аёлнинг изтироблари, аёлнинг оғриқлари, аёлнинг оғир уй-кечинмалари... Уларнинг тугал ечими борми? Уни қандай муаммо доимо доимо қийноққа солади? У нимадан тасалли топади? Бу саволларнинг жавоби битта, у- муҳаббатдир!
-
-
-
-
Граф Монте Кристо. 1-қисм
Дюма Александр,Бу китоб -кўплар кутган дурдона. У жахон адабиётидаги энг сара асарлар рўйхатига киради. Асардаги қахрамонлар. уларнинг хаёти кечинма ва кечмишлари воқеалар занжири ўқувчини китобга ипсиз боғлаб қўяди.
-
Қиёмат
Чингиз Айтматов,Буюк қирғиз адиби. давлат ва жамоат арбоби Чингиз Айтмаовнинг "Қиёмат" романида эзгулик ва олийжаноблик. яхшилик ва тўғриликнинг. адолат ва хақгўйликнинг қиёмат-қойим даражасига тушаётган холатлари табиат. жамият. инсон ва имон муоммоларини акс этириш орқали кўрсатилган.
-
Абдулла Орипов танланган асарлар
Абдулла Орипов,Ўзбекистон Қахрамони,Халқ шоири Абдулла Орипов "Танланган асарлар"ининг саккизинчи жилди кейинги икки ярим йилда ёзилган рухият ва чуқур фалсафийлик омихта бўлган янги шеьрлардан жамланади.
-
Qo`rqinchli Tehron
Mushfiq Kozimiy,Qo`rqinchli Tehron dunyo adabiyoti xazinasidan o`rin olgan asarlar sirasiga kiradi.Mushfiq Rozimiy qalamiga mansub ushbu asar olamiga oshufta bo`ling aziz kitobxon.
-
Qoraqush yulduzining siri
Isajoт Sulton,Besh tashabbus- besh kitob loyihasining navbatdagi kitobi Isajon Sulton asarlaridan tartib berildi.
-
Yosh Berterning iztirobi
IOGANN BOLFGANG GYOTE,Xamon kitobxonlarning sevimli asari bo`lmish sevgi qissasi mutolaasi sizga muborak bo`lsin.
-
Yevgeniy Onegin
A.S.Pushkin,Adibning Yevgeniy Onegin asari rus adabiyotidagi birinchi she`ri romanidir.
-
O`nta negr bolasi
Agata Kristi,Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yoq.Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining etakchilaridan biri sifatida tan olingan.
-
Yomg`ir
Comerset Moem,Yomg`ir(Matn): adabiy-badiiy /Somerset Moem.-Toshkent: Akademiknashr NMM,2021-192b
-