-
Temur tuzuklari
Ko'ragon Amir Temur,"Temur tuzuklari" ("Tuzuki Temuriy") "Malfuzoti Temuriy", "Voqeoti Temuriy" nomlari bilan ham atab kelingan. Ushbu asar fransuz, ingliz, urdu, rus va eski o'zbek tillarida chop qilingan. U pod- shohlarning saltanatni boshqarish tuzuklari (qonun-qoidalari), harbiy amaliyotlari tartibi, turish-turmushlari va odob-axloq normalarini bel- gilab beruvchi asardir. Asarda jahongir Amir Temurning buyuk davlat arbobi va sarkardaligiga oid eng muhim voqealar, sarkardalik mahorati, taxt vorislariga pand-nasihatlari ixcham bayon etilgan. O'quvchi Amir Temur davri va o'sha davr ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida to'laqonli tushunchaga ega bo'libgina qolmay, qimmatli ma'lumotlardan ham xabardor bo'ladi.
-
Kecha va Kunduz
Cho'lpon,„Kecha va Kunduz" XX asr o'zbek realistik adabiyotining yetuk namunasi. Asarda o'zbek xalqining o'tmishdagi eng og'ir damlari qalamga olingan. Zero, inson qismatiga befarqlik bi- lan qarashday zulm dunyoda yo'q. Cho'lpon mana shu zulmga qarshi kurashdi. Zebi obrazi orqali insonning yetuk yaratiq ekanligini, u eng go'zal qismatga munosib ekanligini ko'rsatib berdi.
-
Mashaqqatlar osha yulduzlar sari
Yo'ldoshev A.,Ushbu to'plamdan yozuvchi Abduqayum Yo'ldoshevning turli yillarda yozgan rang-barang mavzulardagi hikoyalari o'rin olgan. E'tiborli tomoni shundaki, barcha hikoyalarni o'zaro bog'lab tur- gan bir jihat bor. Bu ham bo'lsa asarlardagi aksariyat yosh qahra- monlarning o'z hayotlarida arzirli yangilanishlar, o'zgarishlar, isti- lohlar qilishga urinishlari, o'zliklarini yaratish istagida jon-jahdlari bilan kurashishlaridir. To'g'ri, jarayon oson kechmaydi, aksar holat- larda yutuqdan ko'ra muvaffaqiyatsizlik, g'alabadan ko'ra mag'lubi- yat kutib turadi qahramonlarni. Ammo na iloj, buni hayot deydilar. Muhimi, insonning oldinga intilib yashashi, o'zini anglash harakati, mag'lubiyatlardan to'g'ri saboq chiqara bilish salohiyatidir.
-
Qo'shchinor chiroqlari
Qahhor A.,Atoqli adibimiz Abdulla Qahhorning bizga qoldirgan badiiy merosi bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Uning cho'ng va zargarlik bilan yaratilgan har bir asarida boqiy haqiqat muhri va shukuhi bor. Bunday zalvorli asarlar, shak-shubhasiz, yosh avlod ong-u tafakkurini boyitishda ma'naviy kuch-qudratga ega bebaho merosdir. Yozuvchining o'zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo'shgan ulkan hissasi e'zoz bilan tilga olinmoqda. Uning hikoya va romanlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini aslo yo'qotmagan. Abdulla Qahhor va uning ijodi haqida Abdulla Oripov: "Adabiyotimiz tarixida betakror siymolardan biri Abdulla Qahhordir. Bu zot adabiyotga kirib kelgan damlaridanoq so'z sehrgari sifatida e'tirof etilgandi. Abdulla Qahhor jahon adabiyotida ham eng taniqli yozuvchilar safida turadi", degan bo'lsa, Ozod Sharafiddinov: "Abdulla Qahhor - ulug' inson va ulug' ijodkor edi. Shuning uchun hozirga qadar men o'zimni uning shogirdiman deb atashga istihola qilaman. Negaki, uning shogirdi boʻlish shu qadar sharafliki, bu sharafga biz loyiqmizmi-yo'qmi, Xudo biladi. Biz, ya'ni shogirdlari unga har qancha yaqin bo'lmaylik, orasida hamisha muayyan masofa bo'lardi", - deya ulug'lagan. Qo'lingizdagi ushbu kitobdan o'rin olgan "Qo'shchinor hiroqlari" romani Abdulla Qahhorning yana bir san'at asari sifatida ruksak baholangan. Asarda, xalqimizning qishloq xo'jaligini jamoalashtirish davridagi hayoti yoritiladi. Shuningdek, har qanday buyuk asarlarda bo'lganidek, bu romanda sevgi-muhabbat, do'stlik, Vatanga sadoqat, iymon-e'tiqod, mehnatkashlik, onaga mehr-muhabbat ulug'langan.
-
ЎЗБЕКИСТОН МУСТАҚИЛЛИККА ЭРИШИШ ОСТОНАСИДА
Ислом Каримов,Бу китобдан давлатимиз раҳбарининг айни шу мураккаб тарихий даврида сўзлаган маъруза ва нутқлари , сухбат мақола ва интервьюлари ўрин олган .Шуни алохида қайд этиш лозимки, бу чиқишлар китоб ҳолида илк марта чоп этилмоқда. Уларнинг ижтимоий моҳияти, илмий-назарий қиммати ва аҳамияти нақадар беқиёс экан.
-
Oshkora qotillik qissasi
Markes G.G,„Oshkora qotillik qissasi" kitobida siz bir-biriga o'xshamagan, turfa xil insonlarning taqdiri bilan tanishasiz. Yozuvchi turmush va hayotning nozik, ko'z ilg'amas jihatlarini mahorat bilan tasvirlaydi. Asarda ko'pchilik qotillikni ro'y berishini, qotillarning maqsadini aniq bilsa-da, lekin hech kim qurbonni qutqara olmaydi. Nima uchun yoshgina yigit halok bo'ladi? Sallohlar nima maqsadda qo'llarini qonga bo'yadilar? Bu savollarga javobni ushbu asardan olasiz... Shuningdek, ushbu to'plamdan adibning bir qator sara hikoyalari o'rin olgan.
-
Чўқинтирилган ота ёхуд мафия сардори
Пьюзо М.,Марио Пьюзонинг мазкур асари миллион йиллардан бери одамлар ўртасида давом этиб келаётган иллатлар, бир-бирини кўролмаслик, чексиз бойликка бўлган ҳирс, адоват кабиларни рўй-рост ифодалаб бергани, шунингдек, америкалик ва сицилиялик мафиячиларнинг кирдикорларини тўла-тўкис очиб бергани билан дунё миқёсида оммалашиб кетган.
-
Рақамли қалъа
Браун Д.,Қўлингиздаги китоб замонавий жаҳон адабиётининг энг машҳур ёзувчиларидан бири, бутун дунё бўйлаб 300 милли- ондан ортик нусхада китоб сотган Ден Брауннинг "Рақамли калъа" романидир. Ушбу роман Ден Брауннинг илк романи бўлиб, бу асари билан ёзувчи дунёга машҳур бўлиб кетади. Бугунги кунда Ден Браун "New York Times" нашри томонидан бир неча бор дунёнинг энг машҳур 100 инсони сифатида эътироф этилган. Унинг асарлари бестселлерлар рўйхатида биринчи ўринларни эгаллаб келмокда. Ден Браун дунёда энг кўп даромад қиладиган ёзувчилардан бири ҳисобланади. <<Ракамли қалъа» романи 1998-йилда ёзилган. Ёзувчи асарининг ёзилишига ҳаётда ўзи гувох бўлган вокеалар сабаб бўлади.
-
YUKSAK MA'NAVIYAT -YENGILMAS KUCH
Islom Karimov,Vatanimiz kelajagi xalqimizning ertangi kuni mamlakatimizda jahon hamjixatimizda obro'-e'tibori avvalambor farzandlarimizni kirib borishga bog'liqdir.
-
ЮКСАК МАЪНАВИЯТ ЕНГИЛМАС КУЧ
Ислом Каримов,Ватанимиз келажаги халқимизнинг эртанги куни мамлакатимизнинг жахон хамжамиятидаги обру- эътиборни авваламбор фарзандларимизни униб-ўсиб улғайиб кандай инсон бўлиб ҳаётга кириб боришади.
-
МАМЛАКАТИМИЗ ТАРАҚҚИЁТИ ВА ХАЛҚИМИЗНИНГ ҲАЁТ ДАРАЖАСИНИНГ ХАЁТ ДАРАЖАСИНИ ЮКСАЛРАТИК ЯНГИЛАНИШ ВА ИҚЛОХАТЛАРИМИЗНИНГ ПИРОВАРД МАҚСАДИДИР
Ислом Каримов,Бугун тўла ишонч билан айтиш мумкинки, биз мустақил тараққиёт йўлида қандай улкан ютуқ ва натидаларни қўлга киритган бўлмасак, ҳеч шубхасиз буларнинг барчасига аввало Яратганимизнинг ўзи бизга берган куч-қувват , ақл-заковат қатъий танлаб олинган
-
O'zbek tilining izohli lug'ati
Ushbu ko'p jildli "O'zbek tilining izohli lug'ati" uning lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida tayyorlangan dastlabki nashri hisoblanadi.Lug'at hozirgi o'zbek adabiy tilida keng iste'molga bo'lgan 80 mingdan ortiq so'z birikmalarini, fan, texnika, sa'nat va madaniyat sohalariga oid terminlarni, bir necha shevada qo'llanadigan so'zlarni, ba'zi tarixiy va eskirgan atamalarni o'z ichiga oladi.
-
Yuristlar uchun o'zbek tili
D.Rasulmuxamedova,Mazkur darslikda berilgan mashq, topshiriq va matnlar asosan rusiyzabon talabalarga mo'ljallangan.
-
O'zbekiston Resbublikasi Moliya huquqi
A.Ali, S.Yusupov, A.Jo'rayev,Darslikda moliyaviy va soliq siyosatini liberallashtirish bo'yicha samarali choralar ko'rish asosida milliy iqtisodiyotni yanada isloh qilish sharoitida mustaqil O'zbekistonning moliyaviy huquqining mazmuni ko'rib chiqiqlgan
-
Soliq huquqi
F.Isayeva,Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasining soliq huquqi tizimiga kiruvchi masalalarga bag'ishlangan
-
Yuridik texnika
A.Sodikov,Mazkur darslik o'quvchilarga turli yuridik hujjatlarni tayyorlashda zarur bo'lgan yuridik-texnik qoidalarni samarali qo'llash, yuridik-texnik usul va vositalardan foydalanish,yuridik faoliyatni amalga oshirish yuzasidan amaliy ko'nikmalarni egallash, shuningdek, yuridik-texnik va mazmun jihatdan mukammal normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa yuridik hujjatlar
-
Ma'muriy huquq
K.G'oziyev,Ushbu darslikda ma'muriy huquq predmeti, subektlari, manbalari; davlat boshqaruvining ma'muriy-huquqiy shakllari; ma'muriy protseduralar va ma'muriy akt; ommaviy xizmatlar ko'rsatish tartib-taomillari va davlat xizmati; ma'muriy yustitsiya ma'muriy majburlov va ma'muriy rejimlar masalalari bayon qilingan
-
Ma'muriy sud ish yuritish
Ushbu darslik ma'mutiy sud ish yurituvi tushunchasi, kelib chiqish tarixi,ma'mutiy sud ish yurituviga oid protsessual masalalarni o'rganishga qaratilgan.
-
Huquqiy ko'nikmalar va metodologiya
[],Ushbu darslik yuridik texnikum talabalarining huquqiy ko'nikmalar va u bilan bog'liq metodologiyani o'zlashtirishga qaratilgan, zamonaviy ta'limning muhim vazifalaridan birini o'zida mujassam etgan ilk qo'llanma hisoblanadi
-
Yuridik xizmat: nazariya va amaliyot uyg'unligi
Narziyev O.S.,Ushbu o'quv qo'llanma so'nggi yillarda mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida adolat hamda qonun ustuvorligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan tizimli islohotlarga mos tarzda yuridik xizmat sohasida tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi, malakasi va saviyasini oshirishda qo'llash maqsadida tayyorlangan. O'quv qo'llanma yuridik xizmat xodimlari faoliyatiga oid nazariy masalalar; xorij va milliy tajribadan kelib chiqqan holda amaliy maslahatlar; yurist faoliyatida zarur bo'lgan huquqiy hujjatlarning namunalari; sohaga oid asosiy normativ-huquqiy hujjatlar tahlillari; har bir mavzuga oid kazuslar, mantiqiy savollar va testlar hamda foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati kabi ham nazariy, ham amaliy jihatdan foydali ma'lumotlardan iborat tarzda tuzilgan.