-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
Jinoyat protsessida amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha klinik seminarlar
Rajabov B. X., Mamataliyev Sh. X.,юриспруденция, -
-
Замонавий Туркия: тарих, ҳуқуқ ва сиёсат
Туляганов А. А., Турғунов М. Т., Абдуллаев Ж. М.,Tarix, -
Advokatura va advokatlik faoliyatining huquqiy masalalari
Tulaganova G. Z., Qodiraliyev S. B.,Ҳуқуқ, -
Yuristlar uchun o’zbek tilining lotin yozuvidagi imlo qoidalari
Ramazonov N., Choriyev O.,Tilshunoslik, -
Huquq fanlarini o’qitishda pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
Gulyamova Gulnora Yakubovna,Ҳуқуқ, -
-
-
-
Биологик ресурсларни муҳофаза қилиш ва улардан фойдаланиш ҳуқуқи
Нарзуллаев Олим Холмаматович, -
-
-
-
Ekologiya huquqi
To’xtashev H. I.,O’quv qo’llanma ekologiya va atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish va undan foydalanishni huquqiy ta’minlash sohasidagi ilmiy konsepsiyalar, sohada qabul qilingan dastur va strategiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo’lib, uning mavzulari ananaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammo va nuqtaiy nazarlar talqini asosida yaratilgan.
-
Мигратция ҳуқуқига кириш
Исоқов Л. Х.,Мазкур ўқув қўлланмада Ўзбекистонда янги шакилланаётган миграция ҳуқуқига бағишланган бўлиб, унда миграция ҳуқуқи тушунчаси ва унинг миллий ҳуқуқий тизимда тутган ўрни, предмети, вазифаси ва манбалари, миграция таснифи ва мигрантлар тоифалари, миграция соҳасидаги давлат бошқаруви органларининг ҳуқуқ ва ваколатлари, субьектларнинг ҳуқуқий ҳолати каби масалалар ҳақида сўз боради.
-
G’ofur G’ulom hayoti va asarlarini o’rganish
muallifla jamoasi,Mazkur o’quv qo’llanma atoqli shoir G’ofur G’ulomning hayoti va asarlarini o’rganishni soddalashtirish, o’rganilgan bilim va ko’nikmalarini mustahkalashga qaratilgan. Buni amalaga oshirishda mualliflar jamoasi tomonidan adibning hayoti va asarlariga doir savol-javoblar va testlarmavzulashtirilgan holda tayyorlangan.
-
-
Преподавание правовых дисциплин: новые педагогические технологии
Ниязова Н. Ж.,Учебное пособие предназначено для студентов магистратуры юридических факультетов вузов. В данном пособии уделяется внимание таким актуальным вопросам, как: педагогические технологии, считающиеся составной частью общего образования, их применение в юридическом образовании; теоретические аспекты применения в учебном процессе интерактивных методов; основы педагогических технологий, их структура, построение, задачи; педагогическая компетентность в обучении специальным дисциплинам, креативность, профессиональное мастерства; методы обучения, педагогические навыки, а также педагогическое мастерство.
-
Siyosatshunoslik va davlat siyosati
Azimov Hakimali Imomovich,Mazkur o’quv qo’llanma Toshkent davlat yuridik universiteti Siyosatshunoslik va davlat siyosati moduli o’quv rejasi asosida tayyorlangan. Mazkur qo’llanmada: Siyosatshunoslik va davlat siyosati o’quv fani sifatida: DAvlat va fuqarolik jamiyati boshqaruvini takomillashtirish: O’zbekistonning iqtisodiy, axborot va mafkuraviy xavsizligi kabi mavzular o’z aksini topgan. Qo’llanmada ushbu masalalarning mazmun-mohiyatini yoritishga harakat qilinadi.
-
Jahon savdo tashkiloti
mualliflar jamoasi,Jahon savdo tashkiloti (JST) a'zo mamlakatlarning savdo bilan bog'liq muammolarini hal etish yo'llarini muhokama qiladigan tuzilmadir. JSTning asosi - uning kelishuvlari bo'lib, mazkur kelishuvlar tashlikot ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. JST shunchaki savdoni erkinlashtirish bilangina shug'ullanmaydi. Ba'zi vaziyatlarda uning qoidalari savdo to'siqlarini o'rnatishni ilgari suradi. Bularga iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish, kasalliklar tarqalib ketishining oldini olish yoki tabiatni muhofaza qilish kabi choralarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
-
Jinoyat protsessida amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha klinik seminarlar
Rajabov B. X., Mamataliyev Sh. X.,Mazkur o’quv qo’llanma “jinoyat protsessida amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha klinik seminarlar” o’quv moduli mavzulari asosida tayyorlangan bo’lib, jinoyat protsessining amaliyotga tatbiq etilishi nazarda tutilgan, ya’ni jinoyat protsessi doirasida qonunchilik hujjatlari bilan ishlash, normalarni sharhlash, jinoyat protsessi bilan bo’liq bo’lgan barcha protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish, jumladan, qaror, ajrim, bayonnoma, taqdimnoma, shikoyat, hukm kabilar bilan bevosita ishlashni o’z ichiga olqadi.
-
-
Замонавий Туркия: тарих, ҳуқуқ ва сиёсат
Туляганов А. А., Турғунов М. Т., Абдуллаев Ж. М.,Мазкур ўқув қўлланмада замонавий Туркия республикаси, қадимги турк замини, унинг бой ва сермамун тарихи, хозирги давлатчилик аньаналари, ҳуқуқий тизим, давлат ва ҳуқуқнинг ривожланиш тенденциялари, қонунчиликдаги ислоҳотлар, ички ва ташқи сиёсатни амалга ошириш йўналишлари, мамлакатнинг фавқулотдда вазиятларни олдини олиш тажрибаси чуқур ўрганилади, оммавий ахборот воситалари билан боғлиқ жараёнлар янгича ёндошув асосидатбосқичларга бўлиб таҳлил этилган.
-
Advokatura va advokatlik faoliyatining huquqiy masalalari
Tulaganova G. Z., Qodiraliyev S. B.,Mazkur o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29- dekabrdagi Oliy Majlisga Murojatnomasiga asosan tayyorlanib, advokatura instituti vujudga kelishining tarixiy aspektlari, O’zbekiston Respublikasida advokaturaning konsitutsiyaviy-huquqiy asoslari, advokatura institutitsional mustaqilligini ta’minlash, advokatlik litsenziyasini olish va ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, advokatura palatasining tashkiliy tuzilmasi, advokatura institutini yanada takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari, hamda ayrim xorijiy davlatlar tajribasi yoritilgan.
-
Yuristlar uchun o’zbek tilining lotin yozuvidagi imlo qoidalari
Ramazonov N., Choriyev O.,Yuridik ta’limning har bir bosqichida davlat tili qonun-qoidalarini o’rganish, o’zlashtirish masalasi hammavaqt dolzarb bo’lib kelgan. Bugungi kunda ham soha mutaxassislarining savodxonligini yuksaltirish, ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, ularni til ko’nikmalaridan situatsiyaga mos ravishda o’rinli foydalanishga o’rgatish maslasi yetuk huquqshunos kadrlar tayyorlashning asosi sifatida qaralmoqda. Savodxonlikning asosida imlo turar ekan, savodxonlikni imlo masalalari bilan chambarchas bog’liqlikda olib borish eng maqbul yo’ldir.
-
Huquq fanlarini o’qitishda pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
Gulyamova Gulnora Yakubovna,Ushbu o’quv qo’llanma yuridik yo’nalishdagi oliy o’quv yurtlarining magistratura mutaxassisligi talablari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda ta’lim sohasining dolzarb masalalaridan biri bo’lgan pedagogik texnologiyalar, ularni umumta’limning tarkibiy qismi hisoblangan yuridik ta’limda qo’llash, dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning nazariy jihatlari, pedagogik texnologiya asoslari, uning tarkibi, tuzilishi, vazifalari, mutaxassislik fanlarini o’qitishda pedagogik kompetentlik, kreativlik, kasbiy mahorat, o’qitish metodikasi, pedagogik qobilyatlar, shuningdek, pedagogik mahorat xususida so’z yuritiladi.
-
-
Yuristlar uchun iqtisodiyot asoslari
Jo’rayev Jahongir Baxodir o’g’li,Mazkur o’quv qo’llanma iqtisodiyot nazaryasining qisqacha tub negizlarini kompleks tarzda o’z ichiga olgan. Bu o’quv qo’llanmaning o’ziga xos xususiyatlari o’quvchi uchun kerakli asosiy iqtisodiy kategoriyalar va ularning iqtisodiyotdagi asosiy mazmun –mohiyatining ochib berilganligi, iqtisodiy nazaryalarning bugungi kundagi amaliy ahamiyatining yetarlicha yoritilganligi, bozor mexanizmi, bozor konyunkturasi, Tovar bozorlarining o’ziga xosliklari va unda iste’molchi hamda sotuvchining subyekt sifatidagi o’zini tutishi xususiyatlarining batafsil tushuntirib berilganligi, milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tizimli ravishda amaliy misollar b ilan bayon qilinganligi hisoblanadi.
-
Низоларни ҳал қилишнинг муқобил усуллари
Салимова Ирода,Ушбу ўқув қўлланмада низоларни ҳал қилишнинг муқобил усуллари тушунчаси ва турлари медиациянинг назарий асослари, унинг моҳияти ва принциплари, ҳакамлик судлари тушунчаси, турлари, улар тамонидан ҳал этиладиган низолар, ҳакамлик муҳокамаси тарафлари, ҳакамлик битими, ҳакамлик судининг таркиби, низоларни ҳакамлик судида ҳал этиш билан боғлиқ харажатлар каби масалалар баён этилган.
-
Биологик ресурсларни муҳофаза қилиш ва улардан фойдаланиш ҳуқуқи
Нарзуллаев Олим Холмаматович,Ушбу ўқув қўлланмада Республикамизда биологик ресурсларни муҳофаза қилиш ва улардан оқилона фойдаланишни таьминлаш, ҳуқуий асосларни мустаҳкамлаш, институтининг таьсирчан меҳанизмларини жорий этиш, ўрмон( ўсимлик) муҳофазаси ҳуқуий талаблари мазмуни ва тизими, ҳайвонот дунёсини ҳуқуқий мухофаза қилиш ва ундан фойдаланишнинг ўзига хос ҳусусиятлари ва экологик маданияти даражасини ошириш орқали уларни экологик муаммоларни хал этишга фаол жалб қилишга алоҳида эьтибор берилган, шу соҳага оид миллий ва ҳалқаро қонунчилик хужжатлари таҳлил этилган.
-
Жиноят таркиби обьектив томони белгилари
Ф. Х. Худайкулов,Ушбу ўқув қўлланмада жиноят таркиби обьектив томони тушунчаси ва унинг зарурий ҳамда факультатив белгилари тушунчаси, турлари ва уларнинг ўзаро муносабати, жиноят таркиби обьектив томони зарурий ва факультатив белгиларининг жиноят-ҳуқуқий аҳамияти, жиноят таркиби обьектив томони зарурий ва факультатив белгиларининг қилмишни квалификатция қилишнинг зарурий ҳамда жавобгарликни оғирлаштирувчи (квалификатциявий) белгиси сифатида Жиноят қонунчилигида назарда тутилиши, шунингдек, улар билан боғлиқ жиноятларни квалификация қилиш масалалари баён қилинган.
-
Jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilari
Xudaykulov Feruzbek Hurramovich,Ushbu o’quv qo’llanmada jinoyat tarkibi obyektiv tomoni tushunchasi va uning zaruriy hamda fakultativ belgilari tushunchasi, turlari va ularning o’zaro munosabati, jinoyat tarkibi obyektiv tomoni zaruriy va fakultativ belgilarining jinoyat-huquqiy ahamiyati, ular bilan bog’liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari bayon qilingan.
-
Hadya va ayirboshlash shartnomasi
Choriyev Sh. M.,Ushbu o’quv qo’llanmada fuqarolik huquqining muhim shartnomalari hisoblangan hadya va ayirboshlash shartnomasi tushunchasi, ahamiyati va huquqiy belgilari, predmeti, hadya va ayirboshlash shartnomasining shakli va tuzish tartibi, uning taraflari hamda ularning huquq va majburiyatlari, ularni bekor qilish tartibi va asoslari hamda taraflarning javobgarligi yoritib berilgan.