-
Ma'muriy javobgarlik
Niyozova S.S.,Ushbu o'quv qullanmada ma'muriy javobgarlik fani tushunchasi, predmeti va vazifalari; Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari, ularning vazifalari va asosiy prinsiplari; Ma'muriy huquqbuzarlik va uning yuridik tarkibi, Ma'muriy javobgarlik tushunchasi va xususiyatlari; Ma'muriy jazo choralari tushunchasi, maqsadi va turlari; Ma'muriy jazo qo'llanilishining umumiy qoidalari; Ma'muriy huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilovchi davlat organlari va mansabdor shaxslar; Ma'muriy huquqbuzarlikni istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari kabi masalalar bayon etilgan. O'quv qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar va barcha qiziqqan o'quvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Hukm-odil sudlovning asosiy me'yori: nazariya va amaliyot sintezi
Alishayev S.,Odil sudlov jarayonining asosiy natijasi va huquqiy adolatni ta'minlovchi markaziy hujjat sifatida e'tirof etiladigan hukmning adolatliligi, qonuniyligi va asosliligi tamoyillari mujassamlashgan. Hukm nafaqat sudning huquqiy pozitsiyasini ifodalovchi hujjat, balki jamiyatning qonuniylik va adolatga ishonchini mustahkamlovchi vosita sifatida ham o'rganiladi. Ushbu monografiyada hukmning nazariy asoslari, uning huquqiy mohiyati, amaliy ahamiyati hamda sud-huquq tizimining samaradorligidagi o'rni tahlil qilinadi. Bunda hukm tuzilishi, uning qabul qilinishidagi protsessual qoidalarga rioya etilishi, qonunchilikdagi huquqiy me'yorlar hamda ularning amaliyotdagi qo'llanilishi o'zaro bog'liqlikda ko'rib chiqiladi. Muallif hukmlarining chiqarilish tendensiyalariga (2022 yilda jami hukmi chiqarilgan ishlar soni 58.697 tani tashkil etgani holda, undan 501 tasi oqlov hukmi, 2023 yilda 58.418 tadan 457 tasi oqlov hukmi, 2024 yil 9 oyida 44.755 tadan oqlov hukmi 320 tani tashkil etmoqda) va ularning sonini ko'payishiga e'tibor qaratmoqda.
-
Qasddan odam o'ldirish subyekt belgisiga ko'ra kvalifikatsiya qilish masalalari
Allanova A.A.,Ushbu o'quv qo'llanmada qasddan odam o'ldirish jinoyatini kvalifikatsiya qilishning o'ziga xos xususiyatlari, qasddan odam o'ldirish bilan bog'liq jinoyatlarda subyekt tushunchasi va umumiy tavsifi, subyekt belgisiga ko'ra qasddan odam o'ldirish uchun javobgarlik nazarda tutilgan jinoyat qonuni normalarining retrospektiv tahlili, bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a'zosi tomonidan yoxud o'sha guruh manfaatlarini ko'zlagan holda qasddan odam o'ldirish jinoyatini kvalifikatsiya qilish, xavfli retsidivist va o'ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o'ldirish jinoyatini kvalifikatsiya qilish, ayrim chet mamalakatlar jinoyat qonunchiligida subyekt belgisiga ko'ra qasddan odam o'ldirganlik uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 15-sonli buyrug'iga asosan o'quv qo'llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.
-
Huquqni qo'llash hujjatlarining
Hayitov Sh.R.,Mazkur o'quv qo'llanma Yuridik texnika modulining "Huquqni amalga oshirish hujjatlarining yuridik texnika" va "Huquqni qo'llash hujjatlarining yuridik texnikasi" mavzulari bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda huquqni amalga oshirish hamda qo'llash tushunchalari, turlari va prinsiplari, huquqni qo'llash jarayoni va uning bosqichlari, sub'ektlari hamda huquqni qo'llash hujjatlarining tasnifi kabi masalalar atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, qo'llanmada mavzuga oid jadvallar, kazuslar, testlar, savol va qisqa javoblar. yuridik hujjatlardan namunalar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishi talabalariga va huquqni amalga oshirish hamda qo'llash masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.
-
Huquq shakllari (manba)lari
Axmedshaeva M.A.,Mazkur o'quv qo'llanma yuridik oliy ta'lim muassasalari bakalavriat bosqichi yo'nalishlari (60420100-Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha) uchun "Huquq shakllari o'tiladigan Davlat va huquq nazariyasi modulining 10 (manbalari)" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda huquqning shakli (manbalari)tushunchasi, kelib chiqishi, turlari, belgilari va mohiyati bugungi kun huquqiy doktrinasi nuqtai nazaridan tahlil etilgan. O'quv qo'llanmada talabalar bilimini mustahkamlash va nazorat qilishga yordam beradigan turli ishlanmalar berilgan. O'quv qo'llanma oily yuridik ta'lim muassasalari talabalari uchun foydali bo'lishi mumkin. universiteti rektorining 2025-yil Toshkent davlat yuridik 18-martdagi "O'quv adabiyotlarini nashrga tavsiya etish to'g'risida"gi 61-um-son buyrug'i bilan nashrga tavsiya etilgan, nashr ruxsatnomasi № 61-10.
-
Birinchi instansiya sudida ish yuritish
Abdurashidov A.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada birinchi instansiya sudida ish yuritish tushunchasi, jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi, jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash, sud muhokamasining umumiy shartlari, sud muhokamasi bosqichlari kabi mavzular bo'yicha fikrlar bildirilgan. O'quv qo'llanma talabalarga, ilm hamda soha xodimlariga, shuningdek, dalillar va isbotlash muammolariga qiziqadigan keng kitobxonlar jamoasiga mo'ljallangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2025 yil 18 martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Korporativ boshqaruv - 2
Xamidulin M.B.,O'quv qo'llanma mazkur fan bo'yicha ma'ruza boblarininig tayanch konspekti, mustaqil ta'limga oid topshiriqlar, oraliq nazoratga oid o'quv loyihalarining namunaviy boblari, yakuniy nazoratga oid namunaviy savollar va topshiriqlar, har bir bob boʻyicha talabalaming mustaqil ishlashi uchun zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxatini hamda glossariylarni o'z ichiga olgan bo'lib u 5231900- korporativ boshqaruv bakalavriat ta'lim yo'nalishining "Korporativ boshqaruv-2" fanidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi. V uchebnoe posobie predstavlen bazoviy obzor temi leksiy po etomu predmetu, zadaniya dlya sarnostoyatelnogo obucheniya, primernые теты uchebnogo plana dlya promejutochnogo kontrolya, primemыe voprost i zadaniya dlya itogovogo kontrolya, students Vklyuchaet spisok literaturu i glossariev, kotorые trebuyutsya diya samostoyatelnoy rabotu, i rekomenduetsya v kachestve uchebnika po «Korporativnoe upravlenie-2» v ramkax korporativnogo bakalavriata 5231900. The manual provides a basic overview of the topic of lectures on this subject, tasks for self-study, sample topics of the curriculum for intermediate control, sample questions and tasks for final control, students Includes a list of literature and glossaries that are required for independent work, and is recommended as textbook on "Corporate govemance-2" with in the framework of corporate undergraduate 5231900.
-
O'zbekiston Respublikasida parlament nazoratining rivojlantirish tendensiyalari
Turdiyev X.U.,Ushbu monografiyada O'zbekiston Respublikasida parlamentarizmning rivojlanish tendensiyalari, xususan, parlament nazorati huquqiy tabiati, mamlakatimizda qonun chiqaruvchi hokimiyat parlament nazorati funksiyasi huquqiy asoslarining rivojlanish bosqichlari, parlament nazoratini amalga oshirishning parlament so'rovi, "hukumat soati", parlament tekshiruvi kabi huquqiy mexanizmlari hamda xorijiy mamlakatlarda parlament nazorati faoliyati shakllarining o'ziga xos xususiyatlari masalalari tadqiq etilgan. Mazkur monografiya oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, talabalari, davlat va huquq nazariyasi hamda konstitutsiyaviy huquq sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar va ushbu masalalar bilan shug'ullanuvchi amaliyot xodimlariga mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 20-iyundagi 8-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Davlatni tushunish muommolari
Axmedshayeva M.A.,Mazkur monografiyada murakkab ijtimoiy hodisa hisoblangan davlatni tushunish masalalari, uning kelib chiqishi, davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati bugungi kun nuqtayi nazaridan tahlil etilgan. Davlatni tushunish borasidagi turli qarashlar, konsepsiyalar davlat nazariyasi nuqtayi nazaridan o'rganilgan, O'zbekistonda demokratik huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishning nazariy-huquqiy jihatlari mana shu o'rganishlar asosida ko'rib chiqilgan. Tadqiqot davomida elektron hukumat, elektron davlat, elektron demokratiya, raqamli davlat kabi shakllar tahlil etilgan. Monografiya davlat nazariyasi masalalariga qiziquvchi izlanuvchilarga foydali manba bo'la oladi. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 26-martdagi 6-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
-
Fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy maqomi va uni rivojlantirish istiqbollari
Shukrullayev S.U.,Ushbu monografiyada amaldagi qonunchilikda fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy maqomi tushunchasi va uning bugungi kundagi ahamiyati, fuqarolik protsessida prokurorning ishtirok etish asoslari va shakllari, milliy qonunchiligimizda prokurorning huquqiy maqomi bilan bog'liq muammolar tadqiq etilgan. Shuningdek, ilmiy asoslangan va muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan shuningdek, rivojlangan davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan bo'lib, tegishli ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiyadan professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar foydalanishlari mumkin. Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025 yil 20 fevral 5-son bayonnomasi bilan nashrga tavsiya qilingan.
-
Халкаро хуқуқ
Саидов, А.Х.,Ушбу китоб халкаро (оммавий) хукук фани буйича узбек тилидаги илк дарсликлардандир. Унда хозирги замон халкаро хукукининг келиб чикиши ва ривожланиши, унинг асосии тушунчалари ва принциплари, институтлари ва сохаларининг тараккиёт конуниятлари уз аксини топган. Мавзулар Узбекистон Республикасининг халкаро-хукукий амалиётидан келиб чиккан холда очиб берилган.
-
Birinchi instansiya sudida ish yuritish
Abdurashidov A.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada birinchi instansiya sudida ish yuritish tushunchasi, jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi, jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash, sud muhokamasining umumiy shartlari, sud muhokamasi bosqichlari kabi mavzular bo'yicha fikrlar bildirilgan. O'quv qo'llanma talabalarga, ilm hamda soha xodimlariga, shuningdek, dalillar va isbotlash muammolariga qiziqadigan keng kitobxonlar jamoasiga moʻljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Tashqi siyosatning konstitutsiyaviy va xalqaro-huquqiy asoslari
Yuldasheva G.,Ushbu o'quv qo'llanma tashqi siyosat tushunchasi, maqsadi va funksiyalari, tashqi siyosatning konstitutsiyaviy va xalqaro-huquqiy asoslari, davlat tashqi siyosati prinsiplarining huquqiy tabiati va mazmuni masalalariga bag'ishlangan. Ўқув қўлланма O'zbekiston Respublikasining yangi tashqi siyosatining huquqiy jihatlari va uning hozirgi davrdagi o'ziga xos xususiyatlari, O'zbekiston Respublikasining tashqi aloqalar organlarining faoliyati bilan bog'liq masalalarga qiziquvchi talabalar, magistrlar va barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Ushbu o'quv q'ollanma yuridik oliy yurtlarining magistrantlariga o'quv qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi. Mazkur o'quv q'ollanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami №6).
-
O'zbek tili / akademik yozuv
Ziyamuxamedova Sh.T.,Mazkur qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlari rus guruh talabalari hamda Grodno davlat universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetining qo'shma dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, davlat tili, yuridik til va uning o'ziga xos jihatlariga tegishli materiallarni o'z ichiga oladi. Bu esa talabalarning ma'ruza va amaliy mashg'ulot darslariga mustaqil tayyorgarlik ko'rishini hamda o'zining bilim sifatini nazorat qilishni ham ta'minlaydi. "O'zbek tili / akademik yozuv" fanidan talabalarning davlat tilini puxta o'rganishi, savodli yozishi, ijodiy fikrlashi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda yozma shakllarda aniq, qisqa, ravon hamda mantiqan izchil ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan, ularni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalash va rivojlantirishni ta'minlaydigan bilimlarni qamrab oladi. Muallif qo'llanmani tayyorlashda masalaning mana shu jihatlarlariga alohida e'tibor berdi.
-
Президент парламентда: тарихий уч кун
Мазкур тўпламга Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2024 йил 18-20 ноябрь кунлари Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасининг биринчи мажлиси, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг биринчи мажлиси ҳамда Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг Ўзбекистон Республикаси Бош вазири номзодини кўриб чиқишга бағишланган мажлисларидаги нутқлари, шунингдек сўзга чиққан депутатлар ва сенаторларнинг фикрлари киритилди.
-
Qadimgi Turonda huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi
Utemuradov M.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada Qadim Turonda huquq manbalarining paydo bo'lishi va ularning rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek alohida huquqining asosiy belgilari yoritilgan. Unda zardushtiylikning kuchli ta'siri ta'limot darajasida qadimgi Turonning huquqiy tizimi sifatida, tarixda ulardan axloqiy va qonunchilikning huquqiy tushunchalari hal qiluvchi bo'lgani bilan ham ahamiyatlidir. Demak, huquqning eng progressiv rivojlanish omillari, uning mafkuraviy asoslar, tamoyillar va institutlar, shuningdek, huquqni muhofaza qilish mexanizmlari sifatida ezgulikning an'anaviy huquqiy tushunchasi ekanligi o'rganishning o'ziga xos xususiyatlarini yoritishni maqsad qilib qo'ygan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va doktorant-tadqiqotchilari uchun mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 29-iyuldagi 153-um- sonli buyrug'iga asosan nashr etishga ruxsat berilgan. Ro'yxatga olish raqami 153-57.
-
Jinoyat huquqi umumiy qismi institutlari sifatida jinoyat va jazo
Xudaykulov F.X.,Ushbu o'quv qo'llanmada jinoyat va jinoyat tarkibi tushunchalari hamda ular (subyektiv va obyektiv) belgilarining o'zaro munosabati, jinoyat va "actus reus" konsepsiyasining qiyosiy-huquqiy tahlili, jinoiy qilmish va uning turlari: umumiy hamda maxsus belgilar munosabati, jinoiy oqibatning mohiyati, tuzilishi va turlari, jinoyat huquqida sababiy bog'lanish, uning mezonlari va o'ziga xos xususiyatlari. jinoyat va uning tarkibi belgilari bo'yicha qilmishni kvalifikatsiya qilishning asosiy qoidalari, jinoiy jazo tushunchasi, uning turlari va o'ziga xos xususiyatlari, jinoiy jazo tayinlashning umumiy va maxsus asoslari, bir necha jinoyat va bir nechta hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalari oid masalalari bayon qilingan. Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, ilmiy xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan.