-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
-
-
Давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан олимпиада иштирокчилари учун ўқув қўлланма
Ҳотамов У.Ж, Тўраев Т.Э, Топволдиев М.Ҳ,Huquqshunoslik, -
-
-
-
-
Huquqshunoslik,
-
Huquqshunoslik,
-
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI
X.T.Odilqoriyev, I.T.Tultiyev, M.I.Suvonqulov, M.Ahmadshoyeva, D.Rajabova, X.X.Odilqoriyev,Huquqshunoslik,
-
Vorislik va oila huquqi
Yuldashev J.I,Mazkur o'quv qo'llanma yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, fuqarolik, meros va oila qonunchilik hujjatlari asosida qisqa savol-javob tarzida tayyorlangan. Mavzular doirasida kazuslar ham berilgan bo'lib, bu talabani amaliy mushohada yuritishga undaydi. O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari va boshqa oliy o'quv yurti yuridik ta'lim muassasalarining yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim oladigan talabalarga mo'jallangan.
-
Xalqaro xususiy huquqda kollizion normalar
Xazratqulov O.T,Mazkur o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquqda kollizion normalarning tutgan o'rni hamda ahamiyati to'g'risida ilmiy qarashlar va nazariy masalalarga e'tibor qaratiladi. Xalqaro xususiy huquq tizimida kollizion normalarga doir umumiy nazariy qarashlar tahlil etilgan boʻlib, u o'quvchining kollizion normalarni qo'llash masalalariga doir bilimlarini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Ushbu qo'llanma huquqshunoslar, davlat idoralari xodimlari, bu sohaga qiziquvchi bakalavr va magistrant talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya
Allayorov J.T,Ushbu o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquq fanining "Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya" mavzusi doirasida xalqaro sudlovlilik tushunchasi, xalqaro fuqarolik protsessining huquq tizimidagi o'rni, xalqaro sudlovlilik turlari to'g'risida ma'lumot beriladi. Shuningdek, mazkur o'quv qo'llanma talabalarning ushbu mavzular bo'yicha mustaqil ta'lim olish ko'nikmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari, amaliyotchi va ilmiy xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Bitimlar
Qoryog'diyev B.U,Ushbu o'quv qo'llanma bitimlar tushunchasi, uning turlari, shakllari, bitimning haqiqiylik shartlari, haqiqiy bo'lmagan bitimlarning huquqiy asoslari, jumladan, qonun shakliga va uning mazmuniga mos kelmagan bitimlar, muomalaga layoqatsiz shaxslar tarafidan tuzilgan bitimlar, yuridik shaxsning muomala layoqatidan chiqib tuzgan bitimlari, shaxs erk-irodasiga qarshi tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish tartibotini, shuningdek, haqiqiy bo'lmagan bitimlarning ikki turi hisoblangan nizoli hamda o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmagan bitim nisbatlarini, bitimning haqiqiy emaslik oqibatlarini qo'llashning huquqiy asoslarini, rivojlanishining ustuvor jihatlari va xorijiy davlatlar tajribasi kabi masalalar tahlil etilgan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari, doktorantlari, o'qituvchilari va bitimlarga oid masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-
-
-
-
-
Kiberjinoyatchilik
Niyozova S.S,Ushbu o'quv qo'llanmada kiberjinoyatchilik moduli tushunchasi, uning turdosh fanlar tizimidagi o'rni; kiberjinoyatchilik tushunchasi, turlari, shakllari va uning belgilari hamda ko'rsatkichlari, tarkibi, tuzilishi; kiberjinoyatchilik sabablari tushunchasi va uni vujudga keltiruvchi shart- sharoitlar hamda omillar; kiberjinoyatchilikning oldini olish siyosati hamda choralari, subyektlari faoliyati, ularning vazifalari; kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va xorijiy davlatlar tajribasi; kiberjinoyatchilik uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан олимпиада иштирокчилари учун ўқув қўлланма
Ҳотамов У.Ж, Тўраев Т.Э, Топволдиев М.Ҳ,Ўқув қўлланма давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан олимпиада иштирокчилари учун ўқув қўлланма сифатида тайёрланган бўлиб, унда ўқувчи ушбу фандан олимпиада имтиҳонларига тайёргарлик кўриш жараёнида билиши лозим бўлган масалалар Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази, Ўзбекистон РеспубликасиХалқ таълими вазирлиги ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасиҳузуридаги Давлат тест марказининг " Академик лицейларлар, касб-ҳунар коллежлари ва умумтаълим мактаблари ўқувчиларининг умумтаълим фанлари бўйича Республика олимпиадасини ўтказиш тўғрисида"ги қўшимча бўйриғида кўрсатилган талаб ва мезонлар асосида ёритиб берилган.
-
Ҳуқуқшунослик
Маматов Худоёр,Ушбу ўқув қўлланмада давлат ва ҳуқуқ назарияси асослари, маъмурий ҳуқуқ асослари, молия ҳуқуқи асослари, фуқаролик ҳуқуқи асослари, тадбиркорлик ҳуқуқи асослари, мехнат ҳуқуқи асослари, оила ҳуқуқи асослари, экология ҳуқуқи асослари, қишлоқ хўжалик ҳуқуқи асослари, жиноят ҳуқуқи асослари, халқаро ҳуқуқ асосларига атрофлича тўхталиб ўтилган.
-
BUDJET VA BUDJET TIZIMI
U.I.INOYATOV, G.N.AHMADJONOVA,"Budjet va budjet tizimi" o'quv qo'llanmasida davlat budjeti tuzilmasi, uning mohiyati, funksiyalari, prinsiplari va boshqa kategoriyalar bilan munosabatlari bayon etilgan. Uning bigungi bozor sharoitidagi holati, to'gri va oqilona tashkil etilishi va makroiqtisodiy barqarorligi xo'jalik subyektlarining iqtisodiy faoliyatiga va mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga ta'sir etishi asoslab berilgan. Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, mahalliy budjetlarni o'z ichiga oluvchi budjet tizimi va uning tashkiliy-huquqiy asoslarini chuqur o'rganish imkonini beradi. Qo'llanma yakunida berilgan ilovalarda budjet tizimiga oid barcha ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, u xo'jalik subyektlarining budjet bilan o'zaro munosabatlarini yo'lga qo'yishda, budjet tashkiloti rahbarlari mas'ulligini oshirishga xizmat qiladi. Qo'llanma ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishdagi o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va budjet tashkilotlari hisobchi mutaxassislariga mo'ljallangan.
-
AUDIT
NURULLA SANAYEV,Mazkur o'quv qo'llanma buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishi bo'yicha mutaxassis tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmadagi manzularda audit haqida umumiy tushunchalar yoritilgan bo'lib, u mamlakatimiz qonunchiligi me'yorlari asosida yozilgan. O'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlari talabalari, hisobchilar va auditorlar ham foydalanishlari mumkin.
-
IJTIMOIY-IQTISODIY REJALASHTIRISH
G.R.Xolmatova, Sh.T.Mirzakarimova,Ushbu qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Davlat ta'lim standarti talablari asosida tayyorlangan. Respublikamizda mustaqillikka erishilgan ilk davrdan boshlaboq Respublika hukumati tomonidan ijtimoiy muhofaza tizimini tashkil etishga e'tibor qaratilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tartiblari va turlari o'ziga xos tarzda shakllantirildi. Bu tadbirlar bosqichma-bosqich tarzda rivojlantirilayotgan bo'lib, pirovardida barcha tadbirlarni tashkil etishning zamirida rejalashtirish va zarur chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish masalasi orqali ishlar tashkil etilmoqda. Har bir sohada Ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilish davlat iqtisodiyotini tartibga solish hamda boshqarish uchun qo'llaydigan muhim darsliklardan biri bo'lib, bu ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sharoitlarida kutilayotgan maqsadlarga erishish uchun muqobil variantlarni qiyosiy baholash asosida maqbulini tanlab olgan holda bosqaruv qarorlarini qabul qilish hisoblanadi. O'quv qo'llanma mazmunini bayon etishda Respublika Prezidenti I.A. Karimov asarlaridan, Respublika qonunlari va boshqa me'yoriy hujjatlardan, keyingi yillarda mamlakatimizda nashr etilgan darslik hamda o'quv qo'llanmalardan, Respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid statistik materiallardan keng foydalanilgan. O'quv qo'llanma o'rta maxsus kasb-hunar kolleji o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, shuningdek, undan bu fan bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar foydalanishi mumkin.
-
O'ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI TARIXI
H.M.MUHAMEDOV, Z.Y.MUQIMOV, O.T.HUSANOV,O'quv qo'llanma "O'zbekiston davlati va huquqi tarixi" fani dasturi asosida huquqiy va tarixiy fanlarning eng so'nggi yutuqlari hisobiga olingan holda yozildi. Unda O'zbekiston hududida qadimgi davrda, o'rta asrlarda, yangi va eng yangi davrlarda davlat va huquqning rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari xronologik izchillikda yoritildi. O'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning huquq, tarixiy yo'nalishlari o'quvchilari, o'qituvchilari hamda O'zbekiston davlatchiligi va huquqi tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI
X.T.Odilqoriyev, I.T.Tultiyev, M.I.Suvonqulov, M.Ahmadshoyeva, D.Rajabova, X.X.Odilqoriyev,O'quv qo'llanma davlat va huquq sohasidagi hozirgi zamon ilmiy konsepsiyalarini onobatga olgan holda tayyorlandi. U davlat va huquqni talqin etishdagi an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtai nazarlarni ham qamrab olgan. Shuningdek, unda O'zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o'z ifodasini topgan. Davlat va huquqning mohiyati, mexanizmi, funksiyalari va jamiyatni modernizatsiyalash davridagi roli jonli tarzda bayon etildi. O'quv qo'llanma yuridik ilmgohlar talabalariga, o'qituvchilarga, mutaxassislarga, shuningdek, davlat va huquq masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.