-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Профессиональные навыки и методология
Носирходжаева Г.А.,Настоящее учебное пособие призвано помочь студентам вуза в изучении модуля «Профессиональные навыки и методология». Учебное пособие воплощает в себе реализацию одной из важнейших задач современного образования формирование у будущих специалистов soft skill, так называемых гибких навыков. Учебное пособие разработано специально для студентов направления 60420200 «Государственное и общественное управление». а также предназначено для магистрантов, преподавателей, широкого круга читателей, желающих в своей профессиональной деятельности построить успешную карьеру.
-
Yuridik texnika
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik o'quvchilarga turli yuridik hujjatlarni tayyorlashda zarur boʻlgan yuridik-texnik qoidalarni samarali qo'llash, yuridik-texnik usul, uslub va vositalardan foydalanish, yuridik faoliyatni amalga oshirish yuzasidan amaliy ko'nikmalarni egallash, shuningdek, yuridik-texnik va mazmun jihatdan mukammal normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa yuridik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
-
Sotsiologiya
Toshpo'lotov Sh.E.,Ushbu darslikda sotsiologiya fani predmeti, tarkibiy qismlari va tuzilishi, sotsiologik qonunlar, ularning amal qilishi, vujudga kelish tarixi va rivojlanishi, jamiyatni sotsiologik bilish hamda uning bir butun sotsial tizim ekanligi. sotsial tizim tuzilishida sotsial institutlar, tashkilotlar va guruhlar hamda huquq sotsiologiyasi va uning ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tizimidagi roli, jamiyatning sotsial demografik tuzilishi va uni tadqiq etish xususiyatlari kabi masalalar keng tahlil qilingan. Darslik davlat boshqaruvi ta'lim yo'nalishining bakalavr talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq tarixi
Muhamedov H.,Ushbu darslik davlat va huquq tarixining birinchi davri - qadimgi dunyo davlati va huquqi tarixiga bag'ishlanib, unda mazkur fan o'rganadigan masalalar doirasi, ularga yondashish usullari, vazifasi, davrlarga bo'lib o'rganilishi, ahamiyati, ijtimoiy va huquqiy fanlar tizimida tutgan o'rni hamda ular bilan o'zaro aloqadorligi, Qadimgi Sharq va antik dunyo mamlakatlarida davlat va huquqning kelib chiqishi, rivojlanish sabablari, xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, huquqining asosiy belgilari kabi masalalar yoritilgan. Darslik huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va doktorant-tadqiqotchilari uchun mo'ljallangan.
-
Jahon savdo tashkiloti huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda Jahon Savdo Tashkiloti huquqining mazmun-mohiyati, tamoyillari va asosiy qoidalari, institutsional tuzilmasi, nizolarni hal qilish tizimi yoritilgan. Jumladan, JST huquqi va xalqaro huquq o'rtasidagi bog'liqlik, xalqaro savdoda tarif va notarif to'siqlar, subsidiyalar va JST doirasida ularni tartibga solish. shuningdek, istisnolar, intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish va nizolarni hal etish kabi mavzular haqida tushunchalar berilgan. Kitobdan Jahon Savdo Tashkilotiga O'zbekiston Respublikasining a'zolik istiqbollari va kuzatilayotgan huquqiy muammolar kabi mavzular ham o'rin olgan. Darslik oliy yuridik o'quv yurtlari talabalari, tadqiqotchilari, doktorantlari, o'qituvchilari, Tashqi ishlar vazirligi va xalqaro munosabatlar sohasiga ixtisoslashgan boshqa idoralar hamda tashkilotlar xodimlari, shuningdek, Jahon Savdo Tashkiloti huquqi masalalariga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Ekologiya huquqi
Narzullayev O., Nigmatov A.,Mazkur darslik milliy ekologik qonunchilikka oid so'nggi o'zgarish va qo'shimchalarni inobatga olgan holda tayyorlangan. Darslikda ekologiya huquqi tushunchasi, predmeti, metodi va tizimi, ekologiya huquqi manbalari, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi, ekologiya sohasida boshqaruv, ekologik me'yorlash asoslari, ekologik nazorat va ekspertizaning huquqiy holati ko'rsatib o'tildi. Ekologiya huquqiga doir o'quv adabiyotlaridan farqli ravishda mavzularni bayon etishda urg'u huquqshunoslikning oddiy, lekin bo'lg'usi ekologlar uchun yetarli ravishda ma'lum bo'lmagan jihatlariga e'tibor qaratilgan. U tahliliy va qiyosiy materiallarga boyligi, savol va topshiriqlar hamda rasm-sxemalar bilan boyitilgani, tavsiya etiladigan normativ hujjat va adabiyotlar tabaqalashgan ravishda berilgani, ya'ni ta'limning zamonaviy talablari keng ko'lamda qo'llangani bilan ajralib turadi.
-
Iqtisodiy protsessual huquq
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda iqtisodiy protsessual huquq va iqtisodiy ishlarning taalluqliligi va sudlovga tegishliligi, iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, iqtisodiy protsessda isbotlash va dalillar, da'vo, sud xarajatlari, protsessual muddatlar, iqtisodiy ishni qo'zg'atish, tayyorlash va sudda muhokama qilish, birinchi instansiya sudining qarorlari, buyruq tərtibida ish yuritish, soddalashtirilgan tartibda ish yuritish, alohida tartibda ish yuritish, korporativ nizolar bo'yicha ish yuritish, huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi ishlarni yuritish, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari bilan bog'liq ishlarni yuritish, shuningdek, iqtisodiy protsessda chet ellik shaxslarning ishtiroki va sud hujjatlarini qayta ko'rish hamda sud hujjatlarining ijrosi kabi mavzular yoritilgan.
-
Advokatura
Nurumov D.D.,Mazkur o'quv qo'llanmadan advokatura fani tushunchasi, predmeti va tizimi, advokatlik faoliyatining prinsiplari, Advokatlar palatasining huquqiy maqomi, advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi, advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari, advokat maqomini olish, to'xtatib turish, advokatning kasb etikasi va uning javobgarlik masalalari, advokatning fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy, jinoyat sudlari ishlarini yuritishdagi ishtiroki, shuningdek, har bir mavzuga oid kazuslar, asosiy tushunchalar hamda nazorat uchun savollar o'rin olgan.
-
Kriminalistika 1-jild
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik kriminalistika fanini o'rganuvchilar uchun tayanch manba bo'lib, unda kriminalistika nazariyasi va tergov amaliyotida keyingi yillarda yuz bergan muhim o'zgarishlar, kriminalistik texnika sohasidagi yangi ilmiy vositalar, uslubiy tavsiyalar va murakkab xavfli jinoyatlarni tergov qilish uslubiyotlari yoritilgan. Shuningdek, darslikda kriminalistikaning vazifalari, tizimi, metodlari, kriminalistik texnikaning umumiy qoidalari, kriminalistik taktikaning umumiy qoidalari, jinoyatlarni tergov qilish kriminalistik uslubiyoti va boshqa masalalar ham o'z aksini topgan. Darslik oliy o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari, ilmiy xodimlar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
Intellektual mulk huquqi
Yakubova I.B., Yuldashov A.A., Bahramova M.B., Turakulova N.A.,Mazkur darslikda intellektual mulk huquqi sohasidagi nizolarni sudga qadar hal qilish tartiblarini keng joriy qilishning ahamiyati yoritilgan. Xususan, intellektual mulk obyekti hisoblanmish mualliflik huquqi va turdosh huquqlar himoyasini ta'minlashda mazkur jarayonning tutgan o'rni haqida so'z yuritilgan.
-
Raqobat huquqi
Xodjayev B, Radjapov X., Qalandarov A., Abduazizov D.,Ushbu darslikda O'zbekiston Respublikasi raqobat huquqining asosiy mavzulari, masalalari va muammolari yoritilgan. Shu bilan birga, raqobat huquqi yurisprudensiya va iqtisod fanlari chorrahasida joylashganini hisobga olib, bozorlar faoliyati, raqobatning mohiyati hamda monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solishning boshqa iqtisodiy jihatlariga alohida e'tibor qaratilgan. Darslikda keltirilgan materiallar yuridik va iqtisodiyot sohasidagi universitet hamda fakultetlar talabalari, doktorantlari, o'qituvchilari, shuningdek, amaliyotchilar, bozor ishtirokchilari va monopoliyaga qarshi kurashish organining yosh xodimlari uchun tayanch manba bo'lib xizmat qiladi.
-
Qiyosiy konstitutsiyaviy huquq
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslikda qiyosiy konstitutsiyaviy huquq fanining predmeti metodlari, konstitutsiyaning zamonaviy modellari, shaxsning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi, inson huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari, siyosiy partiyalar, davlat boshqaruv shakllarining konstitutsiyaviy modellari, davlat tuzilish shakllarining konstitutsiyaviy modellari, davlat siyosiy rejimining konstitutsiyaviy modellari aks etgan. Mazkur darslik huquqshunoslik yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan.
-
Fuqarolik huquqiga kirish
Oqyulov O., Yuldashev J.I., Imomov N.F.,Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqining asosiy tushunchalari, tamoyillari va tizimi haqida keng qamrovli ma'lumot beradi. Darslikda fuqarolik huquqining manbalari, fuqarolik-huquqiy munosabatlar. yuridik shaxslar va ularning turlari, shuningdek, fuqarolik huquqi obyektlari va bitimlar haqida batafsil tushunchalar keltirilgan. Har bir mavzu nazariy jihatdan yoritilib, amaliy misollar va kazuslar berilgan. Fuqarolik huquqi bo'yicha asosiy tushunchalar va huquqiy muammolarni tushunishga yordam beradi. Bu darslik talabalar va huquqshunoslar uchun foydali manba bo'lib xizmat qiladi. Darslik Toshkent davlat yuridik universiteti, universitetlarning yuridik fakultetlari, huquq asoslari o'qitiladigan oliy o'quv yurtlari talabalariga darslik sifatida tavsiya etiladi. Ushbu darslikdan sud, prokuratura, advokatura, notariat va boshqa organ xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
-
Jinoyat - protsessual huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik Jinoyat-protsessual huquqi fanining (Maxsus qism) sillabusi negizida tayyorlangan bo'lib, jinoyat ishini qo'zg'atish, dastlabki tergov va surishtiruvning umumiy shartlari, shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, dastlabki tergov va surishtiruvni to'xtatish hamda qayta tiklash, dastlabki tergov va surishtiruvni tamomlash, birinchi instansiya sudida ish yuritish, alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish, jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi bir qator mavzular yoritilgan.
-
Jinoyat - protsessual huquqi
Mualliflar jamoasi,Darslik O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga 2024-yil 1-may kuniga qadar kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarni inobatga olgan holda tayyorlanib, unda jinoyat protsessining mohiyati, vazifalari va prinsiplari, jinoyat protsessining ishtirokchilari, da- lillar va isbot qilish, tergov harakatlari isbotlash vositasi, protsessual majburlov, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, jinoyatlarning oldini olish, reabilitatsiya, protsessual muddatlar va chiqimlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov, jinoyat ishida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qi- lish, surishtiruv va dastlabki tergovni to'xtatish va qayta tiklash, surishtiruv va dastlabki tergovni tamomlash, sud muhokamasi, hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish hamda hukmni ijro etish, alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish, jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi masalalar zamona- viy yondashuvlar asosida yoritilgan. Darslik kursantlar va talabalar, tadqiqotchilar, pedagoglar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari va keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Yevropa ittifoqi huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda Yevropa Ittifoqi huquqining asosiy mazmuni Yevropadagi integratsiyaviy jarayonlar bilan hamohang ravishda ochib beriladi. Mualliflar Yevropa Ittifoqi huquqining hozirgi holati va istiqbollarini amaldagi ta'sis shartnomalari va to'ldiruvchi shartnomalarga Lissabon shartnomasi bilan kiritilgan oxirgi o'zgartirishlarni hisobga olgan holda bayon qiladi. Darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining talabalari, tadqiqotchilari doktorantlari, o'qituvchilari, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro munosabatlar sohasiga ixtisoslashgan boshqa idora va tashkilotlar xodimlari hamda Yevropa Ittifoqi huquqi masalalariga bilan qiziqqan keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Saydullayev Sh.A.,Mazkur darslik "Davlat va huquq nazariyasi" moduli bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda modulning o'quv dasturi asosida mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, mufmmoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxxati o'z ifodasini topgan.
-
Ўзбекистон Республикасининг божхона кодекси
Ахмедов А.,Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси 2016 ва 2017 йиллар мобайнида: Ўзбекистон Республикаси Божхона кодекси нормаларининг амал қилиши ва самарадорлиги мунтазам равишда ҳамда ҳар томонлама мониторинг ва таҳлил қилинишини таъминласин; зарур бўлган холларда, Ўзбекистон Республикаси Божхона кодексининг айрим нормаларини янада такомиллаштиришга қаратилган таклифларни белгиланган тартибда киритсин.
-
Ўзбекистон Республикасининг Хаво кодекси
Ахмедов А.,Ўзбекистон Республикасининг самовий худудидан фой- даланиш ҳамда барча ундан фойдаланувчиларнинг фаолияти, шу жумладан авиация фаолияти соҳасидаги муносабатлар Ўзбекистон Республикаси ҳудудида ушбу Кодекс, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан тасдиқ- ланадиган Ўзбекистон Республикаси Самовий ҳудудидан фойдаланиш тўғрисидаги низом, Ўзбекистон Республикаси Самовий худудида авиация парвозининг асосий қоидалари, шунингдек тегишинча Ўзбекистон Республикаси Авиация ҳамда Ўзбекистон Республикаси Мудофаа Ўзбекистон маъмурияти вазирлиги томонидан тасдиқланадиган Республикаси Самовий худудида фуқаро авиациясининг ва экспериментал авиациянинг парвоз қилиш қоидалари ҳамда Ўзбекистон Республикаси Самовий худудида давлат авиациясининг парвоз қилиш қоидалари ва бошқа қонунчилик хужжатлари билан тартибга солинади.
-
Ўзбекистон Республикасининг сайлов кодекси
Ахмедов А.,Қуйидагилар ўз кучини йўқотган деб топилсин: 1) Ўзбекистон Республикасининг 1991 йил 18 ноябрда қабул қилинган «Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови тўғрисида»ги 414-XII-сонли Қонуни (Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1992 йил, № 1, 34-модда); 2) Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 1991 йил 18 ноябрда қабул қилинган «Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови тўғрисида»ги Ўзбекистон Республи- касининг Қонунини кучга киритиш ҳақида»ги 415-ХІІ-сон- ли Қарори (Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахбо- ротномаси, 1992 йил, № 1, 35-модда);