-
-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
юриспруденция,
-
-
юриспруденция,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Jinoyat-protsessual huquq
mualliflar jamoasi,Mazkur darslik "Jinoyat-protsessual huquqi" fanining umumiy va maxsus qismlari bo'yicha o'quv dasturi negizida tayyorlangan va yuridik kollejlar oʻquvchilariga mo'ljallangan.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Musayev B.T, Aliyeva K.R, Narimanov B.A.,Konstitutsiyaviy huquq bo'yicha tayyorlangan darslik, yuridik kollejlar- ning talabalari uchun moʻljallangan ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga kiritilgan barcha o'zgartirishlar e'tiborga olingan. Darslik kollejlarning talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
Ma'muriy hujjatlar
mualliflar jamoasi,"Ma'muriy hujjatlar" darsligi O'zbekiston Respublikasining ma'muriy huquq sohasi bilan bogʻliq yangi qonunchiligiga asoslangan holda ma'muriy hujjatlarning nazariy-huquqiy masalalarini yoritib berish, ma'muriy hujjatlar bilan bog'liq huquqni qoʻllashda zarur bo'lgan nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur darslik 10 ta bobdan iborat bo'lib, belgilangan dastur doirasida shakllantirilgan. Darslikda quyidagi masalalar qamrab olingan: ma'muriy hujjat tushunchasi, mohiyati va uning o'ziga xos xususiyatlari; ma'muriy hujjatning shakli va mazmuni; ma'muriy hujjatning asosliligi; ma'muriy hujjatning kuchga kirishi; ma'muriy hujjatni tushuntirib berish va uni tuzatish; ma'muriy hujjatning amal qilishini tugatish, uni bekor qilish, o'zgartirish yoki haqiqiy emas deb topish; litsenziyalash sohasidagi ma'muriy hujjatlar; ruxsat berish sohasidagi ma'muriy hujjatlar; ro'yxatdan o'tkazish sohasidagi ma'muriy hujjatlar; davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bogʻliq boshqa sohalarda ma'muriy hujjatlar.
-
Sud protsessual hujjatlari
mualliflar jamoasi,Mazkur darslikda fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishga oid protsessual hujjatlar, ularning turlari va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, har bir mavzuga oid nazorat uchun savollar, protsessual hujjatlardan namunalar o'rin olgan. Darslik yuridik texnikum o'quvchilari va keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
-
Xodimlar bo'yicha ish yuritish
Matrasulov D.,Darslikda xodimlar boʻyicha ish yuritish tartibi, usullari va vositalari, kadrlar boʻlimining faoliyati, kadrlar boʻlimi xodimlarining vazifa va funksiyalari, shuningdek, korxona, muassasa, tashkilotlarda xodimlar bo'yicha ish yuritishni tartibga solishga qaratilgan turli masalalar yoritilgan. Mazkur darslik xodimlar bo'yicha ish yuritish amaliyotida rioya qilinishi kerak bo'lgan qoidalarni va turli lokal hujjatlardan namunalarni o'z ichiga olgan. Darslik o'quvchilarga mehnat qonunchiligi normalarini amaliyotda qo'llashni o'rgatish maqsadida tayyorlangan o'quv adabiyoti hisoblanadi. Darslik 3240100 yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi o'quv dasturiga mos ravishda tayyorlangan bo'lib, darslikdan yuridik oʻrta maxsus ta'lim muassasalari (yuridik kollejlar) o'quvchilari, bakalavriat yoʻnalishi talabalari va xodimlar bo'yicha ish yurituvchi mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
-
Тошкент медиация маркази медиаторларнинг одоб-аҳлоқ қоидалари
Муаллифлар жамоаси,Мазкур кўлланма АҚШ Халкаро тараккиёт агентлиги (USAID) оркали кўрсатилган Америка халкининг ёрдами асосида яратилган. Маҳсулот мазмуни бўйича маъсулият Tetra Тесh DPKга юклатилади ва USAID ёки АКШ хукумати расмий нуктаи назарини акс эттириши шарт эмас. Ушбу қўлланма USAIDнинг Ўзбекистондаги хукукий ислоҳотлар дастури доирасида тайёрланди.
-
ECTS Кредит - модуль тушунчаси ва қоидалар
Ўринов В, Султўнов М, Умаров А.,Мазкур кўлланма АҚШ Халкаро тараккиёт агентлиги (USAID) оркали кўрсатилган Америка халкининг ёрдами асосида яратилган. Маҳсулот мазмуни бўйича маъсулият Tetra Тесh DPKга юклатилади ва USAID ёки АКШ хукумати расмий нуктаи назарини акс эттириши шарт эмас. Ушбу қўлланма USAIDнинг Ўзбекистондаги хукукий ислоҳотлар дастури доирасида тайёрланди.
-
Sanoat mulk huquqi obyektlari
Mexmonov Q.M,Ушбу ўқув қўлланма олий таълим муассасаларида кредит-модуль тизимини самарали ж рий қилишга йўналтирилган бўлиб, унда олий таълимнинг барча иштирокчилари, жумладан, профессор-ўкитувчилар, талабалар, илмий изланувчилар, педагогик кадрларни кайта тайёрлан ва малакасини ошириш минтақавий ва тармок марказлари тингловчилари ва раҳбар ходимлар учун зарур маълумотлар тақдим қилинган. Мазкур қўлланмада кредит-модуль тизими тарихи, ECTS (European Credit Transfer System), дунё мамлакатларидаги кредит-модуль тизимига турлича ёндашувлар, атамалар, кредит-мо- дуль тизими тамойиллари, афзалликлари, кредит-модуль тизимида ўкув дастурларининг яра- тилиши, талабалар билимини баҳолашга оид тавсиялар, назорат турларини ўтказиш тарти- блари, талабаларга хизмат кўрсатиш регистратор офис фаолияти, академик мобиллик ва кредитларни тан олиш тартиби, транскрипт, мустақил таълимни ташкил этишнинг мақсади ва вазифалари, таьлим дастурларини халкаро аккредитациядан ўтлазиш, олий таълим тизими- да кредит-модуль тизимни жорий қилишдаги мавжуд муаммолар ва уларнинг ечимлари буйи ча таклифлар келтирилган.
-
Жиноят процессида далиллари ва исботлаш
Базаров Д, Суюнова Д, Махмудов С, Шамсутдинов Б.,Мазкур дарслик “Жиноят процессида далиллар ва исбот қилиш" фани бўйича ўкув дастури негизида тайёрланган бўлиб, 60420100 - "Юриспру денция (фаолият турлари бўйича)" йўналиши Давлат таълим стандартига мувофиқ, юридик олий таълим муассасалари ва факультетлари талабалари учун мўлжалланган.
-
Меҳнат ҳуқуқи
Муаллифлар жамоаси,Дарсликда мехнат хукукининг асосий қоидаларини хамда ишга жойлаштириш, меҳнат шартномаси, иш вақти, дам олиш вакти, мехнатга хак тўлаш, кафолатли тўловлар ва компенсация тўловлари, мехнат интизоми, мехнат шартномаси тарафларининг моддий жавобгарлиги, мехнатни муҳофаза килиш, мехнат низолари каби мухим институтларининг нормаларини ўрганиш оркали талабаларга ушбу хукуқ соҳасига оид таянч билимларни бериш қаратилган. Дарслик 5240100 юриспруденция таълим йўналиши ўкув дастурига мос равишда тайёрланган. Дарсликдан юридик олий таълим муассасалари талабалари, ўкитувчилар, илмий ходимлар, тадкикотчилар, шунингдек мехнат конунчилиги масалалари билан кизикувчи кенг китобхонлар фойдаланишлари мумкин. Дарсликда 2022 йил 1 ноябрга кадар амалда бўлган норматив-хукукий хужжатлардан фойдаланилган.
-
Alvido bolalik
Malik T.,"Alvido, bolalik" Tohir Malik ijodida alohida o'rin tutadi. Asardagi asosiy mavzu - hech kim jinoyatchi bo'lib tug'ilmaydi, bolani atrof-muhit, jamiyat dagi turli illatlar jinoyatchiga aylantiradi. Xususan, qissa qahramoni Asror ham shu ko'chaga bilib-bilmay kirib qolganlardan. Bo'lmasa, u iste'dodli k o'quvchi bo'lsa. Bunday qiziqarli paradoks mazkur qissani qo'ldan qo'ymay o'qishga majbur etadi kitobxonni ham. Adib o'smirlar va yoshlarning jinoyat ko'chasiga kirib qolayotganiga befarq qarab turolmagan. Bolalar axloq tuzatish koloniyalaridagi bolalar.... Ozod, erkin yashab, o'qib, hunar o'rganadigan yoshdagi bolalar bu yerga qa nday tushib qolishadi?! Nahot jinoyat olami ularga jozibali ko'rinsa?! Adib jinoyat olamini "Shaytanat, ya'ni shaytonlar yetovidagi zumlkorlar mam- lakati deb atab, "Ehtiyot bo'ling, bu ko'chaga yaqin yo'lamang. Boshi berk bu ko'chaning adog'ida faqatgina azobli, xorli o'lim topasiz", demoq niyatida yozgan. Bu qissani yoshlar uchun bir ogohlantirish deb atash mumkin.
-
Turkman zamonaviy she'riyati antologiyasi
mualliflar jamoasi,O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 15-oktabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida tashkilotga a'zo davlatlar adabiyotining eng sara namunalaridan iborat "Turkiy adabiyot durdonalari" deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumini har bir mamlakatning ona tilida nashr etish g'oyasini ilgari surgan edi. Ushbu ezgu tashabbus asosida birinchi bo'lib O'zbekistonda mana shu muhtasham adabiy majmua yaratildi. Mazkur keng ko'lamli, zalvorli badiiy silsilaga umumturkiy adabiyotning eng yetuk namunalari, O'zbekiston, Turkiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Vengriya davlatlarining atoqli shoir, adib va mutafakkirlarining asarlari kiritildi.
-
Ijro ishi yuritish
M.Q. O'razaliev,Yuridik texnikum o'quvchilari uchun tayyorlangan mazkur darslikda davlat ijrochisining ijro ishini tashkil etish jarayonida sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlash faoliyatiga oid dolzarb masalalar yoritib berilgan.
-
Agrar huquqi
Mualliflar jamoasi,Yuridik ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan texnikumlar o'quvchilari va agrar huquqi fani bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Majburiyat huquqi
Mualliflar jamoasi,Yuridik texnikumlar uchun tayyorlangan mazkur darslik, majburiyat huquqi tushunchasi va uning vujudga kelishi, majburiyat huquqi tushunchasi va uning vujudga kelishi, majburiyat subyektlari, majburiyatda shaxslarning o'zgarishini o'zida ifodalaydi.
-
Shartnoma tuzish
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Huquq birlashmasining 2019-yil 5-fevraldagi 4-son qarori bilan yuridik texnikumlar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
-
-
-
Advokatura
D. Habibullayev,Darslik yuridik texnikumlarda ta'lim oluvchi o'quvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, advokatlar, shuningdek, advokatura institutiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Notarial harakatlar
G.M. Mamaraimova,Ushbu darslik yurisprudensiya soha mutaxassisligi o'quvchilari, talabalari,shuningdek, notarial idora xodimlari hamda keng jamoatchilik foydalanishi uchun mo'ljallangan.