-
-
-
-
-
-
Гендер тенглиги: ғоядан қонунга қадар
Холиқова М, Ишанханова Г, Пўлатова Ш.,Гендер тенглик, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ўзбекистон Республикасида ярашув тўғрисидаги ишлар бўйича иш юритиш
Тулаганова Г.З, Базарова Д.Б, Шукуров Ж.Р.,юриспруденция, -
-
Huquqshunoslik,
-
Murdalar gapirmaydilar
Tohir Malik,Hesh qanday zulm jazosiz qolmaydi. "Murdalar gapirmaydilar" qissasida ana shu hayot falsafasi haqida fikr yuritiladi.
-
Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug'ati
Mualliflar jamoasi,Mamlakatimizda elektron hukumat tizimining joriy etilishi natijasida dav- lat xizmatlarining samarali va kam xarajatli boshqaruv usuli joriy etilmoq- da, natijada jamiyat va hukumat munosabatlari tubdan yangi bosqichga olib chiqiladi, fuqarolik jamiyati rivojlantirilib, hukumatning xalq oldidagi javob garlik darajasi oshiriladi. Ushbu lug'at O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimiz- da oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni ijrosi doirasida AKT sohasi xodimlari, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari hamda barcha qiziquvchilar foydalanishi mumkin boʻlgan terminologik bazani shakllantirish maqsadida tuzildi. Mazkur lug'atdan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi- da faoliyat yurituvchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, tegishli ixtisoslikdagi talabalar va aspirantlar, shuningdek, AKTga qiziquvchilarning keng ommasi foydalanishlari mumkin.
-
Yulduzli tunlar
Pirimqul Qodirov,O'zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romanini mutola qilgan yosh kitobxonlarning ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi. Ushbu nashrning o'ziga xos jihatlaridan biri, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so'z va iboralar yanada tushunarli bo'lmog'i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan.
-
Янги Ўзбекистоннинг истеъдодли ёшлари
Mualliflar jamoasi,Биз Ўзбекистонни ривожланган мамлакатга айланти- ришни мақсад қилиб қўйган эканмиз, бунга фақат жадал ислоҳотлар, илм-маърифат ва инновация билан эриша оламиз. Бунинг учун, авваламбор, ташаббускор ислоҳотчи бўлиб майдонга чиқадиган, стратегик фикр юритадиган, билимли ва малакали янги авлод кадрларини тарбияла- шимиз зарур. Шунинг учун ҳам боғчадан бошлаб олий ўқув юртигача - таълимнинг барча бўғинларини ислох килишни бошладик. Мамлакатимизда илм-фанни янада равнақ топтириш, ёшларимизни чуқур билим, юксак маънавият ва мадани- ят эгаси этиб тарбиялаш, рақобатбардош иқтисодиётни шакллантириш борасида бошлаган ишларимизни жадал давом эттириш ва янги, замонавий босқичга кўтариш мақсадида мен юртимизда 2020 йилга «Илм, маърифат ва ракамли иқтисодиётни ривожлантириш йили» деб ном беришни таклиф этаман.
-
Ikki eshik orasi
O'tkir Hoshimov,Etiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob O'tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o'uvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qarib qirq yillik davrni o'z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o'z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebragan.
-
Гендер тенглиги: ғоядан қонунга қадар
Холиқова М, Ишанханова Г, Пўлатова Ш.,Ушбу услубий қўлланма давлат органлари, ННТ, ижтимоий институтлар соҳасида фаолият олиб бораётган мутахассисларнинг гендер тенглиги масалаларига оид билим, ту- шунча ва компетенцияларини ривожлантиришга мўлжалланган. Кўлланма тўрт бобдан иборат бўлиб, унда ўрганилаётган масалалар бўйича асосий атамалар ва тушунчалар берилган, дунёда ва Ўзбекистонда гендер сиёсати, гендер тенг- лиги муаммосининг тамаддунлараро эволюцияси, муаммонинг халқаро ва миллий қонунчи ликда, хукуқий ҳужжатларда акс этиши, миллий анъаналар ва қадриятлар, гендер стерео- типлари ва уларнинг ижтимоий воқеликдаги акси масалалари таҳлил қилинган. Оиладаги жинсий зўравонлик муаммосини ёритишга ва ҳуқуқни қўллаш амалиётига алоҳида эъти- бор қаратилган.
-
Davlat tilida ish yuritish
Maxmudov N.,Ushbu qoʻllanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng ko'p qoʻllanadigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari masalalariga to'xtab o'tildi, ularga doir namunalar ko'rsatildi, ish yuritishga oid lug'at beril- di. Qoʻllanma, birinchi navbatda, tashkilotlar rahbarlari va xodimlariga, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, kotib-referentlar, kadr xizmati xodimlari- ga moʻljallangan, shuningdek, undan hisobchilar, adliya maslahatchilari, auditor, menejerlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Odam bo'lish qiyin
O'lmas Umarbekov,O'lmas Umarbekovning yoshlar hayoti, ma'naviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib o'qiladigan asaridir.
-
O'zbek tili me'yorlari (punktuatsiya).
Mualliflar jamoasi,Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy kengashining 2020-yil 2-dekabrdagi 8-yig'ilish qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi Respublika ta'lim markazi ilmiy-metodik kengashining 2015-yil 15-iyundagi qarori bilan ma'qullangan va nashrga tavsiya etilgan.
-
Shum bola
G'afur G'ulom,Adibimiz G'. G'ulomning bu qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. "Dandon sopli pichoq" dan boshlanib, chuvalashib ketgan gapni boyning qizi-Adolning "o'g'il tug'ib bergani" ga borib ulab "innankeyin"chi, o'lgudek injiq, ziqna, ezma Sariboyni mot qilgan Sum bola haqida
-
O'nta negr bolasi
Agata Kristi,Ushbu asarda bir-biriga hesh qanday aloqadar bo'lmagan o'nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Dunyodan ajrab qolgan bo'm-bo'sh orol, ko'p xonali, zimiston yo'lakli sirli uy va Zanjilar orolining sohifi taklifiga ko'ra uyga kelgan o'ta mutloqa notanish, bir-biriga o'xshamagan o'nta odam.
-
Yuridik klinik ta'lim asoslari
Narziyev O.,Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma Yuridik klinikaga qabul qilingan talabalar, klinikadagi kurator o'qituvchilar va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda huquqiy maslahat berishga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Ushbu nashrning mazmuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi yoki uning faoliyatiga hissa qo'shadigan tashkilotlarning qarashlari yoki siyosatlarini aks ettirmaydi, shuningdek, ushbu nashrda qo'llanilgan belgilar va materiallar taqdimoti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan biron-bir mamlakat, hudud yoki shaharning yoki uning hokimiyatining huquqiy maqomi yoki uning chegaralari yoki chegaralarini delimitatsiya qilish to'g'risida hech qanday fikr bildirishni anglatmaydi.
-
Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi
Mualliflar jamoasi,Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi. Darslik. Toshkent, O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2022. 767 bet. Mazkur darslikda "Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi" fanining tushunchasi, predmeti, manbalari, uni o'rganish uslublari, inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum, davlat shakllari, saylov huquqi va referendum, davlat boshlig'i, qonunchilik, ijro va sud hokimiyat organlarining huquqiy maqomi, mahalliy boshqaruv va o'zini-o'zi boshqaruvga oid masalalar yoritilgan. Darslik bakalavr va magistratura bosqichi talabalariga, aspirant va yuridik o'quv yurtlari o'qituvchilariga, mutaxassislarga, shuningdek, konstitutsiyaviy huquq fanini o'rganuvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Fuqarolik va oila huquqi
Ro'ziyev R.J, Topildiyev V.R, Choriyev M.Sh.,Ushbu darslikda fuqarolik huquqi tushunchasi, predmeti, tizimi va manbalari, fuqarolik huquqining subyektlari va obyektlari, fuqarolik huquqida bitimlar, vakillik va ishonchnoma, muddatlar va da'vo muddatlari, mulk huquqi, mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari, mulk huquqining asosiy tamoyillari, mulk shakllari, ashyoviy huquq va uning turlari, xususiy va ommaviy mulk huquqi, mulk huquqini himoya qilish, majburiyat huquqi, majburiyatlami vujudga kelishi, majburiyat subyektlari va obyektlari, majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usullari, majburiyatlarni bekor bo'lishi, shartnoma huquqi, shartnomalarning turlari, shartnomalarni tuzish va bekor qilish bilan bog'liq masalalar amaldagi qonun hujjatlari asosida yoritib berilgan. Darslik "Fuqarolik va oila huquqi" fanini o'rganish va o'rgatish bilan shug'ullanuvchi professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, kursantlar, talabalar, tinglovchilar, ilmiy xodimlar hamda huquq ijodkorligi faoliyati bilan qiziquvchilarga moʻljallangan.
-
Shartnoma huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda shartnomalar to'g'risidagi umumiy tushunchalar, fuqarolik huquqiy shartnomalarni tizimlashtirish, fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzish va shartnoma taraflarining oʻzgarishi, shartnomani o'zgartirish va bekor qilish asoslari, mulkni topshirishga qaratilgan shartnomalar, ishlarni bajarishga qaratilgan shartnomalar, xizmat ko'rsatishga qaratilgan shartnomalar, turli tuzilmalarni tashkil etishga qaratilgan (umummaqsadli) shartnomalar, aralash va nomlanmagan shartnomalar, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik, shartnomalarning haqiqiy emasligi va uning huquqiy oqibatlari yoritib berilgan. Darslik "Shartnoma huquqi" fanini o'rganish o'rgatish bilan va shug'ullanuvchi professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar, tinglovchilar, ilmiy xodimlar hamda huquq ijodkorligi faoliyati bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan.
-
Chol va dengiz
Xeminguey Ernest,Ushbu kitobda dunyo miqyosida mashhur adib, "Nobel" mukofoti sovrindori E.Xemingueyning eng sara asarlari kiritilgan.
-
Ўзбекистон Республикасида ярашув тўғрисидаги ишлар бўйича иш юритиш
Тулаганова Г.З, Базарова Д.Б, Шукуров Ж.Р.,Мазкур укув-кулланма "Жиноят процессуал хукуки" ўкув модули асосида Ярашув тўғрисидаги ишлар бўйича иш юритиш" мавзуси юзасидан тайёрланган. Ушбу ўқув-кўлланмада ярашув институтини қўллашдаги муаммоларни бартараф этишга қаратилган тавсиялар берилган бўлиб, ушбу ўқув-кўлланмада ярашув институти тушунчаси ва МОҲИЯТИ очиб берилди, Ярашув институти буйича Мавжуд институтционал-хукукий асосларни ўрганилган; Ярашув институти қўлланилган ишларнинг ҳозирги ҳолати тенденцияларини таҳлил килинган шунингдек, жиноят-хукукий Ва жиноят-процессуал қонунчилигида ярашув институтини қўлланиш уларни таснифлаш ҳолатлари уларнинг Ўзига хос хусусиятларига бағишланган. Шунингдек, Ярашув институтини такомиллаштиришга таъсир этувчи омилларни тадкик этилган; Мазкур ўқув-кўлланмада хорижий мамлакатларда ярашув институтини қўллаш тажрибаси ёритиб берилган. Мазкур укув-кўлланма юридик олий укув юртларининг магистратура ва бакалавриат босқичида таълим олувчи талабалар ҳамда жиноят процессида ярашув тўғрисидаги ишлар бўйича иш юритиш билан кизикувчи кенг китобхонларга мўлжалланган.
-
Ulug'bek xazinasi
Odil Yoqubov,Odil Yoqubovning uhbu asari o'quvchini bir dam tarix sahnasiga olib chiqadi. Yaxshilar davrida ilm va odamiylikka, xiyonatkor amrlar qurshovida makkarlik va xudbinlikka guvoh bo'ladi
-
Huquqni qo'llash-huquqni amalga oshirishning maxsus shakli
Husanoboyev O.O,Mazkur o'quv qo'llanmada "Davlat va huquq nazariyasi" moduli doirasida "Huquqni qo'llash - huquqni amalga oshirishning maxsus shakli" mavzusi bo'yicha tayyorlangan boʻlib, unda huquqni qo'llash tushunchasi, shakllari va bosqichlari, metodlari, huquqni qo'llash hujjatlari xususiyati, huquqni qo'llash hujjatlarining normativ-huquqiy hujjatlardan farqlari hamda O'zbekiston Respublikasida huquqni qo'llash samaradorligini oshirish masalalari bayon etilgan. Shuningdek, o'quv qo'llanmada mavzuga oid muammoli savollar, testlar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati ham o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik o'quv yurtlari bakalavriati talabalariga va huquqni qo'llashning dolzarb masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.