-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Huquqshunoslik,
-
-
Andisha va g'urur
Ostin J.,Jeyn Ostin Andisha va g'urur. (Gordost i predubejdeni- yes) asarida qishloq dvoryanining qizi Elizabet Bennet bilan o'zining kelib chiqishi, boyligi ila mag'rur boy pomeshchikning o'g'li Fitsuilyam Darsi o'rtasidagi sarguzashtlarni hikoya qila di. Asar 1813-yilda nashr qilinib, adabiyot dunyosida katta shov-shuvga sabab boʻldi. Ushbu asar haqida o'sha paytdagi «Britaniya tanqidchisi» jurnali shunday yozgan edi: «Asar shu paytgacha o'quvchilar hukmiga havola qilingan bu turdagi hamma romanlardan yuqori turadi». Umid qilamizki, mazkur asar hurmatli o'zbek kitobxonlariga ham manzur boʻladi.
-
Анна Каренина
Толстой Л.Н,Бахтли оилаларнинг ҳаммаси бир-бирига ўхшайди, бахтсиз оилаларнинг эса ҳар бири ўзича бахтсиздир. Облонскийлар уйида ҳамма нарса остин-устун бўлиб кетди. Хотини эрининг уйларида мураббиялик қилган фран- цуз аёл билан алоқада бўлганлигини билиб қолиб, унга, энди сен билан бир уйда тура олмайман, деди. Эр-у хотиннинг ўзлари ҳам, оила аъзолари ҳам, уй хизматкорлари ҳам уч кундан бери давом этиб келаётган бу машмаша ҳаммалари- нинг таъбини хира қилганини сезиб турардилар. Оиланинг барча аъзолари ва уй хизматкорлари: ўзларининг бирга ту- ришларида хеч кандай маъно колмаганини ва ҳар қандай карвонсаройда тасодифан топишган одамларнинг улардан кўра, яьни Облонскийларнинг оила аъзолари билан уй хизматкорларидан кўра, бир-бирларига инокрок эканлик- ларини сезиб турардилар.
-
If qal'asining mahbusi. Ikkinchi kitob.
Dyuma, Aleksandr,"If qal'asining mahbusi" asari jahon adabiyotining o'lmas durdonalaridan biri hisoblanadi! Ushbu asar vatanimizda ham bir necha bor qayta chop etilgan. Chunki har doim bu kitobga talab katta bo'lgan. Asarni o'qish davomida biror joyda mantiqsizlikka duch kelmaysiz. - Asarning asosiy qahramoni Edmon Dantes bo'lsa ham, adib ikkinchi darajali qahramonlar orqali ham juda katta mazmun yaratadi. Buni siz Abbat Faria, Vilfor, Alber, Danglar kabi qahramonlarning tabiati va suhbatidan bilib olasiz. Asarda faqat Edmon Dantesning dushmanlaridan o'ch olish g'oyasi emas, balki dunyodan ezgulikni axtarishi ham namoyon bo'ladi. Ushbu kitob ilk bor o'zbek tilida 1974-yilda chop etilgan. Bu davrdagi nashrida ayrim so'z va jumlalarning ma'nosi izohlanmagan yoki ruscha so'zlar, yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki o'sha davr nashriyoti xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qo'shimcha iqtiboslar kiritildi va asar hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.
-
Kon-Tikida safar
Xeyerdal T.,Qo'lingizdagi Kon-Tiki-da safar kitobi dunyodagi ko'p xalqlar tiliga tarjima qilingan. Asarda norvegiyalik etnograf olim Tur Xeyerdalning besh sayohatchi hamrohi bilan birga oddiy palma yog'ochidan yasal- gan (sol) qayiqda (1947-yil) Tinch Okeaniga chiqib, Peru orolidan Polineziya orollarigacha suzib borgani haqida hikoya qilingan. Mustaqillikdan so'ng erishgan yutuqlarimiz ichida eng hay- ratlanarlisi yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg'otish bo'ldi. Ayni ma'noda bu kitob yetti yashardan yetmish yashargacha boʻlgan kishilarni irodali, e'tiqodli qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi hamda kishilarda birdamlik kayfiyatini uyg'otadi. Zero, Kon-Tiki da safar romanida ochiq dengiz manzaralari va ana shu poyonsiz ummondagi qahramonlar har qanday qiyinchi- liklarga barham berib o'z ko'zlagan manzillariga eson-omon yetib boradilar. Bu safardagi ramz-ishoralar kishi qalbini yoshartiradi, unda hayotga boʻlgan tashnalikni ikki hissa oshiradi. Aslida bu asar qaysidir ma'noda ko'ngil sari bir safar hamdir.
-
Jinoyat huquqi
M.H.Rustamboyev , B.J.Ahrorov,"Jinoyat huquqi" fani darsligining yozilishidan maqsad-talabalarda chuqur nazariy bilimlarni shakllantirish hamda shu asosda huquq - tartibot va sud organlarining bo'linmalari va xizmatlariga yuklangan vazifalarni samarali hal qilish uchun zarur bilim va ko'nikmalarni berishdan iborat.
-
-
Abdurauf Fitrat
Abdurauf Fitrat,Taniqli fitratshunos olim Hamidulla Boltaboyevning ushbu risolasida oʻzbek jadid adabiyotining asoschilaridan biri Fitratning hayot yo'li, ilmiy-adabiy merosi yoritilgan. "Munozara", "Qiyo- mat", "Yurt qayg'usi", "Abulfayzxon" kabi mashhur asarlarining tahlili berilgan. Shuningdek, risoladan Fitrat domlaning hikmatlari, ulug' olimlarning u zot haqidagi e'tiroflari o'rin olgan. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan.
-
Munavvar qori Abdurashidxonov
Munavvar qori Abdurashidxonov,Tarixchi olim Sotimjon Xolboyev qalamiga mansub ushbu risolada jadidchilik harakati rahnamolaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonovning hayot yo'li va ijtimoiy-ijodiy faoliyatiga nazar tashlanadi. Uning tarixda tutgan o'rni hamda eng muhim madaniy-ijtimoiy xizmatlari tahlil etiladi. Shuningdek, risoladan adibning hikmatli so'zlari va ziyolilarning e'tiroflari ham o'rin olgan. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan.
-
-
Is'hoqxon To'ra Ibrat
Is'hoqxon To'ra Ibrat,Pedagogika fanlari doktori, professor Ulug'bek Dolimovning mazkur risolasida Is'hoqxon Ibratning hayot yo'li, tarixnavis, tilshunos va shoir sifatidagi ijodiy faoliyati yoritiladi. Shu bi- lan birga, risoladan Ibratning noshirligi, jamoat arbobi sifatidagi faoliyati haqida e'tiroflar hamda uning hikmatli so'zlari o'rin olgan. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
G'ulom Zafariy
G'ulom Zafariy,O'zbek jadid adabiyoti tarixini G'ulom Zafariy ijodisiz tasav. vur etish qiyin. Zero, o'zbek adabiyotida musiqali drama janri va bolalar dramaturgiyasining vujudga kelishi bevosita uning nomi bilan bog'liq. Adib o'z asarlari bilan o'tgan asrning 20-30-yillari ma'naviy-ijtimoiy hayotida sezilarli iz qoldirdi. G'ulom Zafariy shoir, dramaturg, publitsist, aktyor, rejissor, bastakor, teatrshunos, musiqashunos, folklorchi olim ham bo'lgan. Mazkur risolada G'ulom Zafariy ijodining ayni jihatlariga e'tibor berildi. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy,XX asr o'zbek adabiyotining mumtoz namoyandasi, iste'dodli adib Abdulla Qodiriy o'zbek romanchilik maktabining asoschisi sanaladi. Uning asarlari o'zbekning har bir xonadoniga kirib bordi, har bir o'zbek kitobxonining sevimli asarlari qatoridan o'rin oldi. Abdulla Qodiriyning nomi asarlari bilan birga jahonga tanildi. Shu e'tibordan Bahodir Karimovning mazkur risolasida yozuvchining hayoti, ijodi, romanlari, satirik asarlari tahlili va qodiriyshunoslik xususida ma'lumot beriladi. Shu bilan birga, kitobdan adibning hikmatli so'zlari hamda boshqalar tomonidan e'tirof etilishi ham o'rin olgan. Risola keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
-
Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniy,Abdulla Avloniy - Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotining yirik vakili. Bu davr adabiyotining biror-bir qirrasi yo'qki, Avloniy ijodida bo'y ko'rsatmagan bo'lsa: millatni uyg'otishga va milliy ozodlikka chaqiruvchi she'rlarini deysizmi, teatr sohasidagi faoliyatini hamda dramatik asarlarini sanaysizmi, yangi avlod tarbiyasiga bag'ishlangan pedagogik asarlarini ayta- sizmi, milliy matbuotni oyoqqa turg'izishdagi sa'y-harakatlari yoxud shu matbuot sahifalarida bosilgan publisistik maqolalarini olasizmi bular- - ning barchasi bizga Abdulla Avloniy shaxsiyatini millat taraqqiyoti yo'lida fidoyilarcha xizmat qilgan ulkan mutafakkir sifatida namoyon etadi. Ushbu risolada shoir ijodining mana shunday muhim qirralarini qamrab olishga harakat qilindi. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Muhammadxo'ja Behbudiy
Muhammadxo'ja Behbudiy,Mahmudxo'ja Behbudiy jadidchilik harakatining yirik namo- yandasi, oʻlka jadidlarining yetakchisidir. U pedagogika, jurnalis- tika, matbaachilik, noshirlik, siyosat, tijorat va boshqa qator ishlar bilan shug'ullangan. Bundan tashqari, Behbudiy yangi o'zbek adabiyotining shakllanishi va rivojiga ham o'z hissasini qo'shdi. Ushbu risolada ma'rifatparvarning hayot yo'li, faoliyati, jadidchilik harakatining yirik vakillari bilan munosabati, ijodidan ayrim asarlari tahlilga tortilgan. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan.
-
Xo'jalik (Tadbirkorlik) huquqi
F.H.OTAXONOV,O'zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o'tish davrida iqtisodiyotning turli sohalarini malakali yuristlar bilan ta'minlash bugungi kunningdolzarb vazifasidan biridir.Huquqshunoslik yo'nalishidagiva boshqa ixtisoslashgan kasb-hunar kolleji talabalari ham "Xo'jalik (tadbirkorlik)huquqi" fanini chuqur egallashlari lozimdir. Shuning uchun "Xo'jalik (tadbirkorlik)huquqi" fanidan yozilgan ushbu darslik kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan dastur asosida tayyorlandi.Ushbu darslik huquqshunoslik va boshqa ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari uchun hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan shaxslarni foydalanishlari uchun mo'ljallangan
-
Abdulhamid Cho'lpon
Abdulhamid Cho'lpon,XX asr o'zbek adabiyotidagi ayrim yangilanishlar Cho'lpon faoliyati bilan bog'liq. Adabiyotshunos Dilmurod Quronovning ushbu risolasida otashin shoir, iste'dodli adib Abdulhamid Cho'l- ponning hayoti va ijodi, xususan, she'riyati hamda nasriy asarlari muhokama qilinadi. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Ўтмишдан келган адолатли нидолар
mualliflar jamoasi,Ушбу китоб мустақиллигимизнинг дастлабки йилларидан бошлаб Ўзбекистон Республикаси давлат архивидан, Ўзбекистон миллий архивидан, Республика Президенти архивидан, Респуб- лика Давлат хавфсизлик хизмати архивларидан ва бошқа тегиш- ли мутасадди идоралари ҳамда муассасалардан олинган тари- хий хужжатлар асосида нашрга тайёрланган. Шунингдек, китобни тайёрлашда Ўзбекистон Фанлар акаде- миясининг ҳақиқий аъзоси, филология фанлари доктори, про- фессор, Ўзбекистон Республикаси фан арбоби, Беруний номида- ги Ўзбекистон давлат мукофоти лауреати Наим Каримов, таниқ- ли тарихчи олимлар Рустамбек Шамсиддинов, Бахтиёр Ҳасанов, Баҳром Ирзаев, Бахтиёр Расулов, Музраф Абдуллаев, Сирожид- дин Аҳмедов, Соибжон Ҳошимовлар томонидан юқорида кўрса- тиб ўтилган архивлардан олинган тарихий ҳужжатлар асосида ёзилган манбалардан фойдаланилган.
-
Фуқаролик процессуал ҳуқуқи
Муаллифлар жамоаси,Ушбу дарслик Давлат таълим стандарти асосида тузилган "Фукаролик процессуал хукуки" фани дастурига мувофиқ ҳамда шахсга йўналтирилган, ривожлантирувчи ва мустакил таълим олиш технологиялари, тамойиллари ва талаблари асосида тайёрланган. Дарсликда фукаролик процессуал хукукига оид барча масалалар батафсил куриб чикилади. Мазкур дарслик нафакат малака ошириш ва олий укув юрти тингловчи ва талабалари учун, балки прокуратура ходимлари, фукаролик ишлари бўйича судларнинг судьялари, адвокатлар, шунингдек кенг китобхонлар оммаси учун ҳам мўлжалланган. Дарсликдан фуқаролик процессуал хукуки; иктисодий процессуал хукуки; хакамлик жараёни ва медиация ихтисослиги доирасида илмий тадкикот ишларини олиб бораётган докторант ва мустақил изланувчилари фойдаланиши мумкин. Дарслик Тошкент давлат юридик университетида бажарилаётган "Суд қарорларини мажбурий ижро этиш механизмини янада такомиллаштириш масалалари (фукаролик, иктисодий, маъмурий ва жиноят ишлари мисолида) мавзусидаги ПЗ-20170927453- ракамли амалий грант тадкикоти маблағлари хисобидан чоп этилмокда.
-
Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish muommolari
Salayev S.N, Niyozova S.S,Ushbu darslikda jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish tushunchasi, turlari va bosqichlari; jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jinoyat qonuni normalarini sharhlash; jinoyat qonunining hudud, shaxslar doirasi va vaqt bo'yicha amal qilishi qoidalarining jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi o'rni va ahamiyati; jinoyat qonuni hamda Oliy Sud Plenumi qarorlari qoidalarining jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi o'rni va ahamiyati; jinoyat tarkibi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning asosi sifatida ekanligi; jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv belgilariga ko'ra jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish; dastlabki jinoiy faoliyatning kvalifikatsiyasi; ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish; xato va uning jinoiy-huquqiy ahamiyati; normalar raqobati mavjud bo'lganda, qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar bayon etilgan. Mazkur darslik oliy va o'rta maxsus o'quv yurti talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, jamoat birlashmalari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyat protsessi prinsiplari
Jo'rayev I.B,Mazkur o'quv qo'llanma jinoyat ishlarini yuritish jarayonida jinoyat protsessi prinsiplari, uning tushunchasi, turlari, huquqiy tabiati va mohiyati, jinoyat protsessining turli bosqichlarida sudgacha bo'lgan va sud bosqichlarida jinoyat ishlarini ko'rib chiqish jarayonida jinoyat protsessi prinsiplariga amal qilish va uning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq masalalarga bag'ishlangan. Ushbu o'quv qo'llanma professor-o'qituvchilar, xodimlar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar, tinglovchilar, kursantlar, shuningdek, tergovchilar, prokurorlar va sudyalar uchun mo'ljallangan.