-
O'zbekiston Konstitutsiyaviy davlat sari
A.X.Saidov va G'.Mirzo,Ushbu kitob Prezidentimiz I.Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi "Inson manfaati ,huquq va erkinliklarini ta'minlash,hayotimizning yanada erkin va obod bo'lishiga erishish-bizning bosh maqsadimizdir"nomli ma'ruzasi mohiyati va ahamiyatini keng targ'ib qilish maqsadida tayyorlandi.
-
Bolalari sog'lom yurt
Murtazo Qarshiboy,Aziz kitobxon,qo'lingizdagi ushbu risolada bola tarbiyasi, yosh avlodni elu yurt xizmatiga yaraydigan,ona Vatanga sadoqatli insonlar etib voyaga yetkazish bo'yicha xalqimiz hayotida asrlar davomida shakllangan ezgu an'analar ,ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida, mamlakatimizda 2014 yilning "Sog'lom bola yili" deb e'lon qilinishi xalqimizning bu boradagi orzu-intilishlariga har tomonlama mos ekani hamda ayni shu munosabat bilan qabul qilingan davlat dasturining maqsad-vazifalari,ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ma'no-mohiyati,amaliy natijalari xususida fikr yuritiladi. Risola ma'naviyat va ma'rifat sohasi xodimlari,targ'ibotchilar,keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Ozodlik buyuk ne'mat
To'xtamurod Toshev,Ushbu to'plamga muallifning Mustaqillik yillarida yozilib,O'zbekiston milliy matbuotida turli yillarda chop etilgan publisistik maqolalari jamlangan.Muallifning O'zbekiston Respublikasi Prezidentining olib borayotgan siyosati hamda mustaqillikni mustahkamlash,mustaqillikning qadri,uning mohiyati,Vatan haqidagi fikrlari,yoshlar kelajagimiz egalari va istiqlol osonlikcha qo'lga kiritilmaganligi to'g'risidagi mulohazalari kitobxonlarni befarq qoldirmaydi. Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
-
Adolatga xiyonat
To'xtamurod Toshev,Yozuvchining navbatdagi kitobi-"Adolatga xiyonat"qissasi kitobxonlarni befarq qoldirmaydi.Unda muhabbat,sevgi,oilaviy munosabatlar,hayotdagi qator ijtimoiy muammolar yozuvchi tomonidan mohiroona qayd etilgan.Ushbu kitobni o'qigan insonlar,ayniqsa,yoshlar o'zlariga tegishli xulosalar chiqarib oladilar va hayotda yaqin insonlariga xiyonat qilmaydilar,to'g'ri,halol yo'lni tanlab oladilar degan umiddamiz.
-
-
Mehr qolur muhabbat ,Muhabbat qolur
To'xtamurod Toshev,Ushbu kitobUstozlar xotirasiga hamda el ardog'ida bo'lgan insonlarga bag'ishlanadi.
-
"Tushda kechgan umrlar"
O'tkir Hoshimov,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi "kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intelektual salohiyati,ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda,ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.Ulug' adib ,O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi.Ushbu nashrning o'ziga xos jihtlaridan biri shundaki,bu nashri hozirgi o'zbek tilining imlo qoidalariga to'liq moslangan shaklda berilda.
-
"Yur,tog'larga ketamiz"
Shukur Xolmirzayev,«Yur, tog'larga ketamiz» qissasi ana shunday epigraf hamda Saroytosh qishlog'ining go'zal ta'rifi bilan boshlanadi. Qissa qahramoni qorong'i bostirmadan topib olgan kuchukbolaga (aslida, u oddiy kuchukbola emas, bo'ri bilan itning orasida tug'ilgan) Qoraboy deb ism qo'yadi. Shu kundan e'tiboran uning hayoti qiziqarli voqealar bilan boyib boradi. Bag'rikeng tog'liklarning hammasi ham negadir Qoraboyga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lmaydilar, uni odamlar orasidan yo'qotishga urinadilar. Ammo asar qahramoni sodiq do'stini harchand himoya qilmasin, ko'pchilikka bas kelolmaydi. Alaloqibat, odamlardan zulm ko'rgan Qoraboy ularga zulm bilan javob qaytaradi. Natijada esa «Hayvonot bog'i»ga badarg'a qilinadi. Ammo o'rtada allaqachon ildiz otgan sadoqat rishtasi, mehr-muhabbat tuyg'usi do'stlarni qayta diydor ko'rishtiradi. Tog'lar esa yana ularni qarshi olmoqqa shay turadi ...
-
"Donishmand Sizif"
Xurshid Do'stmuhammad,Ushbu roman qahramoni bo'gan Sizif siymosida sabr-toqati, irodasi va kurashi bilan o'tib bo'lmas mashaqqatlardan ustun kelib, cho'qqini zabr etgan muzaffar inson yoki mashaqqatlar mahsuli bo'lgan donishmand gavdalanadi. Zamonaviy nasrimizda paydo bo'lgan yana bir ajoyib romani o'quvchilarga tavsiya etmoqdamiz.
-
-
To'ylar muborak
Qutlibeka Rahimboeva,Sizga taqdim qillar ekanmiz, kitobdagi maqolalar mahallalarda o'tagotgan ma'naviy tadbirlarning asosiy mavzulardan biri bo'ladi , deb niyat qildik .
-
"Asrga tatigulik kun"
Chingiz Aytmatov,Buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun"romanida xudosizlik va manqurtlik balolari ilk bora fosh etilib,bu asar millionlab o'quvchilar qalbini zabt etgan.Insonni o'z-o'zini anglashga,ruhan va ma'nan poklanishga chorlovchi ushbu asar bugungi kunda ham o'z dolzarbligini aslo yo'qotmagan.
-
Saylanma
Maxtumquli,Qо‘lingizdagi ushbu kitob turkman xalqining ulug‘ shoiri, turkman adabiy tili asoschisi, barcha xalqlar tomonidan she’rlar, dostonlari sevib о‘qiladigan, hofizlar baland pardalarda kuylaydigan, mashshoqlar inja kuylar bastalaydigan otashnafas shoir Maxtumquli-Firog‘iy asarlaridan tanlab tabdil etilgan. Bu noyob, xalqchil asarlar turkmanchadan о‘zbekchaga о‘girilish jarayonida iloji boricha asliyatga yaqin ruhda tarjima qilingan. Maxtumquli ijodining aziz muxlislari, О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhammad Pirriyevning jiddiy say-harakatlari natijasida amalga oshirilgan bu tabdil Sizlarga manzur bо‘ladi, degan umiddamiz.
-
"Mirzo Ulug'bek"
Maqsud Shayxzoda,Maqsud Shayxzoda "Mirzo Ulug‘bek" asarida Ulug‘bekni "inson-olim-davlat arbobi" sifatida aks ettirishga intilgan. Ammo buning о‘zi ham oson ijodiy ish emas edi. Shubhasiz, Ulug‘bek fojiasini keltirib chiqargan bu hayotiy masalalarni о‘zaro aloqada va uzviy bog‘liqlikda tasvirlash Shayxzodadan katta mahoratni talab etdi. Mirzo Ulug‘bekning ham inson, ham olim, ham davlat arbobi sifatidagi obrazini badiiy mujassamlashtirish uchun kо‘plab personajlarni asar tо‘qimasiga olib kirdi va bu personajlar harakat etajak syujet chiziqlarini ishlab chiqdi. Bunday personajlar tarixiy voqelikning о‘zida serob bо‘lishiga qaramay, dramaturg ularni saralab ola bildi va shu bilan birga badiiy tо‘qimadan ongli ravishda foydalanib, ya’ni tо‘qima qahramonlar obrazini asarga dadil jalb eta oldi.
-
-
-
2017 yil-shiddatli islohatlar yili
Mualliflar jamoasi,Ushbu risolada 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalaishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinganligi,ushbu strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish,qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish,iqtisodiyot va ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish,xavfsizlik,millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash,chuqur o'ylangan,o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni izchil davom ettirish kabi masalalar yoritilgan.
-
"Sarbadorlar"
Muhammad Ali,Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Alining Sarbadorlar tarixiy romanida xalqimizning XIV asr ikkinchi yarmida Samarqandda yuz bergan Sarbadorlar xalq ozodlik harakati bilan bogʻliq voqealar qalamga olingan. Diologiyada Abu Bakr Kalaviy, Amir Temur, Xoʻrdak Buxoriy, Amir Husayn kabi tarixiy shaxslar ishtirok etadi. Unda o'zbek prozasida ilk marta Sohibqiron Amir Temur obrazi yaratilgani diqqatga sazovordir.Asar shirali til bilan yozilgan,katta qiziqish bilan o'qiladi.
-
"Spitamen"
Maqsud Qoriyev,Vatan uchun kurashgan o'g'lonlar talaygina.Spitamen ana shunday mard-jasur o'g'lon. Ushbu kitobda Spitamenning vatan ozodligi yo'lidagi jasorati qalamga olingan.Uning mardligi chindan-da ibrat olsa arzigulik.