-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Davlat tilida ish yuritish/Akademik yozuv
Gulyamova G.,Mazkur darslik yuridik oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, davlat tilida ish yuritish va akademik yozuv bo'yicha zarur nazariy bilimlar hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Unda hujjat tuzish, ish yuritishning tashkiliy-huquqiy asoslari, rasmiy yozishmalar, ilmiy matn tili va uslubi, akademik yozuv janrlari va ularning talablari kabi mavzular qamrab olingan. Darslik talabalarning rasmiy va ilmiy yozma nutq madaniyatini rivojlantirish, mustaqil fikrni aniq va asosli bayon qilish malakalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
-
Kriminalistik taktika
Abdullayev R.K.,Darslik kriminalistika fanining muhim bo'limi hisoblangan kriminalistik taktikaning mazmuni va mohiyatiga bag'ishlangan. Undan kriminalistik taktikaning umumiy qoidalari, jinoyatlarni tergov qilishda tergovchining hamkorlik faoliyati, ko'zdan kechirish va guvohlantirish, so'roq qilish va yuzlashtirish, tintuv va olib qo'yish, tanib olish uchun ko'rsatish, tergov eksperimenti, ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish kabi mavzular o'rin olgan. Shuningdek, telefon va boshqa telekommunikatsiya vositalari yordamida olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitish hamda ular orqali uzatiladigan axborotni olish kabi tergov harakatlari taktikasining asosiy qoidalari ilmiy va amaliy jihatdan yoritilgan. Darslik yuridik oliy ta'lim muassasalarining yurisprudensiya yo'nalishi talabalari (bakalavriat) hamda keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Davlat hokimiyati vakillik organlari
Mazkur davlat hokimiyati vakillik organlari fanining manbai, uni o`rganish uslublari kabi masalalar yoritilgan. Darslik talabalarga, magistrant, aspirant va yuridik oliy o'quv yurtlari o'qituvchilariga, mutaxasisslarga, shuningdek, davlat huquqi va boshqaruvi masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo`ljallanadi.
-
Xalqaro moliya va bank huquqi
Davlyatov V.X.Rahmatov E.J.,Ushbu darslikda Xalqaro moliya huquqining nazariy va huquqiy asoslari, Xalqaro moliya huquqi tushunchasi va mohiyati, Xalqaro moliya huquqi subyektlari, Xalqaro moliya huquqining asosiy institutlari, Xalqaro valyuta huquqi, Bank faoliyatini xalqaro huquqiy tartibga solish, Xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi yoritib berilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlarining moliya va yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalari, Toshkent moliya instituti nflari hamda keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan. Darslik "Huquqiy fanlar va predmetlar bo'yicha yangi avlod darsliklari va oʻquv qo'llanmalarini tayyorlash kompleks dasturi" doirasida tayyorlangan.