-
Turizm huquqi
Usmanova S.,Mazkur qo'llanmada turizm, menejment, muzeyshunoslik, ijodiy sanoat, arxeologiya, logistika, xalqaro munosabatlar sohasida qo'llanadigan turizmning xalqaro-huquqiy va milliy-huquqiy jihatlari hamda institutlari, shartnomalar va subyektlariga oid ayrim mavzular yoritib itib berilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi huquqiy islohotlar muallifning tadqiqotlari asosida bayon etilgan. O'quv qo'llanma turizm sohasi, yuridik, xalqaro munosabatlar hamda xalqaro iqtisodiyot yo'nalishlaridagi talabalar, doktorantlar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar hamda mazkur sohaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Unda fanning ma'ruzalar kursi, nazorat savollari, kazuslar, mavzular yuzasidan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati va fanni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan boshqa materiallar mavjud. Bu materiallar va namunalardan akademik litsey, texnikum, kollej va kasb- hunar maktablarining o'quvchilari ham foydalanishi mumkin.
-
Ma'muriy javobgarlik
Niyozova S.S.,Ushbu o'quv qullanmada ma'muriy javobgarlik fani tushunchasi, predmeti va vazifalari; Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari, ularning vazifalari va asosiy prinsiplari; Ma'muriy huquqbuzarlik va uning yuridik tarkibi, Ma'muriy javobgarlik tushunchasi va xususiyatlari; Ma'muriy jazo choralari tushunchasi, maqsadi va turlari; Ma'muriy jazo qo'llanilishining umumiy qoidalari; Ma'muriy huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilovchi davlat organlari va mansabdor shaxslar; Ma'muriy huquqbuzarlikni istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari kabi masalalar bayon etilgan. O'quv qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar va barcha qiziqqan o'quvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Qasddan odam o'ldirish subyekt belgisiga ko'ra kvalifikatsiya qilish masalalari
Allanova A.A.,Ushbu o'quv qo'llanmada qasddan odam o'ldirish jinoyatini kvalifikatsiya qilishning o'ziga xos xususiyatlari, qasddan odam o'ldirish bilan bog'liq jinoyatlarda subyekt tushunchasi va umumiy tavsifi, subyekt belgisiga ko'ra qasddan odam o'ldirish uchun javobgarlik nazarda tutilgan jinoyat qonuni normalarining retrospektiv tahlili, bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a'zosi tomonidan yoxud o'sha guruh manfaatlarini ko'zlagan holda qasddan odam o'ldirish jinoyatini kvalifikatsiya qilish, xavfli retsidivist va o'ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o'ldirish jinoyatini kvalifikatsiya qilish, ayrim chet mamalakatlar jinoyat qonunchiligida subyekt belgisiga ko'ra qasddan odam o'ldirganlik uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 15-sonli buyrug'iga asosan o'quv qo'llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.
-
Huquqni qo'llash hujjatlarining
Hayitov Sh.R.,Mazkur o'quv qo'llanma Yuridik texnika modulining "Huquqni amalga oshirish hujjatlarining yuridik texnika" va "Huquqni qo'llash hujjatlarining yuridik texnikasi" mavzulari bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda huquqni amalga oshirish hamda qo'llash tushunchalari, turlari va prinsiplari, huquqni qo'llash jarayoni va uning bosqichlari, sub'ektlari hamda huquqni qo'llash hujjatlarining tasnifi kabi masalalar atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, qo'llanmada mavzuga oid jadvallar, kazuslar, testlar, savol va qisqa javoblar. yuridik hujjatlardan namunalar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishi talabalariga va huquqni amalga oshirish hamda qo'llash masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.
-
Huquq shakllari (manba)lari
Axmedshaeva M.A.,Mazkur o'quv qo'llanma yuridik oliy ta'lim muassasalari bakalavriat bosqichi yo'nalishlari (60420100-Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha) uchun "Huquq shakllari o'tiladigan Davlat va huquq nazariyasi modulining 10 (manbalari)" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda huquqning shakli (manbalari)tushunchasi, kelib chiqishi, turlari, belgilari va mohiyati bugungi kun huquqiy doktrinasi nuqtai nazaridan tahlil etilgan. O'quv qo'llanmada talabalar bilimini mustahkamlash va nazorat qilishga yordam beradigan turli ishlanmalar berilgan. O'quv qo'llanma oily yuridik ta'lim muassasalari talabalari uchun foydali bo'lishi mumkin. universiteti rektorining 2025-yil Toshkent davlat yuridik 18-martdagi "O'quv adabiyotlarini nashrga tavsiya etish to'g'risida"gi 61-um-son buyrug'i bilan nashrga tavsiya etilgan, nashr ruxsatnomasi № 61-10.
-
Birinchi instansiya sudida ish yuritish
Abdurashidov A.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada birinchi instansiya sudida ish yuritish tushunchasi, jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi, jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash, sud muhokamasining umumiy shartlari, sud muhokamasi bosqichlari kabi mavzular bo'yicha fikrlar bildirilgan. O'quv qo'llanma talabalarga, ilm hamda soha xodimlariga, shuningdek, dalillar va isbotlash muammolariga qiziqadigan keng kitobxonlar jamoasiga mo'ljallangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2025 yil 18 martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Korporativ boshqaruv - 2
Xamidulin M.B.,O'quv qo'llanma mazkur fan bo'yicha ma'ruza boblarininig tayanch konspekti, mustaqil ta'limga oid topshiriqlar, oraliq nazoratga oid o'quv loyihalarining namunaviy boblari, yakuniy nazoratga oid namunaviy savollar va topshiriqlar, har bir bob boʻyicha talabalaming mustaqil ishlashi uchun zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxatini hamda glossariylarni o'z ichiga olgan bo'lib u 5231900- korporativ boshqaruv bakalavriat ta'lim yo'nalishining "Korporativ boshqaruv-2" fanidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi. V uchebnoe posobie predstavlen bazoviy obzor temi leksiy po etomu predmetu, zadaniya dlya sarnostoyatelnogo obucheniya, primernые теты uchebnogo plana dlya promejutochnogo kontrolya, primemыe voprost i zadaniya dlya itogovogo kontrolya, students Vklyuchaet spisok literaturu i glossariev, kotorые trebuyutsya diya samostoyatelnoy rabotu, i rekomenduetsya v kachestve uchebnika po «Korporativnoe upravlenie-2» v ramkax korporativnogo bakalavriata 5231900. The manual provides a basic overview of the topic of lectures on this subject, tasks for self-study, sample topics of the curriculum for intermediate control, sample questions and tasks for final control, students Includes a list of literature and glossaries that are required for independent work, and is recommended as textbook on "Corporate govemance-2" with in the framework of corporate undergraduate 5231900.
-
-
Халкаро хуқуқ
Саидов, А.Х.,Ушбу китоб халкаро (оммавий) хукук фани буйича узбек тилидаги илк дарсликлардандир. Унда хозирги замон халкаро хукукининг келиб чикиши ва ривожланиши, унинг асосии тушунчалари ва принциплари, институтлари ва сохаларининг тараккиёт конуниятлари уз аксини топган. Мавзулар Узбекистон Республикасининг халкаро-хукукий амалиётидан келиб чиккан холда очиб берилган.
-
Birinchi instansiya sudida ish yuritish
Abdurashidov A.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada birinchi instansiya sudida ish yuritish tushunchasi, jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi, jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash, sud muhokamasining umumiy shartlari, sud muhokamasi bosqichlari kabi mavzular bo'yicha fikrlar bildirilgan. O'quv qo'llanma talabalarga, ilm hamda soha xodimlariga, shuningdek, dalillar va isbotlash muammolariga qiziqadigan keng kitobxonlar jamoasiga moʻljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
O'zbek tili / akademik yozuv
Ziyamuxamedova Sh.T.,Mazkur qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlari rus guruh talabalari hamda Grodno davlat universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetining qo'shma dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, davlat tili, yuridik til va uning o'ziga xos jihatlariga tegishli materiallarni o'z ichiga oladi. Bu esa talabalarning ma'ruza va amaliy mashg'ulot darslariga mustaqil tayyorgarlik ko'rishini hamda o'zining bilim sifatini nazorat qilishni ham ta'minlaydi. "O'zbek tili / akademik yozuv" fanidan talabalarning davlat tilini puxta o'rganishi, savodli yozishi, ijodiy fikrlashi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda yozma shakllarda aniq, qisqa, ravon hamda mantiqan izchil ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan, ularni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalash va rivojlantirishni ta'minlaydigan bilimlarni qamrab oladi. Muallif qo'llanmani tayyorlashda masalaning mana shu jihatlarlariga alohida e'tibor berdi.
-
Qadimgi Turonda huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi
Utemuradov M.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada Qadim Turonda huquq manbalarining paydo bo'lishi va ularning rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek alohida huquqining asosiy belgilari yoritilgan. Unda zardushtiylikning kuchli ta'siri ta'limot darajasida qadimgi Turonning huquqiy tizimi sifatida, tarixda ulardan axloqiy va qonunchilikning huquqiy tushunchalari hal qiluvchi bo'lgani bilan ham ahamiyatlidir. Demak, huquqning eng progressiv rivojlanish omillari, uning mafkuraviy asoslar, tamoyillar va institutlar, shuningdek, huquqni muhofaza qilish mexanizmlari sifatida ezgulikning an'anaviy huquqiy tushunchasi ekanligi o'rganishning o'ziga xos xususiyatlarini yoritishni maqsad qilib qo'ygan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va doktorant-tadqiqotchilari uchun mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 29-iyuldagi 153-um- sonli buyrug'iga asosan nashr etishga ruxsat berilgan. Ro'yxatga olish raqami 153-57.
-
Jinoyat huquqi umumiy qismi institutlari sifatida jinoyat va jazo
Xudaykulov F.X.,Ushbu o'quv qo'llanmada jinoyat va jinoyat tarkibi tushunchalari hamda ular (subyektiv va obyektiv) belgilarining o'zaro munosabati, jinoyat va "actus reus" konsepsiyasining qiyosiy-huquqiy tahlili, jinoiy qilmish va uning turlari: umumiy hamda maxsus belgilar munosabati, jinoiy oqibatning mohiyati, tuzilishi va turlari, jinoyat huquqida sababiy bog'lanish, uning mezonlari va o'ziga xos xususiyatlari. jinoyat va uning tarkibi belgilari bo'yicha qilmishni kvalifikatsiya qilishning asosiy qoidalari, jinoiy jazo tushunchasi, uning turlari va o'ziga xos xususiyatlari, jinoiy jazo tayinlashning umumiy va maxsus asoslari, bir necha jinoyat va bir nechta hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalari oid masalalari bayon qilingan. Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, ilmiy xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Sud-avtotexnikaviy ekspertiza
Xamidov B.X.,Ushbu o'quv qo'llanma sud-avtotexnikaviy ekspertizasini tayinlash va o'tkazishning ayrim masalalari tahliliga bag'ishlangan. Unda sud avtotexnik ekspertizasi tushunchasi, predmeti, obyektlari, turlari, maqsad va vazifalari, imkoniyatlari, ushbu turdagi ekspertizalar uchun na'munalar olish qoidalari, sud avtotexnik ekspertizasi boʻyicha ekspertlar oldiga qo'yiladigan savollar, ekspertiza tadqiqotini o'tkazish va uning natijalarini baholash masalalari, shuningdek ushbu turdagi ekspertizalarni takomillashtirishning tashkiliy-metodik asoslari yoritilgan. O'quv qo'llanma ilmiy ish bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar, oliy o'quv yurtlari talabalari, shuningdek Oliy o'quv kurslari tinglovchilari hamda amaliyot hodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Qotillik jinoyatini tergov qilish uslubiyoti
Baratov A.Sh.,Ushbu o'quv qo'llanmada Qotillik jinoyatini tergov qilish uslubiyoti bayon qilingan, ushbu mavzu hozirgi kunda muhim bo'lgan masalalardan ekanligini inobatga olib, jumladan, Qotillik bilan bog'liq jinoyatlarining kriminalistik tavsifi, aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar, ushbu jinoyatlar yuzasidan jinoiy ish qo'zg'a- tishning o'ziga xos xususiyatlari, jinoyatlarining dastlabki tergov bosqichi versiyalari va tipik tergov vaziyatlari, alohida tergov harakatlari o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari, ushbu jinoyatlarini boshlang'ich tergov vaqtida o'tkazila- digan tezkor-qidiruv tadbirlari, jinoyatlarini boshlang'ich tergov vaqtida tayinlanadigan ekspertizalar kabi masalalar bayon qilingan. Ushbu o'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari foydalanishlari uchun mo'ljallangan.
-
Jahon siyosati
Madaminova D.I.,Xalqaro munosabatarning muhim sub'yekti sanalgan davlatlarning rivojlanish va taraqqiyot yo'li turlicha bo'lib, jahon siyosati va xalqaro munosabatlarning rivojlanish jarayonini mantiqan anglab yetish uchun uning tarkibiy shakllanishida yetarlicha jiddiy o'rin tutuvchi ba'zi bir unsurlarini chuqur tushunib olish kerak bo'ladi. Xalqaro munosabatlar tizimi bugungi kunda "xalqaro siyosat" atamasi bilan ifodalanadigan barcha tushunchalarni o'z ichiga qamrab oladi. U ijtimoiy, etnik-diniy, iqtisodiy, harbiy-strategik, madaniy, geosiyosiy, ilmiy-texnologik va boshqa jihatlar bilan tavsiflanadi. Shu boisdan, siyosiy maydonda sodir bo'layotgan voqea-hodisa va siyosiy jarayonlarning mazmun-mohiyatini anglash va muammoning yechimini topishda jahon siyosatining turli jabhalarini o'rganish va tahlil etish talab etiladi. Ma'ruzalar matni namunaviy dastur va ta'lim yo'nalishining o'quv rejasi asosida tuzilgan.
-
O'zbekiston madaniy merosi" mualliflik turkumi: Markaziy Osiyo qo'lyozma merosi Berlin davlat kutubxonasida 2-qism kit-alb=рус,ингл.Т.68
Mirsulton A.,Berlin davlat kutubxonasi (Staatsbibliothek zu Berlin) Gersaniyaning yirik ilmay kutubxonasi, a dunyoning wafuzh madamy muassasalaridan biri belgan Prussiya madaniy merosi jamg'armasi (Stiftung Preussischer Kulturbesitz) tarkibiga Ana Kutubxonaning keng ko'lamlıkolleksiyası Markaziy Onyoning madaniy durdonalari sanalicechi turkiy tchigʻatoy), fors va arab tiliarutegi ng samlagan. Ular Genrix Fridrix fon Dis, Alois Slqrrenger, Yulius Genrix Petermann, Martin Xartmann kabi ko'plab nomder shangshm za kolleksionerlarning fidokoroma sa y-harakatlari bilan xarid qilingan wa kutubxona kolleksiyasi tarkibiga kiritilgan. "O'zbekiston matenty meresi turkumining ikki jildi ushbu qo'lyozmalarga bag'ishlangan ikkinchi plåda Markaziy Osiyo olmilars tomondan yaratilgan entlegk astronomik, tarziy, tilshunoshk za diniy qo'lyozmalar haqida ma'lumotlar jamlangan bo'lib, ustabu sohalarge gizuquechi tadqiqotchilar uchun bou manba bo'ladi Ushbu nashr nafaqat olim za tadqiqotchilar, balki O'zbekistonning boy madaniy merosiga qiziquvcin barcha mahalliy va sery o'quvchilar, yosh avlod vakillars uchun mo'ljallangan, jahonda o'xshashi yo'q ushbu Loyiha mustaqillik yıllarida yaratilgan oskenyatar ve O'zbekiston Respublikası Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'zbek xalqining madaniy, taristy ve inteficktual merous anal-h boyitish hamda yanada ko'paytirish masalalariga bo'lgan shaxsiy e'tibori tufayli amalga oshirilmaqda Sahifalarda qo'shimcsa vizual ma'lumotlarni olish uchun planshet yoki smartfonda skanerlashga mo'ljallangan QR kodlar mazyad "O'zbekiston madaniy merosi ko'pjildli turksoni O'zbekistonning noyob tarixiy-madaniy merosining boshqa namunalariga bag'ishlangan kitob-albomlarni chop etishni ham nazarda tutadi.
-