-
Fuqarolik huquqiga kirish
Oqyulov O., Yuldashev J.I., Imomov N.F.,Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqining asosiy tushunchalari, tamoyillari va tizimi haqida keng qamrovli ma'lumot beradi. Darslikda fuqarolik huquqining manbalari, fuqarolik-huquqiy munosabatlar. yuridik shaxslar va ularning turlari, shuningdek, fuqarolik huquqi obyektlari va bitimlar haqida batafsil tushunchalar keltirilgan. Har bir mavzu nazariy jihatdan yoritilib, amaliy misollar va kazuslar berilgan. Fuqarolik huquqi bo'yicha asosiy tushunchalar va huquqiy muammolarni tushunishga yordam beradi. Bu darslik talabalar va huquqshunoslar uchun foydali manba bo'lib xizmat qiladi. Darslik Toshkent davlat yuridik universiteti, universitetlarning yuridik fakultetlari, huquq asoslari o'qitiladigan oliy o'quv yurtlari talabalariga darslik sifatida tavsiya etiladi. Ushbu darslikdan sud, prokuratura, advokatura, notariat va boshqa organ xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
-
Jinoyat - protsessual huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik Jinoyat-protsessual huquqi fanining (Maxsus qism) sillabusi negizida tayyorlangan bo'lib, jinoyat ishini qo'zg'atish, dastlabki tergov va surishtiruvning umumiy shartlari, shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, dastlabki tergov va surishtiruvni to'xtatish hamda qayta tiklash, dastlabki tergov va surishtiruvni tamomlash, birinchi instansiya sudida ish yuritish, alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish, jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi bir qator mavzular yoritilgan.
-
Jinoyat - protsessual huquqi
Mualliflar jamoasi,Darslik O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga 2024-yil 1-may kuniga qadar kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarni inobatga olgan holda tayyorlanib, unda jinoyat protsessining mohiyati, vazifalari va prinsiplari, jinoyat protsessining ishtirokchilari, da- lillar va isbot qilish, tergov harakatlari isbotlash vositasi, protsessual majburlov, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, jinoyatlarning oldini olish, reabilitatsiya, protsessual muddatlar va chiqimlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov, jinoyat ishida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qi- lish, surishtiruv va dastlabki tergovni to'xtatish va qayta tiklash, surishtiruv va dastlabki tergovni tamomlash, sud muhokamasi, hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish hamda hukmni ijro etish, alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish, jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi masalalar zamona- viy yondashuvlar asosida yoritilgan. Darslik kursantlar va talabalar, tadqiqotchilar, pedagoglar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari va keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Yevropa ittifoqi huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda Yevropa Ittifoqi huquqining asosiy mazmuni Yevropadagi integratsiyaviy jarayonlar bilan hamohang ravishda ochib beriladi. Mualliflar Yevropa Ittifoqi huquqining hozirgi holati va istiqbollarini amaldagi ta'sis shartnomalari va to'ldiruvchi shartnomalarga Lissabon shartnomasi bilan kiritilgan oxirgi o'zgartirishlarni hisobga olgan holda bayon qiladi. Darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining talabalari, tadqiqotchilari doktorantlari, o'qituvchilari, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro munosabatlar sohasiga ixtisoslashgan boshqa idora va tashkilotlar xodimlari hamda Yevropa Ittifoqi huquqi masalalariga bilan qiziqqan keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Saydullayev Sh.A.,Mazkur darslik "Davlat va huquq nazariyasi" moduli bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda modulning o'quv dasturi asosida mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, mufmmoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxxati o'z ifodasini topgan.
-
-
Nizolarni hal qilishning muqobil usullari
Mamasiddiqov M.M., Xakberdiyev A.A.,Ushbu darslik Davlat ta'lim standarti asosida tuzilgan "Nizolarni hal qilishning muqobil usullari"ga muvofiq hamda shaxsga yo'naltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil ta'lim olish texnologiyalari, taomillari va talablari asosida tayyorlangan. Darslikda nizolarni muqobil hal etish usullaridan hakamlik sudlari va mediatsiya tartib-taomillariga oid barcha masalalar batafsil ko'rib chiqilgan. Mazkur darslik nafaqat malaka oshirish muassasasi, oliy o'quv yurti tinglovchi va talabalari uchun, balki mediatorlar, hakamlik sudlari, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarining va iqtisodiy sudlarining sudyalari, advokatlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan. Darslikdan professor-o'qituvchilar, "70420125-Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari" magistratura mutaxassisligi bo'yicha talabalar, fuqarolik protsessual huquqi, iqtisodiy protsessual huquqi, hakamlik jarayoni va mediatsiya ixtisosligi doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorant va mustaqil izlanuvchilar hamda qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar ham foydalanishi mumkin.
-
Yurislingvistika va lingvistik ekspertiza asoslari
Ko'chimov Sh.,Mazkur darslikning asosiy maqsadi talabalarning yurislingvistika va lingvistik ekspertizaga oid bilimlarini rivojlantirishdan iborat. Unda yurislingvistika fanining maqsadi, vazifasi, predmeti, kishilik jamiyatida huquq va tilning o'zaro aloqalari, huquqning lingvistik, tilning huquqiy jihatlari haqida mufassal ma'lumotlar beriladi. Shuningdek, normativ- huquqiy hujjat loyihasini lingvistik ekspertizasidan o'tkazish talablari, qoidalari to'la bayon etiladi. Darslikda yuridik tilning yurislingvistik belgilari, uning leksik va grammatik xususiyatlari, norma ijodkorligida til va tarjima masalalarining tutgan o'rni aks ettiriladi. Darslik yuridik oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
-
Kasbiy ko'nikmalar va metodologiya
Tadjibayeva D.O., Oblomurodova X.N.,Mazkur darslik bo'lajak mutaxassislarda kasbiy ko'nikmalar va u bilan bog'liq metodologiyani o'zlashtirishga qaratilgan, zamonaviy ta'limning muhim vazifalaridan birini o'zida mujassam etgan. Darslik Davlat boshqaruvi - 60421200 ta'lim yo'nalishi bakalavriat talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, shuningdek, o'zining professional faoliyatida muvaffaqiyatli karyerasini yaratmoqchi bo'lgan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Sud ekspertizasi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda sud ekspertizasi fanining tushunchasi, predmeti, obyekti, vazifalari, tizimi, metodlari, turlari, sud ekspertizasini o'tkazish vakolatiga ega bo'lgan muassasa va organlar, sud ekspertizasi uchun namunalar olish qoidalari, ekspert oldiga qo'yilgan savollarga doir masalalar bayon etilgan.
-
Sud hokimiyati
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasining sud hokimiyati, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, harbiy sudlar. umumyurisdiksiya sudlari, ma'muriy sudlar, sudyalar faoliyatining fundamental huquqiy asoslarini tahlil etishga mo'ljallangan. Ushbu darslik professor-o'qituvchilar, xodimlar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar, tinglovchilar, kursantlar, shuningdek, tergovchilar, prokurorlar va sudyalar uchun mo'ljallangan.
-
Dalillar nazariyasi
Tulaganova G.Z., Bazarova D.B.,"Dalillar nazariyasi" darsligi so'nggi sud-huquq islohoti bilan bog'liq bo'lib, murakkab mavzularning tahlilini o'z ichiga olgan. Ushbu mavzularning mazmuni o'ziga xos xususiyatga ega. Darslikdan maqsad talaba va magistrlarga jinoyat-protsessual huquqining institutlaridan biri bo'lgan dalillar institutining huquqiy tabiatini, mazmunini, isbot qilish jarayonida inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash vositalarini hamda qonunchilikning qat'iy qoidalarini, shuningdek, dalillar bilan bog'liq nazariy qarashlarni va amaliy ko'nikmalarni o'rgatishdan iborat. Darslikda dalillar nazariyasining huquqiy va metodologik asoslari, xususiyatlari, tasniflanishi, isbot qilish tushunchasi, doirasi, predmeti, isbot qilish subyektlarining o'rni va faoliyatlari kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Magistratura bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan mazkur darslik ularning kelgusida o'z xizmat vazifalarini professional bajarishida zarur bilim, ko'nikmalar majmuini shakllantirishni ko'zda tutadi.
-
Ekologiya huquqi
Xolmo'minov J.T.,Ushbu darslikda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (yangi tahrirdagi) talablari asosida ekologiya huquqi, o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o'rmonlarning huquqiy holati, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlarda va chiqindilardan foydalanish jarayonida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishning huquqiy tartibi va O'zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorligi masalalariga alohida e'tibor berilgan.
-
Ijro ishi yuritish
O'razaliyev M.,Ushbu darslikda ijro ishi yuritish fanining tushunchasi, predmeti va tizimi, O'zbekistonda sud hujjatlari hamda boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning tashkiliy masalalari, ularni davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro etishning huquqiy asoslari hamda tartibi, ijro hujjatlariga qo'yiladigan talablar, ijro ishi yuritishida ishtirok etuvchi shaxslar, ijro hujjatlarini ijroga qaratish tartibi, undiruvning qarzdor mol-mulkiga, ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratilishi, mulkiy xususiyatlarga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish, ijro ishi yuritishning boshqa xususiyatlari, davlat ijrochisining maqomi kabi masalalar yoritib berilgan. Darslik huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan o'quvchilar, talabalar, shuningdek, ijro ishi yuritish bilan qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga mo'ljallangan.
-
Notariat
Pirmatov O.Sh.,Ushbu darslikda notariat tushunchasi, notarial faoliyat prinsiplari va manbalari, notarial palata faoliyati; notariusning huquqiy maqomi, notarial harakat va uning turlari; "Notarius" avtomatlashtirilgan tizimida ishlash tartibi va vaqti; nizosiz talablar bo'yicha undiruvni qarzdor mol-mulkiga qaratishda notariusning ijro xati; notarius tomonidan ijro xati beriladigan talablar, shartlari va asoslari; notarius tomonidan vekselni protestlash tartibi; jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshirish; hujjat nusxalari va hujjatlardan olingan ko'chirmalar to'g'riligini dalillash tartibi kabi masalalar bayon etilgan. Darslikdan professor-o'qituvchilar, bakalavr bosqichi talabalari, notarial faoliyatga qiziquvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar foydalanishi mumkin.
-
Jinoiy odil sudlov asoslari
Bazarova D., Mamataliyeva Sh.,Mazkur darslik jinoyat-protsessual qonunchiligiga kiritilgan so'nggi o'zgartirish va qo'shimchalar hamda hozirgi jinoyat ishlari yurituvining so'nggi yutuqlari inobatga olingan holda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, maxsus o'quv va ilmiy adabiyotlar (milliy va xorijiy) tahlili asosida tayyorlangan.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Husanov O.T,Mazkur Konstitutsiyaviy huquq fani boʻyicha darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e'tiborga olingan. Darslik oliy o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
O'zbekistonning eng yangi tarixi
Mualliflar jamoasi,Mazkur o'quv adabiyoti O'zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo'lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy jarayonlar hamda o'zgarishlarni, ushbu davrda ro'y bergan tarixiy voqeliklarni bevosita qamrab olgan. Ushbu darslik respublikada yuqorida nomi qayd etilgan fan bo'yicha ilk bora tayyorlanib o'quvchi e'tiboriga havola qilinmoqda. Unda fan yuzasidan amalga oshirilgan innovatsiyalar, ilmiy tadqiqot xulosalari bevosita o'rin olgan.
-
Ta'limda axborot texnologiyalari
Yuldashev G.,Ushbu darslik bakalavriatning "Jismoniy madaniyat", "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi", "Chaqiriqqacha harbiy ta'lim", "Musiqa", "Maktabgacha ta'lim", "Pedagogika-psixologiya", "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishlarining "Ta'limda axborot texnologiyalari" fani dasturiga mos yozilgan bo'lib, bunda zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta'minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi mavzular yoritilgan.