-
Ta'lim,
-
-
Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashning nazariy va amaliy muommolari
Xolikov F.U. , Otaboyev B.I,Ta'lim, -
-
Ta'lim,
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
Ta'lim,
-
Fe'llarda qo'shma affiks va affikslar tizmasi orasidagi omonimiya
Ziyamuxamedova Sh.,Tadqiqotning asosiy maqsadi o'zbek tilida qo'shma affiks va affikslar tizmasidagi omonimiyaga oid affikslarni guruhlarga ajratish, ular o'rtasidagi semantik munosabatlar, ularning semantik-struktur xususiyatlarini aniqlash, bundan omoaffikslarni tartibga solish yuzasidan fikrlar bildirishdan iboratdir.
-
Axborot texnologiyasi sohasidagi kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda foydalanishning jinoyat-huquqiy jihatlari
Xolikov F.U.,Ushbu monografiyada Axborot texnologiyasi sohasidagi kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda foydalanishning jinoyat-huquqiy jihatlari huquqiy asoslari, kompyuter axbortidan qonunga xilof ravishda foydalanish uchun javobgarlik belgilangan JK normalarini takomillashtirish, amaliyotda ushbu jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish hamda jazo tayinlash borasida yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish tadqiq etilgan va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan. Shuningdek, monografiyada Axborot texnologiyasi sohasidagi kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda foydalanishning jinoiy-huquqiy tavsifi kompleks yoritilib, jinoyat qonunchiligini takomillashtirish orqali huquqni qo'llash amaliyotida mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari yoritilgan. Mazkur monografiya oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga, mazkur soha doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan tadqiqotchilarga, amaliyot xodimlariga mo'ljallangan.
-
Aliment majburiyatlari: nazariy va amaliyot
Topildiyev B.R,Ushbu monografiya aliment majburiyatlariga bag'ishlangan bo'lib, unda oila huquqida aliment majburiyatlarining umumiy qoidalari, ota-ona hamda bolalarning aliment huquq va majburiyatlari, nikohdan ajratishda ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majburiyati, bolalarning ta'minoti uchun aliment undirish va bolalarni o'z ota-onalari uchun aliment to'lash majburiyatlari, ota-onalar va bolalarning yordamchi xarajatlarda ishtirok bekor bo'lish asoslari kabi masalalar tahlil etilgan. Monografiya huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari, doktorantlari, o'qituvchilari va mol-mulkni ishonchli boshqarish masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti ilmiy uslubiy Kengashining 2023 yil 26-dekabrdagi 4-son majlisida nashrga tavsiya etilgan.
-
Raqamli muhitda mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish: Shartnomalar, mualliflik haqini yig'ish va taqsimlash masalalari
Yakubova I.B.,Mazkur monografiyada raqamli muhitda mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish masalalari, mualliflik huquqlarni jamoaviy boshqaruv tashkilotlarining shartnomalari, mualliflik haqini yig'ish va taqsimlashni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Muallif raqamli mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish tushunchasi, Xalqaro darajada mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish bo'yicha tashkilotlar faoliyatining huquqiy jihatlari, Raqamli huquqlarni boshqarish (DRM) tizimlari, mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarishning himoya qilish ob'ekti: sun'iy intellekt va mualliflik huquqi o'rtasidagi muammolar, mualliflik huquqlarni jamoaviy boshqaruv tashkilotlarining shartnomalari, mualliflik haqini yig'ish va taqsimlash masalalari tahlil etilib, nazariy tushunchalar ishlab chiqilgan va soha qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan taklif hamda tavsiyalar berilgan. Monografiyadan tegishli mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, magistrantlar, o'qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar hamda keng jamoatchilik foydalanishi mumkin.
-
Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashning nazariy va amaliy muommolari
Xolikov F.U. , Otaboyev B.I,Ushbu monografiyada jinoyat uchun jazo tayinlash tushunchasining mazmun-mohiyatini yoritish, bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashning tushunchasi va huquqiy asoslari, Oliy sud statistikasidan foydalanilgan holda sudlar tomonidan bir necha hukm yuzasidan jazoning tayinlanishi hamda bir necha hukm yuzasidan jazolarning tayinlanishi boʻyicha rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan. Shuningdek, monografiyada bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashning jinoiy-huquqiy tavsifi kompleks yoritilib, jinoyat qonunchiligini takomillashtirish orqali huquqni qo'llash amaliyotida mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari yoritilgan. Mazkur monografiya oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga, mazkur soha doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan tadqiqotchilarga, amaliyot xodimlariga mo'ljallangan.
-
Intellektual mulk huquqining yangi obyektlari
Imomov N.F.,Ushbu monografiyada fan va texnikaning rivojlanib borishi jarayonida intellektual mulkning yangidan yangi obyektlari vujudga kelayotganligi nuqtai nazaridan kelib chiqib, intellektual faoliyatining yangi natijalariga huquqiy baho beriladi. Shu bilan birga, unda bugungi sivilistika fanida intellektual mulkning yangi obyektlari sifatida e'tirof etilayotgan, integral mikrosxemalar topologiyalari, gen injeneriyasi, nanotexnologiyalar, domen nomlari, klonlashtirish yutuqlari, innovatsiyalar tushunchasi va ularning huquqiy tabiati ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Qolaversa, monografiyada intellektual faoliyatning yangi natijalarini yaratishga qaratilgan shartnomalarni tahlil etish barobarida ularga oid qonunchilikning ilmiy tahlili bayon etiladi.
-
Metomakon - xalqaro xususiy-huquqiy munosabatlarning yangi shakli sifatida
Turaliyev M.P.,Mazkur monografiyada xalqaro xususiy huquq munosabatlarini metarnakonda tartibga solishda hamda yangi voqelik bo'lgan metamakon tushunchasi, o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, ushbu monografiyada metamakonda yuzaga keladigan xususiy-huquqiy munosabatlar, ularni huquqiy jihatdan tartibga solish usulları hamda nizolarini samarali hal qilish masalalari bayon qilingan Shuningdek, metamakonda majburiyatlar huquqi handa intellectual mulk huquqinig ayrim masalalan tahlil qilingan. Ushbu izlanishlar natijasida O'zbekistonning kiber makondagi xususiy munosabatlarnu huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
-
Nomarkazlashtirish - zamonaviy davlat boshqaruvini takomillashtirishning muhim omili
Umarov B.A.,Monografiyada raqamlashtirish sharoitida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, uning bir muhim yo'nalishi bo'lgan nomarkazlashtirish, uning mazmun va mohiyati, nomarkazlashtirishni tushunish masalasida ilmiy adabiyotlarda, yuridik doktrinada mavjud konsepsiyalar bugungi davlat boshqaruvi voqeliklari nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Shu bilan birga ushbu ishda nomarkazlashtirish jarayonida mamlakatimizda markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari munosabatlarining huquqiy va institutsional asoslarining rivojlanish bosqichlari, davlat hokimiyati va mahalliy davlat hokimiyati organlari o'zaro munosabatlarining huquqiy asoslari hamda asosiy shakllari va yo'nalishlari (tamoyillari) tadqiq etilgan. Monografiya davlat boshqaruvini takomillashtirish, jumladan uni nomarkazlashtirish bilan qiziqadigan tadqiqotchilarga, magistratura va bakalavriat talabalariga, shuningdek, ushbu masalaga qiziquvchi kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
To'lovga qobilyatsizlik ishlarida ishlarida kelishuv bitimi tuzish muommlari: amaliyot va nazariya.
Ibratova F.,Monografiya to'lovga qobiliyatsizlik ishlarida kelishuv bitimini tuzishning amaliy va nazariy qonunchilik tahlili, xususan, kelishuv bitimini tuzish, haqiqiy emas deb topish tartibi o'rganilgan. Iqtisodiy sud tomonidan to'lovga qobiliyatsizlik ishlarida kelishuv bitimiga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solishga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan va kelishuv bitimini tuzishga oid takliflar bayon etilgan. Ushbu monografiya sud amaliyoti xodimlari, iqtisodiy ishlar bo'yicha sudyalikka nomzodlar, prokuratura xodimlari, advokatlar va bankrotlik sohasiga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Advokat stajyori faoliyatini takomillashtirish masalalari
Nurumov D.Dj,Mazkur monografiyada advokat stajyori tushunchasi. stajyor bilan mehnat shartnomasi tuzish va uni bekor qilish tartibi, mehnatiga haq to'lash, shuningdek, uning vazifalari, huquq va majburiyatlari, advokatlik tuzilmalarida stajirovka o'tashning nazariy-huquqiy asoslari, stajirovka o'tash tartibi va uning ahamiyati, stajirovka o'tashdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari, ayrim xorijiy davlatlarda stajirovka o'tashning o'ziga xos jihatlari, advokatlik tuzilmalarida stajirovka o'tashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomil- lashtirish imkoniyatlari kompleks tadqiq etilgan. Monografiya advokatura sohasida ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanuvchi olimlar va izlanuvchilar, yuridik oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Buyuk Britaniya korporativ huquq tizimida ishtirokchilar va manfaatdor tomonlar o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash
Saidov I.A.,Ushbu monografiyaning asosiy maqsadi Buyuk Britaniyaning amaldagi huquqiy tizimi ishtirokchilar va boshqa manfaatdor tomonlar o'rtasida adolatli muvozanatga erisha olishi mumkinligini tahlil qilishdir. atdor v 1. A. Muhokama mavzusi kompaniya muvaffaqiyatini ta'minlash borasida direktorlarning vazifalari qonun doirasida qanday amalga oshirilishiga qaratilgan. Monografiyanin birinchi bobi kompaniya kimning manfaatini ilgari surish kerakligini aniqlash maqsadida nazariy asoslar ko'rib chiqiladi. Ushbu qism kompaniyaning barcha ishtirokchilari uchun qaysi turdagi munosabatlar foydali ekanligini tushunishga yordam beradi va ishtirokchilarning manfaatlarini muvofiqlashtirishga turli yechimlarni taklif qiladi. Dastlab, u kompaniya va uning vakili (direktor) o'rtasidagi munosabatlarni ajratishni tasvirlaydi. Shuningdek, ushbu bob nazariya hamda amaliyot o'rtasidagi asosiy farqlarni topishni tahlil qiladi. Shundan so'ng, munosabatlarga ta'sir qiluvchi ayrim agentlik muammolarini ko'rsatib, ularning ta'sirini yumshatish bo'yicha aniq tavsiyalar beradi. Bob oxirida korporativ muammolarga yechim sifatida yangi nazariya takdim etiladi.
-
Fuqarolik sud ishlarini raqamlashtirish va virtuallashtirish
Pirmatov O.Sh.,Ushbu monografiyada fuqarolik sud ishlarini yuritishni raqamlashtirish va virtuallashtirish tushunchasi, fuqarolik sud ishlarini yuritishga sun'iy intellektni tatbiq etish masalalari, robot-sudya ko'rib chiqishi mumkin bo'lgan fuqarolik ishlar doirasi, onlayn sud majlislariga nosinxron tartibini joriy etish, taraflarni masofadan turib sud majlisida ishtirok etishini kengaytirish, shu bilan birga fuqarolik sud ish materiallari bilan tanishish, fuqarolik sud ishlarini axborotlashtirishda ilg'or tajribadan foydalanishni faollashtirish, faol elektron sud xizmatlari va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish yoritilgan bo'lib, shuningdek rivojlangan davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan bo'lib, tegishli ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiyadan professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar foydalanishlari mumkin.
-
Jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy va fakultativ belgilari
Xudaykulov F.X,Ushbu monografiyada jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilari to'g'risidagi ta'limotning shakllanishi va rivojlanishi, jinoyat tarkibi obyektiv tomoni zaruriy va fakultativ belgilarining umumiy tavsifi, jinoyat tarkibi obyektiv tomoni va "actus reus" konsepsiyasining qiyosiy-huquqiy tahlili va mavjud muammolarning yechimi, Jinoiy harakat ijtimoiy xavfli xulq-atvorning shakli sifatida: umumiy va maxsus belgilar munosabati, jinoiy harakatsizlik ijtimoiy xavfli xulq-atvorning shakli sifatida: aralash harakatsizlik va uning muammolari, jinoiy oqibatning tabiati, tuzilishi, uni ro'y berishi va turlari, sababiy bog'lanish haqidagi nazariyalar va ularning muammolari, jinoyat huquqida sababiy bog'lanish va uni aniqlashda mezon, prinsip va qoidalar, Harakatsizlikda sababiy bog'lanishning muammolari, jinoyat tarkibi obyektiv tomonining qonunchilikdagi tuzilishi(konstruksiyasi), jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy va fakultativ bo'yicha qilmishni kvalifikatsiya qilishning asosiy qoidalari, jinoyat tarkibi obyektiv tomoni bilan bog'liq JK Umumiy va Maxsus qismi normalarini takomillashtirish istiqbollari bayon qilingan. Mazkur monografiya oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar. ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun moʻljallangan.
-
Raqamli jinoyat protsessi
To'laganova G.Z.,Mazkur monografiyada jinoyat protsessini raqamlashtirishning ijtimoiy-huquqiy asoslari, jinoyat protsessini raqamlashtirishning ijtimoiy zaruriyati, jinoyat protsessini raqamlashtirish modellari yoritilgan. Monografiyada "Elektron raqamli jinoyat ishi" va uning huquqiy mohiyati, jinoyat protsessida elektron raqamli jinoyat ishidan foydalanishning huquqiy asoslari hamda jinoyat protsessini takomillashtirish yuzasidan xorijiy davlatlar tajribasi asosida tavsiyalar berib o'tilgan. O'zbekiston Respublikasida raqamli jinoyat protsessining ahamiyati, mohiyati, uning huquqiy asoslarini o'rganish, jinoyat protsessini raqamlashtirish modellarining har birini alohida tadqiq etish, jinoyat protsessini raqamlashtirish orqali takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va fikr-mulohazalar bayon etilgan. Ushbu monografiya sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, o'qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, yuridik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrantlari, tinglovchi va kursantlari hamda boshqa kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Intellektual mulk sohasidagi nizolarni sudga qadar hal qilish tartiblarini keng joriy qilish dolzarbligi
Turakulova N.A.,Mazkur monografiyada muallif tomonidan intellektual mulk huquqi sohasidagi nizolarni sudga qadar hal qilish tartiblarini keng joriy qilishning ahamiyati tahlil etilgan. Xususan, intellektual mulk obyekti hisoblanmish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning himoyasini ta'minlashda mazkur jarayoning tutgan o'rni haqida so'z yuritilgan. Milliy qonunchiligimizni takomillashtirish borasida takliflar keltirilgan. Qolaversa, intellektual mulk huquqi sohasidagi nizolarni sudga qadar hal qilish tartibing keng samarali ekanligi. nizolarning sudgacha hal qilishning imkoni borasida muallifning fikrlari keltirilgan. Monografiyadan tegishli mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, magistrantlar, o'qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar hamda keng jamoatchilik foydalanishi mumkin.
-
Huquqning mohiyati va belgilari
Axmedshayeva M.A.,Monografiya to'lovga qobiliyatsizlik ishlarida kelishuv bitimini tuzishning amaliy va nazariy qonunchilik tahlili, xususan, kelishuv bitimini tuzish, haqiqiy emas deb topish tartibi o'rganilgan. Iqtisodiy sud tomonidan to'lovga qobiliyatsizlik ishlarida kelishuv bitimiga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solishga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan va kelishuv bitimini tuzishga oid takliflar bayon etilgan. Ushbu monografiya sud amaliyoti xodimlari, iqtisodiy ishlar bo'yicha sudyalikka nomzodlar, prokuratura xodimlari, advokatlar va bankrotlik sohasiga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Jinoiy javobgarlik va uni amalga oshirishning nazariy muommolari
Abzalova X.M.,Monografiya jinoiy javobgarlik va uni amalga oshirishning nazariy muammolari bag'ishlangan. Unda jinoiy javobgarlik tushunchasi va uning o'ziga xos xususiyatlari, Jinoyat kodeksida jinoiy javobgarlikka tortish asosi va uning nazariy jihatlari, jinoiy javobgarlik asosi belgilarining tahlili, jinoiy javobgarlikka tortishning jinoyat-huquqiy ahamiyati, jinoiy javobgarlikning xususiyatiga ta'sir etuvchi omillar, jinoiy javobgarlikning xususiyatiga ta'sir etuvchi omillar va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turlari va ularning o'ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Monografiya oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi. Shuningdek, undan ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, sud-tergov va jazoni ijro etish tizimi xodimlari hamda ushbu mavzuga qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
-
Jinoyat protsessida yolg'on guvohlik berganlikni aniqlovchi texnik vositalarni qo'llash bilan bog'liq masalalar
Abulxayrov R.I.,Mazkur monografiyada jinoyat protsessida yolg'on guvohlik berganlikni aniqlovchi texnik vostalarni qo'llash bilan bog'liq masalalarning umumiy tavsifi, amaldagi milliy qonunchiligimiz, yolg'on guvohlik berganlikni aniqlovchi texnik vostalarni qo'llashni nazarda tutuvchi xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va amaliyoti hamda mazkur masalaga oid nazariy yondashuvlar bilan bog'liq masalalar yoritilgan. Monografiyada yurisprudensiya yo'nalishidagi talabalar, tinglovchilar va huquqni muhofza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Shartnoma shartlarini bajarmaslik va uning huquqiy oqibatlarining qiyosiy huquqiy tahlili. Romano - german va anglo-sakson huquq tizimlari misolida
Alijonov A.Q.,Mazkur monografiya romano-german va anglo-sakson huquq tizimi davlatlarida shartnoma shartlarini bajarmaslik yuzasidan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarning qiyosiy-huquqiy tahliliga bag'ishlangan. Ushbu monografiyada O'zbekiston qonunchiligiga shartnoma shartlarini bajarmaslikdan kelib chiquvchi huquqiy oqibatlami ilg'or rivojlangan romano-gerruan va anglo-sakson huquq tizimi mamlakatlari tajribasidan foydalangan holda implementatsiya qilish bo'yicha asoslangan ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
-
Tavallo ijodida poetik shakl, mazmun va obraz yangilanishi tamoyillari
Raxmonova D.,Monografiya Tavallo she'riyatida poetik shakl, mazmun va obraz yangilanishining adabiy-estetik tamoyillarini belgilash hamda ijodkor badiiy publitsistikasining poetik tafakkur yangilanishidagi o'rnini ochib berishga bag'ishlangan. Tavallo she'riyatida poetik shakl va badiiy uslub yangilanishining ilmiy-nazariy asoslari dalillangan, ijodkor nazmiy asarlarida poetik mazmun yangilanishi tamoyillari va bunda individual ijodiy tafakkurning o'rni belgilangan, shoir lirikasida poetik obraz yangilanishining ijtimoiy-tarixiy va adabiy-estetik omillari aniqlangan. Monografiya milliy uyg'onish davri adabiyoti bilan qiziquvchi olimlar, tadqiqotchilar va filolog mutaxassislar uchun mo'ljallangan.