-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
Masofaviy xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari
Shoislomova S.S.,Ta'lim, -
Ta'lim,
-
-
Islom huquqi,
-
-
Mehnat huquqi,
-
Сиёсий адабиёт,
-
Сиёсий адабиёт,
-
Amaliy fanlar,
-
Tilshunoslik,
-
Aniq fanlar,
-
Konsitutsiya,
-
Jinoyat protsessida gumanizatsiyalashtirishning ayrim jihatlari
Matkarimov Q.Q.,Mazkur monografiyada jinoyat protsessida gumanizatsiyalashtirishning ayrim jihatlari, jinoyat ishlari yurituvini gumanizatsiyalashtirishning tavsifi va mohiyati tizimli ravishda tahlil etilgan, shuningdek, jinoyat ishlari yurituvini gumanizatsiyalashtirishga oid qonun normalarining rivojlanishi masalalari tarixiy-xuquqiy, nazariy-ilmiy jihatdan yoritilgan. Monografiya huquqshunoslik ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar hamda huquqiy tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy xodimlar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyatda ishtirokchilik institutining jinoyat - huquqiy tartibga solinishi
Otajonov A.A,Ushbu monografiyada jinoyatda ishtirokchilik institutining huquqiy tartibga solinishi, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik belgilovchi qonun normalarini amalda qo'llanilishi va jinoyat ishtirokchilarining turlari va shakllarining jinoiy-huquqiy tavsifi hamda jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik belgilashning bugungi holati va uni takomillashtirish istiqbollari tahlil qilingan. Monografiya huquqshunos olimlar va amaliyot xodimlari, yuridik ta'lim muassasalarining doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, magistrantlar, tinglovchi, kursant va talabalariga mo'ljallangan.
-
Masofaviy xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari
Shoislomova S.S.,Ushbu monografiya ishi "masofaviy mehnat", "masofaviy xodim" tushunchlari, masofadan ishlash usulini joriy etish, masofaviy xodimlar bilan ish beruvchining o'zaro hamkorlik qilish xususiyatlari, masofaviy xodimlar mehnatini tartibga solish va mehnatini tashkil etishning tartibi va o'ziga xos jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Shuningdek, tadqiqotda xorijiy davlatlarning qonunchiligida masofadan ish olib boruvchi xodimlarning mehnatini tartibga solish bo'yicha yondashuvlar o'rganilgan va bu borada O'zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha muhim amaliy ahamiyatga ega bo'lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiya professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, kadrlar xizmati xodimlari, shuningdek qonun ijodkorligi jarayonida bevosita ishtirok etuvchi shaxslar uchun foydalanish uchun foydali bo'ladi. Shuningdek, tadqiqotda ilgari surilgan taklif va xulosalardan mehnat huquqi. fuqarolik huquqi fanlari boʻyicha darsliklar, o'quv qo'llanmalar va namunaviy o'quv dasturlarda ko'rsatilgan mavzularni yoritishda, kelajakda masofadan turi ishlash bo'yicha olib borilishi rejalashtirilgan bitiruv malakaviy ishlarida ham foydalanish mumkin. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan o'tiladigan "Qiyosiy mehnat huquqi", "Mehnat shartnomasini huquqiy tartibga solish", fanlarining o'quv jarayonlarida foydalanish mumkin.
-
Penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish
Salayev N.,Monografiya penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish muammolariga bag'ishlangan. Unda penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi va uning umumiy tavsifi jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari prinsiplarining profilaktik funksiyasini takomillashtirish, mahkumlarning huquqiy holatiga profilaktik nuqtai nazardan yondashuv; jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy ta'sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlarda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lgan jazolarni ijro etishda profilaktik funksiya samaradorligini oshirish, xalqaro-huquqiy hujjatlarda penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi tahlili va ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari va ayrim rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish istiqbollari yoritib berilgan. Monografiya oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi.
-
-
Diniy bag'rikenglikni ta'minlashning xalqaro siyosiy mexanizmlari
Toshpo'latov Sh.E,Mazkur monografiyada diniy bag'rikenglikni targ'ib qilishning xalqaro siyosiy mexanizmlarini yaratish va qo'llab-quvvatlashning ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, dinlarning murakkab dinamikasi va uning xalqaro munosabatlarga ta'siri chuqur tahlil qilingan bo'lib, turli diniy jamoalar o'rtasida konstruktiv hamkorlik va muloqot zarurligi ta'kidlangan.
-
Norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtiroki
Boymurodov B.P,Monografiya norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtirokining nazariy-huquqiy masalalariga bag'ishlangan. Unda fuqarolarning norma ijodkorligi jarayonidagi ishtirokining nazariy asoslari tahlil qilinib norma ijodkorligida fuqarolar ishtirokining yuridik tabiati ochib berilgan, fuqarolarning norma ijodkorligi jarayonidagi ishtirokining asosiy prinsiplari ajratib ko'rsatilgan. Shuningdek, norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtirokini turli mezonlar asosida tasniflash orqali fuqarolar ishtirokining asosiy shakllari ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan. Monografiya oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi. Shuningdek, undan ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, norma ijodkorligi faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar hamda ushbu mavzuga qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
-
Mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat boshqaruvi: xorijiy tajriba va milliy amaliyot
Otajonov A.A,Mazkur monografiya «O'zbekiston Respublikasida mehnat migratsi- yasini tashkiliy-huquqiy tartibga soluvchi elektron platforma yaratish>> nomli PZ-202101129-son innovatsion loyihasi ijrosi doirasida bajarilgan. Ushbu monografiyada mehnat migratsiyasi jarayonlarining nazariy asoslari, shakllanishi va rivojlanishining hozirgi holati, mehnat migratsiyasini tartibga solishning xalqaro standartlari va xorijiy davlatlar tajribasi, mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslari va mehnat migratsiyasini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy jihatlarini takomillashtirish istiqbollari tahlil qilingan. Monografiya huquqshunos olimlar va amaliyot xodimlari, yuridik ta'lim muassasalarining doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, magistrantlar, tinglovchi, kursant va talabalariga mo'ljallangan.
-
Mehnat migratsiyasini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslari: bugungi holati va takomillashtirish istiqbollari
Otajonov A.A,Mazkur monografiya «O'zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasini tashkiliy-huquqiy tartibga soluvchi elektron platforma yaratish>>> nomli PZ-202101129-son innovatsion loyihasi ijrosi doirasida bajarilgan. Monografiyada mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlarining mehnat migratsiyasini ta'minlash sohasidagi vakolatlari, mehnat migratsiyasini boshqarish tizimining zamonaviy holati, ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari, mehnat migratsiyasini tartibga soluvchi xalqaro standartlar va ayrim xorijiy davlatlar tajribasi tahlili, shuningdek O'zbekistonda mehnat migratsiyasining tashkiliy asoslarini takomillashtirish istiqbollari yoritilgan. Monografiya oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari (kursantlari). professor-o'qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari, shuningdek amaliyot xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
-
-
-
O'zbek tilining shakllanish va rivojlanish tarixi
Matniyazov A.R, Yusufov B,Ushbu monografiya birlamchi yozma manbalar asosida o'zbek tilining ko'p ming yillik tarixiy rivojlanishini yoritib beruvchi ilmiy asardir. Unda miloddan oldingi davrlarda hozirgi O'zbekiston hududida yashagan, o'zbeklarning ajdodlari hisoblangan turkiy xalq vakillarining eng qadimgi yozma manbalarda keltirilishi bayon etilgan, ularning boshqa xalqlar tillariga ko'rsatgan ta'siri, ilmiy faktlar asosida o'zbek tilining tarixan shakllanish davrlari hamda rivojlanish bosqichlari tadqiq qilingan. Monografiya O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20- oktabrdagi PF-6084-sonli farmoni bilan tasdiqlangan "2020-2022-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020- 2022-yillarda amalga oshirish dasturi"da belgilangan ustuvor vazifalari asosida nashrga tayyorlandi.
-
Axborot makonida shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini ta'minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari
Madiyev F.X,Mazkur monografiyada shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi tushunchasi va huquqiy tabiati, raqamli texnologiyalarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga nisbatan ta'siri, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarining rivojlanish bosqichlari, axborot makonida shaxsiy hayot daxlsizligini ta'minlashning konstitutsiyaviy asoslari, raqamlashtirish sharoitida shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligını ta'minlashning huquqiy tartibga solish tizimi va himoya qilish mexanizmlari, raqamli texnologiyalar rivojlanish sharoitida shaxsiy hayot daxlsizligini ta'minlashga oid muammolar, virtual makonda shaxsiy hayot daxlsızlıgını himoyalash tizimini jony etish istiqbollari aks etgan.
-
Axborot olish va tarqatishning konstitutsiyaviy huquqiy asoslari
Ilxombekov J.,Ushbu monografiyada axborot olish va tarqatish masalalari atroflicha tahlil qilingan. Axborotning mohiyati, huquqiy jihati va kafolatlari batafsil yoritilgan Axborotni tushunish va tahliliga doir xorijiy mamlakatlar tajribalari hamda olimlarining fikrlari batafsil tahlil qilingan. O'zbekiston Respublikasıda faoliyat olib boruvchi ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, ular faoliyatining erkinligi va qonunga muvofiq ishlashi, jurnalistik va blogerlik faoliyati, so'z va axborot tarqatish erkinligi kafolati, shuningdek, senzuraga yo'l qo'ymaslik masalalari, jurnalistik tekshiruv o'tkazishning huquqiy asoslari kabi masalalar tegishli tartibda boblar va paragraflarda aks etgan. Mazkur masalalarning monografiyada atroflicha yoritilishi axborot olish va tarqatish sohasining yutuq va kamchiliklarini yoritib berilgan.
-
Jinoyat tarkibining subyektiv belgilariga ko'ra jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning nazariy va amaliy jihatlari
Masharipov S.B,Ushbu monografiyada jinoyat tarkibi subyektiv tomonining umumiy tavsifi, subyektiv tomon belgilarining yuridik tahlili, jinoyatlarni jinoyat tarkibining subyektiv tomoni belgilariga ko'ra kvalifikatsiya qilish masalalari tahlil etilgan. Monografiya oliy va o'rta-maxsus o'quv yurtlarida huquqshunoslik yo'nalishi boʻyicha tahsil olayotgan talabalarga, shu mavzuda ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga, sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi amaliyotchi xodimlarga mo'ljallangan.
-
Ommaviy axborot vositalari faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari
Qudratillayev J.,Mazkur monografiyada O'zbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, ular faoliyatining erkinligi va qonunga muvofiq ishlashi, jurnalistik va blogerlik faoliyati, so'z va axborot tashish erkinligi kafolati, shuningdek, senzuraga yo'l qo'ymaslik masalalari, jurnalistik tekshiruv o'tkazishning huquqiy asoslari hamda ommaviy axborot vositalarining javobgarlik kabi masalalar tegishli tartibda boblar va paragraflarda aks etgan. Mazkur monografiya "Konstitutsiyaviy huquq" moduli bo'yicha o'quv dasturi negizida tayyorlangan bo'lib, 60420100 - "Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha)" yo'nalishidagi yuridik oliy ta'lim muassasalari va fakultetlari talabalari uchun moʻljallangan.