-
-
юриспруденция,
-
-
-
Давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан олимпиада иштирокчилари учун ўқув қўлланма
Ҳотамов У.Ж, Тўраев Т.Э, Топволдиев М.Ҳ,Huquqshunoslik, -
-
-
-
-
Huquqshunoslik,
-
Huquqshunoslik,
-
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI
X.T.Odilqoriyev, I.T.Tultiyev, M.I.Suvonqulov, M.Ahmadshoyeva, D.Rajabova, X.X.Odilqoriyev,Huquqshunoslik, -
-
Huquqshunoslik,
-
Huquqshunoslik,
-
-
HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR
M.H. RUSTAMBOYEV, A.T. ALLAMURATOV, U.A. TUXTASHEVA,Huquqshunoslik, -
-
юриспруденция,
-
Huquqshunoslik,
-
-
-
Kiberjinoyatchilik
Niyozova S.S,Ushbu o'quv qo'llanmada kiberjinoyatchilik moduli tushunchasi, uning turdosh fanlar tizimidagi o'rni; kiberjinoyatchilik tushunchasi, turlari, shakllari va uning belgilari hamda ko'rsatkichlari, tarkibi, tuzilishi; kiberjinoyatchilik sabablari tushunchasi va uni vujudga keltiruvchi shart- sharoitlar hamda omillar; kiberjinoyatchilikning oldini olish siyosati hamda choralari, subyektlari faoliyati, ularning vazifalari; kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va xorijiy davlatlar tajribasi; kiberjinoyatchilik uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан олимпиада иштирокчилари учун ўқув қўлланма
Ҳотамов У.Ж, Тўраев Т.Э, Топволдиев М.Ҳ,Ўқув қўлланма давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан олимпиада иштирокчилари учун ўқув қўлланма сифатида тайёрланган бўлиб, унда ўқувчи ушбу фандан олимпиада имтиҳонларига тайёргарлик кўриш жараёнида билиши лозим бўлган масалалар Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази, Ўзбекистон РеспубликасиХалқ таълими вазирлиги ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасиҳузуридаги Давлат тест марказининг " Академик лицейларлар, касб-ҳунар коллежлари ва умумтаълим мактаблари ўқувчиларининг умумтаълим фанлари бўйича Республика олимпиадасини ўтказиш тўғрисида"ги қўшимча бўйриғида кўрсатилган талаб ва мезонлар асосида ёритиб берилган.
-
Ҳуқуқшунослик
Маматов Худоёр,Ушбу ўқув қўлланмада давлат ва ҳуқуқ назарияси асослари, маъмурий ҳуқуқ асослари, молия ҳуқуқи асослари, фуқаролик ҳуқуқи асослари, тадбиркорлик ҳуқуқи асослари, мехнат ҳуқуқи асослари, оила ҳуқуқи асослари, экология ҳуқуқи асослари, қишлоқ хўжалик ҳуқуқи асослари, жиноят ҳуқуқи асослари, халқаро ҳуқуқ асосларига атрофлича тўхталиб ўтилган.
-
BUDJET VA BUDJET TIZIMI
U.I.INOYATOV, G.N.AHMADJONOVA,"Budjet va budjet tizimi" o'quv qo'llanmasida davlat budjeti tuzilmasi, uning mohiyati, funksiyalari, prinsiplari va boshqa kategoriyalar bilan munosabatlari bayon etilgan. Uning bigungi bozor sharoitidagi holati, to'gri va oqilona tashkil etilishi va makroiqtisodiy barqarorligi xo'jalik subyektlarining iqtisodiy faoliyatiga va mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga ta'sir etishi asoslab berilgan. Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, mahalliy budjetlarni o'z ichiga oluvchi budjet tizimi va uning tashkiliy-huquqiy asoslarini chuqur o'rganish imkonini beradi. Qo'llanma yakunida berilgan ilovalarda budjet tizimiga oid barcha ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, u xo'jalik subyektlarining budjet bilan o'zaro munosabatlarini yo'lga qo'yishda, budjet tashkiloti rahbarlari mas'ulligini oshirishga xizmat qiladi. Qo'llanma ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishdagi o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va budjet tashkilotlari hisobchi mutaxassislariga mo'ljallangan.
-
AUDIT
NURULLA SANAYEV,Mazkur o'quv qo'llanma buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishi bo'yicha mutaxassis tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmadagi manzularda audit haqida umumiy tushunchalar yoritilgan bo'lib, u mamlakatimiz qonunchiligi me'yorlari asosida yozilgan. O'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlari talabalari, hisobchilar va auditorlar ham foydalanishlari mumkin.
-
IJTIMOIY-IQTISODIY REJALASHTIRISH
G.R.Xolmatova, Sh.T.Mirzakarimova,Ushbu qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Davlat ta'lim standarti talablari asosida tayyorlangan. Respublikamizda mustaqillikka erishilgan ilk davrdan boshlaboq Respublika hukumati tomonidan ijtimoiy muhofaza tizimini tashkil etishga e'tibor qaratilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tartiblari va turlari o'ziga xos tarzda shakllantirildi. Bu tadbirlar bosqichma-bosqich tarzda rivojlantirilayotgan bo'lib, pirovardida barcha tadbirlarni tashkil etishning zamirida rejalashtirish va zarur chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish masalasi orqali ishlar tashkil etilmoqda. Har bir sohada Ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilish davlat iqtisodiyotini tartibga solish hamda boshqarish uchun qo'llaydigan muhim darsliklardan biri bo'lib, bu ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sharoitlarida kutilayotgan maqsadlarga erishish uchun muqobil variantlarni qiyosiy baholash asosida maqbulini tanlab olgan holda bosqaruv qarorlarini qabul qilish hisoblanadi. O'quv qo'llanma mazmunini bayon etishda Respublika Prezidenti I.A. Karimov asarlaridan, Respublika qonunlari va boshqa me'yoriy hujjatlardan, keyingi yillarda mamlakatimizda nashr etilgan darslik hamda o'quv qo'llanmalardan, Respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid statistik materiallardan keng foydalanilgan. O'quv qo'llanma o'rta maxsus kasb-hunar kolleji o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, shuningdek, undan bu fan bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar foydalanishi mumkin.
-
O'ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI TARIXI
H.M.MUHAMEDOV, Z.Y.MUQIMOV, O.T.HUSANOV,O'quv qo'llanma "O'zbekiston davlati va huquqi tarixi" fani dasturi asosida huquqiy va tarixiy fanlarning eng so'nggi yutuqlari hisobiga olingan holda yozildi. Unda O'zbekiston hududida qadimgi davrda, o'rta asrlarda, yangi va eng yangi davrlarda davlat va huquqning rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari xronologik izchillikda yoritildi. O'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning huquq, tarixiy yo'nalishlari o'quvchilari, o'qituvchilari hamda O'zbekiston davlatchiligi va huquqi tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI
X.T.Odilqoriyev, I.T.Tultiyev, M.I.Suvonqulov, M.Ahmadshoyeva, D.Rajabova, X.X.Odilqoriyev,O'quv qo'llanma davlat va huquq sohasidagi hozirgi zamon ilmiy konsepsiyalarini onobatga olgan holda tayyorlandi. U davlat va huquqni talqin etishdagi an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtai nazarlarni ham qamrab olgan. Shuningdek, unda O'zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o'z ifodasini topgan. Davlat va huquqning mohiyati, mexanizmi, funksiyalari va jamiyatni modernizatsiyalash davridagi roli jonli tarzda bayon etildi. O'quv qo'llanma yuridik ilmgohlar talabalariga, o'qituvchilarga, mutaxassislarga, shuningdek, davlat va huquq masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
NOTARIAT HUQUQI
T.S. SULTONOVA,Mazkur o'quv qo'llanma Davlat ta'lim standarti talablari asosida yozildi. Kitob huquqshunoslikka yonaltirilgan va huquq asoslari o'qitiladigan kasb-hunar kolleji o'quvchilari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi. O'quv qo'llnmada notariat haqida tushuncha, fanning predmeti, obyekti, notariat huquqining subyektlari, notarial faoliyat ustidan nazorat, notarial idoralar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ustida to'xtalib o'tilgan, notarial harakat turlaridan namunalar berilgan, mavzular chizmalar asosida yoritilgan, har bir mavzudan so'ng nazorat savollari hamda sud amaliyotidan misollar keltirilgan. O'quv qo'llanma notariat sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar asosida yozilgan. O'quv qollanmadan kollej o'quvchilari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va keng jamoatchilik foydalanishlari mumkin.
-
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
M.M. MAMASIDDIQOV, Z.N. ESANOVA, D.Y. HABIBULLAYEV,Mazkur o'quv qo'llanma Davlat ta'lim standarti talablari hamda "Fuqarolik protsessual huquqi" fani dasturiga muvofiq tayyorlangan bo'lib, unda fuqarolik protsessual huquqining Umumiy va Maxsus qismiga oid barcha masalalar, huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy fikrlari, sud amaliyotidan misollar, har bir mavzu bo'yicha nazorat savollari va tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati o'z aksini topgan. Usbu o'quv qo'llanma huquqshunoslikka yo'naltirilgan kasb-hunar kolleji o'quvchilari, amaliyot va ilmiy xodimlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyat ishlar bo'yicha protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish
Z.F.Inog'omjonova,O'quv qo'llanmada jinoyat protsessida rasmiyrasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlarning mohiyati, ahamiyati, zaruriyati unga qo'yilgan talablar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan va o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Jinoyat protsessidagi ayrim protsessual hujjatlar (majburiy hujjatlar) dalil sifatida ahamiyatga ega ekanligini e'tirof etgan holda uni qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirish muhim. O'quv qo'llanma yuridik soha xizmatchilari, oliy yuridik o'quv yurti talabalari va o'qituvchilari hamda yuridik kollej talabalariga, shuningdek, jinoyat ishlar bo'yicha protsessual hujjatlarga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
ISH YURITISHNI TASHKIL ETISH
G. MAQSUDOVA, M. BILOLOVA,Ushbu o'quv qo'llanma turli davlat muassasalarida ish yuritishni tashkil etish metodikasi va metodologiyasini o'rganishga mo'ljallangan. O'quv qo'llanma kollej o'quvchilari uchun birinchi marta yaratilganligi bois juz'iy kamchiliklari bo'lishi mumkin. O'quv jarayonida sinovdan o'tish natijasida ushbu kamchiliklarni aniqlab, kelgusida tuzatilishi va takomillashtirilishi ham ko'zda tutilgan.
-
HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR
M.H. RUSTAMBOYEV, A.T. ALLAMURATOV, U.A. TUXTASHEVA,O'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan qonunchilikka asoslangan holda huquqni muhofaza qilish faoliyatining tushunchalari, uning belgilari, funksiyalari, yuridik yordam ko'rsatish faoliyatiga oid mavzular o'rin olgan. Bundan tashqari, adliya, ichki ishlar, bojxona, xavfsizlik xizmati, soliq hamda prokuratura organlari, shuningdek, rivojlangan xorijiy mamlakatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga doir mavzularga batafsil to'xtalib o'tilgan. Mazkur o'quv qo'llanma, kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undagi mavzular Davlat Ta'lim standartlari talablariga muvofiq yoritib berilgan.
-
JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH
A. JO'RAYEV,Mazkur o'quv qo'llanmada soliq tizimi va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar, ularni hisoblash tartibi va budjetga to'lash muddatlari hamda soliqlarning amal qilish xususiyatlari keltirilgan. O'quv qo'llanma iqtisodiy yo'nalishdagi kollej o'quvchilari uchun mo'ljallangan.
-
-
Huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi ishlarni yuritish
Ibaratova F.B,O'quv qo'llanmada huquqiy ta'sir choralarini qo'llash va huquqiy ta'sir choralarning turlari, huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi ishni qo'zg'atish, ishni ko'rish va hal qiluv qarorini qabul qilish, qayta ko'rishning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Iqtisodiy sud tomonidan huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi arizani rasmiylashtirish tartibi, arizani rad etish, arizani qaytarish asoslari, ishni sudda ko'rishga tayyorlash bo'yicha sudya tomonidan amalga oshiriladigan protsessual harakatlarning hajmi va mazmuniga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan.