Bolaning begonasi bo’lmaydi

“SOS” bolalar shaharchasiga tashrif

Bolalik – hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg’ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to’la lahzalardir. Bolajonlarning bahor tongi misol beg’ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo’g’rilgan bo’ladi.

Shu sabab 1 –  iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan TDYU ARM xodimlari ma’naviy qo’llab-quvvatlash maqsadida, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumanidagi “SOS” bolalar shaharchasi bolajonlariga o’zining ziyo nurlaridan ulashdi. Xalqimiz bolani begona ham sanamaydi. Ularning shirin so’zlari, go’zal tabassumi uchun har narsaga tayyormiz.

Bepul yuridik maslahat
 ÐšÐ°Ñ€Ñ‚инки по запросу uzbek flag