Jahon raqamli makonida Axborot-resurs markazlarining ahamiyati

2019-yil 21–24 oktyabr kunlari Qozon federal universiteti N.V.Lobachyovskiy nomidagi ilmiy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan Jahon makonida raqamli universitet kutubxonasi mavzusida III xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada bir qator mamlakatlar universitetlarining yetakchi kutubxonalari rahbarlari, kutubxona assotsatsiyalari va elektron kutubxona tizimlari vakillari ishtirok etdilar. Konferensiyada universitet Axborot-resurs markazi direktori Xayitgul Pirmedova ishtirok etib, “Markaziy Osiyoda huquqiy baza maskani” mavzusida ma’ruza qildi. Konferensiyada kutubxonalarning o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyati integratsiyasi, zamonaviy universitetda ilmiyometriya va nashr etilish strategiyasi muammolari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha tajribalar almashildi.

Kelajakda hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro kitob almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi.

Bepul yuridik maslahat
 ÐšÐ°Ñ€Ñ‚инки по запросу uzbek flag