O'nta negr bolasi

Kitob mualliflari Agata Kristi,

Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yо‘q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning о‘zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e’tirof etgani ham bejiz emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bо‘lmagan о‘nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bо‘m-bо‘sh orol, kо‘p xonali, zimiston yо‘lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga kо‘ra uyga kelgan о‘nta mutlaqo notanish, bir-biriga о‘xshamagan о‘nta odam. Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom va shinam yotoqxonalar kutib turibdi. Lekin havas qilgudek mehmondо‘stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani ma’lum bо‘ladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qо‘ygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yо‘q. Barchani shubha-gumon chulg‘ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. Qо‘rquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq she’ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli о‘yinga ham xotima yasaladi. Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g‘ayrioddiy yо‘llar bilan о‘ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bо‘layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she’ri bilan chambarchas bog‘liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topilmasa, nahotki hammasi о‘limga mahkum bо‘lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?

Fan yoʻnalishi: | Adabiyot |
UDK 821
Kitob nashriyoti nomi: "Yangi asr avlodi"
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-27-681-9
Kitob nashr qilingan yili: 2020 Yil
Betlar Soni: 224
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH