Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): | Yuklab olish |
---|---|
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
Turi: | Badiiy adabiyot |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Кирил |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Graf Monte Kristo
Bu kitob – ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand “Graf Monte Kristo” yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq o‘zgacha inson bo‘lib etishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli. “Graf Monte Kristo”ni ko‘plar intiq kutayotganining boisi shundaki, ushbu kitob o‘zbek tilida chiqarilganiga qirq yildan oshdi. U dunyo adabiyoti xazinasidan o‘rin olgan bo‘lsa-da, ehtimol, hajmi kattaligi bois, bizda boshqa chop etilmagan. Nashriyotimiz ko‘p sonli kitobxonlarning talab-istaklarini inobatga olib, mazkur ishga qo‘l urganining boisi ana shunda. Marhamat, o‘smirlik va ulug‘vorlik, ezgulik va jaholat, nafs yo‘lidagi taloto‘plar, kimsasiz oroldagi nadomatlar, qasosga undagan turfa sarguzashtlar olamiga oshno bo‘ling, muhtaram o‘quvchi!
Fan yoʻnalishi: | | Adabiyot | |
---|---|
UDK | 821.512.133-3 |
Kitob nashriyoti nomi: | "Yangi asr avlodi" |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-08-964-8 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2019 Yil |
Betlar Soni: | 748 |