To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
---|---|
Turi: | Badiiy adabiyot |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
"Navoiy"
«Navoiy» romani oʻzbek va rus tillarida bir necha marta nashr etilgan asar. Navoiydan keyingi davr uning asarlariga qiziqishni oshirsa oshirdiki, aslo kamaytirmadi. Oybek asarda Navoiy siymosini yaratadi. Bundan besh asr oldin yashab o'tgan ulug' shoirni aniq va yaqqol tasavvur etish buyuk yozuvchigagina xos. Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga boʻlgan munosabati tasviridan ham oʻrinli foydalangan. Asarda Navoiy obraziga xos xususiyatlar sofdillik, qat'iyat va olijanoblik kabi fazilatlarda namoyon bo'ladi. Darhaqiqat, «Navoiy» romani oʻzining badiiy-estetik qimmati, mazmun-mohiyati, badiiy-tasviriy vositalarga limmo-limligi, voqealarning izchilligi, tarixiy haqiqatning koʻzgusi bo'la olganligi, qahramonlarning bir-biri bilan, ya'ni toʻqima va tarixiy obrazlarning uyg'unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e'tiroflarga loyiq asardir. Shu bois ham bu asar mana necha yillarki, o'z qadr-qimmatini yo'qotgan emas, yo'qotmaydi ham. Chunki chinakam badiiy san'at asari hech qachon o'lmaydi. Bunday asarlarni xalq unutmaydi. Oybekning oʻzbek mumtoz adabiyotida yorqin siymo, ulug' mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini goʻzal tasvirlab bera olgan bu romani mangu yashayveradi.
Fan yoʻnalishi: | | Adabiyot | |
---|---|
UDK | 821.512.133 |
Kitob nashriyoti nomi: | "Yangi asr avlodi" |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-20-603-8 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2021 Yil |
Betlar Soni: | 424 |